Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
Chirchik, Uzbekistan 1532 International Conference
-
shaxsning o'z-o'zini rivojlantirish jarayonining dinamikasi va uzluksizligi
va uni yaratguvchi sifatida shakllantirish;
-
o'z-o'zini tasdiqlash va o'z kompetentligini bilish;
-
yaratuvchining o'zini o'zi anglashi, shaxsiy va ijtimoiy jihatdan o'z
ahamiyatini anglash.
Innovatsion
faoliyat
tuzilmasi
tahlilida
akmeologik
yondashuv
o’qituvchining kasbiy mahorati cho’qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish
qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.
Innovatsion faoliyatda o'qituvchida yangilikka, (risk) tavakkalga, yanada
samarali ish usullarini izlashga ehtiyoj ortadi. Innovatsion faoliyatning mohiyatini
tahlil qilishning akmeologik yondashuvi o'qituvchining gullab-yashnashi davrida
shaxsiyatini rivojlantirishga, individual va ijodiy tamoyillarni o'zaro bog'lashga,
harakatlarning aks ettiruvchi bajarilishini rag'batlantirishga imkon beradi.
V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning
uzoq ijodiy umr ko’rishiga olib keladigan sub’ektiv va ob’ektiv omillarini asoslab
berdi. Ob’ektiv omillarga olingan ta’limning sifatini, sub’ektiv omillari esa
insonning iste’dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila
olishidagi mas’uliyati, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi.
Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar
ko’rsatiladi:
iste’dod nishonalari;
uquvlilik;
qobiliyat;
iste’dod;
oila tarbiyasi sharoiti;
o’quv yurti;
o’z xatti-harakati. [2;67]
Bugungi kunga kelib, fan va texnologiyalar rivojlanish cho‘qqisiga chiqqan
bir vaqtda «barkamol avlod», «akmeshaxs» kabi yangi tushunchalar ilmiy
muomalaga kirib keldi. Buning asosiy sababi — insonning intellektual qobiliyati
zamon va makon bilan chambarchas bogjiq bo‘tib, fan va texnologiyalar rivojiga
qarab mukammallashib boradi va, nihoyat, o ‘z «akme»siga erishadi.
Akmeologiyaning eng muhim jihati — yuksak kasb-korlikning ijodiy
pog‘onaga ko‘tarilishidagi turti jihatlarini o ‘rganuvchi inson muammolari bilan
shug‘ullanuvchi insonshunoslikdan ajrab chiqqan muhim zamonaviy tarmoq
bo`lib, insonning kasb-hunarni bilim va tafakkur orqali chuqur egallashi, uning
jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning
iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta'sirini kuchaytirishga
xizmat qilishini anglashi, o‘z ijodiy faotiyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va
mas’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishi
jihatlarini fanlar bilan uyg`unlikda o ‘rganishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |