Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Har bir inson hayoti davomida ishlash uchun o‘ziga munosib shart-sharoit yaratar ekan, shu bilan bir qatorda dam olishni ham hayoldan qochirmaydi. Ayniqsa, Respublikamizning mustaqillikka erishganidan so‘ng, sobiq Prezidentimizning inson manfaatlarini himoya qilish va uni yashash uchun shart-sharoitlarini ta’minlash to‘g‘risidagi say-harakatlari sababli landshaft dizaynida loyiha va qurilishlariga e’tibor kuchaydi. Landshaft dizayni loyihasining me’moriy yechimi yuqori darajada bajarilganligiga qarab, insonlarda unga qiziqish xohishi ortib boradi. Bunda eng katta e’tiborni tarix qismini loyihalashga qaratish shart. Loyiha qurilishidan oldin undagi muammolarni ko‘ra bilish kerak. Shundagina yo‘l qoyilgan xatolarni tuzatish imkoni bo‘ladi. Bunday muammolar bilan buyuk arxitektorlar, interyer dizaynerlari, konstruktorlar, dekoratorlar shug‘ullanib kelmoqdalar. Yuqoridagi masalalarni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan o‘rganish, shuningdek, dizayn yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarda, maktablarda darsni loyihalashning metodik asoslariga oid ishlab chiqilgan o‘qitish metodikasining kamligi bitiruv malakaviy ishi muammosining dolzarbligini ko‘rsatdi. Ushbu muammo yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilganligiga qaramay, o‘rta maxsus kasb - hunar ta’lim muassasalarida hamda maktablarda bo‘lajak dizayner mutaxassislarni ijodiy fikrlash qobiliyatlarini va davlat ta’lim standartlariga javob beradigan malakali mutaxassis qilib tarbiyalashda maxsus fanlardan mavzularni yoritishda o‘qitish metodikasi yetarlicha ishlab chiqilmagan. Ayniqsa, bugungi kunda maktablarda bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda landshaft dizayn loyihasini ishlab chiqish dolzarb kasbiy pedagogik muammo bo‘lib, u chuqur ilmiy-metodik izlanishlarni taqozo etmoqda. Dizayn yo‘nalishidagi maktablarda bo‘lajak mutaxassislarning loyiha ishlab chiqish asosida ta’lim berishni tashkil etish maktab ta’lim tizimi amaliyotida ko‘plab yechimlarga ega, biroq bu sohada ilmiy asoslangan xulosalar mavjud emas. Bundan tashqari, bu sohada ilmiy asoslangan usul, yo‘llar, o‘qtishning uslublarini tashkil etish shakllari ilmiy asoslanmagan, ishlab chiqilgan metodikalar ham yetarli emas. Bu vazifalarni maqsadga muvofiq maxsus o‘rganishda uning mohiyatini tashkil etuvchi takomillashgan metodlarni tanlab, ishlab chiqish lozim deb hisoblaymiz. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan pedagogik vazifalar maktab ta’lim muassasalarida bo‘lajak kichik mutaxassislar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish muammosi bitiruv malakaviy ish mavzusini “Landshaft dizaynining o‘quvchilar tasavvurini oshirishdagi o‘rni” deb belgilashga asos bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |