Chiqindi va ularning ijtimoiy jixatlari
REJA:
I.BOB. Chiqindi va ularning ijtimoiy jixatkarini o’rganish
1.1 Chiqindi va ularning kelib chiqish sabablari
1.2 Chiqindi va ularning turlari
II.BOB. Chiqindilarni o’rganish va ularni oldini olish
2.1 O‘zbekistonda chiqindi muammosi 2.2 Chiqindilarni qayta ishlash va yo'q qilish usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Chiqindi – bu xomashyodir. Ularning tarkibida makulatura, oziq – ovqat chiqindilari, plastmassalar, latta – putta va boshqa narsalar bor. Shuning uchun ham AQS’H va boshqa rivojlangan mamlakatlarda bunday chiqindilar sotib olinadi.Umuman aholi turar joyida to’planadigan axlatlarni axlatxonalarga tashlash allaqachonlar gigiyena fani tomonidan qoralangan. Bu iqtisodiy jihatdan samarasiz, iflosgarchilikka yo’l qo’yiladigan usuldir.Axlatlarni 2 yo’l bilan zararsizlantirish va ulardan foydalanish mumkin:a) biotermik usul – ya’ni axlatni kompost qilish, issiqxonalarda foydalanish va mukammallashtirilgan axlatxonalarda zararsiz holatga keltirish;b) axlatlarni kuydiriladigan, sortlaydigan zavodlarida zararsizlantirishdir.Biotermik usul tuproq bilan zararsizlantirish usuliga o’xshaydi, asosan organik moddalarning bioximik parchalanish jarayonlari mikroorganizmlar hisobiga bo’ladi, ammo jarayon yuqori haroratda jadalroq o’tib, tezroq nihoyasiga yetadi.Keyingi vaqtlarda axlatlarni mexanizmlar yordamida qayta ishlash uchun zavodlar qurilmoqda. Masalan, har yili 65000 tonna axlatni qayta ishlash zavodi Sankt – Peterburgda qurildi. Bu zavodni loyihalashda G’arbiy YEvropa mamlakatlari loyihalaridan va tajribalaridan foydalanilgan.Zavod organik azotli g’itlarni qishloq xo’jalik ehtiyoji uchun ishlab chiqadi. Zavodda axlatlarni qabul qilish, hamda axlatlarni sortga ajratish, nazorat qilish bo’linmalari bor. Zavodga axlat temir, tosh va boshqalardan ajratilgach, aylanuvchi barabanlarga (diametri 4 m, uzunligi 60 metrli) solinadi. Barabanlarda axlatlar aralashtiriladi 1–3 kundan so’ng ma’lum darajada namlik berilgach, chiqindilar qizishib ularning harorati 50 – 60 S ga yetadi, bu bioximik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Harorat 50 – 60 s ga yetganda patogen mikrofloralar, gelmint tuxumlari qirila boshlaydi. Shu yo’l bilan axlat kompostga aylanadi.
Tsivilizatsiyalashgan mamlakatlardagi shahar va qishloq ko’chalarining bir joyida axlatning to’kilib yotganini ko’rmaymiz. Ro’zg’or va korxonalardan chiqqan chiqindilar maxsus joylarga to’kilib, o’z vaqtida qayta ishlovchi zavodlarga olib boriladi. Bu zavodlarning texnologiyasi ham ekologik jihatdan sog’lom, ya’ni ularning trubalaridan zaharli tutun emas, toza bug’ chiqadi. Tsexlari gigiyenik jihatdan toza, ishchilar maxsus orasta kiyintirilgan. Eng asosiysi ularga to’lanadigan ish haqi boshqa korxonalardagiga qaraganda yuqoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |