Chiqindilar bo'yicha 2016 yilda buyon qabul qilingan prezident formulalarining bajarilishi 1-bob. Umumiy qoidalar



Download 24,22 Kb.
bet2/6
Sana07.07.2022
Hajmi24,22 Kb.
#754234
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chiqindilar bo\'yicha 2016 yilda buyon qabul qilingan prezident formulalarining bajarilishi

2-bob. Poligonlarni loyihalash
1-§. Poligonlar qurilishi uchun maydonlarni tanlash
8. Poligon qurilishi mo‘ljallangan joylar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanib, tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida ajratiladi.
9. Poligonlar shaharlar va boshqa aholi punktlarining tashqarisida joylashtiriladi.
Turar joydan poligonlar chegarasigacha bo‘lgan masofa SanPiN № 0246-08 “O‘zbekiston Respublikasi aholi joylari atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya me’yorlari va qoidalari”ga muvofiq, kamida 500 metrni tashkil qilishi kerak. Bunda sanitariya-muhofaza zonasining aniq o‘lchamlari gazsimon tashlamalarning miqdorini hisobga olgan holda aniqlanadi.
10. Poligonlar uchun ishlatib bo‘lingan karyerlar, o‘rmon massivlaridagi qimmatbaho daraxt turlaridan holi bo‘lgan maydonlar, jarliklar va shu kabi boshqa hududlar ajratiladi.
11. Gidrogeologik sharoitlariga ko‘ra, poligon qurilishi uchun gil yoki qum tuproqli hamda sizot suvlari 2 metrdan kam bo‘lmagan chuqurlikda joylashgan maydonlar tanlanadi. Chuqurligi 1 metrdan ortiq bo‘lgan botqoqliklar, sizot suvlari buloqlar ko‘rinishida oqib chiqadigan hududlar, toshqin suvlar bosadigan hududlar, shuningdek aeroportlarga 15 kilometrgacha yaqin joylashgan yer maydonlarida poligon qurilishiga ruxsat etilmaydi.
12. Poligonlar qurilishi mo‘ljallangan joylar Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladi.
13. Obyektlarni atrof-muhitning turli obyektlariga salbiy ta’siri darajasini aniqlash va eng kam ta’sir ko‘rsatuvchi maydonni tanlash uchun bir necha hududlarni muqobil variant sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Har bir maydonning atrof-muhitga potensial ta’sirini o‘rganish hamda aholi bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish natijalariga ko‘ra eng kam ta’sir ko‘rsatadigan maydon tanlanadi.
14. Quyidagi omillar mavjud bo‘lganda tanlangan maydon atrof-muhitga potensial ta’siri jihatdan poligon qurilishi uchun yaroqli hisoblanadi:
maydonning geologik nuqtai nazardan barqarorligi, ya’ni unda yoriqlar mavjud emasligi;
poligonlar joylashadigan yerda suv o‘tkazmaydigan qatlamning mavjudligi;
poligonlar maydoni tagida 30 metrdan ortiq qalinlikdagi gil yoki og‘ir qum tuproqli suv o‘tkazmaydigan qatlamning mavjudligi;
maydonning suv havzalaridan kamida 1000 metr uzoqda joylashganligi;
suv obyektlarining sathi yer yuzasidan kamida 10 metr pastda joylashganligi, undan iste’mol qilish va sug‘orish uchun foydalanilmasligi.
15. Quyidagi omillar mavjud bo‘lganda atrof-muhitga potensial ta’sirini inobatga olib, tanlangan maydonda poligon qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
suv o‘tkazuvchi bir necha qatlamlar, masalan ochiq shag‘al konlari, yoriqlar mavjudligi;
poligonlar joylashgan yer sizot suvlari yaqinida yoki sizot suvlariga 10 metrdan kamroq sathda joylashganligi;
mahalliy sizot suvlaridan iste’mol uchun foydalanilishi;
100 metr radiusda suv havzasi yoki suv toshadigan hududlar mavjudligi.
16. Poligon qurilishi uchun maydon ajratishda qurilgan poligon yopilgandan keyin undan qanday maqsadda foydalanilishi (o‘rmonzor, bog‘lar majmuasini yaratish, qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallanmagan idishlarning (taralarning) ochiq omborini tashkil etish va hokazolar) ham nazarda tutilishi lozim.
17. Poligonlarni rekultivatsiya qilishda barcha tizimlar, xususan, yakuniy izolatsiya (izolatsiya) qatlamining butligi va ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari oldindan belgilab olinadi.
Zaharli va portlash xavfini tug‘diradigan gazlarning ajralib chiqishi sababli, poligonlar yopilgandan keyin kamida 40 yil ushbu hududda kapital qurilish ishlarini olib borishga yo‘l qo‘yilmaydi.
18. Poligonlar qurilishi mo‘ljallangan joylar kamida 15 yil foydalanish sharti bilan tanlanadi. Ushbu maydonlar to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga yaqin va qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirishning maksimal balandligiga erishish mumkin bo‘lgan yerlardan tanlab olinadi.
19. Poligonlar qurilishi mo‘ljallangan joylarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan geologik va gidrogeologik tadqiqotlar amalga oshiriladi.
Geologik tadqiqotlarni o‘tkazishda qatlamlanish tartibi, poligonlar joylashgan yerdagi jinslar tarkibi va qalinligi, tuproqning filtratsiya koeffitsiyenti o‘rganiladi. Tadqiqot ishlarining minimal chuqurligi 4 metr bo‘lishi lozim. Turli jinslardan iborat tuproqli sharoitda suvga bardoshli qatlamgacha tadqiqot ishlarini olib borish hamda shu joydan boshlab 1 — 1,5 metr chuqurlikkacha tadqiqot o‘tkazish zarur bo‘ladi.
Gidrogeologik tadqiqotlar natijasida sizot suvlari sathlari va oqimi aniqlanadi. Poligonlarni yer usti (jala va qor) suvlari oqimidan himoya qiladigan balandlik zovurlarini qurishda yog‘ingarchilik faolligi va ularning maydonda to‘planib qolishiga oid ma’lumotlar yig‘iladi.
Geologik va gidrogeologik tadqiqotlar natijasida quduqlar (shurflar) joylashishi, geologik (litogeologik) kesimlar rejasi, poligonlar qurilishi uchun mo‘ljallangan maydonning yaroqliligi xususida gidrogeologiya xulosasi tuziladi.
20. Shahar (tuman) sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tayyorlangan barcha materiallarni inobatga olgan holda, tanlangan maydonning yaroqliligi xususida o‘z xulosasini beradi.

CHIQINDILAR BO'YICHA 2016 YILDA BUYON QABUL QILINGAN PREZIDENT FORMULALARINING BAJARILISHI



Download 24,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish