O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
O’ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI YO’NALISHI
19/4 GURUH TALABASI OMONOVA SHOHSANAMNING
PSIXOLOGIYA
Fanidan
KURS ISHI
MAVZU:Maktabgacha tarbiya yoshida qo’rquv holatining namoyon bo’lishi.
BAJARDI:Omonova Shohsanam
TEKSHIRDI:
REJA:
KIRISH.
I.BOB.MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA QO’RQUV HOLATLARINING NAMOYON BO’LISHI.
1.1.Maktabgacha yosh davrdagi bolalarning xususiyatlari.
1.2.Maktabgacha yosh davri bolalarida qo’rquv holatlarining namoyon bo’lishi.
II.BOB.BOLALARDA QO’RQUV HOLATINI TUZATISH METODIKASI.
2.1.Psixogimnastika usuli yordamida bolalardagi qo’rquv holatini yo’qotish.
2.2.Artterapiya usuli yordamida bolalardagi qo’rquv holatini yo’qotish.
2.3.Musiqaterapiya usuli yordamida bolalardagi qo’rquv holatini yo’qotish.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi ijtimoiy hayotimizdagi o’zgarishlar,mamlakatimizdagi demokratiyaning tantanasi,huquqiy davlat tizimiga intilish psixologiya fanining qonuniyatlariva ilmiy materiallarini o’rganish hamda ulardan turmushda foydalanishni talab qiladi.Jamiyatimizda ta’lim-tarbiya tizimini sog’lom insonparvarlik yo’nalishida qayta tashkil etish,uni zamon talablari daajasiga ko’tarish,barkamol,ma’naviy dunyosi boy,axloqiy pok,mard va jasur komil insonlarni tarbiyalash kechiktirib bo’lmaydigan,davlat ahamiyatiga molik vazifa bo’lib turibdi.
“Psixologiya, degan edi L.S.Vigotskiy,-birinchidan,konkret,amaliy bo’lib-ta’lim va tarbiya, bolaning rivojlanishi,mehnat faoliyati haqidagi fan bo’lmog’I lozim.Faqat shu vazifagina psixologiyani tirik va kerakli fanga aylantirishi mumkin’’.
Bizga ma’lum,psixologiya fanining mavzu bahsi-umuman ruhiyatning,xususan,inson ruhiyaining namoyon bo’lishi,rivojlanishini o’rganuvchi sohadir.Psixologiya atamasi “psiyuxe”-qalb (ruh), “logos”-ta’limot (o’qish) so’z ma’nosini bildiradi.Ammo bu qisqa jumla inson ruhiyati haqida yetarli ma’lumot bermaydi.Psixologiya fanining mavzu bahsi,ruhiyatni to’laroq tasavvur qilish uchun ruhiy jarayonlarning kechish mohiyatinin,ichki kechinmalarning (sezgilar,hissiyotlar) namoyon bo’lish qonuniyatlarini tushunish lozim.Biz so’z yuritmoqchi bo’lgan mavzu-bu,bolalardagi qo’rquv holatlarining namoyon bo’lishi.
Malumki, qo’rquv barcha hissiyotlar ichida eng xavflisi hisoblanadi. QOʻRQUV — insondagi ruhiy holatlardan biri; narsa va hodisalarning asl mohiyati, koʻrinishi toʻgʻrisida aniq tasavvurning yoʻqligi tufayli bezovtalanish, hadiksirash, tashvishlanish kechinmalarining yuzaga keli-shi. Qoʻrquv koʻpincha odamlarda yurak uri-shining ortishi, badanning ter bilan qoplanishida oʻz ifodasini topadi. Qoʻrquv insonlarda tasodifiy, favquloddagi vaziyatlarda, nevrotik holatlarda, ruhiy shikastlanishda uchrab turadi. Qoʻrquvdan odam oʻzini noxush, noqulay his etsa-da, lekin koʻpincha oʻzini oʻzi nazorat qila olmaydi. Ongsizlikning onglilikdan ustunligi shunday holatni keltirib chiqaradi. Chuqur hayajonlanish oqibatida kishi ruhan qattiq azoblanadi. Psixologiyada Qoʻrquvning har xil turlari oʻrganilgan. Qoʻrquvning asosiy koʻrinishlari: kasal boʻlib qolishdan qoʻrqish, koʻpchilikdan izza boʻlishdan qoʻrqish, qizarishdan qoʻrqish, uyda yolgʻiz qolishdan qoʻrqish, trans-port vositalaridan qoʻrqish, shifokordan qoʻrqish, nizodan qoʻrqish, mozordan qoʻrqish, hayvonlardan qoʻr-qish, jimlikdan qoʻrqish, murdadan qoʻrqish, huquq-tartibot xodimlaridan qoʻrqish va b. Insonni tabiat va turmushdagi voqeliklarni toʻgʻri tushunishga, idrok qilishga oʻrgatish, mashq qildirish orqali Qoʻrquvni kamay-tirish mumkin. Shaxsning sust, zaif asab tizimini jonlantirish, tana aʼzolarini mashq qildirish, noxush kechinmalarni bartaraf etish orqali Qoʻrquvning tashqi ifodasini kamaytirsa boʻladi. Psixoterapevtik taʼsir oʻtka-zish vositalari yordami bilan Qoʻrquvni asta-sekin yoʻqotish imkoniyati mavjud.
Bola hayotining ilk yillarida barcha yangi,begona narsalardan qo’rqadi,narsalar va ertakdagi personajlarni jonlantiradi,notanish hayvonotlardan cho’chiydi hamda ota-onasini mangu yashashiga ishonadi.Kichik bolalarda hamma narsa real bo’ladi,demak,ularning qo’rquv holatlari ham real xarakterga ega bo’ladi.
Malumki,qo’rquv soya singari insonni qadim zamonladan beri iziga ergashtirib, quvib kelmoqda.Bu masala bo’yicha maxsus adabiyotlar unchalik ko’p emas.Shunday bo’lsada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qo’rquv holatlariga amaliyotda yetarli darajada e’tibor berilmayapti.Lekin bolalardagi qo’rquv holatining namoyon bo’lishi ularning maktabga borishida namoyon bo’lmoqda.Shunday qilib,yuqorida aytilganlarning hammasi ,o’ylaymizki, biz tanlagan kurs ishining dolzarbligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |