Husnixat fani boshlang'ich ta’lim o'quvchilarini chiroyli yozuvga o`rgatuvchi uslubiy fan hisoblanadi. Boshlang'ich sinfda husnixat o`qitishdan maqsad o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini ravon qilish hamda ularni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash bilan bir qatorda, ularni go'zallikka intiluvchi, uni yurakdan his qila oladigan go'zallikni yaratishga intiladigan kishilar qilib voyaga yetkazishni nazarda tutadi.
Husnixat metodikasi fani XX asrning boshlarida pedagogika fani bilan yondosh shakllandi. Bu davrda yozish uchun maxsus chiziqli daftarlar ham ta’limda joriy etila boshlandi.
Husnixatga o'qitishdan asosiy maqsadi kichik yoshdagi o'quvchilarga yozishdek murakkab jarayonni o'rgatish orqali, ularning chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirishdan iboratdir. O'quv fani sifatida husnixatning oldiga bir qator vazifalar qo’yiladi.
Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib o'quvchilarni aqliy rivojlantirishga, ularning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirishga, axloqiy va estetik didlarini tarbiyalashga, ongli o'qish va yozish malakalarini hamda yozuv daftari bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Husnixat va uni o’rgatish fani amaliy fan bo’lib, u chiroyli yozishga o’rgatish bilan bir qatorda o’qitish, tarbiyalash, vazifalarini bajaradi.
Pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan Husnixat va uni o’tilish metodikasi fanining maqsadi:
Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.
Talabalarni-bo’lg’usi o’qituvchilarni husnixat talablari asosida yozishga o’rgatish.
Boshlang’ich ta’limida o’quvchilarni husnixatga o’rgatishning metod va usullari bilan qurollantirish.
Boshqa fanlar kabi husnixat va uni o’qitish metodikasining o’z predmeti bor. Bu fanning predmeti ta’lim berish jarayonida chiroyli yozuvni egallash, grafik jihatdan to’g’ri chiroyli yozishga o’rgatish hisoblanadi.
Husnixat va uni o’rgatish metodikasi fani o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish;
o’z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar xosil qilish;
boshlang’ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish va tashkil etishga o’rgatish;
boshlang’ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari bilan tanishtirish.
Birinchidan husnixat bilan yozish o’quvchilardan mehnat madaniyatini tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko’nikmasini hosil qiladi.
Ikkinchidan dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo’lish o’quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o’quvchilar qiladigan ishlariga o’ylab o’tirmay bajaraveradilar, o’z hato kamchiliklarini ham o’ylab ko’rmaydigan bo’lib qoladilar.
Uchinchidan husnixat bilan to’g’ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan yozilmagan, to’ldirilmagan hujjatlarni o’qishga kitobxonning ko’p vaqt sarflashiga to’g’ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o’qituvchi 30 talab o’quvchilar daftarini tekshiradi. Agar o’qib bo’lmaydigan qilib yozgan bo’lsa o’qituvchining ham unga ko’p vaqti sarf bo’ladi. Aniq va ravon qilib yozgan dastxati o’qituvchining ishini yengillashtiradi, keyingi talimiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Bola kamolotining shakllanishi ko'p jihatdan chiroyli yozuvga bog'liq. Chiroyli yozish orqali bolalar boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirish imkoniga ega bo'ladilar.
Inson hayotida yozuv muhim o'rin tutadi, chunki u har kuni turli-tuman qog'ozlar va hujjatlardan foydalanadi. Bularning hammasi chiroyli va bexato yozishni taqozo etadi. Ammo qisqa muddat ichida o'quvchilarda chiroyli, tez va bexato yozish malakalarini o'stirish mumkin einas, buning uchun bir necha yillik mehnat talab etiladi. Chiroyli yozuvga o'rgatish uchun bolalarning maktabga qadam qo'ygan kunlaridan boshlab izchil mashqlar olib borish zarur.
Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to'g'ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda yozishga, so'zlarda harflarni to'g'ri bog'lashga, so’zlarni qatorlar bo'ylab to'g'ri joylashtirishga o'rgatiladi. Daftar chiziqlari birin-ketin almashuvi davomida harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to'g'ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to'g'ri chamalab yozishga o'rgatish juda muhimdir. Husnixat darslarida ma`lum guruhga oid harflarni yozishga o'rgatish o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ham ish olib borish lozim. Yozuv tezligi oshishi bilan ayrim bir-biriga o'xshash harflarning shaklini buzib yozish hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish kerak. Chiroyli yozuvga o'rgatishda daftardan to'gri foydalanishga alohida e`tibor berish zarur. Ikki chiziqli daftardan bir chiziqli daftarga o'tganda o'quvchilar oldiga qator vazifalar qo'yiladi. Chiroyli yozuvga o'rgatish umumiy didaktik qoidalar bilan birga, yozuv malakasini shakllantiruvchi o'ziga xos qoidalarni ham o'z ichiga oladi.
1.Umumiy didaktik qoidalar takroriylik, ko'rgazmalilik, yosh va o'ziga xos xususiyatlarni hisobga olish, tushunarlilik, onglilik husnixat metodikasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
2.Yozuvga - husnixatga o'rgatishning vazifasi harfni, so'z, gap va matnni to'g'ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir.
3.Yozuvni o'rganish jarayonida o'quvchi tovushning belgisi bo'lgan harfni, so'z va gapni kitobdan va xattaxtadan to'g'ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko'chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo'1 qo’ygan kamchilik va xatolarini o'qituvchi rahbarligida yoki o'zi tuzata olishi kerak.
Har bir o'quvchi u yoki bu harfni tushunib yozishi, harflarning bir-biriga bog'lanishini, kichik va bosh harfning bir-biriga nisbatini, balandligini, qiyaligini, ruchkani ushlash va to'g'ri o'tirish qoidalarini yaxshi bilishi lozim. Chiroyli yozuvni o'rganish davrida olingan bilim va malakalar o'quvchilar uchun doimiy qoida bo'lib qolishi zarur. Chiroyli yozuv malakalarini o'stirishda eng birinchi qoida bu ozodalik talablari va yozuvning qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatilib, so’ngra harf va harf elementlari orasidagi masofani chamalab yozish qoidalari singdirib boriladi. Bu qoidalar keyinchalik takomillashtiriladi. Har bir yozuv mashqi aniq maqsad asosida oson, tushunarli olib borilishi kerak. Buning uchun chiroyli yozuvga o'rgatishning turli usullaridan foydalanish lozim. Bolalarning yozuv malakalarini hosil qilishda ularning yosh va o'ziga xos xususiyatlari: barmoq va qo'l muskullarining harakat tezligi, markaziy nerv sistemasi tomonidan nerv muskullarining boshqarilishi hisobga olinishi lozim.
Chiroyli yozuv darslarida harflarning shakli ustida mashq o'tkazilganda oddiydan murakkabga tomon boriladi, chunki alifbodagi barcha harflar yozilish shakliga ko'ra quruhlarga ajratiladi. Birinchi guruhda yozilish shakli oson, keyingi guruhlarda yozilish shakli murakkab bo'lgan harflar kiritiladi. Bunday usulda darsni tashkil etish husnixat o'qitish metodikasida genetik usul deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |