Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fani O‘zbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq tashkil etilib, olib boriladi


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi



Download 4,96 Mb.
bet44/145
Sana22.07.2022
Hajmi4,96 Mb.
#837778
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145
Bog'liq
10-синф

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
II.Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.


IX.Yangi mavzu bayoni:
Jangovar vazifani o‘tayotgan qorovul tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
qorovul boshlig‘i, post va almashuvi soni bo‘yicha qorovullar, tarqatuvchi, zarurat tug‘ilsa, qorovul boshlig‘i yordamchisi, qorovul boshlig‘ining texnik vositalar bilan qo‘riqlash bo‘yicha yordamchisi (operator) yoki operatorlar smenasi (uch, to‘rt kishi, ulardan bittasini qorovul boshlig‘ining texnik vositalar bilan qo‘riqlash bo‘yicha yordamchisi etib tayinlash mumkin, qorovul boshlig‘ining qo‘riqchi itlar xizmati bo‘yicha yordamchisi va transport vositalari haydovchilari).
Birlashmalar, undan yuqori shtab va boshqarma punktlarini, shuningdek, muassasalarni qo‘riqlash bo‘yicha qorovullar safida yuqorida sanalgan shaxslardan tashqari, nazorat o‘tkazish postlari qorovullari, gauptvaxtadagi qorovul safida esa tashqariga chiqaruvchi bo‘ladi. Obyektlarni bevosita qo‘riqlash va himoya qilish uchun qorovullar safidan soqchilar chiqariladi.
Soqchiga yordam berish zarurati tug‘ilganda, har bir qorovulxonada sergaklardan va dam olayotganlardan zaxira guruhi tuziladi. Ular qorovulning «Qurollan» degan chaqirig‘ini eshitishi bilan qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi yoki tarqatuvchi rahbarligida tartib buzilgan joyga yetib boradi hamda vaziyatga qarab ish ko‘radi. Bunday guruhlarni tartib buzilgan joyga zudlik bilan yetkazish zarur bo‘lgan paytlarda ular transport vositasi bilan, ayrim hollarda esa zirhli transportyor (jangovar mashina)lar bilan ta’minlanadilar. Qorovul shaxsiy tarkibi qorovul kiyimida (1-ilova) bo‘lishi lozim. Ular otishga yaroqli nayza-pichoqli avtomat yoki nayzali karabin bilan, qorovul boshlig‘i va uning yordamchilari shtatlar bo‘yicha qurollanadilar. Qorovul xizmatini o‘tayotganlar jangovar patronlar bilan ta’minlanadilar: har bir to‘pponcha va avtomatga — ikkitadan to‘ldirilgan o‘qdon; har bir karabinga — o‘ttizta patron solingan bitta oboyma. Garnizon boshliqlari yoki harbiy qism komandirlarining buyrug‘i bilan qorovullarning har biri pulemyot, uchta to‘ldirilgan o‘qdoni bilan va har bir qorovulga ikkitadan granata berilishi mumkin. Qorovul shaxsiy tarkibiga o‘q-dorilar, to‘pponcha bilan qurollanganlardan tashqari, qorovullik o‘quv maydonchasidagi amaliy mashg‘ulotdan so‘ng beriladi.



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish