Ta‟limdagi ustuvor yo`nalishlar va moddiy-texnik ta‟minot
Isroil davlatida texnologik (kasb-hunar) ta‘limga juda katta etibor qaratilgan va turli -tuman ko`rinishdagi o`quv muassasalarida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga texnologik maktablar, kollejlar, pedagogik markazlar va boshqalar kiradi. Ularning aksariyati ishlab chiqarish yoki firmalar bilan bevosita bog`liq bo`lib, mutaxassislik yo`nalishlariga ega. Masalan: elektronika, kompyuter, ekologiya, qishloq xo`jaligi, kimyo, grajdan dengiz floti va boshqalar.
Hozir Isroil davlatida joriy qilinayotgan ta‘lim texnologiyasi ko`ra sinflarda o`quvchilarni o`zlashtirish darajasiga qarab tabaqalarga ajratib o`qitiladi. Ta‘lim barcha fanlar bo`yicha hayot va tabiat bilan bog`lagan holda olib boriladi. Fanlarning uzviy bog`lanishi doimo ko`zga tashlanib turdi.
Oliy ta‘lim tizimi uch bosqichli:
- Bakalavriatura - 4 yil,
- Magistratura - 2 yil,
- Doktorantura - 3 yil.
Bakalavr va magistr uchun o`qish Isroilda, doktorantura asosan Evropa va AQSH da amalga oshiriladi.
Isroil davlatida malaka oshirishga asosan ikki guruh omillar ta‘sir qiladi:
- Ijtimoiy-madaniy omillar:
- jamiyatni ko`p madaniyatliligi (turli davlatlardan kelgan repatriantlar o`ziga xos madaniyatga ega);
- turli din vakillarining yirik qatlamlarining borligi (iudeylar, musulmonlar, xristianlar va ularning turli oqimlari);
- turli yillardagi repatriantlarning katta oqimi (50-, 70-, va 90- yillar).
2.Pedagogik omillar:
- texnologik ta‘limga o`tish;
- o`quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishiga yo`naltirilgan ta‘lim (ayniqsa o`rta va texnologik ta‘limda);
- o`quv yurtlarini kompyuterlashtirish davlat dasturi va uning juda yuqori suratlarda amalga oshirilishi;
- mutaxassislarni tayyorlashdagi ko`p bosqichlilik.
AQSHda kasbga yo`naltirish o`quvchilarning kasblar bo`yicha axborotlarga ega bo`lishni ta‘minlash, kelajakda maqbul kasbni tanlab, ishga kirishlariga yordam berishdan iboratdir. O`quvchilar turli mutaxassisliklar mazmuni bilan tanishib, mehnat o`qituvchilaridan maslahat oladilar. Kasbga yo`naltirishda «Gaydens» psixologik – pedagogik xizmatining yo`lga qo`yilishi muhim o`rin tutadi.
Xizmat tarkibiga sotsiolog, psixolog, o`qituvchi, huquqshunos, shifokor va maktabning boshqa xodimlari kiradi. Ushbu xizmat o`quvchilarning atrofdagi ijtimoiy muhitda o`z o`rnini egallashlariga ko`maklashadi. «Gaydens» xizmati o`quvchilarda qanday sifatlarni rag`batlantirish va rivojlantirish kerak, nimalarni yaxshilash kerakligini aniqlash uchun har bir o`quvchining shaxsi haqida to`liq ma‘lumotga ega bo`lishi shart. Bunday ma‘lumotlar «Gaydens»ga o`quvchilar uchun maslahatlar berish imkonini beradi.
Kanadada xalq xo`jaligining 22 tarmog`i bo`yicha 315 kasb guruhlariga jamlangan mutaxassisliklar yuzasidan dastur mavjud bo`lib, shu asosida yoshlar kasb tanlaydilar.
Rossiyada yoshlarni kasbga yo`llash ishlari mehnat va xalq ta‘limi tizimiga bo`ysinadi. Angliya maktablarida kasbga yo`naltirish o`quv jarayonining maxsus qismidir. O`rta o`quv muassasalarida asosiy ishni kasbga yo`naltiruvchi mutaxassislar bajaradilar. Ular o`quvchilarga o`z qobiliyatlari va qiziqishlariga mos ta‘lim yo`nalishini tanlash ishida yordam beradi. Kasbga yo`naltiruvchi xizmatlari bilan mustahkam aloqada bo`ladilar. Ular biror kasb egasiga qo`yiladigan talablarni guruhlashlari va maktab bitiruvchilarining kasbiy imkoniyatlarini to`g`ri baholashlari kerak.
Kasbga yo`naltiruvchi o`qituvchilardan o`quvchilarga individual yondashuv talab etiladi. Bunday yondashuvni ta‘minlash uchun o`qituvchilar har bir o`quvchi uchun shaxsiy ma‘lumotnoma yuritadilar, unga doimiy ravishda o`quvchining o`zlashtirishi, umumiy va jismoniy rivojlanish sharoitlari haqidagi ma‘lumotlar kiritib boriladi. Bundan tashqari ma‘lumotnomada anketa, test, suhbat natijalari ham o`z ifodasini topadi. O`quvchilar shaxsini o`rganishda mustaqil tavsiyalar metodi, ya‘ni o`smir va uning hayot borasidagi o`y-fikrlariga tayaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |