Gapirish
A2
– bayram va urf-odatlar, atrof-muhit muammolari, ommaviy axborot
vositalari kabi mavzularda muloqotga kirisha olish;
– turli holat, guruh va juftliklarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikr
almasha olish;
– dasturiy mavzularda bahs-mulohaza yurita olish;
– o‘tgan va kelasi zamonda voqea-hodisalarni gapirib bera olish;
– mavzular yuzasidan suhbatda qatnashish, o‘z fikr-mulohazalarini tushuntirib
bera olish;
– dialog va monolog nutqda ishtirok eta olish.
A2+
– mavzu yuzasidan kichik taqdimotlar bajara olish;
– hikoya va asarlar haqida ma’lumot bera olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |