c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Kundalik naryad harbiy qismning ichki tartib-intizomini saqlash, shaxsiy tarkibni qurol-aslahasi, harbiy texnikasi, o‘q-dorilari, inshootlariva mulkini qo‘riqlash bo‘linmalarida ishlarning holatini nazorat qilish hamda huquqbuzarliklardan ogohlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilishi, shuningdek, ichki xizmat bo‘yicha boshqa majburiyatlarni bajarish uchun belgilanadi. Vzvodning kundalik naryadiga navbatchi va posbonlar tayinlanadilar. Posbonlarning almashinishi va ularning soni brigada komandiri tomonidan ko‘rib chiqiladi. Kundalik naryadning shaxsiy tarkibi kun tartibida ko‘rsatilgan soatda xizmat o‘rnini egallaydigan, 3 soat oldin qorovul o‘rnini egallaganda esa, kamida 4 soat oldin xizmatni o‘tashga tayyorgarlik ko‘rishi, shu jumladan, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish kamida 1 soatdan dam olish (uxlash) uchun berilishi shart. Navbatchi va posbonlar nayza-pichoq bilan qurollanadi. Navbatchi serjantlardan, istisno tarzida hammadan ko‘ra yaxshi tayyorlangan askarlar orasidan tayinlanadi. U vzvodda kun tartibining aniq bajarilishi va ichki tartibga rioya qilinishi, qurollar, o‘q-dorili qutilar, vzvod mulki, askar va serjantlarning shaxsiy buyumlari saqlanishi va posbonlar xizmatni to‘g‘ri o‘tashi uchun javob beradi. Navbatchi brigada bo‘yicha navbatchiga, uning yordamchisiga, vzvoddagi ichki xizmat yo‘sinida esa, vzvod komandiriga, vzvod starshinasiga bo‘ysunadi. Navbatchida metalldan tayyorlangan ko‘krak nishoni yoki chap qo‘lida nimqattiq matodan yengbog‘ich bo‘lib, unda «Vzvod bo‘yicha navbatchi» yozuvi bo‘lishi kerak.
Vzvod bo‘yicha posbonning majburiyatlari
Vzvod bo‘yicha posbon askarlardan tayinlanadi. Uning muhofazasida bo‘lgan qurollar, to‘plangan javonlar (qutilar), o‘q-dori qutilari, vzvod mulki, askar va serjantlarning shaxsiy buyumlari saqlanishi uchun javob beradi. Vzvod bo‘yicha navbatchiga bo‘ysunadi.Navbatchilikdagi vzvod posboni quyidagilarni bajarishga majbur: vzvod bo‘yicha navbatchining ruxsatisiz vzvod xonasidan hech qayoqqa jilmaslikka, qurol saqlash xonasini doimiy kuzatib turishga, begona kishilarni xonaga o‘tkazmaslik, shuningdek, kazarmadan vzvod bo‘yicha navbatchini olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslikka, vzvoddagi barcha ko‘ngilsiz hodisalar, vzvod askarlari yoxud serjantlari o‘rtasida o‘zaro munosa batlarning nizomlarda belgilangan qoidalari buzilishlari to‘g‘risida vzvod bo‘yicha navbatchiga zudlik bilan bildirish; ularni bartaraf etish uchun choralar ko‘rish; shaxsiy tarkibni umumiy uyg‘otish paytida, shuningdek, trevoga paytida yoxud yong‘in bo‘lganda uyg‘otish; kun tartibiga muvofiq, buyruqlarni o‘z vaqtida berishga; xonalarda ozodalik va tartibni nazorat qilib turish, xizmatchilardan ularga rioya qilishni talab etish, harbiy xizmatchilar faqat ajratilgan xonalar yoxud joylarda chekishlariga,poyabzal va kiyimni tozalashlariga ko‘z-quloq bo‘lib turishga, vzvod komandiri va undan yuqori, to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlar va brigada bo‘yicha navbatchi kelganda, «Rostlan» komandasini berish; vzvodning boshqa ofitserlari, shuningdek, vzvod starshinasi va o‘z vzvodidan bo‘lmagan harbiy xizmatchilar vzvodga kelishi bilan navbatchini chaqirishga majbur. Masalan, navbatdagi posbonga o‘tirish, qurol-aslahalarini yechish hamda kiyimining tugmasini yechish man etiladi. Bo‘sh turgan smena posbonni vzvod xonalarida ozodalik va tartibni saqlashga hamda vzvod bo‘yicha navbatchining ruxsatisiz hech qayoqqa jilmaslikka, vzvod askarlari yoxud serjantlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning harbiy nizomlarda belgilangan qoidalari buzilgan hollarda bo‘sh posbon tartib o‘rnatishga yordam berish; vzvod bo‘yicha navbatchi o‘rnida qolganda, uning vazifalarini bajarishga majburdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |