Ispaniyaning istilo qilinishi. Ibеriya-Pеrinеy yarimorolining janubida joylashgan mamlakat. Ibеriyaning tеmir, kumush va qimmatli ma'danlarga boy konlari rimliklarni ko‘pdan bеri o‘ziga jalb qilib kеlar edi.
Er. av. III asrda rimliklar Ibеriyani itoat ettirish uchun ko‘p yillar davomida qonli urushlar olib borganlar. Rimliklar er. av. 206-yilda Ibеriya sohillarini egallash uchun kеlganlarida, mahalliy aholining qattiq qarshiligiga duch kеlganlar.
Er. av. II asrning birinchi yarmida rimliklar Ibеriyaga bir nеcha bor bostirib kеlganlar. Er. av. 154- yilda Ibеriyaliklar Rimga qarshi qo‘zg’olon ko‘targanlar. Ibеriyadagi bosqinchilarga qarshi qo‘zg’olon ikki yil davom etib, so‘ng qiyinchilik bilan bostirilgan. Er. av. 150 yili Pеrinеy yarim orolining g’arbidagi Luzitaniya viloyatida Viriat dеgan kishi rahbarligida rimliklarga qarshi juda katta qo‘zg’olon boshlangan. Qo‘zg’olon 9 yildan ortiq davom etib, luzitanlar rimliklarni ko‘p marta mag’lubiyatga uchratganlar. Qo‘zg’olonni kuch bilan bostira olmagan rimliklar Viriatni Luzitaniya podshosi dеb tan olishga majbur bo‘lganlar. Rimliklar xoinlik yo‘liga o‘tib Viriatni o‘ldirish payiga tushganlar. Katta boylik evaziga sotilgan xoinlar er. av. 139-yilda Viriatni chodirda uxlab yotgan vaqtida o‘ldirganlar. Viriat o‘ldirilgach, Numansiya shahri rimliklarga qarshi kurashning markaziga aylangan. Bu shahar Duro daryosining boshidagi tog’lik yerda joylashgan edi. Numansiyaliklar bir nеcha yil mobaynida rimliklarga qarshi mardonavor kurash olib borganlar.
Er. av. 133-yilda Ispaniyaga Rimning mashhur sarkardasi Publiy Kornеliy Stsipion yuborilgan. Rim sarkardasi shaharni qamal qilib, tashqi aloqalardan mahrum etgan. Shaharliklarni holdan toydirib rim askarlari shaharga bostirib kirganlar va uni ishg’ol qilganlar. Rimliklar avval shaharni talaganlar, so‘ng vayron qilib o‘t qo‘yganlar. Numansiyaga qarashli yerlarni rimliklarga bo‘lib bеrganlar. Aholining katta qismi qul qilib sotib yuborilgan. Shunday qilib, Rim qo‘shinlari Ispaniyani ham bosib olib, Rim davlatining chеgaralarini Atlantikaning sharqiy sohillarigacha kеngaytirganlar. Shu davrda Rim Yevropadagi va jahondagi eng yirik va kuchli quldorlik davlatiga aylangan edi.
Eramizdan avvalgi 133 va 123-121 yillarda ikki tribun aka uka Tiberiy va Gay Grakxlar oddiy dehqonlarga yer berish uchun kurashib, reforma taklif etishdi.Biroq senatni qarshiligi sabab ikki islohotchi ham o‘ldirildi. Islohot amalga oshmadi. Natijada butun Rim Respublikasi hududlarida qo‘zg’olonlar avj olib ketdi84.
Spartak boshchiligidagi qullar qo‘zg’oloni Eramizdan avvalgi 74-yili butun Italiyada ekin bitmay ocharchilik bo‘ladi. Bu esa quldor Rim hukumatining jabr-zulmiga qarshi qo‘zg'olon ko‘tarilishiga shart-sharoitlarni hozirlagan edi. Qadim zamonning eng katta qullar qo‘zg'oloni boshlanib ketishiga Kapuya shahridagi gladiatorlar maktabidagi isyon (eramizdan avvalgi 74- yil) turtki bo‘ladi.
Eramizdan avvalgi I asr boshlaridan e'tiboran Rimda «o‘yinlar» deb atalgan qonli tomosha - yirtqich hayvonlarni urishtirish va gladiatorlarning qilichbozligi juda keng tarqalgan edi. Bu vahshiyona ermaklar qadimgi zodagonlar jasadini ko‘mganda kishilarni qurbon qilish odatlaridan kelib chiqqan. Ular Etruriyada o‘limga maxkum qilingan jinoyatchilarning dafn marosimi paytidagi jangi sifatida vujudga kelgan.
Eramizdan avvalgi II asr oxiri va I asr boshlarida tsirk va amfiteatrlarda o‘lim jangi jamoat tomoshalarining bir turi bo‘lib qolgan. Jangchilar jinoyatchi va sotib olingan qullardan to‘plangan. Ular «gladitorlar» («qilichbozlar») deb nom olgan. Bu nom latincha «gladius» («qilich») so‘zidan olingan. Gladiatorlarga ehtiyoj shu qadar zo‘r bo‘lgangi, uddaburon korchalon lanistlar (go‘sht bilan savdo qiluvchilar) maxsus maktablar ochganlar, ularda gladiatorlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilib, so‘ngra ular «o‘yin» tashkilotchilariga sotilar edi.
Lentul Batiat degan kishiga ana shunday maktablardan biri Kapuya shahrida bo‘lgan. Bu maktabda boshqalar qatori frakiyalik Spartak degan kishi ham bo‘lgan. Rimning yordamchi otryadida xizmat qilgan bu kishi dushman tomoniga o‘tgan, yarador bo‘lib asir tushgan va qochoq sifatida gladiatorlar maktabiga sotilgan.
Spartakni ta'riflab Plutarx bunday deb yozgan edi: «...Spartak... o‘zining ajoyib mardligi va jismoniy kuchi bilangina emas, balki aql-farosati, dilkashligi va xushfelligi bilan ham o‘z mavzqei va taqdiridan baland turgan; u o‘z qabilasining kishisi bo‘lishdan ko‘ra chinakam ellin bo‘lgandir...»
Tarixchi Appian hikoya qilib berganidek, «Spartak o‘zining yetmishga yaqin do‘stlarini ozodlikka chiqish uchun tavakkal qilishga ko‘ndirgan. Spartak ularga teatrda o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘ygandan ko‘ra, ana shu yo‘l ma'qul ekanini uqtirgan».
Six va oshpichoklar bilan qurollangan Spartak hamda uning sheriklari qorovulga hujum qilib, shaharga chiqqanlar va Vezuviy tog'iga jo‘naganlar. Ular shu joyda mustahkamlanib olib atrofdagi yaqin villalarni qiyratib, qullarni ozod qilganlar. Mahalliy hokimiyat tomonidan yuborilgan otryadlar tor-mor etilgan. Shundan keyin Rimdan 3 ming kishi bilan propretor Gay Klodiy yuborilgan. Rimliklar togdan tushadigan yo‘lni to‘sib qo‘yganlar, ammo qo‘zg'olonchilar uzum novdalaridan narvon yasab, qoyalardan pastga tushganlar va Rim lageriga orqa-dan hujum qilganlar. Klodiy otryadi yakson qilingan. Rim jangchilarining qurollari qo‘zg'olonchilar qo‘liga tushgan. Bu jangdan keyin qo‘zg'olonchilarning qo‘shini tez o‘sa boshlagan va bir necha ming kishidan iborat armiyaga aylangan.
Qullar qo‘zg'oloni janubiy Italiyaning yangidan-yangi rayonlariga yoyilavergach, senat qo‘zg'olonni bostirish uchun ikki legiondan iborat armiya yuborgan. Spartak rimliklarning bu qo‘-shinini xam tor-mor etgan. Qo‘zg'olon yanada kengayavergan. Rimliklar armiyasi namunasida tuzilgan Spartak qo‘shinlari Lukaniya va Apuliyadagi bir qancha qishloq va shaharlarni ishg'ol qilganlar.
Qo‘zg'olonchilar armiyasi 70 ming kishiga yetgan. Sullachilar jabr-zulmi ostida qolgan mayda italiy dexqonlari qo‘zg'olonchilarga qo‘shilgan: Ammo harbiy muvaffaqiyatlarga va qo‘zg'olonchilar armiyasiniig soni o‘sib borishiga qaramay, Spartak g'oyat kuchli O‘rta dengiz davlati bo‘lgan Rim respublikasiga qarshi bundam keyingi kurashda u va sheriklari muqarrar mag'lubiyatga va halokatga uchrashini tushungan. Shuning uchun xam u sobiq qullar o‘z vatanlariga qaytib bora olishlari uchun armiyasini Apennin yarim oroli doirasidan olib chiqishga urungan.
Qo‘zg'alon ko‘targanlar orasida ixtilof paydo bo‘ldi. Qullarning bir qismi Rimni tark etib, o‘z yurtlariga qaytishni afzal bildilar. Ko‘pgina qullar esa mamlakatdan chiqib ketmaslikka, Rimni tor-mor etishga va quldorlardan qasos olishga ahd qilishdi.
Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass boshchiligida ko‘p ming sonli qo‘shin jo‘natildi. Miloddan avvalgi 71- yilning bahorida ro‘y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor-mor etildi, uning o‘zi esa ana shu jangda halok bo‘ldi. 6 mingdan ziyod asirlar Rim-Kapuya oralig'idagi yo‘l bo‘ylaridagi xochlarga mixlab tashlandi. Qo‘zg'alon ko‘targanlarning alohida to‘dalari esa tag'in 10 yil kurashni davom ettirdilar.
Qullarning Spartak boshchiligidagi ulug’ italiy qo‘zg’aloni italiy ijtimoiy munosabatlarini va Rim quldorlik respublikasi davlat hokimiyatining butun tizimini larzaga soldi. Qo‘zg’alondan ko‘p yillar keyin ham rimliklar Spartakni vahima bilan esga olganlar, ba’zi Rim va yunon tarihchilari esa uni qullar qo‘zg’alonining yo‘lboshchisi, jasur lashkarboshi sifatida halok bo‘ldi, deb tilga oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |