II.BOB. Chiqindilarni o’rganish va ularni oldini olish
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi faoliyatni belgilab beruvchi 30 ga yaqin qonunlar va 200 dan ortiq qonunosti me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Shuning bilan bir qatorda hozirda jamiyatimizning rivojlanishi bilan bog`liq bo’lgan ekologik muammolardan biri chiqindilar mauammosi bo’lib, bugungi kunda chiqindilar atrof-muhitni ifloslantirishi natijasida atrof muhitga, fuqarolar hayoti va sog`lig`iga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklariga xavf tug`dirmoqda. Bunday sharoitda, hosil bo’layotgan chiqindilarni to’plash, saqlash, tashish, yo’q qilish, ko’mib tashlash, utilizatsiya qilish, ularni turlarga ajratish va qayta ishlash masalasi ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda chiqindilarni boshqarishga oid davlat siyosatini yuritish maqsadida 2002 yil 5-aprelda «Chiqindilar to’g`risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. Qonunning asosiy vazifasi chiqindilarning fuqarolar hayotiga va sog`lig`iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish hamda chiqindilar hosil bo’lishini kamaytirishdan iboratdir. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to’plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko’rsatish qoidalari, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 12-noyabrda 2625-son bilan ro’yxatga olingan
2.1 O‘zbekistonda chiqindi muammosi
Qutiga tashlangan chiqindi o‘z manziliga yetgunicha uch bosqichni bosib o‘tadi. Har bir xonadondan chiqqan chiqindilar dastlabki yig‘ish punktlarida, ya'ni kvartal va mahallalardagi chiqindixonlarda to‘planadi. «Maxsustrans» mashinalari ularni yig‘ib, qayta yuklash stansiyalariga olib boradi. Toshkent shahridagi uchta ─ Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida qayta yuklash stansiyalarida ulkan konteynerlarga zichlab joylashtirilgach, ular oxirgi manzil ─ Ohangaron poligoniga olib kelinadi. Chiqindilar uyumi soat sayin ko‘tarilib, Yer sayyorasini qamrab olayotganini bu yerda qisman his qilish mumkin. Poligondan videoreportaj tayyorlagan Kun.uz xodimlari bunga bevosita guvoh bo‘lishdi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahridan olib chiqiladigan chiqindilar joylashtiriladigan Ohangaron poligonining hududi 59 gektar bo‘lib, o‘tgan asrning 70-yillaridan beri faoliyat yuritadi. Mazkur poligon hududi 98 foizga chiqindi bilan to‘lib bo‘lgan. Bir kunda Toshkent shahrining o‘zidan 2000 tonnagacha chiqindi olib chiqiladi. Bu poligonga respublikaning boshqa hududlariga qaraganda ancha katta hajmda chiqindi olib kelinsa ham, ish jarayoni ancha primitiv tarzda olib boriladi.
Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish DUK uchastka boshlig‘i Abdusabid Nishonboyev poligonga keladigan chiqindilarning taqdiri bilan tanishtirdi. «Bu yerga olib kelingan chiqindilar to‘rtta katta qismga bo‘lingan maydonlarga navbati bilan joylashtiriladi. Chiqindi to‘kiladi, mexanizatorlar buldozerlar orqali ularni surib, 2,5 metr qalinlikda yoyib chiqadi, ustidan tuproq bilan yopilib, rekultivatsiya qilinadi. Shu tarzda keyingi navbatdagi maydonga o‘tiladi», ─ deydi u.
Ekologiya qo‘mitasining chiqindilar bilan ishlash sohasida ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Umarjon Abdullayev respublika bo‘yicha mavjud poligonlar holati haqida ma'lumot berdi. ─ Hozirda respublika bo‘ylab 221ta chiqindi poligoni mavjud bo‘lib, ularning maydoni 0,5 gektardan 70-80 gektargacha boradi. Ko‘pchilik poligonlarning foydalanish muddati 20-30 yilni tashkil etadi. Bu poligonlarda chiqindini joylashtirish talablariga o‘z vaqtida yetarli darajada e'tibor berilmagan holda ish olib borilgan. Yaqinda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasiga muvofiq, chiqindi poligonlarining holatini optimallashtirish rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, respublikadagi poligonlar soni qisqartirilib, 59tasi qoldiriladi. Xalqaro moliyaviy manbalar mablag‘larini jalb etgan holda zamonaviy poligonlarni barpo etish, qolgan poligonlarni me'yorlarga muvofiq rekultivatsiya qilib, yopish ko‘zlangan. Dunyo tajribasidan ma'lumki, maishiy chiqindi poligonlari to‘lgach, ularga gaz oluvchi trubalar o‘rnatiladi va rekultivatsiya qilinadi. Ya'ni, chiqindi uyumlarining ustidan tuproq tortiladi, daraxt va o‘simliklar ekib ko‘kalamzorlashtiriladi hamda davlat yer fondiga qaytariladi. Boshqarma boshlig‘ining ma'lumot berishicha, Ohangaron chiqindi poligonini modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
─ Hozirgi kunda poligonni tartibga solish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Osiyo taraqqiyot bankining kredit mablag‘larini yo‘naltirgan holda mavjud poligonning oldida 30 gektar yer ajratilib, yangi, zamonaviy talablarga javob beradigan poligon qurish ko‘zda tutilgan. Hozirda mavjud poligonlardan farqli o‘laroq, bu yerda tuproq qatlami va yerosti suvlariga chiqindilardan ajraladigan zararli moddalarni o‘tkazmaydigan himoya plyonkalari o‘rnatiladi. Chiqindilardan hosil bo‘ladigan metan gazlarini qayta ishlab, elektr energiya oladigan uskunalar o‘rnatiladi. Hozirda ishlab turgan Ohangaron poligoni esa Koreyaning Sejing kompaniyasi mablag‘lari asosida rekultivatsiya qilinib, unga o‘rnatiladigan quvurlar orqali hosil bo‘lgan metan gazlarini tortib olish va elektr energiyasini olish rejalashtirilgan.
─ Utilizatsiya tizimi borasida jahon standartlariga yetishga hali ancha bor. Ohangaron poligonidagi ahvol hali eng yomoni emas, undan ham yomonroqlarini respublikada ko‘rish mumkin. Poligon belgilangan tartibda o‘rab olingan bo‘lishi, tarozilar o‘rnatilishi, chiqindini utilizatsiya
qilish tizimi, yerosti suvlarining holatini aniqlash bo‘yicha filtratsiya tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Lekin bu talablarga javob beradigan bironta poligonni respublikada uchratmadik. Ular juda ham yomon ahvolda. Poligon uchun belgilangan sanitar me'yorlar mavjud, har qanday chiqindixonani ham poligon deb aytish to‘g‘ri emas. Bizdagilar esa shunchaki chiqindi uyumi xolos. Ming afsuski, ular turli kasalliklarni tarqatuvchi manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |