Sh.A.Xusanova
Farg‘ona politexnika instituti
"Tabiiy tolalar" kafedrasi katta o‘qituvchisi,
+998943519090 xusanova-s@mail.ru
D.Sh.Abdusattorova
"Tabiiy tolalar" kafedrasi 44-20 TTDIT guruh talabasi
+9998931511600 ahmadjon2019@gmail.com
CHIGITLI PAXTANI G‘ARAMLASH MAYDONIGA UZATISHDA PNEMAQUVURLARDAN FOYDALANISHNI RESURSTEJAMKOR YO‘LLARI
Annotatsiya: G‘aram maydoniga xomashyoni joylashtirishni amalga oshirish bo‘yicha resurstejamkor usulini qollash ishlari keltirilgan.‘
Kalit so‘zlar: pnemaquvur, separator, vintelyator, ifloslik, paxta, tola, og‘ir aralashmalar, massa, xajm, zichlik, xavo, bosim.
Annotation: It is necessary to remuner resource effective methods to place the placement of raw materials in the Gangan area. '
Keywords: Pnemaquvuur, separeter, helpless, filth, cotton, fiber, heavy mix, mass, size, density, air.
Paxta tayyorlash maskanlari va paxta tozalash korxonalarida paxta seleksion, sanoat navlari hamda terish uslullari bo‘yicha alohida qabul qilinadi va saqlanadi.
Paxta to‘dalarini jamlash, ularni saqlash va qayta ishlash, uning sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda har qaysi xo‘jalik bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.
Paxta xomashyosini tayyorlash davri joylarni iqlim sharoiti, hosilni pishib yetilishi, uni terib olish davri bilan bog‘liq ravishda 1-1,5 oy davom etishi mumkin. Paxta xomashyosi paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklardan ular bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga asosan davlat standartlariga mos ravishda, seleksion va sanoat navlari hamda sinflari bo‘yicha alohida qabul qilinadi.
G‘aramga to‘kilgan paxta, maydonning yuzasi bo‘yicha bir tekisda va qalinlikda joylanishi lozim. G‘aramlash jarayonini samaraliroq bo‘lishi uchun g‘aramning ikki tomoniga shaxmat tartibida ikkita transporter joylashtiriladi (1-rasm).
1-rasm. Paxtani g‘aram maydonlariga uzatish chizmasi.
Ishchilar paxtani moslashtirilgan payshaxalar bilan tekislaydilar.
Paxta to‘shamasini 0,8-1,0 m dan ortmay turib yaxshilab shibbalanadi. G‘aramlashda paxtani g‘aram chetidan kamida 0,5 m ichkarida, 1,5-2,0 m kenglikda zichlab boriladi. G‘aramning burchaklarini alohida e’tibor bilan yaxshilab zichlanadi, chunki uning mustahkamligi burchaklar to‘g‘ri chiqarilishi va zichlanishiga bog‘liq. G‘aramning zichlangan qismi (chekka qismi) o‘rta qismidan pastroq bo‘lishi zarur.
Paxtani g‘aramning hamma joyiga bir tekis yoyilishiga va yaxshi shibbalanishiga alohida e’tibor berish lozim. G‘aramning devorlari tekis bo‘lsa, g‘aram qulab tushmaydi.
Paxta xomashyosi g‘aramga TLX-18 rusumidagi ko‘chma lentali transporter va PLA yoki KLP-650 va XPP rusumli ta’minlagich orqali uzatiladi.
G‘aram asosining devorlari 2 metrgacha vertikal holda so‘ng 50dan kam bo‘lmagan burchak ostida olib boriladi.
Chigitli paxtani tayyorlash va uni saqlashda, uzluksiz texnologik jarayonlarda, sexlardagi xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni keyingi jarayonga uzatishda korxona ichidagi chigitli paxtani bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va qo‘l mehnatini ko‘p talab qiladigan ishlarni mexanizatsiyalovchi maxsus qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Aslida qo‘l mehnatini talab qiladigan ishlarni mexanizasiyalash har xil ko‘rinishdagi transport qurilmalari yordamida bajariladi. Ular chigitli paxtani jamoa xo‘jaliklari dalasidan tayyorlash punktlariga keltirish va uni punkt maydonida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishni ta’minlovchi avtotraktorli, mexanik (avtomobil tarozilar, lentali transporterlar, vintli konveyerlari, elevatorlar) va pnevmatik transport vositalariga bo‘linadi. Pnyevmotransport (havo yordamida) paxta tozalash sanoatida keng joriy qilingan bo‘lib, chigitli paxta va tolani bo‘limlarda va bo‘lim ichida tashishda ishlatiladi. Paxta tozalash korxonalarida pnevmotransportning keng tarqalishiga asosiy sabab bu usulda paxta yoki uning mahsulotlari tashilganda nobud bo‘lmaydi bundan tashqari bu qurilma ixcham bo‘lib, uning quvurlarini (trubalarini) korxona tyerritoriyasida va bo‘lim ichida hohlagan yo‘nalishda o‘rnatish mumkin. Lekin pnyevmotransport boshqa qurilmalarga qaraganda nisbatan ko‘proq elyektr enyergiyasini iste'mol qiladi. Odatda pnyevmotransport paxta tozalash korxonaning hamma bo‘limlarida uzluksiz texnologik jarayonda ulangan bo‘lib korxonaning quritish va tozalash bo‘limida ishlatiladi.
Biz taklif qilayotganimiz asosan g‘aramalash jaroniga TLXlarda emas balki, pnemaquvurlar orqali g‘aram maydoniga yetkazish va uning bosh qismiga separator va venteryator o‘rnatamiz u asosan kelayotgan chigitli paxtani havodan ajratganida ma'lum miqdorda ifloslikdan tozalaydi va vintli konver yordamida g‘aramga uzatib beradi. Foydalanilayotgan resurslar soni kamayadi .Bitta g‘aramlashda to‘rta TLX-18 ishlatilsa pnemaquvurlar asosan ikkitasi bu vazifani bajaradi.
Xulosa. G‘aramlashda asosan quvurlardan foydalanganimizda resurslar soni kamayadi. Malum miqdorda ifloslikdan tozalaydi ish unimi ham TLX-18 ga qaraganda ancha yuqori.
Foydalaniladigan adabiyotlar.
1. E. Zikriyoyev “Paxtani dastlabki qayta ishlash”, Toshkent-2002.
2. M.Omonov. “Paxtani dastlabki ishlash spravochnik” Toshkent-2008 y.
3. R. Murodov “Paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonida xom ashyoni va undan olinadigan mahsulotlarni tashuvchi transport vositalari” Namangan-2005
4. Babadjanov M.A. “Texnologik jarayonlarni loyihalash” Toshkent -2009.
5. www.sifat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |