Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar



Download 1,44 Mb.
bet151/204
Sana06.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#321278
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   204
Bog'liq
maruzalar-matni

Ilk respublika davrida Rim. Rim ilk respublika davrida polis bo‘lgan, yani erkin quldorlardan iborat grajdanlar jamoasi bo‘lgan . Oila ( familiya ) Rim jamoasi hayotida ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan . Oila bir- biri bilan qon- qrindoshlik aloqasidagi shaxslar va shu oilaga xizmat qiladigan qullardan iborat bo‘lgan. Oila mulkini oila boshlig’i boshqargan, xonadagi toat-ibodatning kohini vazifasini ham u bajargan, oila a’zolarining taqdirini hal qiladigan yagona sudya ham o‘sha bo‘lgan ( qul qilib sotishga , o‘ldirishga haqli bo‘lgan ). Davlat oilaning ichki ishlariga aralasha olmagan, oila boshlig’ining ishini har nechuk tekshira ham olmagan.

Rim aholisi dehqonchilik, chorvachilik , hunarmandchilik bilan shug’ullangan . Rimliklar don yetishtirgan, tok, zaytun o‘stirgan, polizchilik qilgan. Dehqonlar temirdan qilingan qurollarni ishlatgan. Ular yirik qoramol, qo‘y , echki va cho‘chqa boqqanlar. Hunarmandchilik podsholar idora qilgan zamondayoq dehqonchilikdan ajrala boshlagan , bu jarayon eramizdan avvalgi V- IV asrlarda ham davom etgan. Sozandalar, zargarlar, binokorlar, ko‘nchilar, etikdo‘zlar, misgarlar va kulollarning hunarmandchilik kollegiyalari ta’sis qilinganligi kasb- hunarning rivojlanganligidan dalolat beradi. Rim jamoasi hududida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida Etruriya uchun xarakterli bo‘lgan ko‘pgina bronza vat emir buyumlar topildi. Temir Etruriyadan keltirilgan bo‘lsa kerak, chunki Latsiyumda temir bo‘lmagan. Topilgan g’oyat ko‘p spool material kulolchilikning taraqqiy qilganligidan darak beradi. Rimda binokorlik sohasida katta ishlar qilingan: juda ko‘p devonlar, ibodatxonalar (Yupiter Kapitolskiy ibodatxonasi , Satuern ibodatxonasi va boshqalar) solingan, shaharda kanalizatsiya ham bo‘lgan.

Hunarmandchilik qishloq xo‘jaligidan ajralganligi natijasida savdo- sotiq taraqqiy qilgan . Rimning asosiy maydoni bo‘lmish forumda har hafta bozor bo‘lgan. Shaharda chorva va qullar bilan savdo qiladigan maxsus joylar yuzaga kelgan. Diniy bayram kunlarida har yili yarmarka tashkil etilgan. Rimning Italiya daryolaridan kemalar yurishi uchun eng qulay Tibr daryosi sohilda joylashganligi rimliklarga latin shaharlari, etrusklar , finikiylar va greklar o‘rtasida vositachi bo‘lib savdo- sotiq ilishga imkon tug’dirgan. Pul sistemasi vujudga kelgan. Og’irligi Rim funti qismlariga barobar keladigan mis, keyinchalik bronza bo‘laklari avvallari pul ekvivalenti bo‘lgan chorva mollarini siqib chiqargan. Bir qancha vaqtdan keyin har xil hayvonlarning surati va metallning tozaligiga kafolat beradigan muayyan belgilar zarb qilingan lavhalar paydo bo‘lgan. Kumush pullar esa eramizdan avvalgi III asr o‘rtalaridagina zarb qilina boshlangan.


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish