Chiqarish markazi


 G‘ALLA-DON EKINLARIDA DALA TAJRIBALARINI O‘TKAZISH



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/98
Sana30.12.2021
Hajmi5,36 Mb.
#195489
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   98
Bog'liq
zoheCJXzeSqqxh1ujsrICHozpOdj1yoZhC97AZ8T

24. G‘ALLA-DON EKINLARIDA DALA TAJRIBALARINI O‘TKAZISH 
USLUBLARI 
 
G„alla-don  ekinlari  mamlakatimizning  hamma  hududlarida  (sug„oriladigan, 
lalmi)  ekiladi.  Shu  tufayli,  bu  ekinlar  ustida  dala,  ishlab  chikarish  tajribalari 
ko„yish,  tuproq,  o„simlik  namunalari  olish  tartiblari,  ziroatlarni  parvarishlash 
agrotadbirlari  tizimi-(ekish  muddatlari,  urug  sarfi,  ko„chat  kalinligi,  suv-oziqa 
(NPK)  me‟yorlari,  sug„orish  tartibi  suv  qaysi  muddatda  berilishi,  o„simlikning 
o„sishi,  rivojlanishi  fenologik kuzatuv,  fazalarining o„tish  jadalligi, unib chikishi, 
tuplashi, naychalash, boshoqlash, gullash, sut pishish, mum pishish, to„lik pishishi) 
bo„yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.  
 
G„alla-don ekinlari bo„yicha qo„yiladigan dala tajribalari 8-10 qatorli bo„lib, 
shundan hisobiy qatorlar o„rtadagi 4  qatordir. G„alla o„radigan «Keys» «Klas» va 
boshqa kombayinlar bir marotaba o„tishda o„riladigan qatorlar hisobiy qatorlar soni 
bilan  teng  bo„lishi  kerak.  G„alla-don  ekinlari  (kichik  bo„lakchalar)  dagi  dala 
tajribalarida  o„rim  va  boshqa  kuzatuvlar  har  bir  bo„lakchadagi  doimiy  qoziklar 
qoqilgan  (hisobiy  qatorlarda;  to„rt  joydan)  qismdan  dala  uzunligi  bo„yicha  teng 
o„lchamlar  va  mutanosiblikda  himoya  bo„laklari  qoldirilgan  holda  o„tkazilishi 
lozim.  Ko„p  omilli  bunday  dala  tajribalarida  (ko„chat  qalinligi,  oziqlantirish 
me‟yorlari  va  sugorish  tartibi)  variantlar  soni  dala  kengligi,  uzunligi  nisbatga 
olingan holda 12, 16,18 variantdan oshmasligi, uch-to„rt qaytarikda, bir  va  undan 
ko„p  yaruslarda  joylashtirilishi,  har  bir  variant  (bo„lakcha)ning  hisobiy  maydoni 
50-100  kv.m.dan  kam  bo„lmasligi  lozim.  Ishlab  chiqarish  sharoitidagi  tajribalar 
variantlari kattaligi 1200 kv.metrdan 1 gektargacha bo„lishi, umumiy maydoni esa 
8-10  gektardan  oshmasligi,  variantlar  kengligi  tarktorlarga  tirkalgan  ekish 
seyalkalarning bir yoki ikki iz yurishidan kam bo„lmasligi zarur. 
 
Mamlakatimizda  dala  tajribalari  uchun  asosiy  tuproq  turlari,  ularning 
mehanik,  mikroagregat  tarkibi,  ya‟ni  yengil-qumloq-tusli,  o„rtacha,  og„ir-soz-
loysimon hamda yer osti suvlari sathi (3,0 m.dan chuqur, 2-3 m, 0,5-2,0 m.gacha) 
joylashuviga qarab, tanlanish (dala eni, dala uzunligi) tajriba, ish basturida ko„zda 
tutilgan  variantlar,  qaytariqlarning  yaruslar  bo„yicha  joylashuviga,  uslubiy 
qo„llanmalar to„liq rioya qilingan holda o„tkazilishi talab etiladi. 
 
Bunda: 
1. 
Tanlangan  hududda  eng  ko„p  tarqalgan  tuproq  turlari  mavzuga  asos 
qilib  olinishi  hamda  yer  osti  suvlari  sathi  joylashuvi,  albatta,  e‟tiborda  tutilishi, 
qolgan  tuproq  turlari  keyingi  ilmiy  izlanishlarga  mavzu  bo„lishi  ko„zda  tutilishi 
lozim: 
 
2.  Tajriba  o„tkaziladigan  dala  tanlangandan  so„ng  uning  ikki  joyidan 
(qaytariqlar bo„yicha) yer osti suvlari sathigacha (2-3 m, 0,5-2,0 m), bunday suvlar 
3 m.dan chuqur bo„lsa 2-3 metrgacha yoki yer osti suvi sathi joylashgan qismgacha 
kovlanib (1x2 m. kenlikda), tuproq genetik qatlamlar bo„yicha yozma ta‟riflanadi. 
 
3.  Genetik  qatlamlar  (gorizontallari)  bo„yicha  tuproq  namunalari  (yer  osti 
suvlari  2-3  m;  0,5-2,0m.dan  suv  namunalari)  olinib,  laboratoriya  sharoitida  tahlil 
qilinadi.  Unda  tuproqning  mehanik,  makro-mikroagregat  tarkiblari,  dala 
tuprog„ining  umumiy  ta‟rifi  uchun  genetik  qatlamlar  bo„yicha  gumus  (chirindi), 
NPKning  umumiy  hamda  harakatchan  shakllari  amal-o„suv  davri  boshida  va 


160 
 
ohirida variantlar bo„yicha aniqlanadi. Shuningdek, yer osti suvlaridan namunalar 
olinib,  suv  so„rimi  to„liq  tahlil  qilinadi.  Undagi  SO
4
,  CL,  NSO
3
,  Mg,  Sa+K 
turlarining  quruq  qoldig„i  miqdorlari  aniqlanadi.  Bu  ko„rsatkichlar  tuproq 
namunalarida ham o„rganilishi lozim. 
 
4.  Dala  tuprog„ining  agrofizik  ko„rsatkichlari,  albatta,  o„rganilishi  shart. 
Bunda  dala  tuprog„ining  cheklangan  dala  nam  sig„imi  (CHDNS),  suv 
o„tkazuvchanligi, hajm vazni og„irliklari amal-o„suv davri boshida umumiy fonda, 
qaytariqlar  bo„yicha;  amal-suv  davri  ohirida  (kuzda)  suv  o„tkazuvchanlik,  hajm 
og„irligi variantlar bo„yicha o„tkazilishi (tuproq hajm og„irligi har 0-10 sm.dan (0-
70 sm.yoki 1,0 metrgacha o„rganilishi) zarur. 
 
5.  Sug„orish  ishlarini  o„tkazishda  suv  sarfi  hisoblanishi  kerak.  Bunda 
“CHippoletti”  (0,25-0,50  sm.),  “Tomson”  suv  o„lchagich  asboblaridan 
foydalaniladi  va  sug„orish  oldi  va  sug„orishdan  keyin  o„tish  fazalari  bo„yicha 
bug„doy,  arpa  va  boshqa  g„alla-don  ekinlari  ekilgan  dalalarda  tuplashgacha, 
naychalash va boshoqlashgacha, pishish davrida (sut, mum) tuproqning 0-50; 0-70; 
0,50 sm li hisobiy qatlamlaridan namunalar olinishi kerak. 
 
6.  Yer  osti  suvlari  sathi  (2-3  m,  0,5-2,0  m.)  joylashuviga  qarab,  dala 
tajribalarining  har  qaytariqdan  2-4  variant  (bo„lakcha)larida  kuzatuv  quduqlari 
o„rnatiladi.  Ulardan  suv  sathi  variantlar  bo„yicha  sug„orishgacha,  sug„orishdan 
so„ng  har  o„n  kunda  (1,  10,    20,  30  kunlarda)  o„lchanib  o„rganilishi,  yer  oti 
suvlaridan namunalar olinib (quruq qoldiq,  hlor ioni) laboratoriya sharoitida tahlil 
qilinishi lozim. 
 
7.  Dala  tajribalari  davomiyligidan  qatiy  nazar  ziroatlar  ildiz  tizimining 
rivojlanishi,  amal-o„suv  davri  ohirida  kavlanib,  joylashuvi  yozma  ta‟riflanadi, 
chizma shaklida qog„ozlarga tushiriladi yoki rasmga olinadi. 
 
Olingan  hosil  natijalari  haqidagi  malumotlarga  matematik  ishlov  berilishi, 
bu  tadbir  varianlar,  qaytariqlar  bo„yicha  B.A.Dospehov  yoki  V.N.Peregudovlar 
tomonidan ishlab chiqilgan uslubiyatga amal qilingan holda o„tkazilishi kerak. 
 
Mavzu  tanlanishida,  albatta,  o„rganiladigan  g„alla-don  (bug„doy,  arpa)  va 
boshqa  ziroatlar  navlari  Davlat  restiriga  kritilganligi,  yoki  istiqbolli  ekanligiga 
e‟tibor  berilishi  lozim.  Yillar  davomida  olingan  ma‟lumotlar,  o„tkazilgan 
kuzatuvlar,  qiyosiy  tahlillar  asosida  tayyorlangan  agrotavsiyalar  shundagina  chop 
etilishi va mutahassislarga etkazilishi mumkin. 
 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish