Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

3.5.
 
Ibn Sino ta’lim–tarbiya haqida
Abu Ali ibn Sino (980-1037) 980 yilda Buxoro shahri yaqinidagi 
Afshona qishlog‘ida kichik amaldor oilasida dunyoga keladi. Uning 
otasi Abdulloh va uning do‘stlari bilimdon kishilar bo‘lib, ularning ilmiy 
munozaralarida yosh ibn Sino ham qatnashar edi. Bunday oilaviy muhit, 
Buxoro shahridagi ko‘plab madrasalar, kasalxona va nodir kitoblar 
saqlanadigan kutubxonalarning mavjudligi ham yosh va iqtidorli ibn 
Sinoga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. U maktabda o‘qib ko‘pgina ustozlardan 
ta’lim oladi. Masalan: Abdulloh Notiliydan falsafa, mantiq, xandasa 
bo‘yicha, Buxorolik Abu Mansur Qamariydan til bo‘yicha ta’lim oladi. 
IX asr oxiri va X asr boshlariga kelib o‘lkada siyosiy ijtimoiy 
vaziyat murakkablashadi. Shuning uchun ibn Sino Xorazmga - 
Urganchga ko‘chib o‘tadi. Xorazmda bir qator olimlar bilan 
hamkorlikda Beruniy boshqarayotgan “Ma’mun akademiyasida” ilmiy 
ish bilan shug‘ullanadi. Natijada o‘zining yirik asari “Tib qonunlari”, 
“Ash-Shifo” ustida ish olib boradi. 
Ibn Sino fanning turli sohasiga oid 450 dan ortik asar yaratadi. 
Lekin bizgacha 250 ga yakini etib kelgan bo‘lib, ulardan 50 dan ortik 
qo‘l yozmalari O’zbekiston fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik institutining kitob fondida saqlanib 
kelinmoqda. U ta’lim-tarbiyaga ta’lluqli bo‘lgan quyidagi asarlarni 
yaratgan. Masalan: “Tadbir al-Manozil” (turar joyni boshqarish), “Axloq 
haqida risola”, “Burch haqida risola”, “Nafsni pokiza tutish”, “Badanni 
boshqarish”, “Adolat haqida kitob”, “Al-qonun”, “Ishq haqida risola”, 
“Xay ibn-Yakzon”, “Nomozning mohiyati haqida risola”, “Ziyorat 
qilishning ma’nosi haqida”, “An-Najot”, “Ash-Shifo”, “Donishnoma” 
kabi asarlari bilan ilm-fanga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomadir. 


62 
Shuning uchun ham Sharqda unga, “Shayx ur-Rais” - ya’ni 
olimlarning olimi degan yuksak unvon berilgan. 
U o‘zining “Axloqqa oid risola”sida insonning umumiy fazilati 
haqida gapirib, kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning 
paydo bo‘lish sabablari to‘g‘risida to‘xtaladi. Uning fikricha yaxshi va 
yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo‘ladi, odamlarning yaxshi 
yoki yomon bo‘lishida hukumat ahllarining ta’siri ham zo‘r bo‘ladi, 
deydi. 
Ibn Sino axloqiy hislatlardan: iffat, qanoat, sahiylik, shijoat, sabr, 
muloyimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma’rifatli bo‘lish, kamtarlik,
adolatlilik, do‘stlik, vafodorlik kabi axloqiy kategoriyalarga ta’rif beradi. 
U insoniy fazilatlarga: 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish