Chet tili (ingliz) fanidan



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/175
Sana31.12.2021
Hajmi1,87 Mb.
#239835
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   175
Bog'liq
Инглиз тили 2020-2021 учун

Nutq  mavzulari  o‘qitish  maqsadlariga  asoslanib  tanlanadi.  Umumiy  o‘rta 
ta’lim  maktablarida «O‘quvchi va uni o‘rab turgan atrof-muhit», «Vatanimiz» va 
«Tili  o‘rganiladigan  mamlakatlar»  kabi  mavzular  asosiy  nutq  mavzulari 
hisoblanadi. O‘qish uchun siyosiy, badiiy, ilmiy, ma’naviyat va madaniyat hamda 
sportga oid matnlar tanlanadi. 
Tanlab  olingan  mavzu  va  unga  oid  matnlar  o‘quvchilarning  yoshi  hamda 
qiziqishlariga mos kelishi kerak. 
Mazkur  dasturda  o‘quvchilar  yoshi  va  qiziqishlarini  hisobga  olgan  holda 
mavzular  jadvallarda  sinflar  bo‘yicha  alohida  berildi.  Jadvalda  sinflar  bo‘yicha 
taqsimlangan asosiy mavzular miqdori darslikda shu miqdordagi bo‘limlar bo‘lishi 
kerak  degan  ma’noni  anglatmaydi.  Asosiy  mavzular  tarkibidagi  kichik  mavzular 
ham til materiali hajmidan kelib chiqqan holda alohida bo‘lim bo‘lishi mumkin.  
Nutq malakalari deganda, chet tilda nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, 
gapirish,  o‘qish  va  yozish)ni  egallash  darajalari  tushuniladi.  Malaka 
o‘quvchilarning chet til o‘rganish davrida olgan ko‘nikmalarini  amaliy faoliyatida 
sobitqadamlik  bilan  mustaqil  ravishda  qo‘llay  olish  kompetensiyasi  (layoqati)dir. 
Nutq malakalari til materialini muloqot paytida qo‘llash jarayonida rivojlanadi va 
takomillashadi. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarida  chet  til  o‘qitishning  asosiy  vazifasi 
bo‘lmish  nutqiy  malakalarni  singdirish  chog‘ida  ularga  mos  keladigan  lisoniy 
ko‘nikmalarni  ham  o‘zlashtirishdan  iboratdir.  Bunday  ko‘nikmalar  asosini  ushbu 
dasturda ko‘rsatilgan til materiali tashkil qiladi. Til materiali dasturda Davlat ta’lim 
standartiga muvofiq tarzda alohida berildi. 


Til materiali, ma’lumki, leksik, grammatik va talaffuz hodisalarini o‘z ichiga 
oladi.  O‘quv  jarayonida  leksik,  grammatik,  talaffuz  hamda  imlo  birligi  kabi 
tushunchalarni  farqlash,  darslik  va  qo‘llanmalar  tuzishda  ulardan  o‘z  o‘rnida 
foydalanish zarur.  
Til  birligi  leksik,  grammatik,  talaffuz  va  orfografiya  (imlo)  birliklarini 
ifodalaydi. 
Lug‘at birligi – o‘zak so‘z va yasama so‘zdan iborat, leksik birlik (o‘zak so‘z, 
yasama so‘z (uning tarkibidagi so‘z yoki so‘z yasovchi elementlar), so‘z yasovchi 
affiks,  turg‘un  so‘z  birikmasi,  gap  (og‘zaki  nutqning  ilgarilashi  sharoitida 
qismlarga bo‘linmay o‘rgatiladigan tayyor jumlalar)ni o‘z ichiga oladi. 
Grammatik  birlik  –  morfologiya  va  sintaksis  hodisalar,  talaffuz  birligi  – 
fonetik  minimumdagi  tovush-fonemadan  to  jumlalar  ohangigacha,  imlo  birligi  – 
harf, harf birikmasi,  so‘z,  so‘z  yasash,  shakl va gap  yasash  elementlari, so‘zning 
o‘zgaruvchan hamda o‘zgarmaydigan shakllaridan iboratdir. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  maktabini  bitiruvchi  o‘quvchilar  egallaydigan  1500ta 
leksik birlikni nutqda o‘zlashtiradilar.  
Chet til grammatikasini o‘rgatish asosan induktiv (nutqda o‘rganilgan lisoniy 
hodisaga  qoida-umumlashma)  va  qisman  deduktiv  (o‘qish  va  tinglashda 
uchraydigan  grammatik  hodisalarga  oid  algoritmik  qoida  berish)  uslublarida 
amalga  oshiriladi.  Chet  til  grammatikasini  o‘rgatish  mazmuni  uchta  metodik 
mezonga  ko‘ra  (o‘quvchining  ona  tili  va  ikkinchi  tildan  to‘plangan  grammatik 
tajribasini  hisobga  olib,  chet  tilning  o‘zidan  yig‘iladigan  tajribaga  asoslanib  va 
grammatik  hodisalar  taqdimoti  tartibini  nazarga  olib)  tanlanadi  va  ularga  maxsus 
mashqlar beriladi. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish