www.ziyouz.com kutubxonasi
104
majbur ham qilmagan edi. Fan kashfiyotlarning dohiyonaligi ila yumushlarning jinoyatkorligi orasida
beparvolik bilan ish ko‘rib, ularni baravarlashtirmoqchi bo‘ldi, strategik mulohazalarga ko‘ra maxfiy
tutilgan, lekin vaqt o‘tishi bilan atom bombalarining otalari deb e’lon qilingan, umri oxir bo‘lgan sari
tobora ko‘proq vijdon azobini tortgan va coyada qolmasmikinman deb o‘ylagan olimlarni fan butun
dunyoga ma’lum va mashhur qildi va ularning fani olg‘a boraverdi. Axir fan arboblari uchun hech
qayoqqa qaramasdan va hech narsani nazar-pisand qilmasdan atomning ichki dunyosiga kirib
borishdan, odam bolasining g‘arib jismi-joniga nisbatan bahaybat ana shu dev kuchini tezroq qo‘lga
kiritishdan muhim vazifa yo‘q edi, axir, bu kuch odamlarga butun koinotda cheksiz qudrat egasi
bo‘lishga da’vo qilishga imkon berar edi-da! Ana shu ilmiy g‘oyalarning g‘irt mutaassibligidan kelib
chiqadigan halokatli xavf haqida, yadrochilar kashfiyotlarining muqarrar oqibatlari to‘g‘risida shuni
aytish kerakki, bu tashvishlar avlodlar chekiga tushar edi. Otalarning vasvasaga tushib qilgan
kashfiyotlarining mashaqqatlarini shu avlodlar tortishi kerak edi, qanday ish ko‘rish lozimligi haqida,
tirikchilik qilish uchun qaysi yo‘l bilan moddalarni yanada boshqa holatlarga aylantirish ustida bosh
qotirish ham avlodlar zimmasiga qoldirilgan edi. Hozircha hammasining iloji topilayotgan edi. Sen
ham shunga umid bog‘lar eding...
Ha, sen ham tabiat inson oldida mas’ul bo‘lmagan kabi, olim ham o‘z tadqiqotlarining samaralari
uchun javobgar emas, deb astoydil ishonarding. O’z burchingning xaloskorligiga bo‘lgan ishonchingga
hech nima putur yetkazmas, sen hech narsadan xijolat chekmas eding.
Ha, sen nigohdan yashiringan ko‘zgu orti ilmiy dunyosida chiqib kelayotgan yulduz eding. Va hatto
xotining Yevgeniya birdan vabodan qochganday seni tashlab ketib, viloyat teatrlari bo‘ylab kezar
ekan, azob-uqubatdan boshi chiqmagan kampirlar roliga rozi bo‘lib yurganda ham, barcha voqeadan
xabar topib, ko‘p narsalarni sen bilan birgalikda boshidan kechirgandan so‘ng birdan qarib qolganda,
hatto sendan qochib ketganda ham o‘zingni yo‘qotmading, iztirobga tushmading, alanglab qarab
qolmading, uning ketidan quvib ketmading, eng muhimi, uning ko‘ziga o‘ta dahshatli bo‘lib ko‘ringan
narsalarni tanqidiy nuqtai nazardan xayoldan o‘tkazishga ham harakat qilmading. Yevgeniya
tadqiqotlaringning ma’nosini chaqishga biron marta ham urinmadi. Eksperimentlaringning mohiyatini
biron marta ham tasavvur qila bilmadi. Xotining ilmiy maqsadlardan uzoq edi, o‘zga muhitda yashar
edi, lekin u senga qadrdon edi va sen u bilan ko‘p yillar bir yostiqqa bosh qo‘ygan eding, u sen faqat
ish bilan ovora bo‘lganingda ham, hatto o‘zing uni tez-tez abort qilib turganingda ham (keyinchalik bu
haqida o‘zing achchiq alam aralash afsuslanding, axir bu bilan sen o‘z oilaviy hayotingning ildiziga
bolta urgan, risoladagi ayolning qat’iy nafratiga uchragan eding-da) — Hamma-hammasiga chidadi,
lekin seni hech narsa to‘xtata olmas edi. Sen fanga fidoiylik bilan kirib ketib boshqalarning, eng
avvalo sevikli xotiningning his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari bilan hisoblashmasdan to‘g‘ri ish
qilayotirsanmi-yo‘qmi – bu savolga javob berishga harakat ham qilmading, bu haqda o‘ylab ham
ko‘rmading. Yevgeniya sening nima ishlar qilib yurganlaringdan, yillar o‘tib, nimalarga erishganingdan
va bundan qanday maqsadlarni ko‘zlayotganingdan xabar topgach, sening oldingda tiz cho‘kib
yig‘ladi, hammasini tashlab, Moskvadan uzoq-uzoqlarga, aytaylik ilmiy markazlarida ishlar to‘lib
yotgan, professorlar yuksak qadrlanadigan va Moskvadagidan kam maosh olmaydigan Uzoq Sharqqa
ketishni iltimos qildi; xotining o‘sha tomonlarda teatrlardan ish topishini aytib, yangidan turmush
boshlashni, nihoyat, bolalik bo‘lishni o‘tinib so‘radi, lekin sen rafiqangning tavallolarini inobatga
olmading, ayolingning, o‘zing aytganday eksperimentlaringdan soddalarcha qo‘rqishi, injiqliklari senga
chivin chaqqancha ham ta’sir etmadi, sen o‘zingga ishonib topshirilgan yumushlardan voz kechishni
xohlamading. Buning uchun keyinchalik qanchalar afsuslanmading, qanchalar o‘kinmading, lekin endi
kech edi... Hayot echa bir o‘zandan o‘tib, boshqa o‘zanlarda davom etaveradi...
Senga shuhratparastliging tinchlik bermas edi. Yevgeniya ketdi-qoldi, shunga ham kuyib-
pishamanmi deb o‘ylading – nima, shunga ham ota go‘ri qozixonami, o‘zingga boshqasini topib
olasan, ishlardan sal qutilgach, razm solasan – atrofda qancha xotinlar bor va albatta o‘zingga,
didingga yoqqanini, eng muhimi, pokdomon, sen qilayotgan ishning axloqqa to‘g‘ri kelish-kelmasligiga
ortiq darajada shubha bilan qaramaydiganini tanlab olasan. Va bu ayolni imtiyozli kishilar uchun
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
105
ajratilgan «feodallar» xiyobonida, atomchilarning xuddi shunday dang‘illama hovlilari biqinidagi
o‘zingning akademiklarga mo‘ljallangan toq-ravoqingga olib kelasan. Lekin bu rejalaring bemalol
ro‘yobga chiqadigan bo‘lishiga qaramasdan, o‘shondog‘icha qolib ketdi. Yangi voqealar yuz ko‘rsatishi
bilan uylanishdan boshqa tashvishlaring ham yetib ortar edi, sening keyingi butun hayoting,
kosmosga, orbital stantsiyaga jo‘nab qolishga va o‘zingni samoviy rohib deb e’lon qilishga majbur
etgan barcha shart-sharoit mana shu voqealar oqibati bo‘ldi.
U paytlarda sen akademiklar orasida anchagina mashhur shaxs eding, fanga otalik qiluvchi
organlarning alohida diqqat-e’tiborida turarding. Adolat yuzasidan aytganda, KPSS MK bu ma’noda
maqtovga sazovor edi. Bunga o‘z tajribangda bir necha marta guvoh bo‘lgansan.
Har qanday mablag‘ va imtiyozlarning sening institutingga, eng avvalo, o‘zingning mashhur
laboratoriyangga deyarli yugur-yugursiz, tanish-bilishlarsiz osongina berib turilishi MK homiyligi tufayli
edi. O, hokimlarning marhamatiga, saroydagilarning mehribonligiga-yu, to‘ralarcha hozirjavobligiga
odam bolasi naqadar tez ko‘nikadi. Endi esa hamma vaqt shunday bo‘lib kelganmi, har doim shunday
bo‘lib qolaveradimi, deb o‘z-o‘zingga savol berasan. Misol keltirish uchun uzoqqa borish shart emas.
Fanlar akademiyasining prezidenti, yetakchi atomchi olim shaxsiy suhbatlardami, telefon orqalimi,
« Andrey Andreevich, xudo haqqi, hech narsadan o‘zingizni qismang. Dadil bo‘ling, mamlakat sizning
programmangizni jamiki zarur narsalar bilan ta’minlashga tayyor. Chet ellardan keltirilgan asbob-
uskunalar bo‘ladimi, transportmi, qo‘ying-chi, nimaiki zarur bo‘lsa, aytavering, tortinmang. Siz o‘ta
muhim ish qilyapsiz», deb qayta-qayta tayinlar edi.
Dunyoning yarimini egallagan butun mamlakat nomidan aytilgan ana shunday maqtovlardan, oliy
himmatdan g‘alati bo‘lib ketar eding, o‘lja ilinjida aylanib ucha boshlagan yirtqich qushlar yanglig‘
partiya xodimlarining sof ilmiy tajribalar bilan tobora ko‘proq qiziqa boshlagani sening g‘ashingga
tegar edi, lekin sen og‘zingga talqon olib g‘ing demay turaverar eding, sen minnatdorchilik og‘ushida
xushomadgo‘ylik ham qilmading, shu bilan birga oliy rahbariyatning e’tiborini ohangraboday o‘ziga
tortgan shov-shuvga sabab bo‘ladigan qandaydir loyihaning bo‘yin tovlamas ijrochisi deb qarashlariga
qarshilik ham ko‘rsatmading, men bunaqalardan emasman deb ham qo‘ymading. Ha, o‘zingni vaqtida
to‘xtatishing, keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, o‘zingning chindan ham mulohazali ekanligingga amin
bo‘lish uchun bahona qoldirmasliging kerak edi. Lekin sen ojizmiding, betayinmiding,
amalparastmiding, senda hokimiyat egalariga xira pashshaday yopishib olish xususiyati bormidi?
Ehtimol, xuddi shuning uchun bo‘lsa kerak, niyat-maqsadi o‘ta dudmal ilmiy programmani
boshqarishni senga taklif qilishdi. U «Jinslarni embrional negizda boshqarish» deb ataladi, biroq
bundan maqsad: noma’lum (anonim) ota-onalardan yangi zurriyotlar yaratish metodini ishlab chiqish
edi.
Bunaqasi dunyoda bo‘lgan emas. Sen daf’atan paydo bo‘lgan qaroqchiga o‘xshab bu ishga
o‘ralashib qolding. «Ikszurriyot» istilohi sening ixtirong emas, uni qisqartmalar desa o‘zini tomdan
tashlaydiganlar – fan mutasaddilari o‘ylab topganlar, bu ibora tezda qariyb o‘ziga xos inqilobiy sirso‘z
(parol) bo‘lib qoldi, chunki laboratoriya sharoitida ikszurriyotlar yaratishdan maqsad yangi tipdagi
odamlarni, mafkuraning bo‘lajak fidokorlarini yetishtirish edi. Ikszurriyotlar XXI asrning fidoyi
inqilobchilari bo‘lib qolishlari kerak edi. Xuddi ana shu narsa nazarda tutilar edi. Partiya rahbarlari
o‘lim to‘shagida yotgan jahon kommunistik mafkurasini tiriltirish va qayta tiklashning yangi usuli ana
shunda, deb tushunishar edi. Sen iqror bo‘lishing kerak – oradan ko‘p o‘tmasdan «ikszurriyot» degan
yangi so‘zga qulog‘ing o‘rganib ham qoldi, sen qilayotgan ishga yuraging, qalbing odatlanib qoldi –
sen o‘zingni o‘zing shu narsaga ishontira oldingki, sening eksperimentlaring bor-yo‘g‘i fandir,
tajribalardan nimalar kelib chiqishi esa sening ishing emas.
To‘xta! Oshiqma! Bu yerda hamma narsani ipidan ignasigacha gaplashib olishga to‘g‘ri keladi. Ha,
«ikszurriyot» atamasini yuqoridan taklif etishgani tushunarli, bunda insoniyatning yangi zotini
yaratishning uzoq muddatli programmasi ko‘zda tutilgan edi. Lekin ishning eng boshida strategik
maqsadlar tilga olinganda, sen e’tiroz bildirmading, undan voz kechmading, o‘zingni chetga olishga
harakat ham qilmading. Va seni yangi Darvin deb ko‘kka ko‘targanlarida ham, tsivilizatsiya tarixidagi
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
106
bu mislsiz programma sening nazariy va amaliy ishlaringdan, bu boradagi bashoratlaringdan kelib
chiqdi, deganlarida xijolat ham tortmading. Seni ilmiy rahbarlikka taklif qilganlarida go‘yo shunday
bo‘lishi tabiiyday, o‘sha zahoti rozilik bildirmagan bo‘lsang ham, o‘ylab ko‘raman, deding, lekin
butunlay voz kechmading. Ha, voz kechish kerakmi, shunday qilish mumkinmidi? Yolg‘iz otning
changi chiqmas. O’sha paytga kelib, rasmiy doiralar da’vatiga shunday uchgan edingki,
xo‘jayinlarning bironta iltimosiga yo‘q demasding.
* * *
Bu gap to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Fanlar Akademiyasi prezidentining taklifiga javoban «o‘ylab ko‘raman»
degan kuningoq sen Eski maydonga, Siyosiy byuro a’zosi, KPSS MKning mafkuraviy masalalar va
xalqaro kommunistik harakat bo‘yicha sekretari Konyuxanov Vadim Petrovich huzuriga taklif qilinding.
Eski maydonga sen deyarli o‘z uyingga kelganday yetib kelding, tez-tez bo‘lmasa ham turli
masalalar yuzasidan yiliga bir necha marta bu yerga kelib ketar eding-da. Bu safar ham o‘zingning
derektorlik qora «Volga»ngda kelding, Moskva ko‘chalarida izg‘ib yurgan mashinalarga, chumoliday
qaynab yotgan yo‘lovchilar oqimiga alang-jalang qarab qo‘yar eding. Sening qayoqqa va qanday
maqsad bilan ketayotganingni bilganida bormi, olomon ko‘chani to‘sib olib mashinangning dabdalasini
chiqarib tashlagan, o‘zingni esa toshbo‘ron qilgan bo‘lar edi. Buni vahshiylik deyolmasding, ularning
bu shafqatsizliklarini Parvardigor afv etgan bo‘lur edi.
Har doimgiday, tushdan keyin Moskva, ayniqsa, shahar markazi odam dengiziga aylangan edi.
Odamlar bu haqda fikr qilib ko‘rishdimi-yo‘qmi, lekin xuddi shu soatda ular uchun turmushning jamiki
muammolari biron narsani qidirib topish haqida bosh qotirishdan va qo‘lga kiritish, sotib olish, shu
niyatda itday izg‘ib yurishdan iborat edi desa bo‘ladi. Lekin ulardan birontasi ham sal nariroqda
kimningdir Tabiatga, Tarixga, Xudoga, odamlarga – Hamma-hammasiga qarshi qandaydir ish qilish
niyatida ekani, shundan so‘ng dunyoning qaytadan yaratilganday o‘zgarib ketishi haqida bir lahza
bo‘lsa ham o‘ylab ko‘rmas edi.
Darvoqe, ana shu rejani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan kishi ularning yonginasida ko‘zni
kuydirib salobatli avtomobilida suzib ketayotgan edi va tabiiyki, xuddi shu onda bu kishining oila,
nasl-nasab, avlodlarning vorisiyligi tushunchalari o‘tmishning sarqitlari bo‘lib qoladigan zamon kelishi
uchun ishlayotganini, oqibatda har kim ibtido va intiho bo‘lib qolishi mumkin ekanligini, kishilar
kimlardan paydo bo‘lgani va kimlarni dunyoga keltirgani haqida zig‘irchayam tasavvurga ega bo‘lmay
qolishini ulardan birontasi xayoligayam keltirmas edi... Bu vazifalarni oila o‘rniga Ota-Davlat bajarishi
kerak edi.
Ammo bu sening shaxsiy jahonshumul programmang emas edi, albatta. Mafkuraviy g‘oya lop etib
sening miyangga kelgani yo‘q, bu boshqalarning fikri, shunday bo‘la qolsin, lekin bunga shaxsan sen
va sening ilming xizmat qildi, tajribalaring totalitar davlatning qora kuchlariga ulardan o‘z
maqsadlarida foydalanish yo‘lini shipshitib qo‘ydi. B haqda sen endi, bo‘lari bo‘lgandan keyin
gapiryapsan. Biroq sen o‘sha kezlarda ham kashfiyotingdan qanday amaliy xulosalar chiqarish
mumkinligiga fahming yetar edi, ammo sen bu narsaning bevosita menga aloqasi yo‘q deb
hisoblading va bu haqda o‘ylamaslikka intilarding. Shunday bo‘lib chiqdiki, ulkan reja, kirdikor
mo‘ljallangan, bu hech ham xomxayolik emas ekan, sen shug‘ullanayotgan kori-amal endi
xo‘jayinlarning erkatoyi bo‘lmish tadqiqotchining ilmiy mashqlarigina emas edi. MKga kelganingdan
keyin bunga amin bo‘lding.
Bu safar eshik oldida seni Konyuxanovning kotibi kutib oldi va maxsus liftda barcha nazorat
postlarining yonidan o‘tib, yettinchi qavatiga olib chiqdi. Konyuxanov seni kutib turgan edi. U eshikni
o‘zi ochib, seni kabinetiga taklif qildi.
— Andrey Andreevich, sizni ko‘rganimdan xursandman! – U ko‘zoynagini yaltiratib salomlashdi sen
bilan. Uning iltifotida soxtalik sezilmasdi. – Biz siz bilan tez-tez ko‘rishib ham turolmaymiz. Keling,
biroz gaplashaylik, yuragimizni bo‘shataylik. Sizni kutib o‘tiribman, buning uchun har kungi
yumushlarni bir chekkaga surib qo‘ydim, qurib ketsin bu ishlar! ha, siz haqsiz, har holda tez-tez
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
107
muloqot qilib turgan ma’qul, Andrey Andreevich. Lekin hammasiga vaqt kerak, vaqt, vaqt! Marhamat.
— Va kotibani ogohlantirdi: — Hech kim bezovta qilmasin. Men yo‘qman.
Bu pisanda uchrashuv favqulodda ahamiyatga ega ekanligini bildirar edi. Oqibatda xuddi shunday
bo‘lib ham chiqdi.
Konyuxanov o‘zini tuta bilar, suhbatdoshini o‘ziga rom qila olar edi. Odobli edi, andisha bilan quloq
solar, o‘ylab gapirar edi. Taomili bilan kiyingan edi: sipo kostyum, shu rangdagi galstuk, sifatli
poyabzal. Ovqatni ko‘p yemasa, suyuqni ko‘p ichmasa, qaddi-qomatiga ahamiyat bersa kerak.
Favqulodda yaltiroq ko‘zoynagi uning turmush lazzatlaridan voz kechgan kishilarnikiga o‘xshash
cho‘zinchoq yuziga yarashib tushgan edi. «Takaning soqolini yopishtirib qo‘ysa, Dzerjinskiyning o‘zi
bo‘ladi-qoladi», deb o‘ylagansan sen o‘shanda nima uchundir.
MKning bu kotibi haqida fikr yomon emas edi, aksincha, ko‘plar uni keng fikrlaydigan odam deb
hisoblardi. Siyosiy byuro a’zolari orasida u eng yoshlaridan biri edi. U ellikka yaqinlashib qolgan va
eng ishchan kotib deb tan olinar edi. Diplomatiya sohasida martabaga erishdi, bizlar uchun siyosiy
jihatdan ayricha ahamiyatli bo‘lgan mamlakatlarda bag‘oyat puxtalik bilan, aniq maqsadni ko‘zlab ish
ko‘rardi. Shimoliy Koreyada, Vetnamda, Kubada va Xitoyda maslahatchi, so‘ngra elchi bo‘ldi, uning
xizmatlari yuksak baholandi va o‘sha yerdan, o‘sha qaynoq chiziqdan mas’ul ishga ko‘tarishdi, shuni
aytish kerakki, umumiy fikrga qaraganda, juda munosib va odilona ish bo‘lgan. Keyinroq esa, xalqaro
Olimpga – BMTga Doimiy vakil bo‘lib jo‘nab ketishdan sal oldin – Konyuxanov birdan partiya
organlariga, ularning oliy pog‘onalariga ishga olindi va shundan buyon xalqaro kommunistik
harakatlar sohasida barcha mafkuraviy va tashqi siyosiy ishlarni boshqaradi.
Sen Konyuxanovni bilar eding va mana, kezi kelib uni boshqacharoq nuqtai nazardan ko‘ryapsan.
Umumiy gaplardan keyin, muddaoga ko‘chishdan oldin u qistirib qo‘ydi – Andrey Andreevich, gapni
uzoqroqdan boshlayman. Meni to‘g‘ri tushunsangiz kerak, demoqchimanki, insoniyatning tarixi bir
lahzada, aytaylik, kimningdir miyasiga qandaydir fikr yashin yanglig‘ kelib qolganda voqe bo‘ladi.
Ma’lumki, hayotda hamma narsa muayyan vaqtgacha tadrijiy rivojlanadi. Lekin ba’zan birdan, aytish
mumkinki, inqilobiy vaziyat paydo bo‘ladi, kolliziya ro‘y beradiki, qandaydir g‘oya chindan ham
hamma narsani birvarakayiga ag‘dar-to‘ntar qila oladi. Va hozir xuddi ana shunday paytdir. Faqat,
xudo haqqi, bu g‘oyaning muallifi kaminai kamtarin deb o‘ylamang. Men bu o‘rinda bor-yo‘g‘i galaga
qo‘shilib uchadigan qushday boshqalarga hamrohman, xolos.
— Unda men qanaqa qushman? — suhbatdoshning nima demoqchi ekanligini tushinib olishga
harakat qilib luqma tashlading sen o‘zingni tutolmay.
— Ozgina sabr qiling. Bu shunchaki, gapning xamirturishi, muqaddimasi, bo‘lmasa, ishning
mohiyatiga yaqinlashish amrimahol. Demak, muqaddimani davom ettiraman. Men nazarda tutgan
narsa – inqilobiy xarakterdagi tarixiy qadam. Unda Frantsiya inqilobining uchquni, bizning Oktyabr
inqilobimizning yolqini mujassam, men shunday deb bilaman. Bu tafakkurning mutlaq erkinligi,
siyqasi chiqqan zamonlar Aflotun nazarda tutgan fikrning o‘zginasidir: g‘oyaning moddaga ta’siri va
moddaning o‘zgarib ijtimoiy-siyosiy idealga aylanishi. Men tushunib turibman, Andrey Andreevich, siz
hozir bu gaplarning nima keragi bor, bu qanday lektsiya o‘zi, deb hang-mang bo‘lib qoldingiz. Lekin
meni afv eting, bu masala sizga, sizning faningizga bevosita aloqador! ha, ha! Ajablanmang,
shunday!
Ikkovlaring guruh-guruh odamlarni yig‘ib o‘tkaziladigan kengashlar uchun mo‘ljallangan katta stol
atrofida o‘tirdinglar, kotiba jimjimador gulli nafis finjonlarda choy keltirdi. Sen bu yerga o‘ta muhim
yumush yuzasidan taklif qilinganligingni tushunding, aks holda uzundan-uzoq debocha kimga kerak
edi. Va sen o‘zingning o‘ta ayricha ilmiy eksperimentlaringning amaliy ahamiyati partiya Markaziy
Komitetining e’tiborini nimasi bilan tortganini fahmlab olishga urinib ko‘rding. Asta-sekin manzara
oydinlasha bordi, bu ish seni o‘z miqyosi bilan hayratda qoldirib, sergaklikka chaqirar va ayni vaqtda
o‘zining shiddati bilan o‘ziga rom etar edi.
— Mana sizga, Andrey Andreevich, ochig‘ini aytganda, suhbatimizning mundarijasi, — davom etdi
Konyuxanov. U chekib bo‘lgan papiros qoldig‘ini billur kuldonga qo‘li bilan xomush ezib o‘tirar ekan,
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
108
birdan boshini ko‘tardi. — Masalani keragidan ortiq darajada chigallashtiryapman shekilli, — kulib
qo‘ydi u. — Shunaqa muqaddimalarga ko‘nikib qolganman. Siz esa o‘zimizniki. Shuning uchun imkon
qadar samimiy va qisqa gaplashaman. Mana shunisi qiyinroq. Faqatgina... Birinchisi, eng muhimi,
partiya sizga ishonadi, Andrey Andreevich. Ishonadi. Va tarix sizning oldingizga qo‘ygan vazifa –
Hammamizning umumiy vazifamiz. Ha, tushunaman, fan bilan partiya – ayrim-ayrim narsalar, biroq
hamma sohada va hamma joyda sinfiy yondashish muqarrardir. Biz markschi-leninchilar shunga
asoslanamiz va bizning tarixiy afzalligimiz, shubhasiz, ana shunda. Mana shu masalada sizning
kashfiyotlaringiz, ta’bir joiz bo‘lsa, qo‘lbola biologiyaning kashfiyotlari – bu odam tabiatiga chuqur
kirib borish, aslida inson shaxsini qayta qurish, shaxsning kelib chiqishini, jamiyatdagi o‘rni va rolini
qayta qurish, keyinchalik esa sun’iy tug‘iladiganlar matritsasiga asosan butun insoniyatni qayta qurish
imkoniyati demakdir. Faqat boshlab yuborish qiyin, xolos. Mana, XX asr aravasi qaerlargacha bordi!
Men sizga aql o‘rgatmoqchi emasman, lekin shu ma’noda men Fan bo‘limimizning fikriga to‘la
qo‘shilaman – dunyo yaratilgandan beri bunaqasi bo‘lgan emas. Sizning siymongizda fan chindan
ham misli ko‘rilmagan qudratga ega bo‘ldi. Darhaqiqat, siz tahsinga loyiqsiz. Idora qilib bo‘lmaydigan
homiladorlik va tug‘ilish hodisasi boshqariladigan jarayon bo‘lib qolayotir. Endi shunday fikr tug‘ildi:
buni ommaviy tartibda joriy qilishga urinib ko‘rilsa, qanday bo‘larkin? Bu inqilob, faqat nomi yo‘q,
biologik tur sifatida odamni qayta ishlab chiqarishdagi chinakam inqilob. Shunday ekan, bu jarayon
boshqariladigan va nazorat qilinadigan ekan va jamiyat hayotida yangi omil ekan, tarixning yangi
dastagi ekan, demak, siz ham tan oling, bu endi siyosatning ishi. Va bu asnoda biz siz bilan, Andrey
Andreevich, endi sheriklar, partnyorlar sifatida uchrashyapmiz. Biz shunga asoslanamizki, partiya
chetda qolmasligi, qandaydir kuzatuvchi bo‘lib turmasligi kerak, aksincha, vaqtni qo‘ldan boy
bermasdan, bu jarayonning boshida turmog‘i, jamiyatimiz, mafkuramiz maqsadlari va vazifalarini
ko‘zlab uni tegishli yo‘nalishga burishi lozim. Xudo haqqi, meni kechiring, Andrey Andreevich, men
tuzalmaydigan sergapman. Lekin siz gap nimada ekanligini tushunasiz. Siz hamma narsani oldindan
bilib turasiz, siz — daho kishisiz. Va men bir narsani qo‘shimcha qilmoqchiman. Gap nima haqida
ketmasin – kosmosdagi kashfiyotlardan tortib ekspremental biologiyadagi kashfiyotlargacha – biz
o‘zimizning pirovard maqsadimizni, jahonshumul rolimizni unutishimiz mumkin emas. Mana sizga eng
muhimi. Afsuski, hatto bizning MKda, apparat doiralarida ham ma’lum revizionistik kayfiyatlar bor.
Men sizdan hech narsani yashirmayman, siz o‘zimiznikisiz. Ba’zi bir o‘rtoqlar alohida mamlakatda
sotsializm sharoitida tinchgina yashashni xohlaydilar. Ular bizning butun dunyo mehnatkashlari
haqida qayg‘urishimizni unutib qo‘yadilar. Kapitalizm bilan musobaqada biz g‘alaba qilishimiz lozim.
Va jahon inqilobi shiori hozir ochiq aytilmayotgan bo‘lsa ham sayyorada kommunizm g‘alaba qilajak!
Bu – bizning asl maqsadimiz va uni har qanaqa yo‘l bilan, jamiki vositalarni ishga solib
yaqinlashtirmog‘imiz darkor. Inchunin faqat ilm bilan andarmon bo‘lib, eksperimental biologiya
sohasidagi sizning noyob yutuqlaringiz insoniyat hayotida qandaydir jahonshumul voqea bo‘lajagidan
bashorat qilayotganiga shubha qilmasangiz kerak. Ha, shunday! Men buni jiddiy aytayapman. Sirtdan
qaraganda, buni tasavvur qilish ham qiyin – axir hamma narsa bor-yo‘g‘i laboratoriyada undirilgan
embriondan, aytaylik, probirkada dunyoga kelgan urug‘dan boshlanadi-da! hamma gap shundaki,
buning oqibatida tug‘ilgan odam – uni ikszurriyot deb ataylik – noma’lum shaxs. Bu – ota-onasi
noma’lum, sun’iy yetishtirilgan sub’ekt, men shunday tushunaman. Sizga kunday ma’lum bo‘lgan
narsalarni nima uchun men tushuntirib berishga urinyapman? Gap shundaki, bu siz uchun qiziqarli
laboratoriya eksperimentlari ob’ekti bo‘lsa, biz uchun ikszurriyot – yangi tipdagi odam. Va bizning
taxminlarimizga ko‘ra, mehnatkash sinflarni eski dunyodan xalos qilish uchun, uni ag‘dar-to‘ntar
qiladigan ham xuddi ana shu ikszurriyotdir! hamma gap ana shunda. Vaqt kelib, tarixiy jarayonda
harakat qiluvchi bosh shaxs ham ana shu ikszurriyot bo‘lishi mumkin!
Ehtimol, meni hissiyotga berilib, jo‘shib ketyapti, deb o‘ylarsiz, Buning sababi bor. Axir
ikszurriyotlar fenomeni siyosiy jihatdan hayron qolarli darajada istiqboli porloq. Bu shunday o‘tkir
kuch bo‘ladiki, bu kuch bizdan farqli o‘laroq, orqa-oldiga qaramasdan, qo‘rqinch va shubha nima
ekanini bilmasdan butun dunyoda kommunizm g‘alabasi uchun kurashadi. Oila va qarindoshlik
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |