Chirchiq davlat pedagogika instituti
Gumanitar fanlar fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti 20/2 – guruh talabasi
Ismatov Abrorjonning
Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Tekshirdi: Abduqahhorova X.A
QO'SHMA GAPLAR. SODDA VA QO'SHMA GAPLAR
Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo'lgan gap sodda, ikki yoki undan ortiq sodda gapning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo'lgan butunlik qo'shma gap sanaladi.
Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo'shma gaplarga ajratishga asos bo‘ladi. 1. Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G'arbda dong taratdi. (B.Ahmedov) 2. Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi. (R.Inog‘omov) mashq.Gaplarni o'qing. Sodda va qo'shma gaplar o'rtasidagi farqni izohlang. 1. Haqiqiy do‘stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi. (Oybek) 2. Odamlar siz bilan dardini yoki quvonchini o‘rtoqlashsa, diqqat bilan tinglang. (Deyl Karnegi). 3. Odamning turli fe’l-atvorli do'stlari bo‘ladi, hammasi bilan fe’liga, tabiatiga qarab, yaxshi muomala qilish zarur. (M.Muhmudov) 4.G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. (Maqol) 5.Omon laganning tagini non surkab yalab turganda, ko‘cha- ko‘yni to‘ldirib, ayqirib-chayqirib besh kishi kirib keldi.(G'afur G'ulom)
QO'SHMA GAP QISMLARI VA ULARNI BOG‘LOVCHI VOSITALAR
Qo'shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo'shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog'lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog'lovchi vositalar hisoblanadi. Qo'shma gap qismlari quyidagi bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi: 1.Bog'lovchilar: a) teng bog'lovchilar (va, hamda, ammo lekin, biroq, yo, yo..., yo, dam..., dam...) b) ergashtiruvchi bog'lovchilar 2. bog'lovchi vazifasidagi vositalar: a) bo'lsa, esa, deb; b) -u, (-yu), da, -ki yuklamalari; d) nisbiy so’zlar; e) shuning uchun, shu tufayli, shu sababli singari ko'makchili qurilmalar; f) shart mayli qo'shimchasi (-sa). 3. Ohang. mashq. O'qing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni aniqlang. 1. Do‘stlikdan o’ tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatini sira qo‘ldan boy berma. («Hikmatnoma»dan) 2.0‘zingga do‘st tanla, chunki bir o‘zing baxtli bo‘lolmaysan. (Pifagor) 3. Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. («Qobusnoma») 4. Yaxshi fikr tiniq uslubni talab qiladi, uslub esa fikr libosidir. («Tafakkur gulshani») 5. 0‘z tilingni hurmat qil, u senga keng imkoniyatlar ochib beradi. mashq.Gaplarni o'qing, qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni tushuntiring. 1. Adab kichkinalar mehrini ulug‘lar ko'ngliga soladi va u mehr kattalar ko‘nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy) 2. Fikr ravshan bo‘lsa, albatta, uning shakli ham ravshan bo‘ladi. (P.Qodirov) 3. Haqiqiy olim o'zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o'zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi. («Hikmatnoma»dan) 4. Badanning quvvati — ovqat, aqlning kaliti — hikmat. (Maqol) 5. Kimning qalbi pok bo Isa, u to‘g‘ri va baxtli hayot kechirishga haqli. (H.Razzoqov) mashq.Sodda gaplarning orasiga bog'lovchi vositalardan mosini qo'yib, ularni qo'shma gaplarga aylantiring. 1. Ta’lim faqat so‘z va o'rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi. (Forobiy) 2. Aslida, qo’shiq aytishning shukuhi o’zgacha. Kishi qo’shiq aytganda ruhan yengil tortadi.(E.Vohidov) 3. Men Abdulla Oripov she’rlarini yaxshi ko’raman. Uning fikrlash tarzidagi o’ziga xoslik menga yoqadi. (E.Vohidov)4. Kitob insondan hech narsani tilamaydi. U odob-axloqning koni, bilimning bulog‘idir. («Otalar so‘zi») 5 Kitob - bir bog‘. Yozuvlar uning gullaridir. (Qayum Nosiriy) 6. Ilm — bir daraxt. Odob uning mevasidir. (Maqol) QO'SHMA GAPLAR TASNIFI Bilib oling. Qismlarining qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanishiga ko‘ra qo'shma gaplar uch guruhga bo'linadi: 1.Bog‘langan qo'shma gaplar. 2.Ergashgan qo'shma gaplar. 3. Bog'lovchisiz qo'shma gaplar. mashq.Matnni o'qing. Qo'shma gaplarni topib ко’chiring. Ularni guruhlarga ajrating. Gaplarni nima asosida guruhlarga ajratganingizni ayting. 1. Baraka top, jiyan. Sen borsan, ko'nglim to‘q. Shu mashina haydashni o'rganib olsang juda soz bo'lardi. Qatorda noring bo'lsa, yuking yerda qolmaydi, deydilar. (Hakim Nazir) 2. Goh kechalari shamol bo'riday uvillab chiqar, goh sharros yomg'ir quyib qolardi. (E. Usmonov) 3. Guli yo‘q bo'stondan yaproq yaxshi, foydasi yo'q yo'ldoshdan tayoq yaxshi. (Maqol) 4. Dunyo ko'rgan odam bilan hamsuhbat bo'lsang, bahri diling ochiladi. (O'. Hoshimov) 5. Yurakda orzum qat-qat, ko'nglim etadi parvoz. (Rauf Tolipov) 6. Quyoshli 3 tog'da qushlarning xush navosi boshlandi. (Sh. Xolmirzayev) mashq. Matnni o'qing, qo'shma gap qismlarini aniqlab, ularni izohlang. O'qishli kitob go'zallikdir, lekin go'zallikda ham go'zallik bor. Qorong'i kechada otilgan mushak ham go'zal, quyoshga qarab xandon tashlab turgan gul ham go'zal. Osmonda sochilib ketgan rang-barang olov va oqish izlar go‘zalligi ko‘zni qamashtirsa ham puch go‘zallik, shuning uchun bebaqodir. Gulning go‘zalligi esa to‘q go‘zallik, chunki uning bag‘rida hayot bor, shuning uchun abadiy go'zallikdir. G‘uncha guldan ham go'zalroq, chunki uning bag‘rida ikki hayot — o‘z hayoti va yana gul hayoti bor. (Abdulla Qahhor) mashq. Gaplarni o'qing, bog'langan qo'shma gap, ergashgan qo’shma gap, bog‘lovchisiz qo'shma gap sarlavhalari ostida uch guruhga bo'lib ko'chiring. 1. Shogirdlar qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘ngil qafasi shuncha ravshanroq bo‘ladi. (G'afur G'ulom) 2. Og’ziga kelganini demoq nodon ishi va oldiga kelganini yemoq hayvon ishi. (Alisher Navoiy) 3. Oqil agar so‘z bila so'zni yopar, Orif o‘shal so‘zda o‘zini topar. (Haydar Xorazmiy) 4. Hunar o‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir, Yopiq eshiklami ochar birma-bir. (Nizomiy) 5. Jahonda hammadan to‘g‘rilik a’lo, Egrilikdan ortiq yo'qdir hech balo. (Firdavsiy) BOG’ ’ LANG AN QO'SHMA GAPLAR Bilib oling. Qismlari teng bog'lovchilar, bo‘lsa, esa so‘zlari,-u (-yu), -da yuklamalari yordamida bog'langan gaplar bog'langan qo'shma gaplar hisoblanadi. topshiriq. Berilgan gaplarni qismlarga ajrating. 1. Shu onda chiroq o‘chdi va birdaniga o‘q uzildi. (Abdulla Qahhor) 2. Mana, sen ketding-u, bo'ldim xayolkash. (Zulfiya) 3. Yo‘lovchining o‘zi ichkariga kirdi-yu, ikki ko‘zi tashqarida qoldi. (Omon Muxtor) mashq.O'qing. Berilgan gaplardagi bog'lovchi vositalarni aniqlang. 1. Sarbon shundog’ dedi-da, quchog'ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi. 2. To'lagan ro‘molchasini cho'ntagidan oldi va boshqatdan qatladi-da, yana cho'ntagiga solib qo'ydi. 3. Uzun bir yog‘och topdi-da, asta olmani o‘ziga tomon «hayday» boshladi, ammo olma quvlik qilib yigitni aldar, yog‘och uchi tegishi bilanoq suvga bir sho’ng’ib yana «qochib» qolardi. 4. Yo‘q, faqat meni bilishmaydi, lekin boshqalarni, jumladan, seni ham, yaxshi bilishadi. 5. Hujrasiga qaytdi- yu, o'ylay boshladi. 6. Asalxon e’tibor bilan tingladi-yu, javob berish o‘rniga indamay yo‘lida keta berdi. (Muhammad Ali) mashq.Gaplarni o'qing, bog'langan qo'shma gaplarni aniqlang. Sodda gaplarning o'zaro bog'lanishini izohlang. 1. Gapni cho'zma, chunki hayot qisqadir. (M.Larin) 2. Vijdonli kishini ta’qib etish mumkin, ammo sharmanda qilish mumkin emas. (F. Volter) 3. Uning so‘zlari jonli chiqdi-yu, lekin savollar shoshirib qo‘ydi. (Hakim Nazir) 4. Oyim gapiryapti-yu, mening ko‘zlarim Kimsan akamda. (0‘.Hoshimov) 5. Umrlar o'tar-u, kitoblar yashar. (G‘afur G‘ulom) mashq. Qo'shma gaplar orasiga qavs ichida berilgan vositalardan mosini qo'yib, o'qing. l.Dushman nasihatiga qarab ish tutmoq xato, (yo, ammo, va) nima deganini bilib qo‘ymoq ravo. (A. Qodiriy) 2. Har bir narsa aqlga muhtoj, aqi (lekin, yoxud, esa) tajribaga muhtojdir. 3. Tong cho‘qqidan oshdi (biroq, va, lekin) qishloq uzra quyildi. (T. Sodiqova) 4. Biz shahar havosidan qochib, tabiatda jon asragimiz keladi (- yu, biroq, ammo) sho‘rlik tabiatning o‘zi bizdan bezillaydigan bo’lib qolibdi. (0‘. Hoshimov) 5. Paxta terish bilan bandman, (-u, ammo, yoki) butun diqqatim Muattarda. (U. Nazarov) BIRIKTIRUV BOG‘LOVCHISI YORDAMIDA BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR topshiriq.Biriktiruv bog’lovchisining tagiga chizing va qanday vazifa bajarayotganini ayting. 1. Ro‘zimatning rangi о‘zgardi va ko‘zlarida hamisha о’ynab turadigan tabassum ifodasi to‘satdan yo ‘qoldi. (Abdulla Qahhor) 2. Pakana yigit uyning ustun va devorlarini chertib, deraza va eshiklarining bo’yog‘ini hidlab ko'rar edi. (Abdulla Qahhor) 3. Ro'paradagi g'orning bag'ridan qora tutun ko’tarildi va и yerdan yo'tal tovushi eshitildi. (Oybek) 4. Anor so ‘zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (Hamid Olimjon) Bilib oling. Biriktiruv bog'lovchisi qo'shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo‘lgan qismlarini bog‘lab keladi. Qismlari o'rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo'shma gaplarda ikkinchi qism oldidan natijada so'zini qo'yish mumkin bo'ladi. Masalan, Anor so'zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar -Anor so'zlar (va) natijada Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (Hamid Olimjon) Eslab qoling. -u, -yu, -da yuklamalari ham biriktiruv bog'lovchilari bajargan vazifalarni bajaradi. 4 mashq. Ko‘chiring. Qismlari biriktiruv bog'lovchisi yordamida bog'langan qo'shma gaplarni aniqlab, bu qismlar o'rtasida qanday mazmuniy munosabatlar borligini ayting 1.U har uch qadamda bir to'xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga zo’rg‘a yetdi, qopni ag‘dardi-yu muvozanatni saqlay olmay o‘tirib oldi. 2. Gulchehra «piq» etib kuldi-da, cho'zilib tugunni oldi. 3.Mashhur qora qashqa ayg‘irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. 4. To‘satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo'ldi. 5. Inobat qizishib ketib, pisandaga o‘tganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi. (O. Yoqubov) mashq.Matnni o'qing. Biriktiruv bog'lovchilarini topib, ularning gapdagi vazifalarini tushuntiring. Qadim zamonda kushoniylar davlatida pahlavon Shukriolloh ismli sarkarda yashagan va uning dovrug'i ellarda doston ekan. Sarkarda jangga sovut-dubulg‘asiz, qalqonsiz kirar hamda bu jangda uning qo‘shini hamisha g alaba qilarkan. Bir kuni temirchi sarkardaning iltimosiga ko‘ra unga qalqon, sovut yasab beribdi va u navbatdagi jangda hammani hayron qoldirib, qalqon, sovut kiygan holda qilich bilan paydo bo‘libdi. Shunda atrofdagilar ajablanib: «— Ey sarkarda, bu holda hech jangga kirmas edingiz-ku?!»— deyishibdi. Sarkarda bir xo’rsinib javob beribdi: «Janglarda meni duo qilib turguvchi onaizorim olamdan o’tdilar. U kishining duolari menga qalqon, sovut, dubulg‘a edi. Endi u kishi yo‘qlar...» mashq.Nuqtalar o'rniga bog'lovchllardan mosini qo'yib ko'chiring. 1. Dekabr oyining boshida bir qor yog‘di..., keyin yana oftob charaqlab, havo ilib ketdi. (P.Qodirov) 2. Ko'pirar tomirlarda qon... portlar hademay bu o‘tli vulqon. (G‘afur G‘ulom) 3. Kuzning O’rtalarida havо birikki daf’a aynidi.., vodiyga qalin tuman tushdi. (Said Ahmad) 4. Keta boshladim..., u notanish odamning qayoqqa borgani meni qiziqtiraverardi. (Sh.Xolmirzayev) 5. Bu yerda uzumzor va yong'oqzorlar ko‘p edi, ... tog‘ manzarasi ham boshqacha edi. ZIDLOV BOG‘LOVCHILARI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO'SHMA GAPLAR topshiriq. Gaplar tarkibidagi zidlov bog'lovchilarini topib, ularning vazifalarini ayting. 1. Dilimizda orzu balandroq edi, lekin ко‘klam biroz noqulay keldi. (Oybek) 2. Gul to‘g'risida yozganini ко‘rganim yo‘q, lekin paxta haqida ko’p yozadi. (Abdulla Qahhor) 3.Yo‘lning ikki chetidagi g‘alla tovlanardi, ammo ular о‘tgan yillardagi kabi baland emas edi. (Oybek) 4. Kechasi yana qor yoqqan, biroq havo unchalik sovuq emas edi. (Said Ahmad) Bilib oling. Zidlov bog'lovchilari bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ular o'rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog'lovchilari qo'shma gapning ikkinchi qismi boshida qo'llanadi va qo'shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi. ©Eslab qoling. -u(-yu), -da yuklamalari bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ular o'rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradi. mash.Zidlov bog'lovchilarini aniqlab, ularning qanday vazifa bajarayotganini ayting. I. Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush parvoz qildi. (Oybek) 2. Bu daraxtning bo'yi baland, lekin mevasi kam. (Oybek) 3. Hammasini tinglardim, ammo O'xshashini topmasdim aslo. (Hamid Olimjon) 4. Oy yoritadi, lekin isitmaydi. 5. Maqtamasman moziyni, biroq O'tmishingni o'ylayman bir zum. (A. Oripov) mashq.Zidlov bog‘lovchilari bilan -u (-yu), -da yuklamalarini almashtirish mumkin bo'lgan gaplarni aniqlang va buning sababini tushuntiring. 1. Soni ko; p, lekin salmog'i yo‘q. (Abdulla Qahhor) 2. Mayli, siz yashirdingiz, ammo men yashirmayman. (Oybek) 3. Men o‘z fikrimni aniq tushuntirib berishga harakat qilyapman, lekin siz uni eshitishni xohlamayapmiz. (Olimjon Xoldor) 5. Termometr hamshiraning qo'lidan tushib ketdi-yu, bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi. (Said Ahmad) 6. Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba'zilar podalari izidan cho‘lga qarab ketdilar. (Sh.Xolmirzayev) mashq.Gaplarni o’qing, zidlov bog'Iovchilarini topib, ularni izohlang. 1. To'g'ri so‘z har narsadan yaxshi, biroq yolg‘onchi va chaqimchidan eshitilgan to‘g‘ri so’z ham yoqimsizdir. 2. Mol-u puling ketsa-ketsin, ammo vaqtingni zoye ketkizma. 3. Odam umrining lazzati — farzand, lekin noqobil farzand ota-onaning umrini qisqartiradi. 4. Do’st yomon kuningda asqotadi, biroq qo‘rqoq do‘st yaxshi kuningda ham dushmandan xavflidir. 5. Har kimning zari bo‘lmasa-da, hunari bo‘lsin. (« Hikmatnoma»dan) mashq.Gaplarni o'qing, zidlov bog'lovchilari yordamida bog'langan qo'shma gaplarni aniqlab, ularni izohlang. 1. Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat kamol toptiradi.(VG.Belinskiy) 2. Qilgan xatolaringni 5 o‘lguningcha ko‘z o'ngingda tut, ammo qilgan yaxshiliklaringni unut. (Muhammad Zehniy) 3. Xalqqa хауr-u ehson qilish naqadar ulug‘ fazilat, biroq bu xayr-u ehson beg‘araz bo‘lsa, yana ham yaxshi. (Abdibek Sheroziy) 4.0‘ylamoq yaxshi narsa, biroq ko‘p o‘ylab xayolparast bo‘lish zararlidir. (Abay) mashq. Zidlov bog'lovchilarini toping. Ular o'rniga -u (-yu), -da yuklamalarini qo'ying. 1. Jondan ortiq narsa yo‘q, lekin do‘stlar uchun jonimiz fido. (Tolib Yo‘ldosh) 2. Bir oycha fizika, matematika fanlarini o‘qidi, ammo xayoli boshqa yoqda bo‘lgani uchun kallasiga hech vaqo kirmadi. (0‘. Hoshimov) 3. Ular bir necha kun yurishdi, biroq hamon chegara ko‘rinmasdi. (S. Siyoyev) 4. Oradagi masofa yiroq, ammo mehr bizni bog‘lab turaidi. (Mirmuhsin) AYIRUV BOG'LOVCHILARI YORDAMIDA BOG'LANGAN QO'SHMA GAPLAR topshiriq. Berilgan gaplarni ko'chiring, qismlarini bog'lovchi vositalarni aniqlang. 1.Yo siz keling, yo men boray. (Qo'shiq) 2. Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi. (Oybek) 3. Goh osmonni tutib ashula yangraydi, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitiladi. (Oybek) Bilib oling. Ayiruv bog'lovchilari qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ularda ifodalagan voqea-hodisalarning galma-gal ro‘y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi. Yo (yoki) bog'lovchisi yolg'iz holda ham, takror holda ham qo'ilanishi mumkin. Qolgan ayiruv bog'lovchilari takror holda qo'llaniladi va yozuvda takror qo'llanayotgan bog'lovchidan oldin vergul qo'yiladi. mashq.O'qing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni va qismlar о’rtasidagi mazmuniy munosabatlarni aniqlang. 1. Uzoqlardan keng vodiy quchog'ida goh ko‘m-ko‘k o‘t bosib yotgan yaylovlar ko'rinadi, goh qop-qorong'i daralar ko'zga tashlanadi. (Oybek) 2. Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi. (Oybek) 3. Mashinaning nuqsoni bo'lsa, tuzatiladi yo yana yaxshirog'i yasaladi. (Abdulla Qahhor) 4. Yo zardo’zi to'ning to'zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging. (M. Lermontov) mashq. Ko'chiring, qo'shma gap qismlarini bog'iovchi vositalarni aniqlang va ular o'rtasida qanday mazmuniy munosabat borligini ayting. 1. Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib jala quyadi. (Qamchibek Kenja) 2. Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo bilsa ham, o'zini bilmaganlikka soladi. (Nabi Jaloliddin) 3. Yo urug‘ aynigan, yoki agrotexnika qoidalari buzilgan. («Xalq so‘zi» gazetasidan) 4. Goh qah-qah kulgi ovozi eshitiladi, goh muzika sadosi avjiga chiqadi. (Ismoil То’lак) 5.Nuri goh sevinib, shirin xayollarga boradi, goh butun vujudini qo’rquv bosardi. (Oybek) 6. Polvonlar epchillikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. mashq.O'qing. Ayiruv bog'lovchilarining vazifalarini aniqlang. 1. Men kuyladim goh dilda kadar, Goh sevinib she’r to‘qiyman men. (A. Oripov) 2. Har kuni oqshomlarda bu yo‘ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan terimchilar o‘tib qoladi, goh paxta ortgan traktorlar u yoqdan bu yoqqa g‘izillaydi. (O. Yoqubov) 3. Dasturxon ustida dam o‘zbek kuylari yangrardi, dam hind qo'shiqlari ijro qilinardi. (Qamchibek Kenja) 4. Ba’zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi, ba’zan itlarning vovillashi bu ovozlarni bosib ketadi. (Asqad Muxtor) INKOR BOG’LOVCHISI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO’SHMA GAPLAR topshiriq. O’qing. Gaplar tarkibidagi na…, na… bog’lovchisining vazifasini tushuntiring. 1. Oradan uch kun o’tdi hamki, Mahmuda na birovga biron ish aytdi, na murod-u maqsadini surishtirdi. (Nabi Jaloliddin) 2. Ko’kda na bitta yulduz ko’rinadi, na undan tushishi mumkin bo’lgan bir qatim nur. (Ulug’bek Hamdam) 3. Unda na farzandlaringiz, na mol-u pulingiz, na qulingiz sizga asqatadi. (P.Shermuhammedov) Bilib oling. Inkor bog’lovchisi bo’lgan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga, ularda ifodalangan harakat-holat yoki belgining inkorini ham bildiradi. Shuning uchun bunday bog’langan qo’shma gaplarda kesimlar bo’lishli shakldagi fe’llar yoki bor, mavjud kabi so’zlar orqali ifodalansada, mazmunan inkor tarzida anglashiladi. Yozuvda takror qo’llanayotgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi. mashq. Matnni o’qing, na…, na… bog’lovchisi qaysi gaplarda uyushiq bo’laklarni, qaysi gaplarda qo’shma gap qismlarini bog’lab kelgan. 1. Xuddi birov ko’kragimga ming pudli tosh bostirib qo’ygandek na qo’limni, na oyog’imni qimirlata olaman. (Murodjon Mansur) 2. Na ko’nglimni to’ka olaman, Na o’g’limni so’ka olaman. (Iqbol Mirzo) 3. Na baqirganingni birov eshitadi, na yordam deb chaqirganingni o’zing eshitasan. (Ulug’bek Hamdam) 4. Yalqov va besabr bo’lma, u senga na obro’, na baxt keltiradi. (“Hikmatnoma”dan) 5. Ilmsiz odam mevasiz 6 yog’och kabidir: undan na o’ziga, na xalqqa foyda bor. (“Otalar so’zi”) 6. Na tug’ilib o’sgan yurtini, na qachonlardir uni yer-u ko’kka ishonmay ne orzu-umidlar ila katta qilgan ota-onasini, na rasadxona va na undagi do’stlari-yu xojasi Umar Xayyomni eslardi. (Nabi Jaloliddin) 7. Bir hovlida yolg’iz turish noqulay bo’lmasmikan degan andishani na kanizak xayoliga keltirar edi, na Sidiqjon. (Abdulla Qahhor) mashq. Misollardagi na…,na… bog’lovchisi bilan bog’langan qo’shma gaplarni aniqlang. 1. Na so’zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo bor. (Oybek) 2. Bu vaqt mobaynida u na yemabdi va na ichmabdi. (Nabi Jaloliddin) 3. Bola bo’lmasa, kallayi saharlab ketganicha endi kirib keladimi? Na choy ichibdi, na non olibdi. (Murodjon Mansur) 4. Uning kelganini na Qurbon ota payqadi, na Sidiqjon. (A.Qahhor) 5. Na xotini, na Saksonboy aka, na o’zi o’g’lini taniy olishdi. (O’.Umarbekov) 6. Na ovqat yeb yolchitmadi, na paxta terib. (U.Hamdam) Mashq. 1. Sel na odamni ayadi, na dov-daraxtni tinch qo’ydi. (O’.Umarbekov) 2. Bu burgut ham ko’r, ham qari. Na ucha oladi, na ko’ra oladi. (O’.Umarbekov) 3. Na bironta odamning sharpasi ko’rindi, na bir shitirlagan tovush eshitildi. (O’.Umarbekov) 4. Na unga, Begimqulga kulib boqadi, na o’zi o’ynab-kuladi. (O.Yoqubov) 5. “Tinchlikmi, yo mendan xafamisiz, na telefon qilasiz, na ko’rinish berasiz?” – deb o’pkaladi. (Ahmad A’zam) 6. Birovga na dardini aytardi, na quvonchini sezdirardi. (Said Ahmad) BO'LSA, ESA SO‘ZLARI YORDAMIDA BOG'LANGAN QO'SHMA GAPLAR topshiriq. O’qing. Qo’shma gaplarni qismlarga ajrating. Bo‘Isa, esa so‘zlarining vazifasini aniqlang. 1. Rejadagi zarur ishlarni amalga oshirishga vaqt yetkaza olmayapman, sen bo‘lsang faqat dam olaylik deysan. («Gulxan») 2. U kim bo‘Isa bo’lsin, men esa arxitektor bo‘laman. («G‘uncha») Bilib oling. Bo'lsa, esa so'zlari bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga, ular o'rtasida qiyoslash va zidlash munosabatimavjudligini ifodalaydi. Bo'lsa, esa so'zlari qiyoslanuvchi bo'lakdan so'ng keladi. mashq.Gaplarni o'qing, bog'lovchi vositalarni izohlang. 1. Tovus o'zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa о zining sharaf-u shonini saqlaydi. 2. Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, tog'rilik bo'lsa uni saodatga boshlaydi. 3. Yaxshilik qilmoqlik ulug‘ fazilatdir, Buning qadriga yetmaslik esa illatdir. 4. Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. 5. To‘g‘ri til tosh yoradi, egri til esa bosh yoradi. 6.Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan esa dog‘ qoladi. mashq.Gaplarni o'qing, bo'lsa, esa so'zlarining gapdagi vazifalarini tushuntiring. 1. Jahl — dushman, aql esa do'stdir. 2. Dono aybni o'zidan axtaradi, ahmoq bo'lsa do stini ayblaydi. 3. Aql ко’pga yetkazadi, hunar bo’lsa insonni ko'kka ko'taradi. 4. Rostgo‘ylik odamni kamolotga yetaklaydi, yolg‘onchilik esa uni halokatga olib boradi. 5. So'zning yumshog'i g‘azabni so'ndiradi, so'zning qattig‘i esa odamni о’ldiradi. ERGASHGAN QO'SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT Bilib oling. Qismlari ergashtiruvchi bog'lovchilar yoki shunday bog'lovchi vazifasidagi so'zlar yordamida bog‘langan qo'shma gaplar ergashgan qo'shma gaplar hisoblanadi. topshiriq. Berilgan gap qismlaiining qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog‘langanini aniqlang. 1. Olim bo‘Isang, olam seniki. (Maqol) 2. Kamtar bo‘I, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi. («Tafakkur gulshani») mashq.Gaplarni o'qing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni aniqlab, qo'shma gap turini ayting. 1. Agar qiz bo'lsang, otingni Kimsanoy qo'yaman, agar o‘g‘il bo'lsang, Kimsanboy qo‘yaman. (Said Ahmad) 2. Men bilgan yovuz kishilar u yerda bor, shuning uchun men bormayman. (Omon Muxtor) 3.Hunar ado bo'lmas boylikdir, shu sababli yoshlik chog'ingdan boshlab biron-bir hunami о rganish payida bo‘l. 4. Chin do‘st yurakdan so'zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni aslo xohlamaydi. 5. To‘g‘ri so'z qilichdan o‘tkir, shuning uchun hamisha rost so'zlashga odatlan. mashq.O’qing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositaiarni aniqlang. 1.Olloyorning eng zo‘r sifati shuki, uning qo’lida yig‘layotgan chjqaloqlar birdan yupanadi-qoladi. (Murod Muhammad Do‘st) 2. Ot xo‘rsinsa, bir falokat yuz beradi. (Said Ahmad) 3.Piyoladan bug’ chiqib turmasa, choy ichganday bo’lmayman. 4. Majlis vaqtida boshlanmadi, chunki rais ushlanib qoldi. (Omon Maxtor) 5. Tilagim shuki, hamma bilan yaxshi muomalada bo‘ling. (U. Nazarov) mashq. O'qing, ergashgan qo'shma gaplarni topib ko'chiring. Ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vositalarni aniqlang. 7 1. Ortiqcha g‘urur obro'yingni yo‘q qilur, shuning uchun o‘zingni boshqalardan baland tutma. 2. Shuni unutmaginki, g‘alvirda suv turmas. 3.Kimda aql oz bo‘Isa, undagi shuhratparastlik shunchalik kuchayar. 4.Qo'rqoq keta turib maqtansa, jasur qaytib kelib maqtanadi. 5. Oraga shunday jimlik cho‘kdiki, yuragi gupillab urayotgani aniq eshitila boshladi. (0‘. Hoshimov) BOSH VA ERGASH GAP Bilib oling. Ergashgan qo'shma gaplar, tarkibida nechta gap bo'Iishidan qat’iy nazar, doimo ikki qismdan tashkil topadi: 1) bosh gap; 2) ergash gap. Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi. Eslab qoling. Ergashgan qo‘shma gaplar tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmalariga o‘xshaydi. So‘z birikmasi tarkibidagi so'zlar nechta bo'lishidan qat’i nazar, doimo ikki qismdan - hokim va tobe so'zlardan tashkil topadi. mashq.O’qing. Qo'shma gap qismlarining qaysisi bosh gap, qaysisi ergash gap ekanligini aniqlang. 1. Agar arqondan qo'llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha yo‘l topolmay sarson bo’lib yuraveradilar. (Said Ahmad) 2. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, mening kasb tanlashimga otamning do'mbirasi sababchi bo'lgan. (Murod Muhammad Do'st) 3. Topgan obro'ni yo’qotmaslik shart, chunki obro' ko'ylak emaski, yangisini bozordan olsang. (Omon Muxtor) 4. Birinchi qaldirg'och parvozini ko'rgan kishi qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvcnadi. (S. Siyoyev) mashq.Matnni o'qing, bosh va ergash gaplarni aniqlang. 1. Shuni bilingki, bitta so'zning tig‘i yuzta shamshirdan o‘tkirroqdir.2. Inson qanchalik kamtar bo'lsa, u shunchalik maqtovga loyiqdir. 3.Kimning yuragida yaxshilik bo'lsa, u doimo boshqalarga yaxshilikni ravo ko'radi. 4. Hamisha to‘g‘rilar yonida bo'linglar, chunki ular hech qachon sizni noto‘g‘ri yo‘lga boshlamaydi. 5. Til tinch bo'lsa, bosh salomat bo'ladi. («Otalar so‘zi») mashq. Maqollarning tushirib qoldirilgan qismini tiklang va qo'shma gapni izohlang, bog'lovchi vositalarini tushuntiring. 1.Ona yurting omon bo‘lsa,... 2. Ish quroling soz bo‘lsa,... 3. Bimi kessang,... 4. Er boshiga ish tushsa,... 5. Qozonga yaqin yursang,... 6.Yaxshi bilan yursang,... ERGASH GAPNI BOSH GAPGA BOG'LOVCHI VOSITALAR Bilib oling. Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog'lanadi: 1) ergashtiruvchi bog'lovchilar; 2) ko'makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli va boshqalar); 3) yuklamalar(-ki); 4) nisbiy so'zlar(kim-o‘sha, nima-shu, qayer-shu yer va boshqalar); 5) deb so'zi va boshqalar. mashq.O’qing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni aniqlang. 1. Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lоziт. (Said Ahmad) 2. Tilagim shuki, tog‘a, ayam bilan ukalarim kishilaiga muhtoj bo‘lmasin. (Oybek) 3. Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun, u maxsus o'rganishni talab qiladi. (Murod Muhammcd Do‘st) 4. Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro’yi bir pul bo‘ladi. (Olimjon Xoldor) 5. Kimki dushmani bilan olishganda ham insonparvarlikni unutmasa, u, albatta, yengadi. (Xurshid Davron) 6.Shamol qay tarafga essa, maysa ham o‘sha tomonga egiladi. (Xurshid Davron) mashq. O'qing, ergashgan qo'shma gaplarni topib ko'chiring. 1. Dalalarga chiqing, bahri dilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz. (Oybek) 2. Hayotimda kim uchundir foydali inson bo‘lsam, bu mening eng katta yutug‘imdir. 3. Shuni bilingki, vaqtning qadriga yetish, uni behuda o'tkazmaslik lozim. 4. Ikkovi ham men bilan qadrdonlardek so‘rashdi, shuning uchun darrov suhbatimizga jon kirdi. (Abdulla Qahhor). 5. Ular mening aytganimni qilishadi, chunki men oilamizning kenjatoyiman. (E. A‘zamov) mashq. Gaplarni o'qing. Qo'shma gap qismlarini bog'iovchi vositalarni aniqlang. 1. Amir Temur o’ g‘lining qilich tutgan qo'li baquvvat bo'lsin deb, kecha-kunduz mashq qildirdi, yuragi qo'rquv bilmasin deb, sher yuragini yedirdi, farosatli bo‘lsin deb, kitobga oshna qildi. (Xurshid Davrori) 2. Hasanali bekning yechinib yotishini kutib turardi, chunki uni yotqizib yoqilgan shamni o‘zi bilan narigi hujraga olib chiqmoqchi edi. (Abdulla Qodiriy) 3. Tojixon safardan ikki kun kechikib qaytibdi, shuning uchun brigadasidan hech ko'ngli tinchimayotgan ekan. {Abdulla Qahhor) 4. Mabodo men chiqolmay qolsam, qo’niqo’shnilarga o’zing bosh bo’lib, borib kelaveringlar. (Xurshid Do’stmuhammad) ERGASHTIRUVCHI BOG’LOVCHILI ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti yoki qiyosini bildirgan ergash 8 gaplar bosh gapga sabab (chunki, negaki), maqsad (toki), shart (agar, agarda, basharti, mabodo), qiyoslashchog'ishtiruv (go'yo, go'yoki, xuddi) ergashtiruvchi bog'lovchilari yordamida bog'lanadi. Sabab, maqsad, qiyoslash-chog’ishtiruv bog'lovchilari ergash gap boshida qo'llanadi va ergash gap bosh gapdan so'ng keladi. Bunday vaqtda yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Shart bog'lovchilari gap boshida keladi. Ergash gap kesimi shart maylidagi fe’liar bilan ifodalanadi. Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi. Ko'pincha shart bog'lovchilari qo'llanmasa ham, va shart mayli shakli qo'shma gap qismlarini bog'layveradi. mashq. O’qing. Ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vositalarni va ergash gapning qanday ma’no ifodalayotganini ayting. 1. Ozgina hovliqib turishsa ham, cho’chishsa ham mayliga, negaki keyin yelkalaridan yuk arigan mahali tuyadigan shodliklari ham shunga yarasha bo'ladi. (Murod Muhammad Do‘st) 2. Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga bundog' to‘nlar berar! (Abdulla Qodiriy). 3. Misralarda so‘zlar gavhar kabi yonadi, go'yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi. (Oybek) 4. Bu masala sinfda keng muhokama qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin. («G‘uncha») 5.Vijdonni asrangiz har nedan ortiq, Bobolardan qolgan noyob bu tortiq. Toki avlodlarga yetolsin omon. (A. Oripov) mashq.Gaplarni o'qing, ergashtiruvchi bog'lovchilar yordamida bog'langan ergashgan qo'shma gaplarni aniqlang va ularga izoh bering. Kishida odob bo'lsa ilm ham bo'lishi lozim. Odob shunday tojki, u aqlli, farosatli odamlar boshini bezaydi. Odobli odam tabibga о’xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni quvadi. Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir. Odob ulug‘lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. Qaysi yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer oaxt maskanidir. («Sharq hikmatlaridar») Bilib oling. Ergashtiruvchi bog’lovchilar o’zining ma’nosiga mos ravishda ergash gapga sabab, maqsad, shart, o’xshatish kabi ma’nolarni beradi. Shuning uchun ergash gapli qo’shma gaplar “sabab ergash gapli qo’shma gaplar”, “maqsad ergash gapli qo’shma gaplar” kabi mazmuniy turlarga ham bo’linadi. mashq. Gaplarni o’qing. Ergash gaplarda bog’lovchi vositalar ma’nosiga muvofiq ifodalangan mazmunni izohlang. 1. Biz shu yo’lga sodiqmiz, chunki boshqa yo’l yo’q. (Sh.Xolmirzayev) 2. U Mingbuloqqa kelganidan xursand, shuning uchun xayollari ham Mingbuloqdek tiniq edi. (O’.Umarbekov) 3. Agar gapim noto’g’ri bo’lsa, isbotlab bersinlar. (A.A’zam) 4. Agar o’zingda xohish tug’ilsa, taklifimni qabul qilishing mumkin. (T.Malik) 5. Biz xonalar keng bo’lsa deymiz, toki xastalar toza havoga muhtoj bo’lishmasin. (T.Malik) 6. Atrofga sokinlik cho’kdi, go’yo butun shahar, butun o’lka oromga berilgan edi. (T.Malik) 7. Ko’zlari yarim yumuq, go’yo kattaroq ochishga majoli yo’q. (Bahodir Murod Ali) mashq. Gaplarni o’qing. Ergash gaplarda bog’lovchi vositalarni aniqlang. 1. Bu yil cho’llarda o’t mo’l, chunki yomg’ir ko’p yog’di. 2. Kitobni bir kunga olgan edim, shuning uchun uni shu kechasidayoq o’qib chiqdim. 3. Choyni damlaganimga ancha bo’ldi, shuning uchun sovib qolgan bo’lsa kerak. 4. Sinfimizda hamma bir jon-u bir tan, shuning uchun bizda qoloqlar yo’q. 5. Dangasa bahona izlaydi, chunki mehnat unga yoqmaydi. mashq.Gaplarni o’qing. Qo'llangan va qo'lanmagan shart bog'lovchilarini aniqlang, ular qo'llanganda yuzaga keladigan ma’no kuchayishiga diqqat qiling. 1.Shuni yodda tutingkim, dilda e’tiqod butun bo‘lsa, aslo naslimiz yo‘qolmagay, tilimiz unutilmagay. E’tiqod susaysa, til emas, imon ham unutilgay. (Xurshid Davron). 2. Xalqim, tarix hukmi seni agarda Mangu muzliklarga eltgan bo‘lsaydi, Qorliklarni makon etgan bo’lsayding, Mehrim bermasmidim o‘sha muzlarga?... Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo! (A.Oripov). KO'MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA ERGASHGAN QO'SHMA GAPLAR Ф Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli singari ko'makchili qurilmalar vositasida bog'lanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi. mashq. O’qing. Ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vositalarni aniqlang Qanday tinish belgisi qo'yilganini va buning sababini izohlang. 1. Xalq Yusufbek hojidan zarra yomonlik ko'rmagan, shuning uchun u qayoqqa yursa, shu yoqqa borishga hozir turar edi. (Abdulla Qodiriy) 2. Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik. shu sababli mo‘l hosil oldik. (Olimjon Xoldor) 3.Ammo shu tobda hordiq chiqarishga fursat yo’q edi, shu bois tag’in jiddiy ishga kirishib 9 ketdilar.(O.Yusupov) 4. Saodat ko’pdan beri ashula aytmagan edi, shuning uchun ham u jaranglagan ovozlarga qo’shlib ashula aytgisi keldi.(I.Rahim) 5. 0‘zimiz juda cho‘llab kelgan edik, shuning uchun kechirdik. {Abdulla Qodiriy) mashq.Gaplarni ko'chiring. Ergash gapning bosh gapga bog'lanishiga diqqat qiling. 1.Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo'l. 2. Ilmsiz inson — mevasiz daraxt, shuning uchun hamisha ilmlilar saflda bo'lishga intil. 3. Ilm martabasi martabalarining zo'ridir, shu sababli yoshlikdan ilm olish payida bo‘l. 4. Qog‘ozga tushirilmagan ilm unutilib ketadi, shuning uchun bilganlaringni kelgusi avlodlaiga yozib qoldirishga harakat qil. 5. Ilm — saodatga yo'llovchi mash’al, shu tufayli uning insonlar hayotidagi o‘rni nihoyatda katta. («Otalar so'zi») DEB SO‘ZI YORDAMIDA ERGASHGAN QO'SHMA GAPLAR topshiriq. Gapni ko'chiring, sodda yoki qo'shma gapligini aniqlang. Ukalarim bezovta bo‘lmasin deb, To‘ng‘ich botir to‘qayning bir chekkasiga qochdi. («Uch og'a-ini botirlar») Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko'pincha deb so‘zi yordamida bog'lanadi. Ergash gaplarning kesimi buyruq va shart maylidagi,shuningdek, kelasi zamon fe’llari bilan ifodalanganda, asosan, maqsad ma’nosi, o’tgan zamon fe’llari bilan ifodalanganda esa, ko’proq sabab ma’nosi anglashiladi. mashq. Ko'chiring. Ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vositani va ergash gapning qanday ma’no bildirayotganini aniqlang. 1. Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo'lingga (Hamid Olimjon) 2. Shu mo'jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondoshdim gohi. (A.Oripov) 3. Kamalakdek rango-rang Bo'lsin deb, san’at, tillar, Asrlarcha qildim jang. (E. Vohidov) 4. Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda.(Hamid Olimjon) 5. Yovlar yakson bo‘lsin deb, Yigitlar jang boshladi, Yovlar qocha boshladi. (Hamid G'ulom) SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN QO'SHMA GAPLAR topshiriq. Berilgan qo'shma gap tarkibida nechta sodda gap borligini aniqlang. Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim! (Muhammad Yusuf) Bahor osmonida chaqnasa chaqin, Ko’ksingdan otilar olovli nafas. (A.Oripov) Bilib oling. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifodalanganda, shart mayli qo'shimchasi ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. mashq. Ko'chiring, bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gapning bosh gapga qanday bog'lovchi vosita yordamida bog'lanayotganini ayting. 1.Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi, seni to‘ydiradi. (E. Samandar) 2. Yomon bo‘lar, agar ko‘z yoshing tugab qolsa, kelgunicha baxt. (Shavkat Rahmon) 3. Esli-hushli do‘stlaringiz bo‘lsa, biznikiga olib kelarsiz. (Murod Muhammad Do‘st) 4. Qorako‘zni yana supurgi bilan ursang, unga kasov otsang, ukalaringnikiga ketib qolaman. (Said Ahmad) mashq. Siz ham tabiatni kuzatganmisiz? Agar kuzatgan bo'lsangiz, bu haqda o'z fikr-mulohazalaringizni bildiring. Berilgan gaplarni bosh va ergash gaplarga ajrating. 1. Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg'aysa, kuz erta keladi. 2.Olma, olcha kabi mevali daraxtlar ikkinchi bor gullasa, bu kuzning iliq kelishidan darakdir. 3. Qaldirg’och pastlab uchsa, yog'ingarchilik bo'ladi. 4. Chinnigul o‘zidan yoqimli hid taratsa, tez orada shamolni kutavering. 5. Baliq tez-tez suv betiga sapchib chiqsa, yomg'ir yog‘adi. 6. Mevali daraxtlar ko‘p hosil qilsa, qish qattiq keladi. mashq.Ergash va bosh gaplarni aniqlab, ergash gapni bush gapga bog'lovchi vositalarni ayting. 1. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. (Maqol) 2. Seni hurmat qilishlarini istasang, o‘zingni hurmat qil. (« Tafakkur gulshani») 3.Ichlari achimasa, menga o‘sha gaplarni gapirmas edi. (Abdulla Qahhor) 4. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. (Maqol) 5. Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kirar teshikdan. (Maqol) KO‘RSATISH OLMOSHILI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR topshiriq. Ko'chiring. Qo'shma gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplami aniqlang. 1. Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ко ‘ramiz. (Parda Tursun). 2. Shunga aminmanki, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun ta’lim tizimimizni yaxshilashda tub burilish yasaydi. («Ma’rifat») 3.Umidimiz shuki, Sizlar 10 baxtli bo‘linglar. (Ismoil To'lak) 4. Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin. Bilib oling. Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo'llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Ba’zan bu bo‘lak qo'llanmasligi ham mumkin, ammo uning o‘rni bilinib turadi. mashq. Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshini aniglang. 1. Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. (Hamid G‘ulom) 2. Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta past bo‘ladi. (Shuhrat) 3. Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan. 4.Shunday ne’matlar borki, ularni pul birligida o’lchab bo’lmaydi.(A.Suyun) 5. Aybingiz shuki, juda ko'ngilchansiz. (Z.Saidnosirova) 6. Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin yaxshidir. (Alisher Navoiy) mashq. Gaplarni ko'chiring, bosh gap tarkibida keigan ko'rsatish olmoshini aniqlang va vazifasini tushuntiring. 1. Shuni bilingki, aql bilan odob — jism bilan jon. 2.Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so‘z uqtirgandan ko‘ra yelkada tosh tashish afzal. 3. Shunga amin bo‘ldimki, seijahl boshda aql bo‘lmaydi. 4.Shundan ehtiyot bo lish lozimki, hamrohingiz aslo nodon bo'lmasin. 5.Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon odamning gapi ko‘p bo'ladi. («Sharq hikmatlari»dan) mashq. Qo'shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gaplarr bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi o'rnida keltirib, qo'shma gapni sodda gapga aylantiring. 1.Baxtim shuki, seni uchratdim. (Z.Saidnosirova) 2. Shunday o’zgarishlar bo‘lmoqdaki, aqling bovar qilmaydi. 3. Shunisi quvonarliki, sinfdagi o'quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil. 4. Shuni bilingki, hech bir yangilik bexosiyat bo'lmaydi. (Asqad Muxtor) 5. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo'tabar bo‘lsin. (Oybek) Namuna: Baxtim shuki, seni uchratdim — Baxtim — seni uchratganligim. NISBIY SO'ZLI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR topshiriq. Berilgan gapiar tarkibidagi bosh va ergash gaplami aniqlang. 1. Kim harakat qilsa, и baraka topadi. (Maqol) 2. Kimning ко‘ngli ochiq bo‘lsa, uning el о‘rtasidagi martabasi ulug‘ bo'ladi. Bilib oling. Ergash gap tarkibida qo'llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so'roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo'lib keluvchi shu, o‘sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo'llanganligi, bin ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so'zlar hisoblanadi. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. mashq. Ko'chiring. Bosh va ergash gaplardagi o'zaro nisbatlanayotgar so'zlarni toping. 1.Siz Hindistonda neniki ko'rgan bo'lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog'ingiz darkor. (A.Qayumov) 2. Qalandarov yugurdagini «Eshon hoy!» deb chaqirganda, Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo'lsa, hujrani ko'rib shunchalik ta’bi tiniq bo'Idi. (Abdulla Qahhor) 3. Kimning ko'ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g‘ri bo'ladi. (Maqol) 4. Kimki o‘zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo‘Isa, demak, u haqiqiy mo'mindir. (Hadis) 5. Bu Vatanni jon bilan saqlashga, Cho‘lpon, hozir o‘l, Kimki qasd etsa anga kiysin pushaymondin kafan! (Cho‘lpon) mashq. Ko'chiring. Bosh va ergash gapiardagi o'zaro nisbatlanayotgan so'zlarni toping. Bosh gap tarkibidagi nisbatlanayotgan ko'rsatish olmoshining qaysi gap bo'lagi vazifasida kelayotganini aniqlang. 1. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o'shaniki bo‘ladi. (0‘. Haydarov) 2. Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko'rsang, Tangri ham seni shunchalik yaxshi ko‘radi. (Hadis) 3. Kim birovga choh qazisa, o’zi yiqiladi. (Maqol) 4. Qayerda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo'lsa, o‘sha yerda rivojlanish bo‘ladi. 5. Nima ro‘zg‘orga kerak bolsa, dadam o’shani bozordan keltiraverar edi. (Oybek) 6. Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi (Hadis) mashq.Gaplarni ko'chiring, nisbiy so'zlarni aniqlang va ularning gapdagi vazifalarini tushuntiiring. 1. Kimning aqli ko‘p bo’lsa, ayblari yashirin va do’stlari ko‘p bo'ladi. 2. Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u o’z maqsadlariga oson erishadi. 3. Nimaiki senga zarar keltirsa, о’sha narsani boshqalarga ham ravo ko'rma. 4. Har kim o‘z og‘zining qorovuli bo'lsa, uning nafasi hech qachon bo’ g‘ilmaydi. 5. Kimning ichi nog‘ora singari bo‘sh bo'lsa, uning behuda so’zlari atrofdagilarning miyasini egovlaydi («Mashriqzamin — hikmat bo ‘jtoni» kitobidan) mashq.Nisbiy so'zli qo'shma gaplarni o'qing. Bosh gap tarkibidagi nisbatlanayotgan olmoshning qaysi gap bo'lagi vazifasida kelayotganini va shunga ko'ra ergash gapning turini ayting. 1.Kimki samimiy va pokdil bo'lsa, uning ishlari o'ngidan kelaveradi. 2.Odamlarga qanchalik yaxshilik qilsang,el seni shunchalik e’zozlaydi.3.Qaysiki narsaga o‘z mehnating bilan erishsang, o‘sha narsa sen uchun qadrlidir. 4. 11 Kimning yuragida o‘t-olov bo‘lsa, o‘sha odamlarning ishlarida tashabbus bo'ladi. 5. Qayerda ahillik bo'lsa, o'sha yerda yutuq bor. ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLARNING SODDA GAP BILAN MA’NODOSHLIGI Bilib oling. Tarkibida ko'rsatish olmoshi mavjud bo'lgan ergashgan qo'shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan ma’nodosh bo'la oladi. Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko'rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo'lagi o'rniga qo'yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin. Masalan: 1. Kim ko'p o'qisa, и ko'p biladi - Ko'p o'qigan ko‘p biladi. 2. Shuni bilingki, ken да keng, tor да tor dunyo — Dunyoning kengga keng, torga torligini bilib oling. topshiriq. Berilgan qo‘shma gaplarning bosh gaplari tarkibidagi ko‘rsatish olmoshlarini toping. 1. Shuni sezdimki, oila a’zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan. 2.Kim oldin musht ко’- tarsa, и ojiz bo ‘ladi. (Maqol) mashq. Ko'chiring. Ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi o'rniga qo'yib, qo'shma gapni sodda gapga aylantiring. 1.Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olishim mumkin. (R.Fayziy) 2. Shunga xursandmizki, bolalar o‘z yo‘lini topib ketishdi. (Y.Sulaymon) 3. Kim ko‘p bilsa, u kamgap bo'ladi. (Shuhrat) 4. Tilagimiz shuki, hammangiz el xizmatiga kamarbasta farzandlar bo'linglar. (Qamchibek Kenja) mashq. Berjlgan gaplarni sodda gaplarga aylantiring va ular o'rtasidagi farqlarni tushuntiring. 1. Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug'roq ne’mat yo‘q. 2.Kimki mustaqil fikr yuritmasa, uni boshqalar oson egib oladi. 3.Shunga ishonch hosil qildimki, ko‘p uxlagan oz yashaydi 4. Kimki tinch yashashni istasa, pastkash odam bilan hech qachon do‘stlashmaydi. 5. Badanda nimaiki quvvat bo‘lsa, u tozalik va pokizalikdandir. mashq. Gaplarni ko'chiring. Ularni sodda gapga aylantiring. Qo'shma gapni sodda gapga aylantirish uchun qanday o'zgarishlar qilganingizni ayting. 1.Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi. (Abdulla Qahhor) 2. Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek keladigan g‘o‘ra ichiga qamab bera biladi. (Abdulla Qahhor) 3.Kimki qanoat qilsa, uning yaxshi-yomon bilап ishi bo‘lmaydi. (A. Qayumov) 4. Kim alam chekmabdi umrida bir bor, U meni anglamas, anglamas aslo. (A.Oripov) 5. Maslahatim shulki, bugun o‘zga bir go‘shaga chekining! (Oybek) 6. Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning. (E. Vohidov) KESIM ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLAR Bilib oling. Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap bosh gapga ko'rsatish olmoshi tarkibidagi -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. mashq.Ko'chiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang. Bosh gap kesimining ifodaiar.jshini tushuntiring. 1. Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida- alohida ketasiz. (M.Mansurov) 2. Toleyim shulki, jahonda bir guliston tanladim. (Hamid Oli.njon) 3. Muhammad Yusuf ijodining o'ziga xos xususiyati shundaki, u juda oson o‘qiladi, sodda, xalqchil. (O.Sharafuddinov) 4. Buning natijasi shu bo‘ldiki, To‘laganning qanshariga musht tushdi. (Abdulla Qahhor) 5. Keragi shuki, ana shu miqqiyni ham boqish kerak. (G‘afur G‘ulom) 6. Qizig'i shundaki, shu ko'rinishiga ovozi muloyim edi. (F.Musajonov) mashq. Bosh gapning kesimi shu, shunday, shunaqa, shunda olmoshlari bilan ifodalangan to'rtta qo'shma gap tuzing. Ergash gaplarni bosh gap tarkibidagi olmosh o'miga qo'yib qo'shma gapni sodda gapga aylantiring. masha. Gaplarni ko'chiring, ergash gapning bosh gapga bog'larnshiga diqqat qiling. 1.Eng yaxshi yo‘l shuki, yaxshi do‘st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi. 2. O'tgan ota-bobolarning xulosasi shuki, shirin so'z odamlarning qalbini bog’lovchi zanjirdir. 3. Qisqa gap shuki, odam so'zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi. 4. Donolarning o‘giti shundayki, so’zning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir. 5.Xalqning xulosasi shuki, xudbin odam hech qachon elga qayishmaydi. («Hikmatlar bo‘stoni» kitobidan) EGA ERGASH GAPLI QO’SHMA GAPLAR topshiriq. Bosh va ergash gaplarni aniqlang. 1.Kimki ilm urug’ ini sepsa, и ulug'lik mevasini teradi. (Donolar bisotidan) 2. Shu narsa aniqki, tarixini yaxshi bilmagan odam oxir- oqibatda qul sifatida кип kechiradi. (Muhammad Ali) Bilib oling. Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga ega ergash gap deyiladi. Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so'zlar (kim - o'sha, nima - o'sha yer kabi) yoki bosh gap kesimi tarkibida qo'llaniluvchi -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Gap qismlari nisbiy so'zlar yordamida bog'langanda, ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi. 12 Gap qismlari -ki yordamida bog'langanda esa ega ergash gap bosh gapdan keyin keladi. Eslab qoling. Ba'zan bosh gapning egasi vazifasidagi ko'rsatish olmoshi qo'llanmasligi mumkin, ammo uning o'rni bilinib turadi. mashq. Bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gapni bush gapga bog'lovchi vositani izohlang. 1.Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o‘z faoliyatini to'xtatmaydi. {«Fan va turmush») 2. Kim izlansa, u, albatta, maqsadiga erishadi. 3.Kimki rostgo'y, samimiy bo‘lsa, u el o'rtasida qadr topadi. («Tafakkur gulshani») 4. Ko’ziga nima ko‘rinsa, shu uni qiziqtira boshladi. (Oybek) 5. Kim erta bahordan dalaga chiqib peshona teri to‘ksa, u kuzda mehnatining rohatini ko'radi. mashq.Gaplarni ko'chiring. Bosh gapning egasi vazifasidagi ko'rsatish olmoshini aniqlang. 1. Anvarga shunisi qiziq tuyuldiki, bu yerda ... hamma daraxtlar bir chiziq ustida saf turadi. (Abdulla Qodiriy) 2. Bu savollardan ma’lum bo’ldiki aybnoma uydirma emas. (Abdulla Qahhor) 3. Bir narsa aniqki, ahvol yomon. (.Asqad Muxtor) 4. Kimki taqdirga tan bersa, u hayot to’lqinida g‘arq bo‘lib ketadi. (O. Yoqubov) 5. Kimki birovga yomonlik qilsa, u shu dunyoning o'zidayoq jazosini ко’ radi. (Hadis) HOL ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLAR topshiriq. Berilgan qo‘shma gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplami aniqlang. l.Kechqurun osh suzsak, bir nasiba кат. (G‘afur G'ulom) 2. Yana ikki ко ‘z ham berdim, yov kelganda ко rsin deb. (Hamid Olimjon) Bilib oling. Bosh gap tarkibida hol vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma’ncsini izohlab keluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti, payti, holati, miqdor-darajasi kabilarni bildirgan ergash gaplarga hol ergash gap deyiladi. Hol ergash gaplar bosh gapga nisbiy so'zlar, shart mayli shakllari; sabab, maqsad, shart bog‘lovchilari; deb so‘zi yordamida bog'lanadi. Hol ergash gaplar holning ma’no turlariga muvofiq o‘z ichida payt, o'rin, sabab, maqsad, shart, miqdor-daraja ergash gaplarsingari bir necha turlarga bo'linadi. mashq. Ko'chiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gapni cosh gapga qanday vosita bilan bog'lanryotganini va uning bosh gap kesimining qanday belgisini bild.rayotganini ayting. 1. Oqsoqol qayerda bo'lsa, о sha joyda ish bir tartibda borardi. (O'.Hoshimov) 2. Dutor chalib o'tirsam, tori uzilib ketdi. (Qo'shiq) 3.Oyna opa xatni oxirigacha o‘qiy olmadi, chunki hovlining eshigini kimdir taqillata boshladi. (Sh.Xolmirzayev) 4. Sizni qo‘rqib ketmasin deb, kechqurun bezovta qilmadik. (Nazir Safarov) 5. Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding. (Said Ahmad) 6. Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ко’p ediki, so'rab oxiriga yetolmasday ko‘rindi. (Asqad Muxtor) mashq. Ko'chiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gap,ling qanday so'roqqa javob bo ayotgani va bosh gap kesimining qanday belgisini bildirayotganini ayting. Ergash gapning ma’nc turini aniqlang. 1. Qayerda ahillik bo'lsa, o'sha yerda qut-baraka bo‘ladi. (« Tafakkur gulshani) 2. 0‘simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha mo‘l hosil olasan. 3. Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz bo'ladi. (« Tafakkur gulshani») 4. Odamlar ishdan qolmasin deb, marosimni soat besh yarimga tayin qilganmiz. (Said Ahmad) 5. Sizni suvdan o'tkazib qo’ymasam, menga bergan noningiz harom bo'lg'ay. (P. Qodirov) TO‘LDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLAR topshiriq. Berilgan gaplarni ko'chiring. Bosh va ergash gaplarn aniqlang. 1. Shu narsani esdan chiqarmangi,, odam odam bilan uchrashadi, tog‘ tog' bilan uchrashmaydi. (Oybek) 2. Kimki bo‘Isa dilozor, undan el-u yurt bezor. (Maqol) Bilib oling. Bosh gap tarkibida to'ldiruvchi vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga to'ldiruvchi ergash gaplar deyiladi. To'ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so'zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo'llaniluvchi -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Gap qismlari nisbiy so'zlar yordamida bog'langanda, ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va to'ldiruvchi ergash gap bosh gapdan oldin keladi. Gap qismlari -ki yordamida bog'langanda esa to'ldiruvchi ergash gap bosh gapdan keyin keladi. Eslab qoling. Ba'zan bosh gapning to'ldiruvchisi vazifasidagi ko'rsatish olmoshi qo'llanmasligi mumkin, ammo uning o'rni bilinib turadi. mashq. Ko'chiring. Qo'shma gaplar tarkibidagi ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni beignang. Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshining qanday gap bo'lagi vazifasida kelayotganiga diqqat qiling. 1.Ahmadjon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutdi. (Abdulla Qahhor) 2. Bu o‘rinda shuni aytish kerakki, qalandarovlarni o‘sha davr hayoti yarata boshlagan edi. (M.Qo'shjonov) 3. 13 Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring. (P.Qodirov) 4. Shuni bilib qo'yginki, sen suyangan tog'ning tagi nurab qolgan. (Said Ahmad) mashq.To'ldiruvchi ergash gaplarni toping, ularning bosh gapga bog'lanishini izohlang. 1.Bilingki, jim turib salomat bo‘lish gapirib malomatga qolishdan afzal. 2. Shuni anglamoq kerakki, ota-ona uchun farzanddan ko‘ra yaqinroq kimsa yo‘q. 3. Shundan ehtiyot bo‘lingki, birovning ota- onasini haqorat qilgan odam o'zining ota-onasini ham haqoratlagan bo'ladi. 4. Shuni hamisha yodingizda saqlangki, birovga yolg'on gapirish eng katta gunohdir. 5. Shuni unutmangki, do stlar bilan suhbat qurmoq gullar orasida sayr qilmoqdan xushdir. («Aql aqldan quwat olar» kitobidan) ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLAR topshiriq. Berilgan qo'shma gaplardagi bosh va ergash gaplarni ajrating. 1.Shunday odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qila oladilar. («Fan va turmush») 2. Kim birovlarga yaxshilik qilsa, uning obro‘yi baland bo’ladi. («Tafakkur gulshani») Bilib oling. Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so'zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo'llanuvchi -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Birinchi holatda ergash gap bosh gapdan oldin, ikkinchi holatda keyin keladi. Eslab qoling. Ba'zan bosh gapning aniqlovchisi vazifasida kelgan shunday, shunaqa kabi so'zlar qo'llanmasligi mumkin, ammo uning o'rni bilinib turadi. mashq. Qo'shma gaplar tarKibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vositalarni ayting va bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshining qanday gap bo'lagi vazifasida kelayotganiga diqqat qiling. 1.Katta arava qaysi yo'ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo'ldan yuradi. (Hikmatli so‘z) 2. Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur. (E.Vohidov) 3. Bu suvni ichgandan so'ng kim yolg'on so'zlasa, uning qulog'i o'sib ketarmish. (Ertak) 4. Kim yalqov bo'lsa, uning qo'lida obod yer ham xarob bo'ladi. (Sobir Abdulla) 5.Men senga shunday narsalar keltirayki, ularni tushingda ham kо’rmagansan. (Oybek) 6. Kimning quroli bilim bo'lsa, uning kelajagi porloq. (J.Abdullaxonov) topshiriq. Ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vosiiajamu aniqlang. Ergash gapning turini ayting. 1. Masalaning mohiyati shu ekanki, bosh vrach qabulxonasiga kichkina telefonogramma tushibdi. (Murod Muhammad Do‘st) 2.Bolalarim haftada bir marta xabar olishsa, yetti kun uyim to‘ladi. (Said Ahmad) 3. Yaqin borib qarasa, qoraygan yerda bolalar ko’ylagiga qadaladigan o'n-o'n beshta tugma sochilib yotibdi. (M. Hazratqulov) 4.Agar yurakda quvvat bo lmasa, qo‘lda ham quvvat bo'lmaydi. (Asqad Muxtor)5. Qumri qarasa, onasining qolgan qora sochlari ham bir kechada oqarib, ajinlari ko‘payib ketibdi. (Said Ahmad) topshiriq.Ergashgan qo'shma gap turlarini aniqlab, ularga ta rif bering. 1.Ilm-u ma’rifat e’zozlangan mamlakatda hech kim urush haqida bosh qotirmaydi, chunki ilm-u ma’rifat insonni yuksaklikka ko'taradi. (I.Karimov) 2. Oltin va kumushi bo'lmagan odam kambag'al emas, balki kasb-hunari bo'lmagan odam kambag'aldir. 3. Agar inson biror kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur bag‘ishlaydi, baxt keltiradi. (Maqol) 4. Jahl kelsa, aql qochadi («Otalar so‘zi»)5.Do'stimga tushgan xavf meni ham tahlikaga solmas ekan, bu chinakam do stlik emas. (Sa ’dulla Shukur) BOG‘LOVCHISIZ QO'SHMA GAPLAR topshiriq. Berilgan qo'shma gaplami qismlarga ajrating. 1.Suv keldi — cho‘llarda hayot boshlandi. 2.Suv keldi va cho’llarda hayot boshlandi. 3.Suv keldi, shuning uchun cho’llarda hayot boshlandi. topshiriq. Berilgan qo’shma gaplarni qismlarga ajratib, kesimlari ostiga chizing. 1. Ruboiyni ichida o'qidi, yuzini tabassum qopladi. (Oybek) 2. Yana uvlar dahshat shamoli, Ko‘kni qora bulut quchadi. (Temur Fattoh) 3.Suv keldi — nur keldi. 4. Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog'ing. (A. Oripov) Bilib oling. Tarkibidagisodda gaplar mazmunan bir-biri bilan bog'liq bo'lib, maxsus bog'lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog'langan qo'shma gaplar bog'lovchisiz qo'shma gaplar sanaladi. Tahlilda bog'lovchisiz qo'shma gaplar bir-biri bilan to'g'ri chiziq bilan bog'langan ikki to'rtburchak O?—□ orqali ifodalanadi. Bu bog'lovchisiz qo'shma gap qolipi sanaladi. Eslab qoling. Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlarini yozuvda ajratish uchun vergul, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul kabi tinish belgilari ishlatiladi. 1. Qo'shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo'ladigan voqea- 14 hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo'yiladi. (Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar) 2.Qo'shma gap qismlari orasida o'xshatish, zidlash, shart kabi munosabatlar ifodalanganda, ular orasiga tire qo'yiladi (Hamal keldi - amal keldi). 3. Qo'shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalanganda, ular orasiga ikki nuqta qo'yiladi (Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz). 4. Qo'shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin bo'lmagan yoki ketma-ket sodir bo'ladigan voqealarni bildirgan va bir necha tinish belgilari qo'llangan hollarda nuqtali vergul ishlatiladi (Xadicha xola bolalik chog'idagi singari uning beliga non tugib berdi, peshonasidan o'pdi, duo qildi; irim qilib o'zi kuzatgani chiqmadi). (Abdulla Qahhor) mashq. Ko'chiring. Qo'shma gap qismlari o'zaro qanday bog'langaniga va ular qanday tinish belgisi bilan ajratib yozilayotganiga e’tibor bering. 1. Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo‘naymiz. (X. To‘xtaboyev) 2. Yuragida qanday dard bor - mana bu menga sir. (Oybek) 3. Kuz keldi, yig‘im-terim ishlari boshlandi. (Qamchibek Kenja) 4. To‘rt mashina o‘g‘it yubordik — fermerlarga vaqtida taqsimlansin. 5. Yog'ib yubordi-da yomg'ir, nihoyat, osmon dil qulfini zaminga sochdi. (T.Sodiqova) mashq. Qo'shma gapni qismlarga ajrating. Qismlari o'rtasiga vergul qo'yilish sababini ayting. 1.Yaxshi о g“il — el obro'si, yaxshi qiz — uy obro'si. (Maqol) 2.Bulbul sayrar, chumchuq chirqirar, Xabar berar asl zotidan. (Hamid Olimjon) 3. Sidiqjon to’xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi. (Abdulla Qahhor) 4. Sabr bila bog'liq ish ochilur, Ishda oshiqqan ko‘p toyilur. (Alisher Navoiy) mashq Ko'chiring. Qo'shma gapdagi tinish belgilarining qo'yilish sababini izohlang. 1.Kampirning jig'i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig‘irig‘ini ko‘tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi. (Abdulla Qahhor) 2. G‘animlar duch kelar — jang bo‘lar puxta. (A. Oripov) 3. Mening bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga kuning qolmasin. (A Oripov) 4. Oyim endi o'rnidan turayotgan edi, eshik shaxt bilan ochildi. (O'.Hoshimov) 5. Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: qo'llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmalandi... (Abdulla Qahhor) 6. Eshakni yaydoq minib bo'lmaydi — yiailadi kishi. (Abdulla Qahhor) QO'SHMA GAP TURLARINING MA’NODOSHLIGI topshiriq. Berilgan gaplarning turlarini ayting. Ular qanday farqlanayotganini izohlang. 1.Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi. 2.Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi. 3.Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi. topshiriq. Berilgan gaplarning turlarini ayting. Ular o‘zaro qanday farqlanayorganini izohlang. 1. Yurt tinch —sen tinch. 2.Yurt tinch — shuning uchun sen tinch.. 3.Yurt tinch-u, sen tinch. Bilib oling. Zidlik, sabab, shart, payt munosabatlari bog'lovchisiz, bog'langan va ergash gapli qo'shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin. Shunga ko'ra ular bir-biriga ma’nodosh bo'la oladi. mashq.Bog'lovchisiz qo'shma gaplarni bog'langan va ergashgan qo'shma gapga aylantiring. 1.Qor yog‘di — don yog'di. (Maqol) 2. Sir ko p olam qa’rida, Mo'jizaga kon olam. (Usmon Azim) 3. Ayrilganni ayiq yer, Bo'linganni bo‘ri yer. (Maqol) 4. Yurgan daryo — o'tirgan bo yra. (Maqol) Namuna: Qor yog’di — don yog'di — Qor yog'di, goyo don yog‘di — Qor yog'di-yu dor yog'di. mashq.Gaplarni o'qing, bog'lovchisiz qo'shma gaplarni bog'langan va ergashgan qo'shma gaplarga aylantiring. Ilmsiz iliksiz so‘ngak kabi bo‘shdir, iliksiz so'ngakka qo‘l urilmaydi. Bilim bilan kishining martabasi oshadi, ilmsizlik kishini tubanlash iradi. Xalqning yetugi saxiy kishidir, saxiylik kishiga sharaf keltiradi. Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevpsiz daraxtni kesib yondirgin. Og'iz va tilning bezagi to‘g‘ri so‘zdir, to‘g‘ri so‘z-la tilingni beza. (Ahmad Yugnakiy) Namuna: Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, shuning uchun mevasiz daraxtdan ortiq naf kutma. topshiriq O'qing. Qo'shma gaplarni topib ko'chiring. 1.Har kimga ozor bera ko'rma, dunyo barchaga barobardir. 2.Yog‘och polvon o'sha polvonni charxpalak qilib yerga urdi-yu, yuzi yorug' bo ldi. (Said Ahmad) 3. Tojiboy gapirsa, katta-kichik ixlos bilan uning og'ziga qaraydi. (Parda Tursun) 4. Borliq jim: har bitta darchada zangor shu'lalar porlaydi. (E.Vohidov) 5. Kumush choyshab yopib dalalar, qor qo'ynida uxlab yotadi. (Uyg‘un) 6. Kuchli odamlar hamisha oddiy bo'ladi. (Oybek) 7. Dunyo go'zal va unda ko'rkam joylar ko'p. (S.Muhamedov) Bilib oling. Bog’lovchili, ya’ni bog’langan va ergashgan qo’shma gaplarda qismlarda ifodalangan voqea-hodisalar o’rtasidagi munosabat bog’lovchisiz qo’shma gaplardagiga nisbatan aniqroq 15 ifodalanadi. mashq.Qo’shma gap turini aniqlang. 1. Ko’chalarda odamlar siyrak, shuning uchun ular otlarini yo’rttirib borardilar. 2. Omon ovchining ov sarguzashtlari ko’plarni qiziqtirardi: ko’plari hikoya eshitish uchun kelardi. 3. Qattiq charchagan edim, nima deb javob berganimni bilmayman. 4. Agar biron asarim kitobxon og’ziga tushsa, mendan oldin u sevinib ketardi. 5. Sizlar ketdingizlar-u men bechora yetim boladek mung’ayib qolaverdim. 6. Sizning qistovingiz bilan ko’nishga ko’ndim-u, lekin o’sha kundan beri o’zimga kelolmayman. 7. U bir narsa demoqchi bo’lib geologlar tomonga o’girildi.Lekin ular ancha olislab ketishgan edi. 8. Xolang savodsiz bir narsa, ammo yurt ko’rgan xotin. 9. Endi nima bo’lib shundoq bo’lganini aytib o’tirishga fursatim yo’q – idorada odamlar kutib o’tiribdi. 10. To’polonda oyog’im lat yeganga o’xshaydi, shuning uchun darrov chiqolmadim, aybsitmaysizlar. topshiriq. O'qing. Qo’shma gaplarni aniqlab, avval bog’lovchisiz qo'shma gaplarni, so'ng bog'langan va ergashgan qo'shma gaplarni ко’chiring. Bolalik inson hayotining shunday poydevoridirki, umr binosining keyingi bo'y-basti, salobati unga bop'liq bo'ladi. Bolalarning eng yaqin tarbiyachisi kitob. Shuni bilingki, u bolani ham aqlan, ham ma’naviy jihatdan boyitadi, shakllantiradi. Istiqlol davri bolalari g'ayratli, shijoatli; ko'zida chaqini, ko'ksida yolqini bor. Faqat mana shu shahd-u shiddatni to'g'ri yo'lga yo'naltira olishimiz kerak. Shundagina biz o'z maqsadlarimizga erishamiz va farovon hayot bizga muyassar bo'ladi. (Dilshod Rajab) QO‘SHMA GAPLAR 1-topshiriq. Quyidagi sodda gaplardan mazmunan muvofiq keladiganini bir-biriga bog‘lang. Qanday gap hosil bo‘lganini ayting. Olim bo‘lsang. Bahor keldi. Olam seniki. Gullar ochildi. 2-topshiriq. Quyidagi sodda gaplarni mazmunan muvofiq keladigan bog‘lovchilar orqali o‘zaro bog‘lab ko‘chiring. Sodda gaplar o‘rtasida qanday mazmuniy munosabat borligini ayting. O‘g‘ri o‘g‘riligini qo‘ysa qo‘yadi, ...oq poshsho zolimligini qo‘ymaydi. (M. Ismoiliy) Gapni gap qilib turgan asosiy belgi uning kesimlik (predikativlik) belgisi ekanligidan xabaringiz bor. Gapning kesimlik belgisi kesimlik ma’nolarini [zamon, shaxs-son, tasdiq, inkor, modal (mayl)lik] ifodalovchi kesimlik shakllari orqali ifodalanadi. Kesimlik ma’nosini ifoda etgan har qanday sintaktik birlik gap sanaladi. Masalan, Borma+sa(y)+di+m. Ko‘m-ko‘k dala. Bu gaplarning birinchisida kesimlik ma’nolari alohida-alohida kesimlik shakllari: tasdiq-inkor ma’nosi -ma shakli orqali, modal (mayl) ma’no -sa(y) shakli orqali, zamon ma’nosi -di shakli orqali, shaxs ma’nosi esa -m shakli orqali ifodalanmoqda. Ikkinchi gapda ham shu kesimlik ma’nolarining hammasi: tasdiq, aniqlik (modal ma’no), hozirgi zamon, III shaxs ma’nolari anglashiladi, lekin ular moddiy ko‘rsatkichlarga ega emas. Nol ko‘rsatkich orqali umumiy tarzda ifodalangan. Ana shu ma’nolar mavjudligi uchun ham u sintaktik birlik gap sanaladi. Gap uchun muhim belgi sanalgan kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo‘shma gaplarga bo‘lishga asos bo‘ladi. Bitta kesimlik belgisiga ega bo‘lgan gap sodda, ikki va undan ortiq kesimlik belgisiga ega bo‘lgan gap esa qo‘shma gap sanaladi. Qo‘shma gap ikki va undan ortiq sodda gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topadi. Juda muhim. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning grammatik munosabati deganda, shu sodda gaplarning bir-biri bilan ma’lum grammatik vositalar (bog‘lovchilar, yuklamalar, olmoshlar, ohang) yordamida bog‘lanishi tushuniladi. Mazmuniy munosabati deganda esa, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuniy muvofiqligi tushuniladi. Har qanday sodda gap o‘zaro bog‘lanib, qo‘shma gapni hosil qila bermaydi. Faqat o‘zaro mazmuniy muvofiq bo‘lgan gaplargina bir-biri bilan bog‘lanib, qo‘shma gapni tashkil etadi. Masalan: Qor yog‘di va gullar ochildi; Bahor keldi, paxta terimi boshlandi deb bo‘lmaydi, chunki bu gaplar bir-biri bilan mazmunan muvofiq kelmaydi. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar alohida qo‘llangan sodda gaplar bilan teng emas. Alohida qo‘llangan sodda gaplar grammatik, mazmun va ohang tugalligiga ega bo‘ladi, ammo qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar esa bunday xususiyatga ega emas. Ularning har biri garchi gapning asosiy belgisini 16 o‘zida namoyon etsa ham, grammatik, mazmun va ohang tugalligi qo‘shma gapning oxirida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar alohida-alohida gaplar emas, balki bir umumiy gapning qismlari sanaladi. Bir qismning ohangi ikkinchi qismni talab qilib turadi. Masalan: Suv keldi — nur keldi. Eslab qoling. Ikki va undan ortiq sodda gaplarning o‘zaro grammatik, mazmun va ohang tomondan bog‘lanishidan tashkil topgan sintaktik butunlik qo‘shma gap deyiladi. mashq. O‘qing. Qo‘shma gap qismlarini o‘zaro bog‘lovchi vositalarni aniqlab tahlil qiling. 1. Ulug‘bek hamma narsadan xabardor edi-yu, lekin Abdullatif uyushtira boshlagan fitnadan, uning xoinlik ko‘chasiga kirib borayotganidan bexabar edi. 2. Ulug‘bekning birdan bir maqsadi o‘rtadagi nizoni tinch yo‘l bilan bartaraf qilish edi, faqat shuni o‘yladi, shuning ketidan tushdi. 3. Ulug‘bek yig‘ilganlarga bir-bir nazar tashladi, lekin hamma yer chizib o‘tirardi. 4. Abdullatif yana bir necha bor Abulqosim Bobur huzuriga odam yuborib, uni Ulug‘bekka qarshi urushga tortmoqchi bo‘ldi, lekin Abulqosim Bobur uning yo‘liga yurmadi. 5. Sulton Abu Said esa Ulug‘bekning shaharga yaqinlashib qolganini eshitib, qamalni bo‘shatdi va Тurkiston tarafga qarab qochdi. 6. Abdullatif otasining ketidan quvmadi — uch kun Sherozda qolib ketdi. 7. Navkar yelkasini qisdi, chunki u ham bularni tanimasdi. Otliqlar bilan ro‘baro‘ bo‘lishganda ulardan biri «chu» deb otiga qamchi bosdi va yo‘l ustiga chiqdi, so‘ng otdan tushib ikki bukilib mirzo Abdulazizga salom berdi. (B. Ahmedov) QO‘SHMA GAP QISMLARINI BOG‘LOVCHI VOSIТALAR VA QO‘SHMA GAP ТURLARI Bog‘langan qo‘shma gap topshiriq. Berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga va, go‘yo, shuning uchun bog‘lovchilarini qo‘ying. Bog‘lovchilarning o‘zgarishi qanday qo‘shma gaplarni hosil qilayotganini ayting. Bahor keldi... yasandi dunyo. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro quyidagi grammatik vositalar yordamida bog‘lanadi: 1. Bog‘lovchilar: a) teng bog‘lovchilar (va, hamda; ammo, lekin, biroq; yo, yo... yo, dam... dam... va boshq.); b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar (shuning uchun, chunki,-ki va boshq.) 2. Bog‘lovchi vazifasidagi bo‘lsa, esa so‘zlari va -u (-yu),-da yuklamalari. 3. Ohang: Qor yog‘di — rizq yog‘di. Juda muhim. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro qanday bog‘lovchi vositalar yordamida grammatik bog‘lanishga ko‘ra qo‘shma gaplar uch guruhga bo‘linadi: 1. Bog‘langan qo‘shma gaplar qismlari teng bog‘lovchilar: bo‘lsa, esa so‘zlari, -y(u), -da yuklamalari yordamida bog‘lanadi. 2. Ergash gapli qo‘shma gaplar qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘lanadi. 3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar qismlari ohang yordamida bog‘lanadi. Qismlari teng bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘zlari -y(u), -da yuklamalari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar bog‘langan qo‘shma gap hisoblanadi. Berilgan maqolning ma’nosini izohlang, sodda yoki qo‘shma gap ekanligini tushuntiring. Har kimni bilay desang, so‘zini o‘rgan, Zotini bilay desang, qilig‘ini o‘rgan. mashq. O‘qing, qismlari biriktiruvchi bog‘lovchilar bilan bog‘langan qo‘shma gaplarni topib, ularni bir paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea, hodisa, harakatni ifodalovchi qo‘shma gaplarga ajrating. Matnni ko‘chirib, ulardagi bog‘lovchi vositalarning tagiga chizing. 1. U har uch qadamda bir to‘xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga zo‘rg‘a yetdi, qopni ag‘dardi-yu, muvozanatini saqlay olmay o‘tirib qoldi. 2. Mashrab vafosizlik to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qisa, yo erkaklar og‘zidan xotin-qizlar haqida shaloq gaplar eshitsa, esiga hamisha Mastura tushadi-yu, butun vujudi isyon ko‘taradi, bunday gaplarning birontasiga ishonmaydi. 3. Gulchehra «piq» etib kuldi-da, cho‘zilib tugunni oldi. 4. Shu bilan maslahat tugadi-yu, byuro boshlanish bilan birinchi bo‘lib Ertoyev so‘zga chiqdi. 5. Mashhur qora qashqa ayg‘irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. 6. Тo‘satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi. 7. Inobat qizishib ketib, pisandaga o‘tganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi. (O.Yoqubov) mashq. Bog‘langan qo‘shma gaplardagi bog‘lovchi vositalarni aniqlang, ularning qanday sintaktik va 17 uslubiy vazifa bajarganligini izohlang. 1. Sarbon shundog‘ dedi-da, quchog‘ini ochib Abu Bakr Kalaviy tomon kela boshladi. 2. Тo‘lagan ro‘molchasini cho‘ntagidan oldi va boshqatdan qatladi-da, yana cho‘ntagiga solib qo‘ydi. 3. Bosqinchi amirlarning nazarlari ochligiga yarasha ko‘ngillari ham tor bo‘lganligidan, sovg‘a-sovrun yo‘sinda ularga bergan har xil tansiq mollar ko‘zlariga ko‘p ko‘rindi va Movarounnahrni talash niyatidan qaytdilar. 4. Uzun bir yog‘och topdi-da, asta olmani o‘ziga tomon «hayday» boshladi, ammo olma quvlik qilib yigitni aldar, yog‘och uchi tegishi bilanoq suvga bir sho‘ng‘ib yana «qochib» qolardi. 5. Yo‘q, faqat meni bilishmaydi, lekin boshqalari, jumladan, seni ham, yaxshi bilishadi. 6. Hujrasiga qaytdi-yu, o‘ylay boshladi. (M. Ali) 7. Asalxon e’tibor bilan tingladi-yu, javob berish o‘rniga burnini jiyirib yo‘lida keta berdi. 8. Ko‘p qizlarni ko‘z ostiga olib yuradi-yu, biroq «kamchilik» topib, ayniydi. (H. G‘ulom) mashq. Ko‘chiring. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni qanday bog‘langanligini izohlang. 1. Baxillik hamma joyda yomonlangandir va dunyo ne’matlari cheksiz emasdir. Rizq izlab juda uzoq ketmoq zaharlidir hamda rizq berguvchi doim tirik va qoimdir. 2. Ey odam farzandlari, men sizlarning amallaringizni hisoblab borib, qiyomat kunida ajrini tamom berurman, bas, har kim yaxshi amal qilgan bo‘lsa, Xudoga hamd aytsin, lekin agar yomon amal qilib borgan bo‘lsa, unda o‘zini malomat qilaversin. 3. Olam bir daryo hamda uning qirg‘og‘i oxiratdir. Ul daryoning kemasi taqvodir. 4. Adovat kishiga uch narsadan yetar: avval kishidan mol-dunyo tama qilmoq bo‘lsa, ikkinchi xaloyiqdan izzat va ikrom tama qilmoq, shuningdek, xalq o‘rtasida ma’qul bo‘lmoqni tama qilmoqdir. («Hadisi qudsiy»dan) QISMLARI OHANG YORDAMIDA BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR 1-topshiriq. Quyidagi gaplarning nimasi bilan bir-biridan farqlanishi va ular o‘rtasida qanday umumiy jihatlar borligini ayting. Qo‘shma gapning qaysi turlariga kirishini bayon qiling. Bahor keldi, gullar ochildi. Bahor keldi, shuning uchun gullar ochildi. Bahor keldi va gullar ochildi. 2-topshiriq. Quyidagi sodda gaplardan bog‘langan, ergashgan va ohang yordamida bog‘langan (bog‘lovchisiz) qo‘shma gaplar hosil qiling. Ularning qaysi belgisi bilan bir-biridan farq qilayotganini ayting. Yurt tinch. Sen tinch. Yuqoridagi darslarda qo‘shma gaplarning doimo ikki va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topishi, qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar uning qismlari ekanligi, ana shu tarkibiy qismlar bir-biri bilan ma’lum bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishi va qismlari qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplarning quyidagi uch turga bo‘linishi haqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz: 1) qismlari teng bog‘lovchilar yoki bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar; 2) qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida yoki bir qismning kesimi nomustaqil shaklda turgan qo‘shma gaplar; 3) qismlari maxsus bog‘lovchi vositalarsiz, ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bularning birinchi turi bog‘langan, ikkinchi turi ergash gapli, uchinchi turi esa bog‘lovchisiz qo‘shma gap hisoblanishini bildingiz. Esda saqlang. Qo‘shma gap qismlari teng bog‘lovchilar yordamida ham, ergashtiruvchi bog‘lovchi yordamida ham bog‘lanmasa, u holda ular bir-biri bilan ohang yordamida bog‘lanadi. Ana shunday qo‘shma gaplar ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar deyiladi. Ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘rtasida turli xil ma’no munosabatlari bo‘ladi. Masalan, Zidlik: Ko‘prikni biz qurdik, dushmanlar o‘tdi. Sabab: Qo‘ng‘iroq chalindi, dars boshlandi. Payt: Dalasida o‘smas tikonlar, cho‘llarida chopmas ilonlar va boshqalar. Bunday ma’nolar bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gap qismlari o‘rtasida ham mavjudligidan xabaringiz bor. Ana shu ma’no umumiyligi asosida bunday qo‘shma gaplar o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘ladi. Masalan, Ko‘prikni biz qurdik, dushmanlar o‘tdi. 18 Ko‘prikni biz qurdik, lekin (ammo) dushmanlar o‘tdi. Esda saqlang. Yuqoridagi ikkita qo‘shma gap qismlari o‘rtasida bir xil ma’no munosabati — zidlik (birinchi gap ma’nosi bilan ikkinchi gap ma’nosi o‘rtasida zidlik bor) munosabati ifodalangani uchun bu ikki gap bir-biri bilan sinonim sanaladi. Ular o‘rtasidagi farq faqat qo‘shma gap qismlari o‘rtasida qanday bog‘lovchi vositaning ishlatilishidadir. Shuningdek, Anor so‘ylar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. (H.Olimjon) qo‘shma gap qismlari o‘rtasida payt munosabati ifodalangan. Qo‘shma gap tarkibidagi ikkita sodda gap bir paytda ro‘y berayotgan ikkita voqea-hodisani (birinchisi — Anorning so‘zlashi, ikkinchisi — Zaynab qalbining qaltirashi) ifodalaydi. Ikkala qism va bog‘lovchisi qatnashmagan holda ohang yordamida ham bog‘lanishi mumkin: Anor so‘ylar, Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. Bu vaqtda bog‘langan qo‘shma gap emas, balki bog‘lovchisiz, ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gap hisoblanadi. Juda muhim. Qo‘shma gap qismlari o‘rtasida sabab-natija (bir sodda gap sababni, ikkinchisi esa undan kelib chiqqan natijani bildiradi) munosabati mavjud bo‘lsa, unday qo‘shma gaplar ergash gapli qo‘shma gap shaklida ham, bog‘langan qo‘shma gap shaklida ham, ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gap shaklida ham ifodalanishi mumkin. Masalan, Paxtalar qiyg‘os ochildi, terim avjiga chiqdi. Paxtalar qiyg‘os ochildi, shuning uchun terim avjiga chiqdi. Paxtalar qiyg‘os ochildi va terim avjiga chiqdi. Yuqoridagi uchta qo‘shma gap sabab-natija umumiy ma’nosi bilan o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lsa ham, lekin qo‘shma gapning qaysi turiga mansubligi bilan bir-biridan farq qiladi. Ko‘rinadiki, bir xil ma’noni turli qo‘shma gap shakllari orqali ifodalash mumkin. Shuning uchun ulardan nutqda o‘rinli foydalana olish nutq madaniyatiga ega bo‘lishda katta ahamiyatga ega. mashq. Quyidagi qo‘shma gaplar tarkibidagi bog‘lovchi vositalarni almashtiring. Hosil bo‘lgan sinonimik gaplarning uslubiy bo‘yog‘ini aniqlang. 1. Zaynab ko‘chani chala-yarim supurib ichkari kirdi-da, eshikni qulfladi. 2. U qo‘lida olib chiqqanini qator turgan axlat to‘la chelaklar yoniga qo‘ydi-da, tez iziga qaytdi. 3. U ketgach, biroz yengillashganday bo‘ldi, ammo bir necha soatdan so‘ng yolg‘izlik zulmati uni battar eza boshladi. 4. Uning vajohatini ko‘rib, Zaynab cho‘chidi, salom berishni ham unutdi. 5. Zaynab bu xonadonga kam kelgan, ammo har kelganida uyning hashamlariga, bezaklariga mahliyo bo‘lib boqdi. 6. Kesakpolvon xotinini chaqirib, Zaynabning birikki kun shu yerda turajagini tayinladi va dasturxon atrofidagi suhbat asosan kiyimlar olamidagi yangiliklarga ko‘chdi. 7. Bir necha nafas shunday turgach, ko‘zlarini ochdi: nur yo‘qolibdi. (Т. Malik) mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli bog‘lovchilar va tinish belgilarini qo‘yib, qo‘shma gaplarni ko‘chiring, turini ayting. 1. Dadam shaxt bilan o‘rnidan turdi ... cho‘loqlanib tokcha yoniga bordi. 2. ... xuddi shunaqa zax bosgan yerda, loyga belanib yetib, miltiq otayotgandir? ... u tomonlarda allaqachon qor tushgandir. 3. Robiya ... menga qaradi, ... Bashoratga qarab talmovsiradi. 5. Bir kuni oradan gap qochsa ...dushmanga aylanib qolsa, har nima kutish mumkin undan. 6. Qaysi birligini bilmaymanu, ... bitta o‘g‘lingiz tirik, erta-indin ...o‘zi keladi, ...xabari deydi. U bir zum jilib qoldi ... qo‘shib qo‘ydi. 7. Bir zum jim o‘tirdi ... shoshilmay o‘rnidan turib, ot oldiga bordi. 8. Bu jonivor qachon sigir bo‘ladi ...qachon sutga kiradi. 9. ... uyda tinim bor, ... dalada tinim bo‘ladi. 10. ... ikkovlashib ishkomda uzum uzamiz ... allaqanday notanish ko‘chalarda yurgan bo‘lamiz. (O‘. Hoshimov) mashq. Gaplarni o‘qib, ularning bir-biriga qanday vosita yordamida bog‘lanayotganiga diqqat qiling. 1. Ilohiy hadis so‘zlari Oytug‘dini bir qadar sovitdi, endi uzun uf tortish navbati unga keldi. 2. Тashqarida eshik qarsilladi, ot kishnadi. 3. Oytug‘di halloslab kelib, o‘g‘lini bag‘riga bosdi, yuz-ko‘zini siladi, peshanasidan o‘pdi. 4. Meni ham olib ket, gado bo‘lsang gado bo‘laman, ado bo‘lsang sening yo‘lingda ado bo‘laman. 5. Osmonda yoqutdek yirik yulduzlar porlaydi, yangi oyning o‘rog‘i daryoda qalqib-qilqib suzadi. 6. Osiy farzandingizdan rizo bo‘ling, faqiringiz shohona saroydan ko‘ra g‘aribona xonaqohni afzal ko‘radirman. 7. Mahmudxon bir lahza o‘yga toldi, so‘ng o‘g‘liga yon bosgan bo‘lib, muloyim tovushda gapirdi.(S. Siyoyev) mashq. Gaplarni o‘qing. Yuklamali qo‘shma gaplarni qanday bog‘langanligini ayting. 1. Zaynab oshxonaga kirib qutini ochdi-da, suvi qochgan yarimta bo‘lkani olib «nazarga ilarmikin» degan o‘yda ikkilandi. 2. U qaytdi-yu, hovlining o‘rtasida to‘xtadi. 3. Manzuraning dilida shu tuyg‘u bor-u, lekin bunday so‘zlarni maromiga yetkazib ulab, ayta olmaydi. 4. Xonimchaning boshqa gapirmay jim ketishi bir jihatdan yaxshi bo‘lsa-da, ikkinchi tomondan Manzurani, noxush xayollar hukmiga topshirib qo‘ydi. 5. Manzura bu kabi siyosatdan behad uzoq bo‘lsa-da, radiodan aytiluvchi shunga o‘xshash gaplar qulog‘iga kirib turardi-yu, ammo mulohaza qilib, fahm etishga urinmas edi. 6. Qizlar uyalishib, o‘girildilar-da, zina 19 tomon yurdilar. 7. Zohid Said Qodirovga rahmat aytdi-da, ketishga ijozat so‘radi. 8. Asadbekka bir narsa bo‘lgan-u, Chuvrindi esa otni qamchilab qolgan edi. 9. Xumkalla yangi Xojasini ko‘rdi-yu, pildirab yurib kelib uning qarshisida paydo bo‘ldi. («Shaytanat»dan) mashq. Quyida berilgan 3 ta gapni o‘qing. Ularning uslubiy farqini ayting. Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal, Oydan ham go‘zal, kundan ham go‘zal. Oydanam go‘zal, kundanam go‘zal. mashq. Quyidagi gaplardan bog‘langan qo‘shma gaplar hosil qiling. Yo‘qsa, esa, bo‘lsa kabi vositalar bog‘lovchi vazifasini bajarsin. 1. U otasini sovuq qarshi olgani esiga tushardi. Ich-ichidan ezilib ketardi. 2. Ular eshaklarini shahar chetidagi soyda qoldirishdi. U yog‘iga piyoda ketishdi. 3. Ertayevning qisilgan ko‘zlari qorong‘ida «yalt» etgan pichoqday yiltillab ketdi. Komil qadalib turganini ko‘rdi. Yuzini chetga burdi. 4. Тergovchi qayoqqadir ketgan. U parvo qilmasdi. 5. Uchovlashib uni zo‘rg‘a tinchitishdi. Yigitlar navbatma-navbat darchadan mo‘ralab, Komilning yo‘lini poylashdi. 6. Kun botdi. Komildan darak bo‘lmadi. 7. Hozirgina Chavandozning oldiga kirdi. Aniq bir javob ololmas edi. (O.Yoqubov) ERGASHТIRUVCHI BOG‘LOVCHILI QO‘SHMA GAPLAR VA ULARNING ТASNIFI topshiriq. Quyida berilgan gaplarning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini ayting. Qo‘ng‘iroq chalindi va Qo‘ng‘iroq chalindi, shuning dars boshlandi. uchun dars boshlandi. Esda saqlang. Qismlari o‘zaro ergashtiruvchi bog‘lovchi yoki shunday bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida tobe bog‘langan qo‘shma gaplarga ergash gapli qo‘shma gaplar deyiladi. Ergash gapli qo‘shma gaplar bosh va ergash gaplardan tashkil topadi. Mazmuni izohlanayotgan qism bosh gap, bosh gap mazmunini izohlaydigan va ko‘pincha tobe shaklda turgan qism esa ergash gap sanaladi. Ergash gap bosh gap talab etgan ma’lum so‘roqqa javob bo‘ladi. Masalan, Men xursandman, (nima sababli), chunki sen maqsadingga yetding. mashq. Gaplarni o‘qing. Ergash gapli qo‘shma gaplar qanday qismlardan tashkil topganini izohlang. 1. Alam qiladigan joyi shundaki, mening «qavmlarim» – tarjimonlar ham tilni bulg‘ashda tobora xuruj qilmoqdalar. 2. Mushukni tomdan tashlasangiz ham, yerga muallaq bo‘lib, chirpirab qulamaydi, balki to‘rt oyog‘i bilan tushadi. 3. Oqilona narx-navo tayin qilinsa, birgina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, paxta bilan pillaning o‘ziyoq jumhuriyatni bemalol boqa oladi. 4. Shunisi borki, bu yerda ichkilik borasida «qatron qonuni» juda qattiq qo‘yilgan. 5. Shuni unutmangki, quyosh hammaga baravar nur sochadi. 6. Illat quritilsa, o‘sha illatning o‘zi boshqa joydan tag‘in nish urib chiqaveradi. 7. U yog‘ini so‘rasangiz, burchdorlik joyim ham bor. mashq. Ko‘chiring. Ergash gapli qo‘shma gaplarni topib, ergash gaplarning ostiga to‘lqinli chiziq chizing. 1. Mol-u dunyosi ko‘p bo‘lgan kishi boy emas, balki isrofdan saqlanib iqtisod tejamini bilgan kishi boydir, shuning uchun foydasiz yerlarga va yaramas ishlarga bir tiyin ham sarf qilmang. 2. Bir narsani bir yo‘la ko‘proq olib qo‘ymang. Agar zarur bo‘lganligi sababli nasyaga olgan bo‘lsangiz, pulini tezroq topshiring. Qarzdor bo‘lmang, odamni bevaqt qaritadigan narsalarning birisi ham qarzdir. 3. Kirimchiqimlaringizni bir daftarga yozib, bu daftarni hamma vaqt ko‘zdan kechirib turing, chunki bunday daftar iqtisod va tadbir o‘lchovidir. Cho‘ntakdan chiqqan pullarni hisoblab turgan kishi keraksiz yerlarga pul sarf etishdan o‘zini saqlaydi. 4. Chiqimingiz kirimingizdan ortiq bo‘lmasin, chunki chiqimingiz ortiqcha bo‘lsa, qayg‘u keltiradi. mashq. Тinish belgilarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. 1. Bir ko‘rmasam ko‘nglim allanechuk bo‘lib ketadi. (S. Ahmad) 2. Shunday berilib ishladiki go‘yo Bo‘tako‘zda uning o‘zidan boshqa kimsa uning cho‘tidan boshqa hayot yo‘qday. (I. Rahim) 3. U shunday og‘ir xayollar bilan charchoq qadam tashlab vokzaldan eski shaharga jo‘narkan, kimdir uning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. (S. Ahmad) 4. Hayotda baraka rohat mo‘l chunki ishchi bilan dehqon qondosh-qarindosh (S. Zunnunova) 5. G‘o‘za chopig‘iga ketgan kishilar qaytib kelgandan keyin hamma yerda ish juda qizib ketdi. (A. Qahhor) 6. Agar shisha siniq bo‘lsa ham u birovniki bo‘lsa xiyonat qilma (A. Qahhor) 7. Тurobjon eshikdan hovliqib kirar ekan qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. 8. Oxiri u shunchalikka bordiki nechun kurashayotganini nechun o‘z hayotini tahlika ostiga solayotganini nechun qon 20 to‘kilayotganini ham bilmay qoldi. (S. Ahmad) ERGASHТIRUVCHI BOG‘LOVCHILI QO‘SHMA GAPLAR BILAN SODDA GAPLAR SINONIMIYASI topshiriq. Quyida berilgan qo‘shma gaplarni uning o‘ng tomoniga sodda gapga aylantirib yozing. 1. Shuni unutmaginki, sen kelajagi buyuk davlat farzandisan. 2. Nomarddan yordam so‘rama, chunki u bir kuni yuzingga soladi. 3. Kim mehnat qilsa, u rohat ko‘radi. Yuqorida keltirilgan qo‘shma gaplar bilan ularning o‘ng tomonidagi sodda gaplar bir xil ma’noni ifodalaydi, shuning uchun ular bir-biri bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi. Qo‘shma gapda ma’no ta’kidlandi. mashq. Quyidagi sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantiring. Namuna: Yaxshi oshini yeydi. Kimki yaxshi bo‘lsa, u doimo oshini yeydi. 1. Qalbingizga quloq tuting. 2. Kamtarga kamol. 3. Kitob — bilim manbayi. 3. Do‘stsiz bosh, tuzsiz osh. 4. Hech kimga hasad tutma. 5. Baxtsizlikning belgisi nodonlikdir. 6. Yalqovlik — muhtojlik eshigidir. 7. Sukut — salomatni, yaxshilik — izzat va obro‘ni, saxiylik — ulug‘likni keltiradi. 8. Jafo chekmagan odam vafo qadrini bilmaydi. 9. Egri ishning soyasi ham egri bo‘ladi. HAVOLA BO‘LAKLI QO‘SHMA GAPLAR VA ULARNING ТASNIFI topshiriq. Quyida berilgan gapdagi nuqtalar o‘rniga mos keladigan so‘zlar qo‘yib gap tuzing. Bosh va ergash gapda bir-birini taqozo etib turgan so‘zlarni belgilang. 1) Kim . . . . . . . .-sa, u . . . . . . . . . .-di. 2) Kim . . . . . . . .-sa, uni . . . . . . . .-di. 3) Kimki . . . . . .-sa, unga . . . . . . . -di. 4) Kim. . . . . . . . -sa, uning . . . . . .-di. Esda saqlang. Qo‘shma gap tarkibida faqat ergash gapgina bosh gapga ma’lum bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanib qolmaydi. Ko‘pincha bosh gap tarkibida ham ergash gapni taqozo etadigan, uning mavjud bo‘lishiga ishora (havola) qiladigan ko‘rsatish olmoshlari ishtirok etadi. Ergash gap shu olmoshning ma’nosini izohlaydi, uning ma’nosiga teng keladi. Masalan, Shunday odamlar borki, odamlarning naqshidir. Тoleyim shulki, Vatanda bir guliston tanladim. Kim ko‘p kitob o‘qisa, o‘sha ko‘p biladi. Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarda havola bo‘lak qanday gap bo‘lagi vazifasida kelsa, ergash gap ham shunday gap bo‘lagi nomi bilan yuritiladi. Eslab qoling. Yuqoridagi gaplarda shunday, shulki, o‘sha bo‘laklarining mazmuni ergash gap orqali izohlanadi. Ular ergash gapga ishora qiladi. Shuning uchun bunday bo‘laklar havola bo‘laklar sanaladi. Bunday bo‘laklar qatnashgan qo‘shma gaplar esa havola bo‘lakli qo‘shma gaplar deyiladi. Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapga havola bo‘lakdan tashqari, -ki va -sa shakllari yordamida bog‘lanadi. Bulardan -ki bosh gap kesimi oxiriga, -sa esa ergash gap kesimi oxiriga qo‘shiladi. Solishtiring: 1) shu ... -ki, ... -di 2) kim ... -sa, ... -di mashq. Ko‘chiring. Bosh va ergash gapda bir-birini taqozo etib turgan so‘zlarning ostiga chizing. 1. Kimning himmati baland bo‘lsa, uning qadr-qimmati ham baland bo‘ladi. 2. Kimki odob o‘rgatsa, uni o‘rganmagan kishi hayvon, uzr so‘rasa, qabul qilmagan kishi shaytondir. 3. Hunar shunday otdirki, u mingan kishini rohat va e’tibor manziliga yetkazadi. 4. Har kimki hayotga xo‘mrayib boqsa, hayot ham unga zarda bilan qaraydi. 5. Sen doim hayotga tabassum bilan boqsang, ana shunda hayot senga do‘stona qo‘l cho‘zadi. 6. Kimniki qo‘lidan yaxshilik kelmasa, u yomonlik qilishdan saqlansin. 7. Shuni bilki, yalqovlik muhtojlik eshigidir. 8. Shu narsani unutmangki, baxtsizlikning belgisi nodonlikdir. 9. Kishi dardiga kim hamdard emasdir, kishi nazdida ul mard emasdir. («Durdonalar xazinasi»dan) HAVOLA BO‘LAKLI QO‘SHMA GAPLAR BILAN SODDA GAPLAR SINONIMIYASI 1. Shuni unutmangki, vatanning istiqboli sizning qo‘lingizda. 21 2. Shunday kunlar keladiki, yurtimiz dunyoning eng rivojlangan go‘shasiga aylanadi. 3. Kimki birovga choh qazisa, o‘shaning o‘zi yiqiladi. 4. Kim mehnat qilsa, o‘sha rohat ko‘radi. Juda muhim. Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarni doimo sodda gapga aylantirish mumkin, chunki qo‘shma gapning ergash gap qismi bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshining umumiy mavhum ma’nosini konkretlashtirish, izohlash vazifasini bajaradi. Shuning uchun ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi o‘rniga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Natijada, ergash gap bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi bajargan gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. Qo‘shma gap esa sodda gapga aylanadi. Masalan, Kim mehnatdan qochmasa, unga tole kulib boqadi. _______ Mehnatdan qochmaganga tole kulib boqadi; Shunga aminmanki, ertamiz bugungidan porloqroq bo‘ladi. _____Ertamiz bugungidan porloqroq bo‘lishiga aminman. Juda muhim. Ko‘rinadiki, bir axborotni ikki xil gap — sodda va qo‘shma gap orqali ifodalash mumkin bo‘ladi. Garchi gapning bu ikki turi bir xil mazmun ifodalash jihatdan umumiylikni tashkil etsa ham, lekin ular ma’noni ta’kidlash, uslubiy xoslanish jihatidan farq qiladi. Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar ko‘proq kitobiy uslubga xos va sodda gaplardagiga nisbatan ma’no ta’kidlangan bo‘lsa, sodda gaplar uslubiy betaraflik xususiyatiga ega bo‘ladi. Qo‘shning yomon bo‘lsa, yomonlik kelar, Qo‘shning yaxshi bo‘lsa — omonlik. mashq. Quyidagi sodda gaplardan havola bo‘lakli gaplar hosil qiling. 1. Mehnatni sevmagan odam bir buzuqlikni qilishga tayyordir. 2. Hasad yurakning zanglanishi, qaysarlik — mag‘lubiyat sababchisidir. 3. Odobning yuqori bosqichi go‘zal xulqdir. 4. Insonning eng zo‘r yordamchisi o‘zining aqlidir. 5. Hayotda go‘zallik, quvvat va saodatning manbayi soddalikdir. 6. Qog‘ozga yozilib qolgan yaxshi nom tamom bo‘lmaydigan umrdir. 7. Qalbi pok bo‘lgan kishining ishlari ham pok, toza bo‘ladi. («Durdonalar xazinasi»dan) MURAKKAB QO‘SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT Bilib oling. Turli bog'lovchi vositalar yordami bilan o'zaro bog'langan uch va undan ortiq gaplarning bir butunligi murakkab qo'shma gap sanaladi. Murakkab qo'shma gaplar to'rt guruhga bo'linadi: 1) bir necha ergash gapli murakkab qo'shma gaplar; 2) bir necha bosh gapli murakkab qo'shma gaplar; 3) aralash murakkab qo'shma gaplar; 4) qismlari uyushgan murakkab qo'shma gaplar. topshiriq. Berilgan gap qismlarini aniqlang. Ularning o‘zaro qanday bog'lanayotganini ayting. 1.Gullar ishq haqida kuylasalar, qushlar sadoqat haqida chug‘urlashib bahs qilishardilar, gullar Nargisga tasalli bersalar, bulbullar chaxchaxlab, Bamburni Gullar bog‘iga chaqirardilar. (Sh.Rashidov) 2. Dam qushlar ovozi yangraydi, dam daryoning shovullashi eshitiladi, dam musiqa sadosi jaranglaydi. (0‘.Umarbekov) mashq. Ko'chiring. Murakkab qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang. Ular o'zaro qanday vositalar yordamida bog'lanayotganini izohlang. 1.Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir: quyosh lovullab qizdiradi-yu, atrof uylar bilan o'ralgani uchun, qilt etgan shabada yurmaydi.(M.Hazratqulov) 2. Mayli, bizga saboq bo‘lmasin, lekin dunyo biz bilan tugamaydi, ortimizda farzandlarimiz bor, suyagi qotmagan ukalarimiz bor, bu yozuvlar loaqal o‘shalarning kuniga yarab qolar. (Murod Muhammad Do‘st) 3. Feruza uning jovdirashlariga ko'pda e’tibor bermaydi, biroq kampir shu qadar sezgirki, suhbatdoshi ne ko'ydaligini darrov bilib oladi. (M.Hazratqulov) 4.Bag‘rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. (Fitrat). mashq.O'qing. Siz kitobni qanday o'qishingiz haqida so'zlang. Matn tarkibidan murakkab gaplarni ajrating va bunday gaplar qismlarining o'zaro qanday bog'lovchi vositalar yordami bilan bog'lanayotganini aniqlang. 0‘qishlar har xil bo‘ladi: Birov ermak uchun o‘qiydi, birov hordiq chiqarish uchun, birov o‘qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, birov bo‘lak mashg'ulot bo‘lmaganidan vaqt o‘tkazish uchun, birov asardagi voqeaga, qahramonning taqdiriga qiziqib o'qiydi. Shuning uchun atrofingizga qarasangiz, har xil kitobxonni ko'rasiz: kimdir tramvayda, metroda kitobga tikilgan, kimdir navbatga turganda, sumkasidan xatcho'p solingan kitobni olib ochadi, birov xiyobonda, qosh qorayib qolgan bo Isa ham, kitob varag’idan ko‘z uzmaydi... Bularning hech biri foydadan xoli emas. (Asqad Muxtor) mashr|.Murakkab qo'shma gaplarni aniqlang, ularga izoh bering. 22 U bir safar: «Oltin makre balig'i qanaqa bo'larkin, u haqda eshitganman-u, o‘zini hech ko‘rmaganman»,— deb qoldi. «Kamyob baliqlardan biri — dedi Edigey, -u dengiz tubida yashaydi, jussasi xiylagina katta, lekin uning xosiyati go‘zalligida: ola-chipor ko‘kimtir, yuzgichlaridan tortib kemirchak tarog‘igacha, xullas, boshidan to dumining uchigacha oltin singari tovlanib turadi, shuning uchun ham uni oltin makre deb aytishadi» (Ch.Aytmatov) BIR NECHA ERGASH GAPLI MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR Bilib oling. Tarkibida ikki va undan ortiq ergash gaplari mavjud bo'lgan gaplar bir necha ergash gapli murakkab qo'shma gap sanaladi. topshiriq.Berilgan gaplar tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang 1.Reja bajarilsa dasturxon mo‘I bo‘Isa, yor-u do‘st, birodarlar qalin bo ‘Isa tantanalar qishgacha davom etaveradi. (Oybek) 2.Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nishtar bilan tilsinlar, men sizdan ajralmayman. (Hamza) mashq.Murakkab qo'shma gap tarkibida nechta sodda gap borligini va uiarning o'zaro qanday bog'langanini aniqlang. 1. Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo'lsin, turmushimiz farovon bo'lsin, mustaqilligimiz barqaror bo'lsin. (O. Sharafuddinov) 2.Odamlarimizning huquqiy ongi yuksak bo'lsa, har kim o'z haqini tanisa va o'zini-o'zi himoya qilishni bilsa, demokratik jamiyatga erishgan bo'lamiz. 3. Kimning bilagida kuchi bo'lsa, kim ishning havosini olsa, kim qilayotgan ishidan bir nima chiqishiga ishonsa, o'sha zarbdor bo'ladi. (Abdulla Qahhor) 4. Tol ekdik suv bo'yiga, Soya-salqin bo'lsin deb, G'ayrat qilgan botirlar yotib damin olsin deb. ( Qo‘shiq) mashq.Ko'chiring. Murakkab qo'shma gap tarkibida nechta ergash gap mavjudligi va ularning qanday ergash gap ekanligini aniqlang. 1.Shunday bo'lmog'iga barcha asoslar bor edi, chunki ular bir qishloqda o'sib-ulg'aygan edilar, bunisining asrori unisiga besh qo'lday ayon edi. (Murod Muhammad Do'st) 2. To‘g‘risi shuki, keksa professor unga yoqib qolgan edi, uning samimiy maslahatlaridan qoniqadi, doim bu oqil odamga munosib bo'lishga tirishar edi. (M.Hazratqulov) 3.Agar siz yoqtirgan odam sizga mehrmuruvvatini ayamasa, e’tibor bilan qarasa, bu olam-olam quvonch bag‘ishlaydi. (Qamchibek Kenja) 4.Kun shu qadar isidiki, chumchuqlaming ham ovozi chiqmay qoldi, hamma o'zini salqinga oldi. (M.Pirmatov) mashq.Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub hikmatli so'zni o'qing, uning mazmuni to'g’risi da bahslashing. Bilim shundayki, u yalong'och bo‘lganingda ham o'zing bilan qoladi, hammomga kirganingda uni suv ham yo‘qota olmaydi. mashq.Matnni o'qing. Murakkab qo'shma gaplarni ajratib yozing. London universiteti qoshidagi kollej olimlari shuni aniqladilarki, biron-bir tilni bilish nafaqat miya to‘qimalarini harakatga keltiradi, balki uning tuzilishini ham o'zgartiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, miyada jismoniy harakat yuzaga keladi, mushakchalar bilan boyitib boradi. Bu tadqiqot miya til o‘rganish orqali ham o‘zgarshini isbotlamoqda. («Fidokor» gazetasidan) BIR NECHA BOSH GAPLI MURAKKAB QO‘SHMA GAPLAR Bilib oling. Tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo'lgan qo'shma gaplar bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap hisoblanadi. topshiriq. Berilgan gap tarkibida nechta sodda gap borligini aniqlang. Оzbek yoshlarining peshonasi shuning uchun ham yorug ', iqboli balandki, ularning 0 ‘zbekistondek jannatmonand yurti bor. (Azim Suyun) mashq. Ko'chiring. Murakkab qo'shma gap tarkibida qanday bosh gaplar mavjudligini aniqlang. 1. G‘anim kelsa, xonumoni kul bo‘lur, o‘z yurtida pachaqlash ma’qul bo‘lur. (G‘afur G'ulom) 2. Boshimda o‘ynar qamchilar, qon ko‘zlarimdan tomchilar, Bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa. (Komil Yashin) 3. Qo'shnilaring ko‘nsa, hammalaring yerlaringni qo'shib yaxlit qilinglar, bir kunda haydatib beraman. (Abdulla Qahhor) 4. Bu gap kutilmagan bo‘Isa ham, Mirha- n Jxo'janing yoshiga munosib ravishda tarang va tiniq qizil yuzi oqarishdi, oq oralagan cho'qqi soqoli xiyol titradi. (Abdulla Qahhor) mashq. Matnni o'qing. Murakkab qo'shma gaplarni topib, tarkibida aanoav qo'snma gaplar mavjudligini aniqlang. 1. Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz. (/. Yusupov) 2. Kimki tez- tez dalalarga chiqib tursa, bahri-dili ochiladi, t< inasiga quwat yuguradi. (Oybek) 3. Kimdir mendan zulm emas, mehr topa olsa, bu — mening eng katta yutug'imdir, insonlarga tekkan eng katta foydamdir. (Q.E>gas,'leva) 4. Chindan ham odam yurakdan yayrab kulsa, sog‘lig‘1 yaxshilanadi, yengil tortadi, ruhi tetiklashadi, ishtahasi ochiladi, umri uzayadi. (G'afiir G'ulom) 23 mashq. Ko'chiririg. Murakkab qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni va ularni o'zaro bog'lovchi vositaiarni aniqlang. 1.Shu narsa ayonki h«mma shu narsani yaxshi biladiki, odobsiz kishilar hech qachon e’tibor qozonmaydi. 2. Kimki ota-onasini hurmat qilsa, u boshqalardan izzat topadi, el orasida yaxshi deb nom qozonadi. 3. Shirinsuxanlik shunday boylikki, u senga obro‘ keltiradi, u orqali bitmagan ishlaring bitadi. do‘stirring ko'payadi. 4.Kimki umid bilan daraxt o'tqazsa, bir kuni kelib bu daraxt shig'il meva beradi, uni ekkan egasiga olqish-u rahmatlar yog'diradi 5.Kimning qalbi pok bo‘lsa, uning ishlari o‘z-o‘zidan yurishib ketaveradi, hamma unga madadkor bo'ladi. ARALASH MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR Bilib oling. Tarkibida ergashgan, bog‘langan yoki bog'lovchisiz qo'shma gaplar mavjud bo'lgan gaplar aralash murakkab qo'shma gaplar hisoblanadi. topshiriq. Berilgan gap qismlarini aniqlang. 1. Shuni unuimangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimizsizlardan. (Gazetadan) 2. Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qilibdi. mashq.Murakkab qo'shma gap tarkibidagi oOdda gaplarni amqlang. Ularni o'zaro bog'lovchi vositalarni belgilang. l.Akang armiyadan kelsa, issiqxonani ish^a solamiz, lekin sen akangga yordamchilik qiiasau. («Fidokor») 2. Ко lga yetib kelsak, birdaniga miltiq gumburladi va suv yuzida pitirlayotgan ikki-uchta o'rdak ko'rindi. (Mirzo Karim) 3. Shuni unutmaki, sen yer farzandisan va yemi ardoqlash, uni obod qilish sening vazifangdir. (Yo ‘ldosh Sulaymon) 4. Qiz avval qo'rqdi, otasi uning Sidiqjon bilan so zlashib turganini emas boqqa tushganini bilsa ham, terisipa somon tiqadi — bu xususda otasining qamchisidan qon tomar edi; keyin yangi bir olamga kirib, otasining qamchisini ham, jingul ostida pusib yotgan kurk tovuqni ham unutdi. (Abdulla Qahhor) 5.She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni nsoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. {A. Oripov) mashq. Gaplarni o'qing, murakkab qo'shma gaplarni toping, ularning turlarini belgilang. 1. Har kimning zari bo lmasa-da, ammo hunari bo‘lsa, dunyoda hech bir xavf-u xatar bo‘Imaydi, shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog‘i lozim. Bilginki, hunarsiz kishi quruq savlatdir, quruq savlat esa qotib tuigan suratga o‘xshaydi. Sen suratga boq, u odamga o‘xshasa-da, joni bo'lmaydi. Daraxt shoxi mevasiz bo'lsa, uning o'tindan nima farqi bor. Sen abujahl (yowoyi) tarvuzini ko‘r, shirin tarvuzlar kabi chiroylidir, ammo achchiq bo'lgani uchun zarracha qiymati yo‘q.(Muhammad Javhar Zamindor) mashq..Murakkab qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang. Sodda gaplarni bir-biriga bog'lovchi vositalarni ayting. 1. Keyinroq ham ko‘zimiz tushib turardi, biroq endi u shunday bir yuksaklikda va qamrovi shu qadar keng ediki, bu kenghklar bizga o'xshash jo n odamlarning shuuriga sig‘masdi. (Murod Muhammad Do ‘st) 2. Bilmaydiki, ishining chatog'i chiqqanida Chorshanbi emas, uning o‘zi qochib ketadi, Chorshanbi qurg‘ur tagiga suv ketishi bilan mening yonimga yugirib keladi, men uni qutqarib olamar, ikki o'rtada Suyarqul ukamizning qurbon bo‘lgani qoladi. (Murod Muhammad Do‘st) 3. Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygandi, qiyofasi ancha keskinlashg°ndi va katxa ko‘zlari dumaloq shakl olgan edi. (Oybek) 4. Agar kishi o‘z hirslaridan ustun tura olsa, u o‘zidagi bor nuqsonlami yo‘q qiladi va ular yaxshi sifatlaiga aylanadi. (Beruniy) mashc. Matnni o'qing. Aralash murakkab qo'shma gaplarni aniqlab yozing. Tarkibidagi sodda gaplarni va ularning o'zaro qanday vositalar yordami bilan bog'lanqanini belgilang. 1. Hovlida qarindosh-u qo'ni-qo‘shnilar ham yurishadi, nariroqda esa doshqozon to‘la sumalak qaynaydi, ayollardan kimdir uni koviab turacL, atrofida ikki-uch kampir choy ichishib o‘tiribhadi, bolalaming qoilarida esa yog‘och qoshiq, galma-gal qozon girdiga yopishardilar. (Ulug‘bek Hamdam) 2. Insonlik mohiyati baxtsaodatga erishuvdir, inson bu maqsadni o‘zining oliy g'oyasi va istagiga aylantirsa, u baxt - saodatga erishadi. (Forobiy) 3. Esidabor: otasi bilan mana shu o‘rindiqqa o‘tirsa, mototsikl degani qattiq ovoz chiqarib yurib ketdiyu, nevara qo‘rqqanidan otasini mahkam quchoqlab, ko‘zlarini yumib oldi. (Tog‘ay Murod) 4. Hirot, tashdan qaraganda, awalgiday tinch, hamma o‘z ishi bilan mashg'ul bo'lganday ko‘rinsa ham, lekin kosibhunarmandlar, dehqonlar hali gazabdan tushmagan ec' tar. (Oybek) 5.Birov sening aybingni yuzingga aytsa, so zini qaytarma, chunki u sening uchun ko’zgudir; ko’zgu xira bo’lib qolsa, boshqa aybingn ko‘rsatadimi? (Navoiy) QISMLARI UYUSHGAN MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR 24 topshiriq. 0‘qing, she'riy parchaning nechta gapdan tashkil topganini aniqlang. O’ zbekning kurashi hamisha halol, Unda yo'qdir g'irrom, yo’qdir yomonlik. Doimo do‘stlarga tilaydi kamol, Tilaydi barchaga do‘stlik, omonlik. (Rustam Musurmon) Bilib oling. Bir turdagi uch va undan ortiq gaplardan tashkil topgan gaplar qismlari uyushgan murakkab qo'shma qaplar deyiladi. mashq. Matnni ko'chiring, murakkab qo'shma gaplarni aniqlang va ulaming nechta sodda gapdan tashkil topganini tushuntiring. Avliyolar bosgan tuproq aziz derlar, Qat-qatidan chiqaverar ekan sirlar, Har tuproqdan har kun o‘tmas axir pirlar, Ko'kragimni hayrat tiklar, Temur bobo. Dunyo bilar mehnatsiz bir damimiz yc‘q, Erkinlikdan balandroq bir gamimiz yo‘q, Eshitsinlar, hech kimsadan kamimiz yo‘q, Sizdan qolgan zuryodmiz mard, yovqur, bobo. Siz tuzgan ul tuzuklami o'qib kun-tun, Tiklanarmiz, yechimlami topgay tugun, Bo‘lmagaymiz hech kimsaga qaram, zabun, O'zbek bugun o‘z-o‘zini tanir, bobo. Avliyolar alqagan el emish a’lo, So‘zi butun, tizzasi tik, ko'ksi samo, Muzaffarlik ko'nb o'tgan bir avliyo — O'zingizsiz, Sohibqiron Temur bobo. (Zamira Ro ziyeva) mashq.Murakkab qo'shma gap turini aniqlang. 1.Umrimning anchagina qismi harbiy ishlarda o rgan, men bu yerda hech qanday qiyinchilik tortmayman, lekin sog'ligim o‘z hukmini o‘ikazib turibdi. (G‘afur G‘ulom) 2. Hosilimiz mo‘l bo'lsa, uyimiz donga to‘lsa. turmush bo‘lar farovon. (U.Shukurov) 3. Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi. (0‘. Hoshimov) 4.O'sha yillar... mashoq terar edik, mol boqardik, g‘o‘za jo'yakka kultuvatsiya yurgizardik. (A. Oripov) Umr o‘tar, vaqt o'tar, Xonlar o‘tar, taxt o‘tar, Omad o‘tar, baxt o‘tar, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan, Sening yurishlaring, sening kulishlaring. (Omon Matjon) mashq. «Alpomish» dostonidan olingan parchalarni o'qing. Qismlari uyushgan murakkab qo'shma gaplarni aniqlang. Meni bilsang, Qo‘ng‘irotning og‘asi, Boshimda botir yigitning jig'asi. Yoz bo‘lsa yaylovim Amu yoqasi, Meni bilsang, Qo‘ng‘irot elning to'rasi. Ko'kqamish ko‘lidan suqsur uchirdim, Suqsumi izlagan lochin bo‘laman. Bog‘larim zumraddan, changalim po‘lat, Qo‘ng‘irotdan qo‘yilgan shunqor bo'laman
Do'stlaringiz bilan baham: |