Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova


 Husayn Voiz Koshifiyning ta’limiy–axloqiy qarashlari



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

6.3. Husayn Voiz Koshifiyning ta’limiy–axloqiy qarashlari
Husayn Voiz Koshifiy ham o‘z davrining yirik olimi sanaladi. 
Husayn Voiz Koshifiyning (tahm.1440-1505 yy.) Hirotda Abdurahmon 
Jomiy, Alisher Navoiylar bilan hamkorligi ilm-fan taraqqiyotida katta 
ahamiyat kasb etgan. Husayn 
Voiz Koshifiy axloq, nujum, mantiq, 
adabiyotshunoslik, riyoziyot, hisob, islom tarixi, ilohiyot, tarix, 
musiqashunoslik, tasviriy san’at, tabobat ilmiga oid 200 dan ortiq asar 
qoldirib, sharq ma’naviy madaniyatini rivojlantirishda o‘z o‘rniga ega. 
Koshifiy Hurosonda Husayn Boyqaroning voizi (notig‘i), 
ta’birchisi, maslahatchisi sifatida shuhrat qozonadi. Chunki Koshifiy 
Huroson shaharlarida va’z aytib, xulq-odob qoidalari, Qur’on va Hadis 
masalalarini sharhlab, xalq orasida hurmat-e’tibor qozongan. 
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Husayn Voiz Koshifiyning 
“Axloqiy Muxsiniy” asari ingliz, nemis, o‘zbek, turk tillariga tarjima 
qilingan. Mazkur asar Husayn Boyqaroning o‘g‘li Abdulmuhsin 
Mirzoga bag‘ishlangan bo‘lib, inson kamoloti uchun eng zarur hislatlar 
ta’riflanadi. Asarda inson aqliga, aqliy tarbiyaga katta e’tibor beriladi. 
Aqlni haqiqat sifatida ta’riflab, inson o‘zining faoliyatini aql yordamida 
amalga oshiradi, deydi. U ilm boylik va dunyo orttirish uchun emas, 
balki hayot kechirish uchun zarurdir, chunki ilm - doimiy, mol-dunyo 
o‘tkinchi, deb tushuntiradi. Haqiqiy dono, bilimdon kishilar o‘tkinchi 
narsalarga e’tibor bermaydilar, deydi. Demak, Koshifiy ilmni amaliyot 
bilan bog‘lab tushuntiradi. Koshifiy har bir ishning muvaffaqiyatini 
bilimlarni amalda qo‘llanishi bilan belgilagan. Bunda u inson aqlini 
faoliyatning asosi sifatida talqin etib, o‘z navbatida bu faoliyat yangi 
bilimlarning paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi, deydi va bu fikri bilan ancha 
ilgarilab ketadi. Masalan, u “Axloqi Muhsiniy” asarida aql bilan 
faoliyatning o‘zaro aloqasi xaqida gapirar ekan, barcha kishilar aqlga 
extiyoj sezadi, aql esa amaliy faoliyatga extiyoj sezadi. Harakat, faoliyat 


108 
aqlning ko‘zgusi sanaladi. Aql yordamida insoniyat tajribasi, ma’naviy 
qadriyatlar yig‘ilib boradi va kelgusi avlodlarga etkaziladi” deb 
ta’kidlaydi. Koshifiy shuning uchun ham avvalo ilm-fan, olimlarning 
jamiyatdagi o‘rniga katta baho beradi, ustozlarning qadriga etish 
zarurligini uqtiradi. Ikkinchidan, ustozga hurmat odoblilik namunasi 
sifatida ham qaraladi. 
Xusayn Voiz Koshifiy insonni bilim orqali tarbiyalash, uning aqliy 
qobiliyatini o‘stirish mumkin, deb bilimning insonni shakllantirish 
mezoni sifatida talqin etadi. U ilgari surgan axloqiy tushunchalar: 
yaxshilik va adolat, burch, vijdon, or-nomus, baxt-saodat kabilarni 
ta’riflab, har birini insonda shakllantirish yo‘llari va usullarini ham 
bayon etadi, ularning tarkibiy qismlarigacha ajratib, ularni ijtimoiy talab 
darajasida tushuntiradi. Shu bilan birga asosiy mezonlarini ham 
ko‘rsatib beradi. U axloqiylikning asosiy mezonlari sifatida insoniylik, 
adolatlilik, sof insoniy munosabatlar deb biladi. Bularga teskari bo‘lgan 
xatti-harakatlar: yolgonchilik, chaqimchilik, g‘araz, hasad, bahillik, 
pastkashlik, g‘iybatchilikni qoralab, ulardan qutulish yo‘llarini ham 
bayon etadi. Shuningdek, Koshifiy axloqiy talablarni ham bayon etadi. 
Bu talablar axloq qoidalari bo‘lib hisoblanadi. U o‘ttizdan ortiq axloqiy 
qoidalarni bayon etib, bular sabr, hayo, pokizalik, sobitqadamlik, avf, 
sahiylik va sahovat, tavoze’ kamtarlik, rostgo‘ylik, shijoat, xushyorlik, 
farosat kabi insoniy fazilatlarni barcha qirralariga ta’rif beradi. 
Demak, Koshifiy axloqiy qarashlarida komil insonga xos bo‘lgan 
barcha hislatlarni o‘zida ifodalagan ilm-ma’rifatli, haqiqatparvar, 
adolatli, har qanday adolatsizlikka qarshi kurashuvchi oliyjanob inson 
qiyofasini tasavvur etamiz. Husayn Voiz Koshifiyning yana bir asari 
“Futuvvatnomai Sultoniy” bo‘lib, unda komil insonni shakllantirishning 
aynan amaliy yo‘llanmalari beriladi. Ma’lumki, X asrdan boshlab 
javonmardlik yoki futuvvatchilik harakati keng yoyilgan. Bunda barcha 
yosh yigitlar o‘z hayotini faqat ezgu hislatlarni tarkib toptirishga 
bag‘ishlab, zoxiran va botinan pok bo‘lish, o‘z ezgu niyatlarini amalga 
oshirish uchun jamoa bo‘lib uyushgan. Bunday yoshlarni javonmardlar 
yoki futuvvatlar deb atashgan. Ular ma’naviy va jismoniy etuklikka 


109 
intilgan, mardlik va oliyjanoblik namunasini ko‘rsatgan. Ularning o‘z 
jamoasi, piri, ustozlari, yig‘iladigan joylari bo‘lgan. Sarbadorlar Abu 
Muslim, Yaqub ibn Lays, Mahmud Torobiy kabi qahramonlarimiz ham 
o‘z vaqtida javonmardlar bo‘lishgan. 
Koshifiyning “Futuvvatnomai Sultoniy” asari ham boshqa 
ta’limiy-axloqiy asarlar qatori ana shu javonmardlik ilmining qoida-
nizomlarini ifoda etgan. Futuvvat (javonmardlik) ilmi ham tasavvuf, 
so‘fiylikka muvofiq kelib, insonni axloqan poklash, mehru shafqat 
himmat va mardlik ko‘rsatishni targ‘ib etgan. Tasavvuf futuvvatda 
yuksak g‘oyalarning amaliy-ijtimoiy tadbiqini ko‘rsa, futuvvat esa 
tasavvufda nazariy-e’tiqod asosini topgan. Odatda futuvvat sifatlari 
mavjud kishini fatiy deganlar. Fatiylarning lug‘atiy ma’nosi - yoshlik. 
Bu so‘z yosh yigitga nisbat berilgan. Shu bilan birga majoziy ma’noda 
insoniy fazilatlar nuqtai nazaridan kamolat chegarasini zabt etgan 
olamga - yoshlarga nisbatan ko‘llanilgan. 
Javonmardlikning ruknlari (ustunlari) o‘n ikkita bo‘lgan: oltita 
zohiriy, oltita botiniy. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish