4
Nurboy qо‘shni bilan xotini Xadicha ketmon kо‘targancha bug‘doyzorga ketishuvdi.
Shoshqaloq о‘g‘lingiz janjalni boshlab yuborgandir...
Sora momo. Yur, kelin, ketdik bug‘doyzorga...
Momo va kelini bо‘sh g‘alvirni kо‘targancha sahnadan chiqib ketadi
2 - qism
Dalada Elboy Nurboyning yoqasidan mahkam tutgan. Baqirib-chaqirib
olamni tinchini buzmoqda. Hadicha ularning atrofida sargardon. Momo va kelini
ham yetib kelishadi, Xadicha ularga hovliqqancha peshvoz chiqadi.
Xadicha. Assalom... Sora xola, tez yuringizlar. Qо‘shnimiz hech gapga quloq
solmayapti.
Shirina. Buvijon,
tez yuring, Elboy amaki quturib dadamga tashlanyapti.
Iltimos, uni olib keting, dadamni о‘ldirib qо‘yadi.
Sora momo. Hay, bolam, uyat bо‘ladi, bas qilinglar.
Momo ularning о‘rtasiga tushadi. Shu payt Elboy Nurboyning ketmon bilan
uradi. Nurboy boshini changallab о‘tirib qoladi. Xotini va qizi Shirina dod
solgancha uning ustiga о‘zini tashlaydi. Sora momoning boshidan rо‘mol tushib,
о‘tirib qoladi. Tizzalab yurgancha hayqiradi.
Sora momo. Nimalar qilib qo`yding, nodon bolam? Qadimda ikki qо‘shni
bо‘lgan ekan.
Dunyoning ishini qarang, ikkisi ham jinni ekan.
Bir kuni ikki jinni janjallashib qolishibdi. Birinchisi tepaga chiqib olib yer
meniki, desa biri kо‘kka sakrab, osmon meniki dermish. Shunda yer tilga kirib
ikkalang ham meniki debdi.
Odamzodning boradigan joyi ikki metr yer bо‘lsa, nega buncha yer deb
talashmasangizlar...
3 - qism
Elboy aftidan mazasi yо‘q kо‘rinadi, og‘ir qadamlar bilan kelib о‘zini
kо‘rpachaga tashlaydi. Chalqancha yotar ekan, tepaga qaradi. Shu paytda yonga
ag‘dariladiyu, bug‘doyzorda chaqqon harakat bilan don chо‘qilayotgan tovuqlar
uning e’tiborini tortdi.
Elboy. Oy, bug‘doyzorda begona tovuqlar nima qilib yuribdi?
Oyjamol. Ha, ularmi, shu-u... yangi tovuqxonaning tovuqlari. Boyagina
yig‘ishtirib oling, deb Xadicha kelinga aytib chiqqandim, yosh-da,
yodidan
kо‘tarilganmi...
Elboy. Esing joyidami, о‘zi? Bobomdan qolgan yerga odamlar bilan talashib,
bug‘doy eksam-u, siz oyimtillo, qо‘shnining tovug‘iga yedirib о‘tirsangiz, hm?
Oyjamol. Shungayam “ota gо‘ri — qozixona”mi, mana, hozir tovuqlarni
haydab yuboraman. Kish, kish.
Oyjamol
erining fe’lini bilgani uchun masalani silliq hal qilmoqchi bо‘ldi.
5
— Qо‘shnichilik — ming yilchilik. Axir...
Elboy. Odamlar о‘li-ib ishlab kelaversin,
sen yoti-i-ib yeb, ortganini
qо‘shningning tovuqlari bilan baham kо‘rib о‘tiraver. Shundaymi?
Oyjamol. Uzr, sezmay qolibman. Mana, tovuqlarni haydab yuborayapman.
Elboy. Kо‘ramiz, qо‘lingdan nima ish kelarkan. Lekin mening kimligimni sen
ham, anavi qо‘shnilaring ham bilib qо‘yasanlar.
Jahl otiga mingan Elboy tovuqlarni oldiga solib quva ketadi.
— Hozir hammangning dodingni beraman. Egalaringga kerak bо‘lmasalaring,
ochiq gо‘rga keraksanlar. Hozi-i-i-ir...
Oyjamol. Jon dadasi, qо‘shnichilik haqimizga hiyonat qilmang.
Bir siqim
bug‘doyingizni yeganiga shunchami? Birovning rizqini juvonmarg etmang. Axir, har
qanday gunoh ishning javobi bor-ku? Bechorani eri kasal, sizning aybingiz bilan
dо‘xtirma-dо‘xtir chopib yuribdi. Bularni yig‘ishtirishga vaqti bо‘lmayotgandir,
tushunsangiz-chi, dadasi. Axir, melisaga sizni bermadiku, tomdan yiqilib tushdim,
debdi dо‘xtirlarga. Qо‘shnilarning musibatli kunida yordam berish о‘rniga, bunday
qilishingiz yaxshi emas. Xudo kо‘rib turibdi...
Do'stlaringiz bilan baham: