3. TO’LDIRUVCHI – VOSITALI, VOSITASIZ TO’LDIRUVCHI
To`ldiruvchi va uning ifodalanishi. To`ldiruvchi gapning ikkinchi darajali bo`laklaridan bo`lib, u harakatni o`z ustiga olgan ob`ekt yoki predmetni ifodalaydi va o`z xokim komponentiga tobelanish yo`li bilan bog`lanadi. To`ldiruvchi predmetni ifoda qilish jihatidan egaga o`xshaydi. Lekin ega xokim xolatdagi predmetni, fikr predmetni, to`ldiruvchi esa tobe xolatdagi predmetni harakat ob`ektini bildiradi. Bu xol ularning grammatik shaklida ham ko`riladi: ega bosh kelishik shaklida, to`ldiruvchi esa tushum, jo`nalish, chiqish, o`rin-payt kelishiklari keladi. O`z xokim komponentiga tobelanish yo`li bilan bog`lanib, shut obe omponent orqali anglashilgan harakat ta`siriga berilgan, shu harakatni o`z ustiga olgan, ob`ekt yoki predmet to`ldiruvchi deb aytiladi. To`ldiruvchi ko`pincha kesimga bog`lanadi. Ba`zan ega aniqlovchi, biror boshqa to`ldiruvchiga bog`lanib kelishi ham mumkin. Bu ega, aniqlovchi,to`ldiruvchi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalanganda yuz beradi. To`ldiruvchilar quyidagicha ifodalanadi: Ot bilan: Toshga yomg`ir qor qilmaydi. Olmosh bilan: Odamning odami yurt ishida, xalq ishida o`zi ko`rsatadi. Sifat bilan: Mardni mehnat yengolmas Son bilan: Bugungi navbatchilik ikkovimizga topshirildi Harakat nomi bilan: Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq Ravish bilan: Ko`pdan quyon qochib qutilmas Undov so`zlar bilan: Ana shunda men g`alaba urasini eshitdim Yordamchi, tashkiliy so`zlar bilan: -Xay, mayli lekinini ham ko`rish kerak. Bir butun xolda qo`llanadigan konstruksiyalar bilan: O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yig`ilishiga deputatlar kelib yetdi. Ajralmas frazeologik birikmalar bilan: Kishilar orasiga qora ip tashlashdan hazar qiling-dedi Mirhaydar. To`ldiruvchilar, o`zlari bog`lanib kelayotgan gap bo`lagi bilan aloqaga kirish usuliga ko`ra, vositasiz va vositali to`ldiruvchilarga bo`linadi. Vositasiz to`ldiruvchilar. Xokim bo`lakda ifoda qilingan harakatni bevosita o`ziga qabul qilganpredmetni bildiruvchi to`ldiruvchilar vositasiz to`ldiruvchilar deyiladi. Vositasiz to`ldiruvchilar ob`ektli fe`l bilan bog`lanib, tushum kelishigi shakldagi so`zlar bilan ifodalanadi va kimni? nimani? va nimani? so`roqlarga javob bo`ladi: Tog`lar shaxarni o`rab turganga o`xshaydi.Vositasiz to`ldiruvchi belgisiz va belgili holatda bo`ladi. Xokim bo`lak ifodalangan harakat aniq ob`ektga emas umuman shu turdagi ob`ektlarga utish tushunchasi ifodalansa, vositasiz to`ldiruvchi belgisiz qo`llanadi: Botirlari kanal qazadi, Shoirlari g`azal yozadi, Kuychilari o`qiydi yalla, Juvonlari aytadi alla. Vositasiz to`ldiruvchi o`timli ish-harakat ma`nosini turli so`zlarga ergashib, ular orqali ifodalangan ma`nolarga aniqlik kiritadi va to`ldiradi. Harakat yuzaga keluvchi ob`ekti ifodalaydi: Tog` bag`rini tutun qoplaydi. Xusayn Bayqaro Tepalikni uzoqdan ko`radi. Harakat ta`sirida o`z belgi-xususiyatini o`zgartirgan predmetni ko`rsatadi: Dasturxonchi qizlar dasturxonni ayvoni taomlar, shirinliklar bilan bezab tashladilar. Harakat ta`sirida o`zining makonidagi o`zgartirgan predmetni ko`rsatadi: Sufi qo`liga tushib qolgan qayroqni uloqtirib yubordi. Sub`ektning eshitish sezgisida bevosita ta`sir qilgan ob`ektni ifodalaydi: Tuya minib uzoqni ko`zla Men bu zo`r maktabning maqtovini ko`p eshitgan edim. Sub`ektning ob`ektiv borliqqa (shaxs, predmet yoki voqea-xodisaga) munosabati ifodalaydi: Seni esga olib gullar ochildi.Men bu yigitni keyinchalik tanidim. Xokim so`zdan ifodalangan xis-tuyg`u, psixologiko`zgarish (xolat)ni yugaza keltirgan shax syoki predmetni ko`rsatadi: Yosh bolaning tili har qanaqaligi ko`nglini eritadi. So`zlovchining tinglovchiga ijodiy yoki salbiy munosabatiga ifodalovchi predmet yoki shaxsni ifodalaydi: Qutbedin bola bechorani xush urishdi. Vositasiz to`ldiruvchi chekish kelishigi shaklida qo`llanadi, bunday vaqtda ish-harakatning ta`siri ob`ektga to`la ravishda o`tmasdan, uning bir qismigina o`tganligi ko`rsatadi: Sen menga osmondagi gaplardan emas, yerdagi haqiqatni gapir.5
Do'stlaringiz bilan baham: |