2-MAVZU. C++ tilida chiziqli jarayonlar bilan ishlash
Hajmi: 2 soat
Maqsadi: Talabalarga C++ dasturlash tilining chiziqli jarayonlari bilan mustaqil ravishda ishlashni o’rgatish.
Ko’rsatma:
1 – topshiriq. Quyidagi funksiyani hisoblash dasturini tuzing:
Yechilishi:
I. Dasturning blok sxemasi:
6 – rasm. Masalaning blok sxemasi.
II. Topshiriqning dasturi:
#include
#pragma hdrstop
#include
#include
#pragma argsused
void main( )
{
float x,y,z,a,b,s;
cout<<"Qiymatlarni kiriting";
cin>>x>>y>>a>>b;
z=(exp(x)-cos(y))/abs(x*x*x+a*x*x+b);
cout<
}
III. Dastur uchun tushuncha. Bu yerda 1 – 5 qatorlarda preprosessor direktivalari yozilib ular dasturi ishlashini ta’minlaydi. Bular kutubxona fayllari bo’lib qanday vazifani bajarishini uning nomlari orqali aniqlab olishimiz mumkin. iostream.h faylida kirtish va chiqarish vostalari joylashgan bo’lib, i-input - kiritish: o-output – chiqarish: stream – oqim: h (head) – sarlavhani aniqlaydi (Standart oqim klaviaturadan ma’lumotlarni o’qish uchun xizmat qiladi). math.h fayli esa kompilyatorga matematik funksiyalarni tushinish imkoniyatini yaratib beradi.
6 – qator main nomli funksiyaning ismi. (C++ dasturlash tilida tuzilgan ixtiyoriy dasturda bitta va faqat bitta shu nomli funksiyani ishlata olamiz). C++ da dasturning boshlanishi xuddi ana shu funksiyani bajarilishi bilan boshlanadi. main ni oldida xizmatchi so’z void joylashgan. Bu maxsus turni aniqlaydi va dasturda main funksiyasi hyech qanday yechimni hal etmaydi, ya’ni bush funksiya hisoblanadi. main funksiya nomidan sunggi ( ... ) – qavslar ichida funksiyaning parametrlari ro’yxati joylashtiramiz.
7 – dasturlash tilida har qanday funksiyaning tanasi { } qavslar orasida joylashgan yozuvlar, aniqlovchilar va operatorlar ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Har qanday yozuvlar, aniqlovchilar va operatorlar “ ; ” (nuqta vergul) bilan tugallanishi shart. Shuni aytib utish lozimki, C++ dasturlash tilida har qanday operator, u necha qator bo’lishidan qatiy nazar “ ; ” dan “ ; ” gacha bitta operator kabi hisoblanadi. main( ) funksiyasini tanasida aniq yozuvlar va aniqlovchilar yo’q.
8 – qatorda o’zgaruvchilarning haqiqiy turi ko’rsatilgan.
9 – 10 – 12 – 13 qatorlarda cout va cin – operatori ko’rsatilgan bo’lib unga mos bo’yruqlar iostream.h faylida joylashgan, bu operator ma’lumotlarni displey ekranga chiqarish va kompyuter xotirasiga kiritish uchun xizmat qiladi. Axborotlar cout va cin obyektiga mos ravishda ”<<” va “>>” (joylashtirish) amali orqali jo’natiladi. ”<<” va “>>”amali faqat uni chap tomonida mos ravishda cout yoki cin obyekti bo’lgandagina kuchga ega.
2 – topshiriq. Funksiya qiymatini hisoblash dasturini tuzing.
Yechilishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |