6-modda. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat tashkilotlari
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat tashkilotlari quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
O‘zbekiston «O‘zkommunxizmat» agentligi;
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi(bundan buyon matnda"Sanoatkontexnazorat" agentligi deb yuritiladi).
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli
davlat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; chiqindilar ko‘mib tashlanadigan va utilizatsiya qilinadigan joylarning davlat
kadastrini yuritadi; chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va texnologik ishlanmalar hamda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi; chiqindilar hosil bo‘lishining belgilanayotgan normativlariga hamda
chiqindilarni joylashtirish ob'ektlariga rozilik beradi; chiqindilarni joylashtirish limitlarini tasdiqlaydi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish chog‘ida belgilangan sanitariya
normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshiradi; fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini chiqindilarning zararli ta'siridan muhofaza etish
chora-tadbirlarini belgilaydi; chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish ob'ektlari xususida davlat
sanitariya-gigiena ekspertizasi xulosasini beradi; chiqindilardan tayyorlanayotgan tovarlarga(mahsulotlarga) nisbatan sanitariya-
gigiena talablarini belgilaydi hamda ularga doir gigiena sertifikati beradi; chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavflilik darajasini
belgilashda uslubiy ta'minotni amalga oshiradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 9-modda. O‘zbekiston«O‘zkommunxizmat» agentligining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston«O‘zkommunxizmat» agentligi: maishiy-ro‘zg‘or chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi; maishiy-ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plash, tashish, qayta ishlash va utilizatsiya
qilish holati monitoringini amalga oshiradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.