Chervyak g‘ildirak tishini eguvchi kuchlanishga hisoblash. Chervyak g‘ildirak tishining mustahkamligi chervyak o‘ramining mustahkamligiga qaraganda kichik bo‘lib, quyidagi formula orqali aniqlaniladi.
(21)
bu yerda - hisobiy egilishdagi kuchlanish;
T2 – chervyak g‘ildiragi validagi burovchi moment;
K – yuklanish koeffitsienti;
- chervyak g‘ildiragidagi aylanma kuch quyidagi formuladan topiladi,
(22)
-tish shaklining koeffitsienti, chervyak g‘ildiragidagi ekvivalent tish soniga ko‘ra (5-jadval) jadvaldan tanlanadi.
5-jadval. Chervyak g‘ildiraklari uchun tish shakli koeffitsienti.
|
28
|
30
|
35
|
40
|
45
|
50
|
65
|
80
|
100
|
150
|
|
2,43
|
2,41
|
2,32
|
2,27
|
2,22
|
2,19
|
2,12
|
2,09
|
2,08
|
2,04
|
- egilishdagi ruxsat etilgan kuchlanish 6-jadvaldan tanlanadi.
Chervyakli uzatma uchun ishlatiladigan material va ruxsat etilgan kuchlanish. Loyihalanayotgan uzatmaning ishlash sharoitini va sirpanish tezligini inobatga olgan holda chervyak va uning g‘ildiragi uchun material tanlanadi. Agar strpanish tezligi bo‘lsa, chervyak g‘ildiragi cho‘yandan, chervyak esa po‘latdan tayyorlanadi.
Sirpanish tezligi bo‘lganda chervyak g‘ildiragining asosi cho‘yandan, tish qismi (gardish) bronzadan tayyorlanilib antifriksion juft hosil qilinadi. Bunda sirpanish tezligi m/sek bo‘lsa, chervyak g‘ildiragi qalaysiz bronzadan (Br A9 JZL, Br AYUJ CHNUL), sirpanish tezligi m/s bo‘lganda antifriksion xossalari yuqori bo‘lgan qalay–fosfor va qalay–rux-qo‘rg‘oshin qotishmali bronza (Br O10 F1, Br O10 N1 F1 va Br O5 S5 S5) dan tayyorlanadi.
Bronza deb - misning qalay, alyuminiy, kremniy, nikel va boshqa elementlar bilan qotishmalariga aytiladi.
Misning ruxli qotishmasiga latun deyiladi.
Qalayli bronzadan tayyorlangan chervyak g‘ildiraklarda sirpanish tezligi gacha bo‘ladi. Qalaysiz bronza, qalayli bronzaga qaraganda tannarxi arzon, mexanik xossali yuqori, lekin antifriksion xossalari uncha yuqori bo‘lmaydi. Qalaysiz bronzadan bo‘lgan chervyak g‘ildiragidagi sirpanish tezligi alohida hollarda 7-10 m/s bo’lishiga ruxsat etiladi. Bunda po‘latdan tayyorlangan shlifovka yoki polirovka qilingan chervyakning ishchi yuza qattiqligi HRC 45 (toblash natijasida HRC 45-50, toblash va sementatsiyalash natijasida HRC 56-62) dan kichik bo’lmasligi kerak.
Chervyakni tayyorlash uchun o‘rta uglerodli konstruktiv po‘lat (stal 45, 50 st 45, st 50) va turli markali ligerlangan po‘lat (st 12XN3A, st15X, st 20X, st 20XNZA), hamda sementatsiyalangan, so‘ngra toblangan yoki yaxshilangan (st40X, st40XN, st30XGS, st35XM markali) po‘lat qo‘llaniladi.
Chervyakli termik va termikkimyoviy ishlov berib, uning qattiqligini HRC 45 dan katta va ishchi yuzasini shlifovka yoki polirovka qilib, chervyak jufti uchun ruxsat etilgan kuchlanishni oshirish imkoniyati (6-jadvalda) berilgan. Chervyak g‘ildirak materiali uchun asosiy ruxsat etilgan kontakt egilishdagi kuchlanish, MPa. Mexanik xarakteristikasi
Kontakt va egilishdagi ruxsat etilgan kuchlanishning hisobiy qiymati, jadvaliy qiymatini uzoq ishlash muddatini hisobga oluvchi koeffitsientga ko‘paytmasiga teng, ya’ni
(23)
ning qiymati chervyak g‘ildirak gubchagi bronzadan bo‘lganda quyidagi formula orqali aniqlaniladi
(24)
bu erda kuchlanish o‘zgarish sikllar sonining yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |