8.SHAMOL EROZIYASI DAVOMIYLIGINI BASHORAT QILISH
UCHUN EHM VA MATEMATIK USLUBLARDAN FOYDALANISH
Shamol eroziyasi sahro va bo„z tuproqlar mintaqalarida, sahro yaylovlarida,
g„o„za va boshqa ziroatlar bilan band bo„lgan sug„oriladigan hududlarda keskin
namoyon bo„ladi. Shamol eroziyasidan qishloq ho„jaligi katta zarar ko„radi.
Ziroatlarni qayta ekish, hosilning kamayishi, mahsulot tannarhining oshishi
ho„jaliklarga katta zarar etkazadi. O„zbekiston Respublikasi tuproqlarining shamol
eroziyasidan zararlanganlik haritasi (26) ma‟lumotlariga ko„ra, respublikamizdagi
560 ming ga erda kuchli shamollar esadi, o„rtacha shamollar 2009 ming ga,
kuchsiz shamollar esadigan maydonlar 390 ming gektar. Aniqlanishicha,
O„zbekistonda shamol eroziyasi eng ko„p namoyon bo„lgan erlar Farg„ona vodiysi,
ayniqsa, uning markaziy va g„arbiy qismlari, Mirzacho„l, Dalvarzin, Sherobod va
Qarshi, shuningdek, Buhoro vohasida.
Farg„ona vodiysida chang bo„ronlari ba‟zi yillari 40, 46 va 71 kun davom
etadi. (32)
Tuproq deflyasiyasining zararli ta‟sirini bartaraf qilishga eroziyaga qarshi
turli tadbirlar qo„llash orqali erishish mumkin. Lekin ular ko„p mehnat va mablag„
talab etadi, qolaversa, samarasi ma‟lum vaqtdan so„nggina ro„yobga chiqadi.
Bunday tadbirlarni amalga oshirishdan avval shamol eroziyasi jarayonlarini aniq
bashorat qilish zarur. Bunda sohada zamonaviy uslublarni qo„llash juda katta
ahamiyatga ega. Chunki ular o„rganilayotgan ko„p qirrali barcha jarayonlarni
yagona ahborot nuqtai nazaridan tahlil etish, zarur bo„lsa, rejalashtirish va
boshqaruvning yagona ahborot maqbul strategiyasini ta‟minlash imkonini beradi.
Ushbu muammolarning istiqboli echimini topish matematik modellashtirish
uslublari, shamol eroziyasi bashoratining vazifalari, unga qarshi maqbul kurash
choralari va bu jarayon bilan bog„liq boshqa tadbirlar ishlab chiqilishini taqozo
etadi.
Matematik modellashtirishda mintaqaviy va hududiy jarayonlar qonuniyatini
ochib beruvchi kuzatish natijalari va ularning umumlashmalaridan foydalaniladi.
Model jarayonning tub mohiyatini oydinlashtirish, ma‟lum bo„lgan omillarni
yahshi izohlash, yangilarni, ilgari noma‟lum bo„lganlarini yuzaga chiqarishi,
bizlarni qiziqtirgan ko„rsatkichlar taqsimlanishining nazariy grafiklarini chiqarib
berishi zarur.
Ma‟lumki, shamol eroziyasi jarayonlarining boshlanishi va rivojlanishi
ko„plab omillargi bog„lik. Shulardan eng muhimlari – iqlim, havo oqimlarining
qamrovli harakatini va orografik omillar ta‟sirida ularning transformatsiyasini
belgilovchi, deflyasiyaga hudud va atrofdagi yahlit notekis massivlar orografiyasi,
o„simlik qoplami, tuproqni shakllantiruvchi tog„ jinslari tarkibi, tuproqlarning
fizikaviy va kimyoviy hossalaridir. Bular tuproqlarning eroziyaga, insonning
tuproqni o„zlashtirish va foydalanish jarayonida unga ko„p tomonlama ta‟siriga
bardoshligini belgilaydi.
O„rta Osiyo hududidan chang–to„zon bo„ronlari o„tish paytidagi
meteorologik holat, ularning yuzaga kelish mehanizmi va boshqa masalalar,
45
hususan, chang–to„zon bo„ronlarining shallanishi va tavsifi, bo„ron kunlarida
atmosferaning tik strukturasi hususiyatlari ilmiy adabiyotlarda keng yoritilgan.
Bizning ishlanmamiz ham aynan shu masalalarni hal etishga yo„naltirilgan.
Shamol eroziyasining davomiyligi boshqa ba‟zi ko„rsatkichlarga bog„lik
bo„lgani holda ushbu ifoda bilan belgilanadi
φ
t
=t(h
1
,h
2
,h
3
,…,h
6
), (1)
Bunda: φ
t
- chang bo„ronlari davomiyligi; t – kunlar (t=1,2…, 365). Chang
bo„ronlarining sutka (t) ichidagi bashorat qilingan davoiyligiga – sutkadagi shamol
davomiyligi (h
1
), sutkada shamol tezligi (h
2
), havoning o„rtacha atmosfera bosimi
(h
3
), sutkadagi yog„in miqdori (h
4
), sutkalik o„rtacha havo harorati (h
5
) va keng
ochiq kengliklar (h
6
) ta‟sir qiladi.
Vazifa ifodani tahliliy ko„rinishda topib, undan foydalanib, shamol eroziyasi
davomiyligini hisoblab chiqishdir.
Buni ikki hil yo„l bilan echish mumkin: 1) ko„p omilli tahlil uslubi – ko„p
omilli korrelyasion tahlil; 2) mantiqiy – evristik o„z – o„zini iroda etish uslubi
(dalilarni guruhiy hisoblash usuli - DGHU).
Quyida uslublar algoritmiga (10, 18) shamol eroziyasi omillari tahliliga
tatbiq etilgan holda qisqacha ta‟rif beriladi.
Ko„p omilli korrelyasiya tahlili matematik statistika uslublaridan bo„lib,
ilmiy o„rganishning sof tehnikaviy qurolidir. Bu uslub quyidagi vazifalarni hal
etishga imkon beradi:
1.Bitta yoki majmuiy omillar ta‟sirida bog„liq o„zgaruvchanlikning o„rtacha
o„zgarishini aniqlash.
2.Natijali ko„rsatkich va omillardan birortasi orasidagi bog„liqlik boshqa
omillarning o„rtacha ko„rsatkichidagi darajasi bo„yicha tavsiflanadi.
3.Omil va omillar nisbiy o„zgarishlari shu o„zgarishlar birligiga
bog„liqligining o„zgaruvchan nisbiy o„zgarishlar darajasini belgilash.
4.Natijali ko„satkichning tig„iz aloqasi chegarasini aniqlash:
a) omillar tahliliga qo„shilga jami bilan;
b) boshqalar ta‟sirini chiqarib tashlanib, alohida omil bilan.
5.O„zgaruvchan bog„liqli omilning umumiy variatsiyalar hajmini tahlil etish
va bu variatsiyalardagi har bir omilning rolini aniqlash.
6.Tanlangan ma‟lumotlar bo„yicha hosil bo„lgan, tanlab olingan korrelyasion
aloqalar ko„rsatkichlarini statistik baholash.
Belgilar orasidagi aloqa hamma vaqt ham to„g„ri chiziqli aloqa tenglamasi
asosida to„liq namoyon bo„lmasligi mumkin.
Ma‟lum jarayonlarni tavsiflovchi ko„rsatkichlar orasidagi o„zaro aloqa oddiy
muttanosib (proporsional) bog„liqlikka nisbatan ba‟zan murakkab hususiyatga ega
bo„ladi.
Chiziqsiz shaldagi aloqalar ko„pchilik meteorlogik jarayonlarga hosdir. Ular
masalan, tuproqning shamol eroziyasi vaqti (chang–to„zon bo„ronlari) davomida
chiziqsiz rivojlanadi.
Belgilar orasida chiziqsiz aloqalarni tahlil etishda tenglamalar tipini tanlash
va asoslash juda muhimdir, chunki ular mavjud aloqalarni to„liq aks ettiradi.
46
Masalan chiziqli aloqalarni asoslashda foydalanilgan usullar yordamida hal
qilinadi.
Iqlim omillari orasidgi korrelyasiyasini aniqlash uchun chiziqsiz
ko„rinishdagi ko„pchilik regressiyalar tenglamasidan foydalanamiz:
φ
1
=b
0
+ b
1
h
1
+ b
2
h
2
+ b
3
ℓgh
3
+ b
4
h
4
+ b
5
ℓgh
5
+ b
6
ℓgh
6
(2)
Korrelyasiya modeli tarkibi aniqlangandan keyin so„ng (ma‟lum matematik
tenglamalar orqali ifodalangan ko„rsatkichlar va aloqa shakli majmui), vazifa b
0,
b
1,
b
2,
... b
6
koeffitsentlarini aniqlashdan iborat bo„ladi.
Bu jarayon juda ko„p statistik ma‟lumotlar asosida bajariladi.
Dastlabki statistik ma‟lumotlar quyidagi ko„rinishda beriladi.
Kuzatuvlar
H
1
H
2
H
3
Hk
1
H
11
H
21
H
31
Hk1
φ
1
2
H
12
H
22
H
32
Hk2
φ
2
3
H
13
H
23
H
33
Hk3
φ
3
N
H
1N
H
2N
H
3N
HkN
φ
4
Endi natural masshtabdan yangisiga o„tamiz. Buning tasodifiy qimatining
barcha kattaliklarini formulalar bo„yicha tartibga solamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |