Chirchiq – 2019 O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Mavzu: Afina quldorlik demokratiyasining ravnaqi



Download 1,44 Mb.
bet116/204
Sana06.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#321278
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   204
Bog'liq
maruzalar-matni

Mavzu: Afina quldorlik demokratiyasining ravnaqi


  1. Arxaik davr boshlarida Attika.

  2. Solon islohotlari.

  3. Afinada Pisistrat tiraniyasi.

  4. Klisfenning islohotchilik faoliyati.


1. Arxaik davr boshlarida Attika. O`rta Yunonistonning janubiy-sharqiy viloyatlaridan biri, markazi Afina bo`lgan Attika misolida yunon polisining shakllanishini atroflicha ko`rish mumkin. Yunonistonning markaziy viloyatlaridan biri bo`lgan Attikaning maydoni 2250 km kv bo`lib, Spartadan keyingi o`rinda turgan. Barcha tomonlari dengiz va tog`lar bilan o`ralgan Attika dehqonchilik uchun noqulay bo`lgan. Kumush konlari, marmarning mo`l-ko`lligi savdo-hunarmandchilikning ilk taraqqiyotiga yordam berdi. Qulay dengiz gavanlari dengizchilikning rivojlanishiga sabab bo`ldi. Dastlab Attika aholisi kichik qishloqlarda yashagan. Keyinbchalik esa, ular qoyatosh bag`rida joylashgan Afina akropoli markazi bo`lgan shahar atrofida birlashdilar.

Jahon tarixida Xalq boshqaruvini ya’ni demokratiyani joriy etishga ilk urinish aynan Afinada boshlangan. Demokratiya so‘zi yunonchadan tarjimasi “xalq xokimyati” ma’nosini anglatadi61.

Attikaning qadimgi aholisi ioniylar va pelasglarga doriylarning ko`chishi ta’sir qilmadi. Attik doriylar hujumini qaytardi. Doriylar Peloponnesdan haydab yuborgan axeylarning bir qismini qabul qildi. Bu yerda yunon tilining ioniy shevasida so`zlashadigan qabilalar guruhi to`rt urug` yoki qabila (fil)ga bo`lingan edi. Har bir fil bir necha o`nlab urug`lardan iborat bo`lgan uch fratriyaga bo`lingan.

Gomer davrida Attika aholisini urug` zodagonlaridan chiqqan yo`lboshchi basileylar boshqargan. Basileylar oliy hukmdor, sudya, kohin va harbiy boshliq vazifasini bajarganlar. Boshqa yunon polislariga bo`lganidek, basileylar huzurida Afinada oqsoqollar kengashi-areopag bor edi. Afsonalarga ko`ra, Afina aholisini birlashtirgan afsonaviy Tersiy aholini uch guruhga bo`ladi: yer egalari-yevpatridlar, dehqonlar-geomorlar va hunarmandlar-demiurglar.

Attika viloyati 12 alohida hudud-qabila okruglariga bo`lingan. Ularning markazlari Afina, Torika, Marafon, Afidna bo`lgan. Er. avv. VIII asr davomida xo`jalik va xususiy mulkchilikning rivojlanishi natijasida yevpatridlar basileylarning huquqini asta-sekin cheklay boshladilar. Ular o`zlarining ichidan arxontlar (oqsoqollar)ni saylay boshlaydilar. Basileylarning boshqaruv vakolatlari harbiy arxont(boshliq, sudya)ga o`ta boshladi. Natijada basileylarga faqat kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. Shunday qilib, Afinada hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9 arxont boshqara boshladi. Ularning o`rtasida ijroiya, harbiy va sud hokimiyati taqsimlangan edi. Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o`z o`rinlarini yangi saylanganlarga bo`shatib berib, o`zlari areopagning umrbod a’zolari bo`lib qolar edilar. Areopag er. avv. VIII-VII asrlarda eng obro`li hokimiyat organi bo`lgan.

Yevpatridlar kolonizatsiya va dengiz savdosiga faol qatnashdilar. Tovar ishlab chiqarish, savdo-hunarmandchilik tez rivojlandi. Attikada dehqonlarni qarzga botish jarayoni kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib qoldi. Er. avv. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Er. avv. VII asrning 30-yillarida zodagon Kilon hokimiyatni bosib olishga urunib ko`rdi. Arxont Drakont tomonidan 622-yilda og`zaki qonunchilikning yozma to`plamga keltirilishi urug` zodagonlarining hokimiyatini zaiflashtirdi. Drakont qonunlari bilan urug`chilikning qoldig`i bo`lgan xun olish ta`qiqlandi. Jazolash funksiyasi areopagga berildi. Drakont qonunlari shafqatsiz bo`lib, o`g`rilikjinoyati uchun o`lim jazosi belgilangan. Mehnat qilmagan fuqarolar jazolanar edi.




Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish