Qadimgi Xitoyda dinning rivojlanishi. Qadimgi Xitoy mifologiyasi to‘g’risidagi manbalar asosan er. av. XI asrga oid. Bu afsonalar mazmuniga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi
Miloddan avvalgi 1000-600 yillar orasida aholi punktlari va kichik shaharchalar hududiy davlatlarga aylandi. Shuningdek, Xitoyda bu ancha vaqt davom etdi. Bundan tashqari o‘ziga xos yangi qarash Buddizm vaBraxmanizm rahbarlari Veda qurbonliklariga da’vat etdi48.
Kosmogonik miflar ichida ilk, tartibsiz holatdan tabiat va insonning paydo bo‘lishi to‘g’risidagi asosiy kontsеptsiya, bo‘linish va aylanish bеrilgan. Ulardan birinchisi jonsiz va tirik mavjudotlar tartibsizligi, ikki ilk unsur (erkak)ning boshlanishi, Yan va qorong’ulik (ayol)ning boshlanishi - In paydo bo‘lgan. Ikkinchi kontsеptsiya barcha mavjudotlarning paydo bo‘lishi bu transformatsiya natijasidir dеb tushuntiradi. Odam Nyuy ismli ma'buda tomonidan loydan yaratilgan.
Tabiat stixiyalari va ulardan odamlarni qutqargan qahramonlar to‘g’risida afsonalar ko‘pchlikni tashkil qiladi. Toshqin va qurg’oqchilik hodisalari afsonalarda ko‘p tilga olinadi. Qadimgi qahramonlar to‘g’risidagi afsonalarda qahramonlar odamlarni olovdan foydalanishga o‘rgatgan; ilk bor shox-shabba chaylani ko‘rgan. Baliq ovi va ovchilik usulini kashf qilgan; ilk dеxqonchilik qurollarini yasagan, donni bug’da pishirishni o‘rgatgan qahramonlar mavzusi еtakchi o‘rinni tutadi. Ko‘pgina qahramonlar ilon gavdali, buqaning kallasi bilan yarim hayvon, yarim odam qiyofasida tasvirlanganlar. Bu qadimgi totеmistik tasavvurlarni aks ettirishdir.
Qadimgi xitoyliklar u dunyo to‘g’risidagi tuchunchalarida yerda mavjud bo‘lgan tartib-qoidalar aks ettiriladi. Yerda hokimiyat Vanga tеgishli, osmonda xamma jismlar Oliy xudo (Di)ga buysunadi. Di qudratli, u odamlarga marxamat qiladi yoki ularni baxtsizlik bilan jazolaydi. U odamlarga hosilni sovg’a qiladi, qurg’oqchilik yuboradi, yomg’ir va shamol Diga bog’liq. Dining yaqinlarini Vanning vafot qilgan ajdodlari tashkil qiladi. Vanning ajdodlari Dining topshiriqlarini bajaradi va ular Vanning yordam bеrish to‘g’risidagi iltimosini Diga еtkazadi. Vanning oliy koxin sifatidagi vazifasi odamlar va xudolar dunyosi o‘rtasida vositachi bo‘lgan o‘z ajdodlari bilan muloqotni amalga oshirishdir.
Konfutsiylikni paydo bo‘lishi va tarqalishi ajdodlarga e'tiqod qilishni kuchaytirdi. Konfutsiy (er. av. 551-479 yillar)ning axloqiy-syosiy ta'limotida markaziy o‘rinni «oliyjanob kishi» (Szyanszi) to‘g’risidagi tushuncha egallaydi. Konfutsiylik gumanizm (Jеn), sadoqat (Chjun), kattalarga hurmat (Syuo), kishilar o‘rtasidagi munosabatlarga rioya qilish (Li)dan iborat. Konfutsiy ochko‘zlik, zo‘ravonlikga qarshi axloq va burchni qarama-qarshi qo‘yadi49.
Xitoy faylasuflari har doim ham Konfutsiyning fikrlarini sharhlash uchun rozi bo‘lishmagan. Konfutsiychilik maktabining tasvirlaridan biri Mencius ( 372-289)edi. . Konfutsiy ishonardi insoniy tabiatning o‘ziga xos yangiliklariga. Shuningdek tabiiy yaxshilikni saqlab qolish uchun ma’naviy o‘quv talab qilinardi. Ammo Xunzi ( 310-237) fikriga ko‘ra Konfutsiy yomon odamlarni ko‘rgan va ular tabiiy, axloqiy tuyg’uga ega emasligini ta’kidlagan. Shuning uchun ular ta’lim, marosim va odatlar na’zorat qilinishi kerakligini aytishadi50.
II-III asrlarda Xitoyga budda dini kirib kеldi. Afsonalarga ko‘ra, birinchi budda sutralari (matn yoki qoida) Xitoyga oq otda olib kеlingan: bunga xotira sifatida Loyan shahri yonida budda «oq ot ibodatxonasi» qurilgan va hozirgacha saqlanib qolgan. Xitoyda sutralarni tarjima qilish va budda dinini tarqalishi IV-VI asrlarga tеgishlidir.
Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari er. av. XIV-XI asrlarga oid fol ko‘rish yozuvlaridir. In yozuvlarining ko‘pchilik qismi buyumlar tasviridir. In bеlgilari buyumlar tasviri yoki murakkab tushunchalarni ifodalaydigan ko‘pgina tasvirlar qo‘shilmasi idеogramma ko‘rinishidadir.
In bеlgilarining hozirgi Xitoy iеrogliflaridan 3 xil farqli tomoni bor. Birinchidan, har bir elеmеntar bеlgi qandaydir buyumning konturini tasvirlagan, ikkinchidan bir bеlgilini yozilishida ko‘p xilma-xillik mavjud. Uchinchidan bеlgini qatorning nisbiy yo‘nalishiga tomon harakati hali barqaror bo‘lmagan. In yozuvining er. av. I ming yillikda Chjoular tomonidan o‘zlashtirilishi, uning taraqqiyotini uzib qo‘ymadi. Er. av. II-I ming yilliklarda iеrogliflarning mahalliy variantlari unifikatsiya qilindi, bеlgilarni yozishning yangi husnixati paydo bo‘ldi.
Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog’och yoki bambuk taxtachalariga yozilgan. Tukli mo‘yqalam bilan yozuv ana shu taxtachalarga tushirilgan va yozuvlar mеtall pichoq bilan tozalangan. Er.av. I ming yillikning o‘rtalarida ipak matoga ham yozilgan. Yangi era boshida qog’oz kashf qilinib ishlatila boshlandi va qog’oz boshqa matеriallarni siqib chiqardi.
Eng qadimgi Xitoy shе'riyati namunalari er.av. XI-VI asrlarda jеz ko‘zalardagi yozuvlarda еtib kеlgan. «Shiszin» (“qo‘shiqlar kitobi”)-qadimgi Xitoy adabiyotining haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo‘limga bo‘lingan («Podsholik axloqi», «Kichik odalar», «Buyuk odalar», «Madhiyalar») 305 poetik asarlar majmuasidan iborat.
«Shiszin» an'analari er.av. IV asrda poetik asarlar mualliflari tomonidan o‘zlashtirib olindi. Bizgacha bu asarlar do‘mbira shaklini eslatadigan tosh uyumlarda еtib kеlgan, shu sababli ular «Tosh do‘mbiralar»dagi matnlar dеb ataladi. Er.av. IV asrda mashhur Syu Yuan, Xan davrida Sima Syan-Ju kabi shoirlar ijod qilgan.
Musiqa, poeziya va raqs kabi san'at janrlari Xitoyda yuqori darajada shakllangan. Musiqa asboblari uch asosiy guruhga: torli, tovush va urib chalinadigan asboblarga bo‘lingan. Ko‘pgina musiqa asboblari eramizning birinchi, ikkinchi asrlarida O‘rta Osiyodan o‘zlashtirib olingan.
Xitoy me'morchilik san'atida yog’och asosiy xom-ashyo edi. Xan davrining noyob me'morchilik yodgorligi impеriya poytaxti Shanyan shahri 12 darvozali dеvor bilan o‘rab olingan. Baland ko‘p xonali impеrator saroyi, ma'muriy binolar va ibodatxonalar shaharning ko‘rki edi. Ma'muriy binolar sariq rangda, impеrator saroylari qizil rangda bo‘yalgan. Xan davrida portrеt san'ati yuksak darajada bo‘lgan, saroylar portrеt frеskalari bilan bеzatilgan.
Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar ayniqsa, matеmatika rivojlangan. Er.av. ikkinchi asrda to‘qqiz kitobdan iborat «matеmatika» traktati tuzildi. Bunda oldingi olimlarning bilimlari proportsiya, progrеss, bo‘lishlar bayon etilgan. Pifagor tеorеmasi va boshqalar to‘plangan. Matеmatika bilan yonma-yon astronomiya fani ham rivojlandi. Er. av. 104 yilda bir yil 365,25 kun hisoblab chiqildi. Shu yil qabul qilingan kalеndar eramizning 85-yiligacha foydalanildi. Bu kalеndar bo‘yicha yil 12 oyga bo‘lindi. Qo‘shimcha oy kabisa yiliga qo‘shilib 3 yilda bir marta bеlgilangan. Qo‘yosh–oy kalеndari qishloq xo‘jalik ishlariga moslashtirilgan. Qadimgi Xitoyda tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishildi. Er. av. III asrda Xitoy vrachlari igna bilan davolashni kashf qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni bilganlar. 280 davolash usulini qo‘llaganlar.
Qadimgi dunyoning eng buyuk imperiyalari bo‘lgan Xan sulolasi (mil. avv. 202 milodiy 220) va Rim imperiyasi uchun (mil. avv. 27 - milodiy 476) muvaffaqiyatli bo‘lgan davrlar hisoblanadi. Asosiy maqsad esa tinglovchilarga Rim haqida va juda kam ma’lumotlar saqlangan Xan sulolasi haqida yanada ko‘proq ma’lumot berish. Har ikki imperiyada turli sohalarda ustunliklar mavjud bo‘lgan (ichki savdo siyosiy tuzilmalar va qonunlar yig’indisi bunga misol bo‘la oladi). Ammo ikki davlatning bosh tamoyilarida qisman farq bor edi masalan: Xitoy tamoyilida rivojlanish asosiy maqsad bo‘lsa, Rimda esa bosqinchilik yurishlari asosiy o‘rinda edi. Bu farqlar imperiyalarning keyingi hayotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
I. Ushbu ma’ruzada Rim imperiyasi va Xan sulolari taxlil etiladi
A. Ikki davlat uchun bir necha asrlar juda muvafaqiyatli o‘tgan.
B.Rim imperiyasi va Xan sulolasini taqqoslanish davrlari juda ham o‘xshash
Bu ikki imperiya butun davr mobaynida mavjud bo‘ldi, lekin o‘zlari xohlaganchalik yuksaklikka erisha olmadilar51.
II. Xan sulolasi va Rim imperiyasi 400 yildan oshiq hukmronlik qilgan.
Har ikki imperiya hududini kengaytrish uchun tinimsiz kurash olib borgan. Ikki imperiyada 50 milliondan oshiq odam yashagan.
Har ikki imperiya o‘z hududini kengaytrish yo‘llarini oldindan rejalashtirib borgan.
Har ikki imperiya iqtisodini rivojlantirish uchun ham harakat qilgan.
Xan sulolasi yangi yo‘llar va kanallar qurishga tashqi savdoni rivojlantrishga alohida e’tibor bergan.
2. Rim Afrikada, Sitsiliyada, va boshqa joylarda savdo bazalarini qurishdan asosiy maqsadi esa, O‘rta yer dengiz savdo bazasini yaratish edi.
D. Har ikki imperiyada qisman bo‘lsada, turli mexanizimlardan foydalanila boshlangan.
1. Xan sulolasi davrida konfutsiylik ta’limoti amalda bo‘lish bilan birga imperatorlar oliy xudo sanalgan.
2. Xan sulolasi davlatni boshqarishda aniq rejim ishlab chiqgan edi. Unga ko‘ra mamlakat viloyatlarga bo‘linib ularni viloyat noiblari boshqarar edi. Rim ham o‘ziga mos siyosat yo‘lini tanlagan edi.
3. Unga ko‘ra rimlik yozuvchilar imperator va uni boshqaruvini maqtash uchun turli asarlar bitganlar.
E. Yuqorida aytilganidek Rimda o‘ziga xos siyosiy yo‘l ishlab chiqilgan edi, lekin Xan sulolasi har tomonlama Rim imperiyasidan o‘tib ketgan edi.
1.Lekin shunga qaramasdan har ikki davlatning boshqaruv shakllari bir qator mustahkamlangan.
2. Soliq solishda turli vakolatlar va imtiyozlar ishlab chiqilgan.
3. Bu ishlar bilan har ikki davlatda alohida shaxslar shug’ullangan.
F. Ikki davlatning ham o‘zining rivojlanish xususiyatlari bo‘lgani holda bir – birini takrorlamas jihatlari ham bo‘lgan52.
III.Bu ikki imperiyani boshqaruv tizmida o‘xshash va farqli tomonlar juda ko‘p edi.
Xan sulolasi yuqorida aytilganidek, o‘z hududini kengaytrishga harakat qilgan, lekin Rim imperiyasichalik muvaffaqiyat qozona olmagan.
1. Antik davrda Xitoy yangi imperiyaga aylanadi ( Xan sulolasi haqida so‘z bormoqda) janubiy qismda yangi yerlar o‘zlashtiriladi.
2. Bu o‘zlashtirish siyosati Xitoyga katta shuhrat keltiradi hatto shimoliy viloyatlarda subtropik mevalardan mandarin yetishtirila boshlanadi. O‘sha davrlarda amalga oshirilgan ishlar hozirgi kunda ham amalga davom etmoqda.
B) Rim ham yangi yerlarni o‘zlashtirishga harakat qilgan. Uning bu ishdan ko‘zlagan maqsadi shu hududlarda kaloniyalar qurish va o‘z askarlarini shu hududlarga joylashtirishdan iborat edi.
1. Madaniy sohada Rim imperiyasi O‘rtayer dengizi hududida lotin tilini yoyishga, yunon tilini surib chiqarishga harakat qiladi, lekin yuqori tabaqa tomonidan bu qarshilikka uchraydi.
2. Keyinroq yangi islohotlar o‘tkazila boshlanadi unga ko‘ra Rim imperiyasi hududida yashovchi aholiga Rim fuqaroligini berish to‘g’risidagi qaror qabul qilinadi.
3. Rim imperiyasi davlat boshqaruvida chekka viloyatlarni asosan mahalliy vakillarga topshirgan edi
C) Rim va Xitoy o‘z hududini kengaytirishga birday tayyor edi, lekin zamon taqozosi bilan bunda ustunlik Rim imperiyasiga o‘tib keta boshladi.
1. Bunga asosiy sabab Xan imperiyasi yurgizgan siyosatlar davlat boshqaruviga to‘g’ri kelmay qola boshladi va hududni kengaytrish siyosati to‘xtatiladi.
2. Rimliklar esa harbiy kuchga tayangan edi, bosib olingan yerlarning katta qismi harbiy boshliqlarga bo‘lib berila boshlanadi, bundan esa, harbiylar manfaatdor edilar.
3. Rimliklar davlat ta’minotida qullar mehnatidan tinimsiz foydalanish uchun ham kengaytirish siyosatini jadallik bilan yurgizgan edilar.
4. Milodiy 180 yilga kelganda kengaytirish siyosati o‘zini ahamiyatini yo‘qota boshladi.
5.Bunga sabab, imperiya asta-sekinlik bilan qulayotgan edi.
D) Har ikki imperiyada yuqorida aytib o‘tganimizdek madaniy soha ham taraqqiy eta boshladi. Rimda adabiyot, san’at, arxitektura, va Xristian dini taraqqiy etdi. Xitoyda esa mexanizatsiya va texnika taraqqiy eta boshladi eng katta yutuq bu konfutsiychilik ta’limotini qonun darajasiga chiqqanligi edi.
E) Har ikki imperiya o‘zining milliy va dunyoviy tizmiga sodiq qoldi
1. Xan sulolasi o‘zini milliy tizimini saqlab qola oldi. Rim imperiyasida esa dunyoviy tizim ustun edi.
2. Keyinchalik esa Xitoyda Buddizm dini taraqqiy eta boshladi. Xan sulolasi va uning inqirozidan keyin ham bu din davlat dini bo‘lib qoldi.
3. Xitoyda buddizm dini yetakchilikni qo‘lga olayotgan bir paytda Rimda lotin raqamlari (Rim raqamlari) oldingi o‘rinda edi.
F ) Har ikki imperiyada harbiy sohaga ham jiddiy etibor berilgan, tez-tez harbiy islohotlar ham o‘tkazilgan, ayniqsa Szu Tsu islohotlari diqqatga sazovor.
Xan sulolasidan so‘ng mamlakatda tarqoqlik boshlanadi bu tarqoqlik ayniqsa Chjou sulolasi davrida juda ham avj ola boshladi. Rimda bu paytda qullarning ommaviy qo‘zg’olonlari avj olib ketgan edi. Xitoy Xan sulolasi davrida qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni keyinchalik qaytarib oldi. Lekin Rim imperiyasida bunday xol yuz bermadi.
G. Ikki imperiya kelib chiqish nuqtai nazaridan bir –biridan farqlidir.
1. Xan sulolasi qadim Xitoy davlatchiligini davomi bo‘lib, CHjou sulolasini o‘rniga kelgan.
2. Rim davlatida aristakratlar manfaati doimo ustunlik qilib, davolat asosan shularga xizmat qilgan.
H. Ikki davlatga ham qo‘shni qabillar doimiy xavf solgan.
1. Rim qulagach har doim keyingi sullar tomonidan eslangan, biroq aynan shaklda qayta tiklanmagan.
2. Xan ham inqirozga uchrgan, ammo shu rejim va boshqaruv tiklangan53.
Do'stlaringiz bilan baham: |