Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tabiiy fanlar” fakulteti biologiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 4-bosqich 19/4 guruh talabasi O’roqova Sabohat Baxodir qizining Surhondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumani 2-umum ta’lim maktabida o’tkazgan aktiv pedagogik amaliyoti yuzasidan
HISOBOTI
2023-yil 6-fevral kuni Pedagogik amaliyot boshlanishiga bag’ishlangan konferensiya bo’lib o’tdi.Konferensiyada Genetika va evalutsion biologiya kafedrasi mudiri Amanov.B va “Genetika va evalutsion biologiya”kafedrasidan amaliyot uchun biriktirilgan o’qituvchi Bektayeva.H pedagogik amaliyotning maqsad vazifalari, amaliyotchi talabalarning burch va vazifalarini hamda amaliyot jarayonida o’qituvchilar bilan birgalikda olib boriladigan ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha ko’rsatmalar berdi. Metodist o’qituvchi Mirzayeva.N.A amaliyot davri pedagogik dastur bilan tanishtirib chiqdi.Topshiriqlarni bajarish tartibi,guruh bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borilish mazmuni tushuntirildi, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
Pedagogihk amaliyotning 21.02.2023-yil birinchi kuni biriktirilgan maktabga bordim. Meni maktab direktori Parmonov. A kutib oldi. Menga biologiya o’qituvchisi Baxromova.N ustoz biriktirildi. Menga Baxromova.N maktabni ichki tartib qoidalari bilan tanishtirdi.O’quv yili amalidagi dars jadvallarni tushuntirdi. Menga pedagogik amaliyot davrida 7-“A”,7-“B”, 8-“B”, 9-“D” sinflari biriktirildi.
Biologiya xonasi
Labaratoriya honasi
Dars o’tish jarayonidan lavhalar.
Men biriktirilgan sinflarga biriktirilgan o’qituvchim bilan birga bordim.O’qituvchi meni sinf o’quvchilari bilan tanishtirdi.Men darsni kuzatuvchi sifatida kuzatdim.O’qituvchini o’quvchilar bilan ishlash jarayonini o’rgandim.O’quvchilar bilan muloqotini, uyga vazifani so’rash jarayonini va uyga vazifa so’rashda qanday metodlardan foydalanganini hamda yangi mavzuni qaytarzda o’quvchilarga tushuntirishini diqqat bilan kuzatdim.Dars vaqtini taqsimlashni,o’qituvchi o’zini qanday tutishini,yangi mavzuni mustahkamlashda qanday ta’lim texnologiyalardan foydalanishini va uyga vazifaga qanday topshiriqlar berishni eshitdim hamda o’rgandim.Dars tugagach biriktirilgan o’qituvchi Baxromova.N menga darsga o’z vaqtida kelishni, dars o’tish katta ma’suliyat talab qilishini ishimga ma’sulyatli bo’lishimni o’qtirdi.Har doim maktabga o’z vaqtida va formada bo’lishimni hamda har kuni o’tadigan darsimga puxta tayyorgarlik ko’rib kelishimni aytib o’tdi. Maktab sharoiti bilan yaqindan tanishib chiqdim.Biriktirilgan sinflarimni xonasini ko’rib bilib oldim.Men maktab qonun-qoidalari bilan yaqindan tainishib chiqdim.
Birinchi dasrimni 7-A sinfdan boshladim.Sinf o’quvchilariga o’zimni tanishtirdim.Ularni kelajakda kim bo’lishlarini va maqsadlari haqida so’radim.Sinf o’quvchilaridan o’tilgan dars mavzusini so’radim..Daftarlarini tekshirdim.Daftarida kamchiligi borlariga kamchiliklarini to’ldirishini darsga yaxshi tayyorgarlik ko’rib kelishini aytdim.Daftarlari to’liq uyga vazifani yaxshi o’qib kelganlarni maqtab a’lo baho qo’yishimni va yanada yaxshi o’qishlarini aytdim.Ularga “Odam va hayvonlar nafas olishi” haqidagi mavzuni tushuntirib berdim.Ularni qiziqtirgan savollariga javob berdim.Tushunmagan joylarini yaxshilab tushuntirdim. Men o’qituvchilik kasbi qiyin va sharfli kasb ekanligi hamda mashaqqatli ekanlgini birinchi darsimdayoq his qildim.Shu tarzda men birinchi darsimni o’tdim.
K eyingi darsimni 7-B sinflarga o’tdim.Ular bilan ham yaqindan tanishdim. Davomatini oldim,xona tozaligiga e’tibor berdim.Mavzu labaratoriya mashg’uloti ekan, biriktirilgan o’qituvchimni yordami bilan labaratoriya mashg’ulotini o’tdik. Tugagandan keyin,yangi mavzuni o’tishni boshladim.Foydali va zararli hasharotlar haqida to’plab kelgan ma’lumotlarni aytib,hasharotlar mavzusini takrorlash va mustahkamlash uchun o’quvchilarni 3 ta jamoaga bo’ldim.Blits savol-javob qildim.Keyin hasharotni rasmini ko’rsatib unga ta’rif bering deb har bir jamoa a’zosiga savol berdim.Guruh sardorlariga mavzuga oid 2 ta murakkab savol va 1 tadan masala berdim.Oxirida jamoa ballari yig’ilib yutgan jamoani aniqlab oldim.Darsda aktiv qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirdim.Dars yakunida ko’zatuvga kirgan o’qituvchilar darsdagi kamchiliklarim va yutuqlarim haqida gapirishdi.Dars jarayonida yana dayangi texnologiyalardan va metodlardan foydalanishimni aytib kelgusi ishlarimda omad tilashdi.Dars yakunida o’quvchilarga uyga vazifa berdim.Darsni o’z vaqtdida tugatishga muvaffaq bo’ldim.
8 -mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan “Ayollar e’zozda” nomli tadbirda tomoshabin sifatida qatnashdim. Tadbir juda chiroyli va a’lo darajada o’tdi. Men ma’daniy xordiq oldim bu tadbirdan.
Dars jarayonidan lavhalar
16.03.2023-yil “Navro’z” bayrami ham o’zgacha shukuhda bo’lib o’tdi. Bayramda milliy taomlar namoyishi, milliy o’yinlar va rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi. Har bir sinf o’zi uchun berilgan joyni chiroyli tarzda bezatdi, turli milliy gilamcha va qo’l mehnatlari, milliy taomlar yordamida. Men maktab jamoasiga ancha o’rganib qoldim, o’quvchilar va o’qituvchila bilan ancha chiqishin oldim. Eng muhimi jamoa bilan ishlashni, sinfn boshqarishni o’rgandi
Do'stlaringiz bilan baham: |