Chet tili (ingliz) fanidan


Chet til o‘qitishning rivojlantiruvchi maqsadi



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/175
Sana31.12.2021
Hajmi1,87 Mb.
#239835
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   175
Bog'liq
Инглиз тили 2020-2021 учун

Chet til o‘qitishning rivojlantiruvchi maqsadi didaktikadagi rivojlantiruvchi 
ta’lim  ma’nosi  bilan  hamohang  bo‘lib,  o‘quvchi  shaxsining  aqliy,  hissiy  va 
motivastion  jihatlarini  rivojlantirishni  ifodalaydi.  O‘quvchi  intellektual  va 
ma’naviy  ozuqa  oladi,  nutqiy  muloqotda  o‘z  hissiyotini  sinab  ko‘radi, 
muloqotdosh (o‘quvchi, muallim, diktor va b.) lar fikrini bilish va o‘z fikrini bayon 
etish orqali uning shaxsi kamol topib boradi. Ta’lim jarayonida, jumladan, chet til 
o‘rganishda  me’yordagi  lisoniy  va  nutqiy  qiyinchiliklarni  yengib  o‘tish  o‘quvchi 
tafakkuri va his-tuyg‘ularining rivojlanishini ta’minlaydi. 
Rivojlantiruvchi  maqsadga  nutqiy  amallar  tufayligina  erishiladi.  Uning 
umumta’limiy  maqsaddan  jiddiy  farqi  shundaki,  o‘quv  ma’lumotlari  olish  bilan 
ta’lim  fikran  bog‘lanadi,  ma’lumotning  mazmuni  turli  kompetensiyalarni 
shakllantirishga  xizmat  qiladi.  Ta’lim,  jumladan,  chet  til  o‘rganish  shaxs 
rivojlanishida alohida o‘rin egallaydi. Til psixologik, kommunikativ, funksional va 
madaniy hodisa bo‘lganligi sababli bilish jarayoni uchun o‘ta ahamiyatli, chunki u 
bilmaslikdan bilishga eltuvchi omildir. 
Chet  tilda  o‘quvchi  ikki  turdagi  bilim  oladi,  birinchisi  va  asosiysi,  nutqiy 
jarayonda  ishtirok  etish  uchun  kerakli  algoritmik  qoidalar  va  ijtimoiy  ahamiyat 
kasb etadigan o‘quvchi hayoti davomidagi foydali ma’lumotlar. 
Madaniyatlararo  muloqot  o‘zga  xalq  mentalitetiga  xos  belgilar  va  odatlarni 
singdirishga  xizmat  qiladi.  Bunda  boshqalarning  turmush  tarzini  reklama  qilish 
emas, balki chet til sohibining nazari bilan dunyo manzarasiga yangicha qarash va 
oqibatda, o‘z madaniyatini chuqur his qilishga o‘rganadi. Umumbashariy va milliy 
qadriyatlar uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi. 
Chet  tilda  muloqot  qilish  to‘rt  asosiy  nutq  faoliyati  turlari  bo‘yicha 
malakalarni  shakllantirish  demakdir.  Nutq  faoliyatining  to‘rt  turi:  tinglab 
tushunish,  gapirish,  o‘qish  va  yozuv  malakalari  o‘zaro  bog‘langan  holda 
rivojlantirib boriladi.  Bu o‘qish va  yozish,  o‘qish  va  tinglash, o‘qish  va  gapirish, 
tinglash  va  o‘qish,  tinglash  va  yozish,  tinglash  va  gapirish  kabi  mashqlar  orqali 
amalga oshiriladi. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish