Och tusli bo‘z tuproqlar
dengiz sathidan 400 metrdan pastroqda, daryo
terassalarining quyi tog„oldi tekisliklarida tarqalgan. G„o„za va g„alla
etishtiriladigan bunday tuproqli maydonlar Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida,
Farg„ona vodiysida, Zarafshon daryosi havzasining o„rta qismida va Qashqadaryo,
Surhondaryo, Kafirnihon daryolari havzalarining quyi qismlarida, Vahsh va Panj
vodiysida, Murg„ob va Tejan daryolari vodiylarinig yuqori qismlarida joylashgan.
Och tusli bo„z tuproqlar asosan turli mehanik tarkibli lyossimon qumoq va
qatlamli, loyqali allyuvial yotqiziqlarda shakllangan. Ba‟zi joylarda tuproq osti
yotqiziqlari qumli va shag„alli jinslardan iborat. Havo harorati yuqoriligi,
yog„ingarchilik kamligi va yer osti suvlari tabiiy harakati sekinligi tufayli
minerallashgan sathi ko„tarilganda tuproq sho„rlanadi. Och tusli bo„z tuproqlar
rivojlangan yotqiziqlar turlichaligi va ular bu yotqiziqlar sho„rlanganligi sababli
avval ta‟kidlangan tuproqlarga nisbatan turli-tuman. Fizikaviy hususiyatlari juda
yahshi bo„lgan hillari ham uchraydi, masalan, lyosslarda hosil bo„lganlari; noqulay
fizikaviy hususiyatlari ham mavjud: yog„ingarchilikda juda ivib ketib, so„ng qalin
qatqaloq hosil qiluvchi yoki shag„alli va qumli qatlam yuzaga yaqin bo„lganidan
o„tkazuvchanligi (filtratsiya) yuqori och tusli bo„z tuproqlar shular jumlasidandir.
Bunday tuproqlarda amalga oshiriladigan agrotehnik va meliorativ tadbirlar
tabaqalashtirilishi, hususan, zararli tuzlar ta‟sirini yo„qotish uchun kapital (tubdan)
va joriy sho„r yuvish qo„llanilishi, bu jarayonda sarflanadigan suv me‟yorlari
tuproqning sho„rlanish darajasi va tuzlar tarkibiga ko„ra belgilanishi zarur. Yerlarni
tekislash va sug„orish tartiblari taqozo etadigan tadbirlarni tabaqalashtirib qo„llash
muhim ahamiyatga ega. Yerlarni sho„rsizlantirish uchun sho„r yuvish, zahira suvi
va amal-o„suv suvi berish me‟yorlariga, boshqa agrotehnik tadbirlar tizimiga ham
aniqlik kiritilishi lozim.
Och tusli bo„z tuproqlarda faqat o„rtapishar g„o„za navlarinigina emas, balki
amal-o„suv davri uzoqroq bo„lgan ingichka tolali go„za navlarini ham ekish,
parvarishlash mumkin. Masalan, Namangan viloyatida ingichka tolali pahta
yetishtirilayotgan bunday maydonlar tobora kengaymoqda.
Sahro mintaqasida taqir, taqirsimon bo„zrang-qo„ng„ir va sahro-qumli
tuproqlar shakllangan. Ular tarkibida organik modda, yalpi azot juda kam uchraydi.
Taqir tuproqlar noqulay fizikaviy hususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ivib
ketish, sho„rlanganligi, kam suv o„tkazuvchanlik, past mikrobiologik faoliyat,
umuman olganda, kam unumdorlik shular jumlasidandir. Odatda, bu tuproqlar kam
yog„ingarchilik tushishi va yuzadan ko„p bug„lanishi tufayli sho„rlangan. Taqir va
taqirsimon tuproqlar Turkmaniston Respublikasi, Qoraqalpog„iston Respublikasi,
O„zbekistonning Horazm, shuningdek, Buhoro, Surhandaryo, Qashqadaryo
8
viloyatlari va Tojikiston Respublikasining pahta yetishtiriladigan hududlarida
tarqalgan. Sahro mintaqasining deyarli barcha qism tuproqlari shamol eroziyasiga
chalingan.
Unumdorligini
oshirish
uchun
bunday
tuproqlarning
fizikaviy
hususiyatlarini yahshilash, organik modda bilan boyitish, sho„rni yuvish mehanik
tarkibi og„ir bo„lsa, qum sepish, ularda barcha agrotehnik tadbirlarni o„z vaqtida,
sifatli o„tkazish kerak. Bu mintaqada, ayniqsa Markaziy Farg„onada, Buhoro,
Surhandaryo viloyatlari va Turkmaniston Respublikasida shamol eroziyaga qarshi
tadbirlarni qo„llash zarur.
Yuqorida tafsiflari berilgan mintaqaviy tuproqlardan tashqari, introzonal,
sizob sathi yuza bo„lgan sharoitda shakllangan turli gidromorf tuproqlar mavjud
bo„lib, ular orasida o„tloq-botqoq, o„tloq-allyuvial, o„tloq-soz va botqoqlar ham
uchraydi. Bu tuproqlar bo„z tuproqlar va sahro mintaqalariga hos hususiyatlarini
saqlagan holda yangi belgilarga ega bo„lganlar: yuza va chuqur qatlamda
o„tloqlilik hosil kilgan, u yoki bu darajada botqoqlashgan.
Sahro mintaqasi, shuningdek, och tusli bo„z tuproqlarda kapillyarlar orqali
ko„tarilib, bug„lanayotgan suv miqdori yogingarchilikda tushgan suvga nisbatan
ancha ko„p bo„lganligi bois o„tloq, gidromorf tuproqlar yuzasi va chuqur qatlamlari
ham sho„rlangan; tuzlar miqdori va tarkibi bo„yicha sho„rlanganlik darajasi
turlicha-kuchsizdan ancha yuqorigacha, ularda shishgan, qatqaloqli-shishgan yoki
qatqoqli sho„rhoklar vujudga kelgan. Bu esa, sahro va bo„z tuproqlar mintaqasi
tuproqlari turlicha bo„lishiga olib kelgan. Ba‟zi yerlarda bunday hilma-hillik shu
qadar yuqoriki, bu ularning tuprog„ini alohida-alohida tuproq hillari majmualariga
ajratishni taqazo etadi.
Mintaqaning tabiiy tuproqlarida ziroatlar sug„orilishi oqibatida jiddiy
o„zgarishlar sodir bo„ladi. Uzoq muddat sug„orilgani bois qishloq ho„jaligi ekinlari
ham ba‟zi hududlar tuproqlarida 2 m. va undan qalinroq agroirrigatsion qatlam
hosil qiladi.
Sug„orma dehqonchilik sharoitida yuqorida ta‟riflangan tuproqlarning yuza
qatlami orgnik va oziqa unsurlari, hususan fosfor bilan to„yinadi, fizikaviy
hususiyatlari yahshilanadi; sho„r yuvishlar ta‟sirida o„simliklar uchun zaharli
tuzlardan halos bo„ladi, zovur tizimi ta‟sirida sizob sathi pasayadi. Bularning
barchasi sug„orma dehqonchilik hududlari tuproqlarining turli-tumanlik doirasini
kengaytiradi, unumdorligini yanada barqarorlashtiradi. Shuni ham ta‟kidlash
zarurki, asosiy mintaqalarga hos tuproq hillaridan tashqari o„tkinchi bo„z-o„tloq,
taqir-o„tloq va boshqa hildagi tuproqlar ham mavjud. Tuproqlar turli-tumanligi
yuza yoki ostki qatlamlari mehanik tarkibi, qatlamlari yahlitligi yoki qat-qatligi,
zahi qochirilganlik darajasiga ko„ra ham ortib, boradi. So„nggi yillarda
sug„oriladigan yerlarning o„zlashtirilganlik darajasi bo„yicha ma‟lumotlar ko„proq
to„planmoqda. Shu asosda sug„orish, ishlov berish, o„g„itlash kabi agrotadbirlar
kam unumli tuproqlarga nisbatan yahshi samara beradigan yuqori unumli tuproqlar
aniqlanmoqda.
Tajribalarni o„tkazishda tuproqlarning turlichaligi, albatta, hisobga olinishi,
ular dastlab mintaqaning eng tipik tuprog„ida joylashtirilishi, shu bilan birga,
9
ho„jalik yuritish jihatidan ahamiyatli bo„lgan tuproq hillarini ham qamrab olishi
maqsadga muvofiq.
Tajribani joylashrishdan avval dalalarning dehqonchilik tarihi bilan tanishish
zarur. Bunda tajriba o„tkaziladigan maydonga o„tgan 3 yil davomida ekilgan
ekinlar, dalalarning o„t bosganlik darajasi, zararkunandalar va kasalliklar (ayniqsa,
vilt) manbalari va agrotehnik tadbirlar tizimi bo„yicha farq aniqlanadi. Eng
muhimi, yuqori me‟yorda mineral va argonik o„g„itlar (ayniqsa, fosfor 300-400
kg/ga dan ortiqroq) va go„ng (30-40 t/ga dan ko„proq) sepilgan, chuqur
shudgorlangan (40 sm) va yumshatilgan (50-70 sm dan chuqurroq) variantlar
joylashtirilgan yerni belgilab qo„yish kerak. Chunki bu tadbirlarning davomiy
ta‟miri o„rganilmasa, qo„yilayotgan tajriba natijalari noto„g„ri talqin qilinishi
mumkin. Bu ta‟sirni aniqlash uchun ishlab chiqarish sharoitida 1-2 yil davomida
muvozanatlashtiruvchi bir yillik ekinlar bug„doy, javdar, makkajo„hori ekish zarur.
Muvozanatlashtiruvchi ekinlar rivojlanishida har hillik kuzatilsa, ularning hosilini
aniqlash maqsadida alohida hisobga olish, dalaning ola rivojlangan qismi rejadan
ajratib ko„rsatilishi shart.
Sho„rhok dog„lari bor sho„rlangan dala, tajriba o„tkazishga yaroqsiz
hisoblanadi.
Notekis relefli yerlarda tajriba qiyalikning bir hil qismi (janubiy, shimoliy,
g„arbiy yoki sharqiy ekpozitsiya)da joylashtirilishi kerak, chunki ekinlar turli
qiyaliklarda turlicha rivojlanadi.
Tajriba uchun tanlangan dalalar tuprog„ining to„liq tipikligiga, yuza
qatlamining mehanik tarkibi, haydov qatlami, gumus qatlami va pastki
qatlamlarning bir hilligiga ishonch hosil qilish uchun batafsil o„rganilishi kerak.
Tanlangan dala tuproqlaridan uzoq muddat davom ettiriladigan tajriba qo„yishdan
avval 1,5-2 metrgacha yoki sizob sathigacha chuqurlikdan, agar u (sizob) 2 m.
atrofidagi chuqurlikda bo„lsa, kavlab kesmasi morfologik tavsif etilib, namunalari
genetik qatlamlar bo„yicha olinadi. Bu namunalarga asosan barcha qatlamlardagi
tuproq tarkibida mavjud bo„lgan gumus, yalpi NPK oziqa moddalari, nitratlar,
amiyak, harakatchan P
2
O
5
va almashinuvchi K
2
O miqdorlari, shuningdek, uning
mehanik tarkibi va hajm massasi aniqlanadi.
Kesmalar genetik qatlamlari (gorizontallari) tekshirilishi natijasida olingan
dalillar asosida tajriba, uchun tanlangan dala tuprog„ining tipikligi va hili
mo„ljaldagi mosligi, tajriba joylashadigan paykal chegarasidagi sharoitlar bir hilligi
aniqlanishi zarur. Buning uchun paykal har 40-50 m.da muayyan izlanish
(marshrut) bo„yicha kuzatiladi va har bir yo„nalish (marshrut) bo„yicha shunday
masofada 50-60 sm li chuqurcha kavlanadi. Iloji bo„lsa, tajriba olib boriladigan
dalaning 5 nuqtasi (konvert shaklida) yoki 3 nuqtasi (dioganal bo„yicha) haydov va
haydov osti qatlamlaridan tuproq namunalari olinib, bir hil qatlamlar tuproqlari
aralashtirilib, bitta o„rtacha namuna hosil qilinadi. Bu amal dalaninig haydov va
haydov osti qatlami faqat tuproq kesmasi bo„yichagina emas, balki shu
qatlamlardagi gumus va azot, fosfor va kaliyning harakatchan shakllari miqdori
bo„yicha ham bir hilligi ishonch hosil qilish uchun o„tkaziladi. Agar dalaning
tuproq sharoiti bo„yicha hech qanday gumon paydo bo„lmasa, u tajribani
joylashtirish uchun to„liq yaroqli, degan hulosaga kelish mumkin.
10
Ko„p yillik dala tajribasi davomida olingan barcha tuproq namunalari shu
tajriba nihoyasiga yetkazilgunga qadar saqlab qo„yiladi. Tahliliy ma‟lumotlarda
uchrashi mumkin bo„lgan u yoki bu hatoni bartaraf etish uchun shunday qilinadi.
Zarurat tug„ilsa, tajriba qayta o„tkaziladi.
Tajriba uchun tanlangan dala tuproqlari hilma-hil bo„lsa, u holda mo„ljaldagi
tajriba bir hilroq maydonga ko„chirilishi, shuningdek tajriba dalasini suv bilan
ta‟minlash va agrotehnik tadbirlar tizimini muddatida va sifatli amalga oshirish
choralari ko„rilishi zarur.
Yuqorida qayd etilgan sharoitlarga to„liq rioya qilingandagina tajriba uchun
dala to„g„ri tanlanganligiga va muvaffaqiyatli o„tkazishga ishonch hosil qilish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |