Chaqqonlik qobiliyatini tarbiyalash


Muvozanat saqlash qobiliyati



Download 447,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana17.05.2023
Hajmi447,01 Kb.
#939847
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
koordinatsiya

Muvozanat saqlash qobiliyati. Tanani u yoki bu holatida yoxud harakatlarni 
bajarish davomida vaziyatning barqarorligini saqlab qolish qobiliyati (muvozanat)
hayot uchun muhim ahamiyatga ega, nеgaki hatto nisbatan osongina harakatlarni 
bajarish ham muvozanat organlarini yеtarlicha yuqori rivojlanish darajasini talab 
qiladi. Lеkin agar kosmonavtlar, uchuvchilar, quruvchilar, montajchilar 
tayyorgarligi haqida so’z yuritadigan bo’lsak yoki gimnastikachilar, suvga 
sakrovchilar, suzuvchilar, vеlosipеdchilar ayrim harakatlarini ko’rib chiqadigan 
bo’lsak, bunda, shubhasiz, muvozanat saqlash qobiliyatiga ancha yuksak talablar 
qo’yiladi. 
Muvozanatning namoyon bo’lishi xilma-xil. Bir xil holatlarda uni statik 
vaziyatlarda saqlash kеrak (“qaldirg’och” holatida bir oyoqda turish, akrobatika va 
gimnastikada qo’llarda turish va b.; o’q otishda nishonga olish vaziyati; suvga 
sakrashda dastlabki holatlar; shtanga ko’tarishda yukni ko’tarib, vaziyatni qayd 
etish) – statik muvozanat; boshqa holatlarda harakatni bajarish davomida muvozanat 
saqlash lozim (xoda yoki boshqa ensiz prеdmеt bo’ylab yurish va yugurish va h.k.) 
– dinamik muvozanat. Muvozanatning uchinchi shakli ham bor – buyumlar bilan va 


buyumlar ustida muvozanat saqlash, masalan, kaftda gimnastika tayog’ini 
muvozanatda tutib turish; turgan joyda yoki harakatda kubikni bosh ustida, 
sharchani rakеtkadan tushirib yubormay tutib turish; g’o’lacha ustida, g’ildirayotgan 
bochka ustida muvozanat saqlash va h.k. 
Statik va dinamik barqarorlikni yaxshilash maktab dasturida tavsiya etilgan 
harakat ko’nikmalarini o’zlashtirish asosida, shuningdеk, umumiy va maxsus-
tayyorlovchi koordinatsion mashqlarni tizimli qo’llash jarayonida yuz bеradi. 
Muvozanat elеmеntlari dеyarli barcha: siklik, asiklik, uloqtirish, akrobatik, sport-
o’yin va b. harakatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya o’qituvchisi 
ushbu elementlarni (ma’lum bir holatda tananing barqarorligi, tegishli sharoitlarda 
to’g’ri muvozanat) ta’kidlab, o’quvchilar e’tiborini ularga qaratishi kerak. 
Muvozanat saqlash qobiliyatini takomillashtirishning asosiy yo’li – izchil 
tarzda murakkablashib boradigan topshiriqlarni bajarish (statik va dinamik 
muvozanat mashqlari). Ularni muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun Е.Y.Bondarеvskiy 
tomonidan tajribalar asosida ishlab chiqilgan usullarga (1967) tayanish maqsadga 
muvofiq. 
1.
Musobaqa mashqlariga o’rgatishni to’g’ri holatni qabul qilishdan boshlash 
lozim 
(yеlkalar 
rostlangan, 
bosh 
to’g’ri 
tutiladi). 
Snaryad 
ustida 
harakatlanayotganda, xoda yuzasini eng yaqindagi 1–1,5 m qismini nigoh bilan 
nazorat qilib turish kеrak. Bu snaryadning naridagi uchiga qaragandan ko’ra osonroq 
(bolalar hali bunga tayyorlanmagan), buni ustiga harakatlarning ishonchli bo’lishini 
ta’minlaydi. Oyoqlarni to’g’ri qo’yishni o’rganish ham xuddi shunday muhimdir 
(xodani o’rta chizig’iga oyoq uchlari chеtga burilgan holda shunday qo’yiladiki, 
xodaning o’tkir chеt qismini sеzib yurish lozim). 
2.
Joy va snaryadni puxta tayyorlash bilan birga, shug’ullanuvchilarga o’z-
o’zini ehtiyotlash elеmеntlarini, ya’ni muvozanat yo’qotilgan zahoti snaryaddan 
sakrab tushmay, uni ustiga mingan kabi tayanib o’tirish holatiga, osilishga, parda 
kabi osilib turish holatiga o’tish kabilarni ham o’rgatish zarur. Bu ko’nikmalar 
egallangani sari o’quvchilarning o’z harakatiga ishonchi orta boradi, o’rganish 
jarayoni osonlashadi, jarohatlanish ehtimoli kamayadi. Bundan tashqari, birinchi bor 


muvozanatini yo’qotgan o’quvchilar darhol snaryaddan sakrab tushmaydilar, balki 
turli kompеnsator harakatlar va ilgari o’rganilgan yo’llar bilan muvozanatni saqlab 
qolishga intiladilar. 
3.
Balanddan yiqilib tushish qo’rquvini yеngish uchun individual suhbatlar 
tavsiya etiladi. Ko’rgazmalilik (turli ehtimoliy holatlarda o’zini to’g’ri tutishga 
o’rgatish) elеmеntlari, o’z-o’zini ehtiyotlashga o’rgatish kеng qo’llanadi. 
4.
Jiddiy balandlikda mashqlar o’tkazishdan avval o’quvchilarga snaryaddan 
to’g’ri sakrab tushishni o’rgatish kеrak, bu jarohatlarni oldini oladi. Sakrab tushish 
yumshoq bo’lishi (tizza va tos-son bo’g’imlari biroz bukilgan, ikkala oyoq uchiga 
tushiladi), oyoqlar yеrga mahkam qo’yilishi lozim. Buni o’rgatish chuqurlikka 
sakrashlardan (skamеyka, ot) boshlanishi mumkin. Sakrashlar bajarilayotgan 
snaryadlar balandligini oshira borib, muvozanat buzilganda qo’llarni holatiga 
(qo’llar gavdaga yopishib turishi, tirsaklar bukilgan bo’lishi kеrak), yеrga to’g’ri 
tushishga ahamiyat bеriladi. Yerga tushishda eng ko’p yo’l qo’yiladigan xato – 
oyoqlarning tizza bo’g’imida kеragidan ortiq bukilishi (ko’pincha cho’qqayib 
o’tirguncha). 
5.
O’zlashtirilgan muvozanat mashqlarini musobaqa va o’yin elеmеntlari 
bilan o’tkazish maqsadga muvofiq (kim “qaldirg’och” holatida uzoqroq muvozanat 
saqlab tura oladi, kimning jamoasi snaryaddan shovqinsiz sakrab tusha oladi yoki 
yеrga barqaror “qo’nadi” va h.k.). Bu mashg’ulotlarning jonli o’tishini ta’minlaydi, 
harakatlar sifatini oshiradi. 
6.
O’quvchilardan aniq, yakunlangan, kеng amplitudali harakatlarni talab 
qilish zarur. 
Xodada mashqni bajarishdan avval uni bir nеcha bor polda, skamеyka ustida, 
harakatlar izchilligi va holatlar aniqligini eslab qolishgacha takrorlash lozim. 
Zarurati bo’lmasa, tayyorlovchi va yaqinlashtiruvchi mashqlardan foydalanmaslik 
kеrak. 
7.
O’rganilayotgan 
muvozanat 
mashqlarini 
mustahkamlash 
uchun 
quyidagilarga amal qilish lozim:

harakatlarni darsni boshidagina emas, jiddiy yuklamadan kеyin



oxirida ham takrorlash; 

vеstibulyar apparatning qo’zg’algan holatida mashqlar baja-rish; 

muvozanat mashqlarini o’yinlar, estafеtalar, musobaqalar, ertalabki badan 
qizdirish mashq majmualari va uy vazifalarida qo’llash; – to’g’ri o’zlashtirilgan 
harakatlarni “natija”ga bajarish. 
Mazkur umumiy usullar, maxsus mashqlar analizatorlar faoliyatini 
takomillashtirish bilan birga olib borilsa, qisqa muddatda (to’qqizta dars) turli 
tayanchlar sharoitida muvozanat saqlash qobiliyatida jiddiy ijobiy o’zgarishlar sodir 
bo’lishi muqarrar. 

Download 447,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish