18. GERBITSIDLAR BILAN TAJRIBALAR QO‘YISH USLUBLARI
Hosildorilikni ko„tarishning asosi bo„lgan tuproq unumdorligini tiklashga
karatilgan choralar majmuida yerlarni kimyolashtirish va melioratsiyalash bilan
birga begona o„tlarni yo„kotish maksadidagi samarali choralar ham muhim o„rin
egallaydi.
Ta‟kidlash kerakki, go„za, bugdoy, makkajo„hori va boshka ziroatlar
orasidagi begona o„tlar ularning hosildorligini 8-10% kamaytirib, hosil sifatini
keskin paysaytiradi.
O„zPITI (sobiq SoyuzNIHI) va boshqa masalalarida olib borilgan ko„p yillik
tadqiqotlar natijasida begona o„tlarni yo„qotishning kimyoviy uslubi ishlab
chiqilgan va ishlab chiqarishga joriy etilyapti.
Pahta va g`alla yetishtiruvchi hududlarda begona o„tlar ko„payishiga ta‟sir
etuvchi muhim omillardan biri bo„lib almavshlab ekishni ihtisoslashtirishdir.
Pahta, g`alla, beda almashlab ekishda dalalarida 100 dan ortiq botanik turga
mansub bir yillik (60%) va ko„p yillik begona o„tlar turkumi mavjud. Pahtazor,
g`allazor va makkajo„horizorlardagi begona o„tlar soni va turlari tuproq-iqlim
sharoitiga, yerlar o„zlashtirilganlingining davomiyligiga, tuproqqa ishlov berish
tizimiga va gerbitsidlar navbatlanishiga bog`lik. Gerbitsidlar bilan tajriba o„tkazish
uchun go„za, galla va makkajo„hori ekilgan dalalarning o„t bosganlik darajasini
98
tekshirish, o„tlarni hisobga olish va o„t bosganlik holatini aks ettiruvchi harita
tuzish zarur.
O„tlar sanash, sanab-tortish va kuzatish usulida hisoblanadi. Sanoqli
hisoblash 10-15ga dioganali bo„yicha bir-biriga teng masofada-20-25 m/da parallel
yurish bilan o„tkaziladi. 0,25m
2
yoki 0,5m
2
li ramka qo„yilib, ularning ichidagi
o„tlar turlari bo„yicha alohida-alohida sanaladi. Har bir dalada 10-15 tadan hisob
maydonchasi (kvadratlar) ajratiladi. 1m
2
begona o„tlar soniga asoslangan holda
o„rganilayotgan maydondagi begona o„tlarning o„rtacha soni aniqlanadi.
Go„za qatorlari kvadrat markazida bo„ladi. Ko„p yillik o„tlar
maydonchalarda turlarga ajratilib, sanaladi va ho„l holatidagi vazni aniqlanadi.
Buning uchun ildiz bo„ynidan ajratilib tortiladi.
G`allazorlardagi begona o„tlar ularning kvadrat shaklida yasalgan
to„rtburchak (0,25m
2
,
0,5m
2
,
1m
2
) ichidagi turi va sonini hisoblash orqali
aniqlanadi. Hisob dalaning kengligiga qarab 1 ga da dioganal shakldagi 5-10
tagacha nuqtalarda o„tkaziladi. Tajriba maydonidagi begona o„tlar o„rganilayotgan
har bir uslub bo„yicha 4 nuqtada hisobga olinadi.
Ko„p yillik begona o„tlar bilan zararlangan dalalarda hisobiy maydochalari
ajriq, qamish, chirmovik yoki gumay bosgan yerlardan tanlanadi. Jrikni
hisoblashda uning tarqalgan maydoni, pahtazordagi hajm maydoni o„lchanib, 3
balli daraja bo„yicha baholanadi.
Dalani gumay yoki chirmovik bosganda 1m
2
dagi uyalar soni hisoblanadi.
Bir
yilliklar,
dona/m2
Ko„p yilliklar
O„t
bosganlik
balli
O„t
bosganlik
darajasi
Ekinlar
tozaliginin
baholanishi
chirmovik
, uya,
salom-
alaykum,
dona/m
2
g„umay,
dona/m
2
Ajriq,
m/
2
20 dan
kam
3gacha
-
25 gacha
1
kuchsiz
yahshi
21dan
80gacha
4dan
10gacha
4-10
100dan
ko„proq
2
o„rtacha
qoniqarli
80dan
ko„proq
10dan
ko„proq
10dan
ko„proq
200dan
ko„proq
3
kuchli
qoniqarsiz
Ko„p yillik begona o„tlar ildizpoyalari soni turproqning 0-10; 10-20 va 20-
40 sm.li qatlamlarini kavlab aniqlanadi. Begona o„tlar to„p bo„lib o„sgan (ajriq,
gumay, qamish) yerdan 0,25m
2
li maydoncha tanlanib, ildizlar kavlanib olinadi-da,
tuproqdan ajratilib, tortiladi. To„daning har 200m
2
maydonidan 5 tadan namuna
olinadi va chuqurligi bo„yicha ildizpoyalarnig o„rtacha vazni aniqlanadi. Agar
ildizbachkili (kakra, bo„ztikan, qo„ypechak, baliqko„z) va ildizpoyali (qamish,
ajriq, gumay) begona o„tlar katta maydonda o„sayotgan bo„lsa, ular orasidagi bir
yillik o„tlar sonidan qa‟tiy nazar, dalaning o„t bosganligi 3 ball baholanadi.
99
Do'stlaringiz bilan baham: |