Чирчик тиббиёт коллежи Тиббий профилактика иши кафедраси Юукумли касалликлар фани


Инфекция манбаи билан боғлиқ тадбирлар



Download 40,26 Kb.
bet8/9
Sana23.02.2022
Hajmi40,26 Kb.
#147957
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (3)

Инфекция манбаи билан боғлиқ тадбирлар:
- беморларни юқумли касалликлар шифохонасига ѐтқизиш;
- ҳар 2 соатда алмаштирилиши керак бўлган ниқоблардан фойдаланиш.
- беморларни махсус транспортда ташиш,
-беморларнинг йўталиш гигиенасига риоя қилиши.
- бир марталик тиббий воситалардан фойдаланиш.
Қўзғатувчининг юқиш йўлларини бартараф этишга қаратилган чора-
тадбирлар:
-қўлларни тез-тез совун билан ювиш;
- тиббий ниқоблардан фойдаланиш;
- тиббиѐт ҳодимлари ҳимоя кийимлардан фойдаланиши;
- дезинфекция тадбирларини ўтказиш;
-ҳавонинг зарарсизлантирилишини таъминлаш;
-чиқиндиларни ўз вақтида йўқ қилиш.
Аҳолининг мойиллигини камайтиришга йўналтирилган тадбирлар:
1) Бурун шиллиқ қаватини изотоник натрий хлорид эритмаси билан
чайиш, вируслар ва бактериялар сонини камайтиришни таъминлайди
ва умумумий профилактика учун тавсия қилиниши мумкин
2) Баъзи бир вирусларга қарши рибовирин, лопиновир, интерферон каби
дори воситаларидан фойдаланиш мумкин.
3) Ўткир респираторли инфекция белгилари пайдо бўлганда,
беморларнинг тиббий ѐрдам учун тиббий муассасаларга ўз вақтида
мурожаат қилишларини таъминлаш, касалликдан кейинги
асоратларнинг олдини олишда асосий омиллардан биридир.
Хитойга ва коронавирус инфекцияси бўлган давлатларга саѐҳат
қилаѐтган сайѐҳлар қуйидаги эхтиѐт чораларига риоя қилишлари
керак. - Чет эл сафарларини режалаштираѐтганда, борадиган давлатингиздаги эпидемиологик вазиятни аниқланг, иложи бўлса сафарни кейинроққа суриш.



O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Jahon sog'liqni saqlash tashkilotidan olingan ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yil yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasi Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida koronavirus (2019-nCoV turi) bilan kasallangan bemor to'g'risida xabar berilgan. Joriy yilning 31 yanvari holatida Xitoy Xalq Respublikasida jami 9720 nafardan ortiq fuqaro kasallanib, 1500 nafar fuqaro og'ir holatda davolanmoqda, 213 nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining bildirishicha, Xitoy Xalq Respublikasining barcha provinsiyalarida koronavirus kasalligi tarqalib ulgurgan. 2020 yil 30 yanvar kuni JSST Xitoy Xalq Respublikasida koronavirus infeksiyasi epidemiyasini favqulodda holat deb, tan oldi. Rossiya Federatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegara kesishgan joylardagi o'tkazish punktlaridan fuqarolarni o'tishini cheklagan.
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Xalqaro tibbiy sanitariya qoidalari saytidagi ma'lumotlarga ko'ra, 2020 yil 31 yanvar kuniga koronavirus (2019-nCoV turi) infeksiyasi Gongongda va Tayvanda 8 tadan, Malayziya va Makaoda 7 tadan, Yaponiyada 6 ta, Avstraliya, Singapur va AQShda 5 tadan, Tailand davlatida 14 ta, Fransiyada 6 ta, Germaniya, V'etnam va Janubiy Koreya davlatlarida 4 tadan, Kanada davlatida 3 ta, Nepal, Italiyada 2 ta, Kambodja, Shri-Lanka, BAA va Ukraina davlatlarida 1 tadan holat qayd etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to'g'risidagi farmoyishi qabul qilindi.
Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligida tashkil qilingan shtab 24 soat davomida faoliyat olib bormoqda. Agentlik mutaxassislari tomonidan ishonch telefonlari orqali koronavirusning oldini olish borasida Xitoydan kelayotgan va o'qiyotgan talabalar, ularning ota-onalari, tadbirkorlar va boshqa soha xodimlariga tegishli tushuntirishlar va tavsiyalar berib borilmoqda.
Joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent vrachlar malakasini oshirish insitutida koronavirus infeksiyasi etiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi hamda kasallikka gumon qilinganda tibbiy xodimlarning tezkor harakatlari mavzusida o'quv-seminari o'tkazildi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog'liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi reanimatologlari, infeksionistlari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining epidemiologlari ishtirok etdi. Barcha ma'muriy hududlarda reanimatolog, infeksionist, epidemiologlardan iborat 3 tadan tezkor harakatlar brigadalari tashkil etildi, shuningdek, mazkur o'quv-seminarda Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining vakillari ishtirok etishdi.

Joriy yilning 31 yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijdan kelgan 4194 nafar fuqaro sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o'tkazilgan. Shulardan 84 nafari Xitoyda o'qiydigan talabalardir. Termometriyadan o'tkazilgan fuqarolar orasida 1 nafar Rossiyadan uchib kelgan fuqaroda tana harorati yuqoriligi aniqlangan, shifokorlar tomonidan epidemiologik surishtiruv o'tkazilganda tana harorati ko'tarilgan bemor, koronavirus kasalligiga gumon qilingan yoki kasallik bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo'lmaganligi aniqlangan.

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ markaziy SESiga qarashli 6 ta SKPdan 5 ta poyezdda 953 nafar fuqaro o'tishgan va ular o'rtasida tana harorati ko'tarilgan bemorlar aniqlanmagan.

Davlat chegara posti orqali ko'plab yo'lovchi o'tuvchi SKPlar Toshkent viloyatining “G'ishtko'prik”, “Oybek”, Surxondaryoning “Ayraton”, “Gulbahor” va Daryo porti hamda Andijon viloyatining “Do'stlik” SKPlari orqali 2158 ta avtotransport, 23570 nafar fuqaro o'tkazilgan, ular orasida yuqumli kasallikka gumon qilingan bemorlar aniqlanmagan.

Agentlikning virusologiya laboratoriyasiga koronavirusga tekshirish uchun 21 nafar fuqarodan namunalar olib kelingan, namunalar orasida koronavirus kasalligining virusi topilmadi. Bugungi kunga qadar respublika fuqarolari orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi.

Xitoy Xalq Respublikasida koronavirus infeksiyasi bo'yicha kuzatilayotgan murakkab epidemik vaziyat, bu kasallikni respublika hududiga kirib kelishi va tarqalib ketishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan nazoratga olingan.



Download 40,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish