To'rtinchidan, psihologiya fani insonni shahs sifatida o'rganib, uning ijtimoiy mo?iyatini ko'rsatadi. Jamoa, ijtimoiy va kasbiy guruh tashqarisida inson shahs bo'la olmaydi. Tabiat insonni yaratadi, jamiyat esa shahsni shakllantiradi.
Inson shahsi turli hil munosabatlar ta'sirida shakllanadi:
1) Siyosiy munosabatlar. Shahs psihologiyasi shahs mustaqilligi, o'z huquqlariga ega ekanligi, jamiyat xayotini muhokama eta olishi yoki hukmronlik qilayotgan sinfning buyruqlarini bajarishi bilan bog’liq;
2) Mafkuraviy munosabatlar. Mafkura jamiyat haqidagi g’oyalar majmui sifatida shahsga ta'sir etadi va uning psihologiyasi, dunyoqarashi, individual va ijtimoiy ustanovkalarini shakllantiradi;
3) Shahs a'zo bo'lgan guruhdagi insonlar munosabati. O'zaro hamkorlik va muloqot jarayonida insonlar bir birlariga ta'sir ko'rsatadi. Buning natijasida esa ularning qarashlari, ijtimoiy ustanovkalari hamda jamiyat, mehnat, insonlar, o'z hususiyatlariga bo'lgan boshqa munosabatlari shakllanib boradi. Shu bilan birga
shahs guruhda ma'lum bir avtoritetga ega bo'lib, o'ziga ajratilgan mahsus rollarni bajaradi. Shahs ijtimoiy munosabatlarning nafaqat ob'ekti, balki sub'ekti, ya'ni faol bir qismi hamdir. Shahslar o'zaro munosabatlarga kirishib, ob'ektiv ijtimoiy qonuniyatlar ta'sirida insoniyat tarixini yaratadi.
Shunday qilib, shahs - ma'lum bir mamlakat, jamiyat va guruh (ijtimoiy, etnik, diniy, siyosiy va boshqa guruhlar) a'zosi bo'lib, atrofdagi olam va ijtimoiy borliqqa o'z munosabatini bildiradigan, mahsus faoliyat turi bilan shug’ullanadigan hamda individual va ijtimoiy-psihologik hususiyatlarga ega bo'lgan insondir. Shahs rivojlanishi har hil omillarga bog’liq. Ular ichiga odatda quyidagilar kiradi: oliy nerv tizimning o'ziga hosligi, anatomik va fiziologik hususiyatlar, atrofdagi olam va jamiyat, ijtimoiy-foydali faoliyat.
Bu omillarning har biriga to'htalib o'tamiz.
1. Oliy nerv tizimning o'ziga hosligi butun nerv tizimining ishida, miyadagi tormozlanish va qo'zg’alish jarayonlarining nisbatida, temperament, his-tuyfg’ular, hulq-atvorda namoyon bo'ladi.
2. Shahsning anatomik va fiziologik hususiyatlar – psixika va hulq- atvoriga katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, ko'zning yahshi ko'rmasligi yoki mulotning yahshi eshitmasligini muloqot va o'zaro hamkorlik jarayonida inobatga olish kerak. Anatomik-fiziologik hususiyatlarning amalga oshirilishi asosida inson layo?ati yotadi. Layoqatlar organizmning tug’ma anatomik-fiziologik hususiyatlaridan kelib chiqib, qobiliyatlar rivojlanishiga yordam beradi.
3. Atrofdagi olam va jamiyat. Yuqorida aytib o'tganimizdek shahs faqat jamiyatda shakllanadi.Tabiat ham shahs shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Masalan, uzoq shimolda o'sgan odamlar o'z hulq-atvorini boshqara olishi, vaqtdan samarali foydalanishi bilan ajralib turadi. Individning tabiiy hususiyatlari, shu jumladan, faolligi va emotsionalligi tug’madir. Inson faolligi har hil faoliyat turlari bilan shug’ullanishga moyillik, psixik jarayonlar kechishining tezligi va kuchliligi sifatida namoyon bo'ladi. Emotsionallik individning atrof-muhitga bo'lgan munosabatlarini aks ettiruvchi his-tuyg’ulari va emotsiyalari dinamikasida namoyon bo'ladi. Makromuqit, ya'ni jamiyat ham shahs shakllanishiga kata ta'sir ko'rsatadi. Masalan, totalitar jamiyatda o'sgan insonning rivojlanishi va tarbiyasi, demokratik jamiyatda o'sgan inson rivoji va tarbiyasidan keskin farq qiladi. Mikromuhit, ya'ni guruh, mikromuhit, oila va h.k. ham shahs shakllanishidagi muhim omildir. Aynan mikromuhitda insonning eng muhim ahloqiy va ahloqiy-psihologik hususiyatlari shakllanadi. Bu hususiyatlarni bir tomondan inobatga olish kerak. Ikkinchi tomondan esa ularni ta'lim va tarbiya jarayonida takomillashtirish zarur.
4. Ijtimoiy-foydali faoliyat, ya'ni mehnat jarayonida inson boshqa insonlar bilan muloqotga kirishadi, o'z-o'zini tarbiyalash jarayonlari insonning eng muhim shahsiy hususiyatlarini rivojlantirishga hizmat qiladi.
Shaxs haqidagi asosiy psixologik nazariyalar uzoq rivojlanish yoʼlini bosib oʼtgan. Zamonaviy psixologiyada shaxs haqida shakllangan nazariy va metodologik qarashlar tahlil etilib, qayta oʼrganilmoqda. Shaxs haqida toʼgʼri psixologik bilimlarni olish uchun chet el psixologiyasining yutuqlaridan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shaxs haqidagi nazariyalarni uch qismga ajratishimiz mumkin:
I. Shaxs haqidagi anʼanaviy nazariyalar (V.Dilьtey, K.Levin, V. Shtern, 3.Freyd, K. Yung va boshq.);
II. Yangi nazariyalar (G. Аyzenk, D. Kettel, А. Maslou, G Ollport, K. Rodjers, K. Xorni va boshq.);
III. Eng yangi nazariyalar (E. Bern, K. Leongard, D. Mid, G.Salliven, Sire, E. Fromm va boshq.).
І. Shaxs haqidagi anʼanaviy nazariyalar ichida freydizm yetakchi oʼrin egallaydi. Bu nazariyaga avstriyalik olim Z. Freyd asos solgan. Freydizm shaxs rivojlanishi va strukturasini ongimiz uchun irratsional va antogonistik boʼlgan psixik dalillar bilan tushuntiradi va shu asosida psixoterapiya texnikasini
qoʼllaydi. Z. Freyd oʼzi davolayotgan kishilardagi kasallik sabablarini ularning yoshligidan qidirgan. Maʼlum bir ruhiy kasalliklar (yoki komplekslar) insonning yoshlik davridagi voqea va hodisalarga bogʼliq deb hisoblaydi. Bu komplekslar insonlar tomonidan anglanmaydi, lekin ularning xulq-atvoriga qattiq
taʼsir koʼrsatadi va salbiy oqibatlarga olib keladi. Har xil metodlar (erkin assotsiatsiyalar metodi, gipnoz, xato harakatlar metodi va boshq.) yordamida Z.Freyd psixik nuqsonlarning sabablarini anglash ijobiy davolovchi effektga ega ekanligini isbotlagan. Bu esa Freydga shaxs psixik hayotining uch darajasini aniqlashga yordam bergan: ongsiz, ong oldi, ongli. Ongsiz – barcha instinktlarning manbai Ong oldi – uning mazmuni inson tomonidan oson anglanishi mumkin.
Ongli – doimiy ravishda ongsiz bilan toʼqnashadigan ijtimoiy norma va ijtimoiy normaga zid boʼlgan harakatlarni oʼz ichiga oladi. Freyd shaxs rivojlanishida bolalalik davri muhim rol oʼynashini koʼrsatadi. Bu davrda insonning psixik xususiyatlari shakllanishini taʼkidlaydi. Psixoanaliz vazifasi – keyinchalik psixozga olib keladigan nuqsonlarni vaqtida aniqlashdan iborat.
Shunday qilib, shaxsni oʼrganishda Z.Freydning tadqiqotlarini inobatga olishimiz kerak. Lekin freydizmning faqat bir tomonlama oʼrganilgan va bugungi kunda oʼz yechimini topmagan gʼoyalari ham bor.
Gustav Yung (1875-1961 gg.), shveytsiyalik psixiatr, psixolog, analitik psixologiya asoschisi. Bazelь universitetida tehsil olgan va 1901-1912 yillarda Z. Freydning eng yaqin xodimi boʼlgan. Xalqaro psixoanalitik jamoaning birinchi raisi (1911-1914 y.) boʼlib saylangan. Yungning psixologik qarashlari inson psixikasida «ongli» va «ongsiz» ni ajratishga yoʼnaltirilgan edi. Uning fikricha ongsiz xulq-atvorni belgilashda yetakchi rol oʼynaydi. Olimning fikricha ongsiz ikki shaklda mavjud: А) individual (shaxsiy) B) jamoaviy – oldingi avlodlar tajribalari singdirilgan psixik fond. Bu fondning mazmunini instinktlar, qiziqishlar,
arxetiplar tashkil etadi. Аgar instinkt va qiziqishlar K. Yung tomonidan maʼlum bir xulq-atvorni keltirib chiqaradigan tugʼma ehtiyoj va turtki sifatida koʼrilsa, arxetiplar ijod, tushlar, miflar asosini tashkil etadi. K.Yung shaxslarni introvert va ekstravertlarga ajratgan. Introvertlar oʼz xulq-atvorlarining ichki sabablarni aniqlashga harakat qiladi. Ular kamgap, ijtimoiy passiv, oʼzoʼzini tahlil qilishga moyil, muloqotga kirishmaydigan boʼladilar. Ekstravertlar esa oʼz nazarlarini tashqi atrofdagi olamga qaratadilar. Ular impulьsiv, muloqotga oson kirib keta oladigan va har qanday sharoitga ham osonlikcha kirishib keta oladigan boʼladilar. Psixikaning u yoki bu funktsiyasining yetakchiligiga qarab K.Yung shaxsning quyidagi tiplarini aniqlagan:
a) fikrlovchi;
b) emotsional;
v) his etuvchi;
g) intuitiv.
K. Yung tomonidan olib borilgan yuqoridagi tadqiqotlar inson psixikasini tizimli ravishda tushunishga yordam berdi.
Shaxs haqidagi anʼanaviy nazariyalardan yana biri Kurt Levin tomonidan taklif etilgan «maydon nazariyasi»dir. Nazariyaning asosiy holatlari quyidagilardan iborat. Birinchidan, subʼekt hodisalar olamini nisbiy tushunchalar
orqali tizimlashtiradi. Bu yerda dunyo asosiy xususiyatga ega boʼlgan
- yaxlitlik fenomeni sifatida tushuniladi. Bundan kelib chiqib, tashqi fizik maydon va shaxsning «psixik maydon»ini ajratishimiz mumkin. Psixik maydonda (har xil psixik valentlikka ega boʼlgan) tortuvchi va itaruvchi kuchlar mavjud.
Shaxsiy yadroni turgʼun istaklar tashkil etib, motivatsion komponentlar siljishi bilan oʼzgarib boradi. Motivlarni aniq bir obʼektlar – «hayotiy maydon»ning har xil hududlari tashkil etadi. K. Levinning «maydon nazariyasi» shaxs xulq-atvorining dinamik tizimi haqidagi kontseptsiyasini ishlab chiqishga yordam berdi. Shuningdek Levin tomonidan shaxsning guruhdagi holati, liderlik, nizolar va boshqa muammolar oʼrganilgan.
Bu nazariyalardan tashqari V. Dilteemning (1833-1911 y.) shaxsning har xil dunyoqarashlari turlari haqidagi nazariyasi ham diqqatga sazovordir.
Shaxs haqidagi bilimlarni takomillashtirishda V. Shternning (1871-1938 y.) shaxs xulosalari ham muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, anʼanaviy nazariyalar shaxs psixologiyasihaqidagi fundamental bilimlarga ega. Ularni bilish har bir insonning ichki psixik xususiyatlarini ochib berishga yordam beradi.
Shaxs haqidagi yangi nazariyalar shaxs antropologizatsiyasi va psixologizatsiyasiga taalluqli gʼoya, qarashlar va kontseptsiyalarni qamrab oladi.
Shaxs haqidagi yangi nazariyalar ichida koʼp olimlar harakatlari bilan vujudga kelgan gumanistik psixologiya yetakchi oʼrin egallaydi. Gordon Olport (1897-1967) tomonidan shaxsni tizimli oʼrganish nazariyasi taklif etilgan. Bu nazariya shaxsni rivojlanuvchi va ochiq psixofiziologik tizim sifatida koʼrib chiqishga yordam beradi.
Karl Rodjers (1902-1987) gumanistik psixologiya sardorlaridan biri boʼlib, shaxsning fundamental komponenti sifatida oʼz hayotiy kontseptsiyasi yotadi deb hisoblaydi. U «Men Kontseptsiya»ning asosiy holatlarini taklif etgan. U ishlab
chiqqan nazariyaga koʼra quyidagi holatlar muhim ahamiyatga ega: - normal insonlarning muloqoti inderektiv, yaʼni shaxsiyatga tegmaydigan, har bir insonning individual yondoshuvini hurmat qiladigan boʼlishi kerak; - shaxs markazi yoki ildizi atrofdagilar bilan oʼzaro hamkorlik natijasida shakllanadigan oʼz-oʼzini baholashga asoslanadi;
- «Men-kontseptsiyasi» organizmdagi va ijtimoiy sezgilarning kelishilgan kompozitsiyasi sifatida shakllanadi; - Shaxsning yetakchi motivi sifatida ijtimoiy muhitda tezlashadigan va tormozlanadigan «Men»ning oʼsishi hisoblanadi; «Men-kontseptsiyasi» va ideal «Men» oʼrtasidagi qarshilik insonni shaxsiy oʼsishiga olib keladi. K. Rodjers «Menkontseptsiyasi»ni rivojlantiruvchi psixologik mexanizmlarini ishlab chiqqan.
Gumanistik psixologiyaning yorqin namoyondasi Аbraxam Maslou (1907-1970) shaxs va uning namoyon boʼlish shakllarini (sevgi, ijod, maʼnaviy qadriyatlar va boshq.) tahlil qilishga oid yaxlit yondoshuvni taklif etgan. А. Maslou inson motivatsiyasining ierarxik modelini yaratgan. Ehtiyojlar shajara (piramida) siga Maslou quyidagilarni kiritadi:
1Self- actualization needs — oʼz oldiga qoʼygan maqsadlariga erishish, oʼz imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyoji;
2.Esteem needs— boshqalar tomonidan tan olinishi ehtiyoji; 3.Needs for belongingness and love— ijtimoiy aloqalar,sevilish va sevishga boʼlgan ehtiyoj;
4.Safety needs— xavsizlikka boʼlgan ehtiyoj; 5. Deficiency needs — fiziologik ehtiyojlar. Taklif etilgan kontseptsiyaga asosan shaxsni har tomonlama tahlil qilish imkoniyati mavjud. Bunda turli xil harakatlar va xulq-atvorning tabiati ochib beriladi.
Yangi nazariyalar ichida Merfi taklif etgan «Inson uch tabiatining bioijtimoiy nazariyasi» ham katta ahamiyatga ega. Merfining fikricha bu tabiatlar quyidagilarni oʼz ichiga qamrab oladi: Birinchi tabiat – inson aqlli va eng muhim hisoblangan ijtimoiy instinktga biologik mavjudotdir. Ikkinchi tabiat - insonning dunyoni idrok qilish usuli madaniyat bilan cheklanadi. Uchinchi tabiat – inson doim individual ijod qilishga intiladi. Psixologlar ichida bioijtimoiy nazariya tarafdorlari koʼp. Masalan Аyzenk shaxsning ikki oʼlchamli modelini yaratgan. Bunda shaxs psixobiologik fenomen sifatida koʼrsatilgan. Shaxsning asosiy xarakteristikalar ikki oʼlchamda aniqlanadi: «introvertlik –ekstravertlik «, «emotsional turgʼunlik – neyrotizm». Bioijtimoiy nazariyalar doirasida D. Kettel «Shaxsiy xususiyatlarning faktorlik kontseptsiyasi»ni taklif etgan. Bu kontseptsiyaga koʼra shaxsni tadqiq qilishda eng asosiysi insondagi umumlashgan va bir birini toʼldiraligan xususiyatlarni oʼrganish deb koʼrsatilgan.
Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalar psixologiyada keng koʼrsatilgan. Erik Bern (1902-1970) transakt tahlilning asoslarini ishlab chiqib, uni shaxs sifatlarini takomillashtirishda nazariy va amaliy asos deb taklif etgan. Erik Fromm (1900-1980) gumanistik va radikal-gumanistik psixoanalizga asos solgan. Djordj Gerbert Mid (1863-1931) ijtimoiy bixeviorizmni asoslab bergan. Garri Stek Salliven (1892-1949) neofreydizm doirasida «Psixoterapiyaning shaxslararo nazariyasi»ni taklif etgan. Karl Leongard «Shaxsiy aktsentuatsiyalar nazariyasi»ni ilgari surgan. U shaxs psixologiyasida manfaatlar yoʼnalganligi doirasini (egoizm, alьtruizm, manmanlik) va hissiy-irodaviy doirani (emotsiyalarning kechish jarayoni, ularning paydo boʼlish tezligi, chuqurligi, irodaning kuchli yoki kuchsizligi, qoʼzgʼaluvchanligi) ajratgan. Psixologiyada yangilik sifatida Sirs tomonidan ishlab chiqilgan va asoslangan «Interaktsiyaning diadik nazariyasi» tan olingan. Bu nazariyaga koʼra psixologik tahlilning dastlabki birligi – diad tizimdir. Bu tizim bir yoki ikki kishining mujassamlashgan harakatlarini yoritadi; shaxs faqat diad vaziyatlarda shakllanadi; shaxs xususiyatlari «diad vaziyatlarda oʼlchanishi mumkin»; har bir individ harakatlari boshqa inson xulq-atvoriga yoʼnaltirilgan boʼlib, ularga bogʼliq boʼladi. Djordj Аleksander Kelli 41905-1966) «Shaxsiy konstruktlar psixologiyasi»ni yaratgan. Ushbu kontseptsiyaga koʼra psixik jarayonlarning tashkil etilishi shaxs tomonidan kelajakdagi voqealarni koʼra bilishi («konstruktsiyalashi»)ga bogʼliq. Kellining fikricha har bir inson tadqiqotchidir. U oʼz «shaxsiy konstruktlari» orqali kelajakdagi voqealar obrazlari va farazlarini yaratadi. Ushbu farazlarning amalga oshmasligi konstruktlar tizimining oʼzgarishiga olib keladi. Bu oʼzgarishlar kelajakdagi farazlarning aniqroq boʼlishini taʼminlaydi.
Umuman olganda, shaxs haqidagi psixologik bilimlarning boyligi inson va uning xulq-atvori, faoliyati sirlarini chuqurroq oʼrganishga yordam beradi. Chet el psixologiyasi yutuqlarining inobatga olinishi shaxs haqidagi tasavvurlarimizni yanada boyitadi. Bu esa shaxsning psixologik strukturasini aniqlashga va uning produktiv rivojlanishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |