Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova


asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari
. Deyarli 
30% bola asosiy maktabga o‘tadi. 9 yoki 10 yillik o‘qish tugatilgandan 
keyin kasbiy tayyorgarlikka o‘tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega 
bo‘lgan bolalar o‘qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori 
maktabi o‘rtasida turadi. Qoidaga ko‘ra bu erda o‘qish 6 yil davom etadi 
(5-10-sinfgacha) va to‘la ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim 
yurtini tugatganlar o‘rta maxsus o‘quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi 
hunar-texnika 
maktabiga 
kirib 
o‘qish hukukiga ega bo‘ladi. 
Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13-sinflarni o‘z ichiga 
oladi. 11-13-sinflar oliy o‘kuv yurtlariga tayyorlash vazifasini
ham bajaradi. 
Gimnaziyani bitirganlik haqidagi etuklik attestati oliy o‘quv 
yurtida o‘qish imkonini beradi. Germaniya ta’limi tizimida hunar ta’limi 
muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan 
talab kuchlidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning (9-10-sinflar) 


276 
79%, to‘liq o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20% hunar ta’limi 
tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o‘qish 
muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. O’kish uch bosqichdan iborat bo‘lib, 
birinchi yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan kasbga 
taaluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda 
amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar 
ta’limi beriladi. o‘quvchining birinchi yildan ikkinchi yilga o‘tish sinov 
imtihonlari o‘tkazilib o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. 
Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib 
boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul 
qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning etakchi mutaxassislari, 
fideral erlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan 
tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga 
kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini 
tugatish talab etiladi. O’qishga qabul qilish imtihnsiz maktab ta’limi 
to‘g‘risidagi hujjatga asosan amalga oshiriladi. 
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv 
yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident 
boshqaradi.O’z-o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan 
bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki tamoyiliga amal qilinadi. 
Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va 
boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erkin tashkil etilgan. Ko‘p 
sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi. O’qishga 
haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat 
harajatlarini ko‘tara olmasa o‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish 
to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra ular moliyaviy yordam oladilar. Bu 
yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz 
tariqasida beriladi. 
Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi ko‘pdan buyon 
muhokama qilinmoqda, bunda o‘quv jarayonini qisqartirish taklif 
qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o‘qiydi. Ular o‘qishga 
kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki 


277 
bundesverda xizmat hilishni hisobga olsak, talabalar qaqiqiy mehnat 
faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz. 
Shuni ta’kidlash lozimki, Germaniya ta’limi o‘ziga xos 
yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. Mamlakatda har qaysi 
maktab tipi uchun maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar bor. Ularning 
hammasi oliy maktabni tugatgan bo‘lishlari shart. Boshlang‘ich va 
asosiy maktabning bo‘lajak o‘qituvchilari olti semestr o‘qiydilar. Real 
maktab, maxsus maktab, gimnaziya va hunar-texnika bilim yurtlarining 
o‘qituvchilari ancha uzoq muddat o‘qishlari kerak. O’qish 
tamomlangandan keyin o‘qituvchilikka nomzodlarning hammasi 
imtihon topshiradilar. Keyin maktabda pedagogik amaliyot o‘tkazadilar 
va ikkinchi imtihon topshiradilar. O’qituvchi lavozimiga ega bo‘lgandan 
keyin, qoidaga ko‘ra umrbod lavozimga tayinlanadi. 
Quyidagi holatga e’tibor qarataylik. Bo‘lajak o‘qituvchilar 3 yil 
o‘qiganlaridan keyin real sharoitdagi maktabda ikki yillik pedagogik 
amaliyotdan o‘‘tadilar, haftasiga 10-12 soatdan dars beradilar. 
Bu davrda ularga maxsus murabbiylar belgilanadi, bu murabbiylar 
ularning faoliyatini nazoratda tutadilar, amaliyot tugagandan keyin 
shogirdlariga tegishli tavsifnomani beradilar. Shundan keyin maktab 
kengashi yuqori tashkilotlar bilan birgalikda bo‘lg‘usi o‘qituvchilardan 
imtihon oladi va ularning kelgusi ishlarini baholab, tegishli tavsiyalar 
beradilar. Bu jarayonning yana o‘ziga xos tomoni shundaki, imtihon va 
tavsiyalardan keyin bo‘lg‘usi o‘qituvchi bir yilga sinov muddati bilan 
ishga olinadi. Bu sinov muddatini muvaffaqiyatli o‘tgandagina unga 
o‘qituvchi martabasi beriladi. Praktikant-talabalar qo‘yilgan talablarni 
bajara olmasa maktabga qo‘yilmaydi. Uning ustiga attestatsiyadan 
o‘tkazish va litsenziya berish keng rasm bo‘lganligini e’tiborga olsak, 
o‘qituvchi doim o‘z malakasini oshirib borishga majbur bo‘ladi, aks 
holda u o‘qituvchilik lavozimidan mahrum bo‘lishi mumkin. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish