Oyjamol jon holatda erining qо‘liga yopishadi. Foydasi bо‘lmaydi. Alamzada
er ikki tovuqni nobud qiladi. Atrofda tovuq patlari sochilib yotadi. Elboy qо‘lida
nobud bо‘lgan tovuqlar bilan sahnadan chiqib ketadi.
4 - qism
Elboy va Oyjamol choy ichib о‘tiribdi. О‘g‘li Komiljon yugurib keladi.
— Dadajon, bugun rasm darsida “Mening Vatanim” mavzusida
rasm chizib,
“besh” oldim.
Elboy. Nima qilay shunga? Undan kо‘ra, qо‘ylarni dalaga hayda. Sening
“besh”
bahoingdan menga nima foyda, moldan foyda-da. Shunaqami, enasi?
Oyjamol. Bolaning ruhini tushirmang, о‘qisin, о‘rgansin,
keyin oliygohlarda
о‘qib, bir kasbni egallab, elga, yurtga xizmat qiladi. Nega menga о‘qrayasiz,
tо‘g‘rida, о‘qimay siz nima bо‘ldingiz? Qо‘shningiz
xotiniga tadbirkorlik bilan
shug‘ullanishiga imkon yaratsa, о‘rnak olish о‘rniga janjallashib о‘tiribsiz...
Xadicha salom berib kirib keladi.
Xadicha.Qо‘shnijonlar, ikkita tovug‘imiz yо‘q, kо‘rmadingizlarmi?
Elboy.
Biz sizning tovuqlaringizga qorovul emasmiz.
Tulki-pulki yeb
ketgandiru, yoq, bu yoqqa qarang..
Ayol indamay chiqib ketdi.
Oyjamol. Nega yolg‘on aytasiz, sizning gunohingizga men ham sherik
bо‘layapman. Undan kо‘ra qо‘shnimizdan kechirim sо‘rang.
Bilsangiz edi ichimdagi
“ilon” soniya sayin bо‘g‘ayotganini?!
Elboy qо‘liga ketmonini olib xotiniga qarab shahd bilan yurgan edi hamki,
gandiraklab yerga yiqilib tushadi. Uning tobi qochadi. Behush yiqiladi.
Bolalarning qiy-chuvini eshitgan Xadicha va eri ularnikiga yugurib chiqadi.
6
Nurboy. Xadicha, sen yangam bilan tayyorgarlik kо‘ringlar,
mashinani о‘t
oldirib keldim
. Elboy akani zudlik bilan tuman markazidagi
kasalxonaga
yetkazishimiz kerak. Qani, bо‘lingiz, shoshilish kerak.
Xadicha. Yanga, xavotir olmang, shifokorlar yordam kо‘rsatishadi.
Qо‘shnimiz Elboy aka hech narsa kо‘rmaganday bо‘lib ketadi.
Oyjamol. (yig‘lab) Umringizdan baraka toping, qо‘shnijonlar, sizdek oqibatli
qо‘shnilarni yetkazgan xudodan aylanay...
Elboyni qо‘ltiqlagancha sahnadan chiqib ketishadi.
5-qism
Kasalxona. Elboy yotibdi. Shifokor uni tekshirmoqda. Oyjamol hiqillaydi.
Qо‘shni er-xotin kasalxonaga yetib keladi. Ayol yugurib ularni qarshi oladi.
Shifokor Nurboyning yelkasiga qо‘lini qо‘yib, shunday deydi:
— Bemorning ukasi bо‘lasizmi? Yaxshiyam vaqtida yetkazib kelibsiz. Sal
kechikkaningizda... akangizdan ajralib qolardingiz. Vaqtida kо‘rsatilgan tez tibbiy
yordam uning hayotini asrab qoldi. Rahmat sizga.
Nurboy. Qо‘ysangiz-chi, dо‘xtir, bu insoniylik burchimizku. Akamizning
о‘zlari yaxshi inson...
Elboy. Yо‘q, Nurboyjon, siz dunyodagi eng yaxshi insonsiz. (Shifokorga
qarab) Dо‘xtir, ha, bugundan boshlab, bu yigit mening shunchaki qо‘shnim emas,
qiyomatli ukam. Uning qarzini о‘la о‘lguncha uzolmayman. Aytgancha, Nurboyjon,
ertagayoq kredit olish uchun hujjatlarni
tayyorlaymiz, yangangizga ham tadbirkorlik
qilishiga imkon beraylik. Tovuqxonalar sonini ikkitaga yetkazamiz.
Nurboy. Xо‘p, akajon, aytganigizdek bо‘ladi.
Birin-ketin bolalar, Sora momo va Shirina gul kо‘tarib kirib keladi.
Elboy. Keling, Onajon, keling, aziz о‘g‘il-qizlarim. Kechiring, meni azizlarim.
Sora momo. Nega unday deysan, о‘g‘lim. Hammasi yaxshilikka bо‘lsin.
Elboy. (yig‘lagancha Nurboyni bag‘riga bosib) Kechiring, qо‘shni, shu... yer
meni о‘limdan qutqardimi?! Siz-ku meni ajal komidan olib qolgan.
Ha, Shirina, qizim, о‘tgan yili maktabdagi tadbirda kuylagan “Baxtli bolalik”
nomli qо‘shig‘ingni
aytib ber, sizlar bilan maza qilib raqsga tushaylik. Qani boshla!
Shirina kuylay boshlaydi. Hamma raqsga tushadi.
Tamom.
Ijodkor o‘qituvchi Lochin Elmatov (Lochin
ELMUHAMMAD)ning ijodiy kanaliga obuna bo‘ling:
@lochin6033