CHET TILINI O‘QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSION
TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI VA O‘RNI
Tillar kafedrasi – 2021
||5||
ko‘rinishda yetkazib bera olishi kompyuter orqali chet tillarini o‘qitishni eng samarali
usullardan biriga aylantiradi. Asosan, zamon mavzularini tushuntirishda Word va
Power Point dasturlaridan foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki Word
dasturi orqali jadval ko‘rinishlaridan foydalanib mavzu yoritib berilsa, o‘quvchilar
ancha osonroq tushunadi. Power Pointda esa shu mavzularni ovozli, rasmli va video
ko‘rinishlarida ko‘rsatib berish orqali o‘quvchilarni mavzuga yanada jalb qilish
mumkin. Chet tilini o‘rganish hozirgi davr talabi ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga
til o‘rganishning yangi uslublarini, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asoslangan
holda ishlab chiqib, o‘qish jarayoniga tavsiya etish olimlar, mutaxassislar oldida
turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Iste’dodli yoshlarimizning o‘z qiziqqan
sohalarida yetuk mutaxassislar bo‘lishlari uchun, avvalam bor chet tillarni mukammal
bilishlari zarur. Demak, texnologiyalarni joriy qilish, o‘qitish uslublarini davr
talabiga javob berishini ta’minlash pedagog-olimlarning kechiktirib bo‘lmas asosiy
vazifalaridir.Mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ham dolzarb
hisoblanadi. Davlatimizning jahon mamlakatlari bilan olib borayotgan iqtisodiy,
siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalari kuchayib borayotgan bir paytda
yoshlarimizning xorijiy mamlakatlar hayoti, madaniyati, urf-odatlari, tiliga bo‘lgan
qiziqishlari ortib bormoqda. Bu aloqalarning rivojida xorijiy tillarni o‘rni beqiyosdir.
Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan
o‘sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-
fanda ham katta o‘zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi
innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish
bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda chet
tillarni o‘qitilishida yangicha bosqich, yangicha davr boshlandi. Chet tili darslarining
o‘qitilishi jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion
usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Ushbu
talablarga mos ravishda o‘quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ
texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o‘rganishga bo‘lgan talab ham kundan kunga
oshib bormoqda. Chet tili fani to‘rt aspectga (o‘qish, yoish, tinglab tushunish va
gapirish) bo‘linib, ularning har biri bo‘yicha alohida tushuncha va ko‘nikmalar
berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot
texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy
innovatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o‘rganishda bunday axborot-
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari
mavjuddir. Til o‘rganish va o‘qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |