v) rivojlantiruvchi:____________________________________
____________________________________________________
II.Darsning turi: nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kompyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
2
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
10
|
Yangi mavzuni yoritish
|
15
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
14
|
Darsni yakunlash
|
2
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
2
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Har bir askar:
guruhning, o‘z seksiyasi (tanki)ning va o‘zining jangovar vazifalarini bilishga;
dushman tanklarining, boshqa zirhlangan mashinalar va tankka qarshi vositalarning jangovar imkoniyatlarini, ularning kuchli va zaif tomonlarini, ayniqsa, eng zaif joyini bilishga;
istehkom inshootlarining jihozlash hajmi va jihozlash tartibini doimo kuzatib borishga, dushmanni o‘z vaqtida topib olishga va darhol bu haqda komandirga bildiruv berishga;
hujumda qat’iyat va qo‘rqmasdan harakatlanishga, mudofaada bardam va tirishqoq bo‘lishga, dushmanni barcha usul va vositalar bilan yo‘q qilishga, jangda matonat, zukkolik ko‘rsatishga, o‘rtog‘iga yordam berishga;
joydan, individual himoya vositalaridan va mashinaning himoya xususiyatlaridan mohirona foydalanishga; okop va pana joylarni tezda jihozlashni bilishga, niqoblanishni amalga oshirishga, to‘siq-g‘ovlardan va zaharlangan joylardan o‘ta olishga, tankka qarshi minalarni o‘rnatish va chiqarib olishni bilishga; maxsus ishlov berishni o‘tkazishni bilishga;
havodagi dushmanni tanib olishga va uning samolyotlari, vertolyotlari va boshqa nishonlarga o‘qotar qurollardan o‘t ochishni bilishga, ularning eng zaif qismlarini bilishga;
jangda komandirini himoyalashga, agarda u jarohat olsa yoki halok bo‘lsa, qo‘rqmasdan bo‘linma qo‘mondonligini o‘ziga olishga;
jangda komandirning ruxsatisiz o‘z joyini tashlab ketmaslikka, jarohatlanganda yoki radioaktiv zaharli moddalar, bakterial (biologik) vositalar hamda yondiruvchi qurol bilan zararlanganda, o‘ziga va o‘zaro
yordam chora-tadbirlarini ko‘rishga hamda vazifani bajarishni davom etishga; agar tibbiy punktga jo‘nash buyurilgan bo‘lsa, o‘zi bilan shaxsiy qurolini olishga; tibbiy punktga borishga iloji bo‘lmaganda, quroli bilan pana joyga o‘rmalab borib, sanitarlarni kutishga;
o‘q-dorilar, BMP (BTR) va tank yonilg‘ilari sarfini kuzatib turishga, o‘z vaqtida komandiriga o‘q-dorilar va yonilg‘i zaxirasi bo‘yicha bildiruv berishga;
BMP (BTR), tank buzilganda, ularni tuzatish chora-tadbirlarini ko‘rishga majburdir.
Askarning shaxsiy quroli va anjomlari
Hujumda, mudofaada, to‘qnashuv jangida jangovar harakatlarni muvaffaqiyatli olib borishda hamda maxsus harbiy harakatlarni bajarishda, har bir askar o‘z shaxsiy quroliga ega bo‘lishi kerak. Shtatdagi mansabiga qarab, guruhda har bir harbiy xizmatchi o‘zining qurol turiga ega. Guruh komandirining o‘rinbosari — serjant, qoidaga binoan, AK-74 avtomati bilan qurollanadi, guruh mergani SVD merganlik miltig‘i bilan, guruh pulemyotchisi RPK-74 pulemyoti yoki PMK bilan, avtomatchilar AK-74 bilan, mexanik-haydovchi, BMP mo‘ljalchi-operatori PM pistoleti (AKS — yig‘iladigan metall qo‘ndoqli avtomatlar bilan ham) qurollanishi mumkin, haydovchi, BÒR mo‘ljalchisi AK-74 avtomati bilan qurollanadi. Shtatdagi mansabiga qarab, guruhning shaxsiy tarkibi har xil anjomga ega. Qoidaga ko‘ra, BTR-70, BTR-80 bronetransportyorida harakatlanuvchi guruh bir xil anjomga ega. Ular harbiy xizmatchi muvaffaqiyatli harbiy harakatlar olib borishi uchun mo‘ljallangan. Har bir harbiy xizmatchi granata uchun sumka, magazin uchun sumka, flajka suvi bilan, kichkina sapyor belkuragi, g‘ilofi bo‘lgan aslahaga ega.
Anjom xaltasida quyidagi asbob-anjomlar bo‘ladi: umumqo‘shin saqlash to‘plami, plash-palatka, qozoncha, krujka, qoshiq, shaxsiy gigiyena buyumlari, oyoq kiyimini tozalash vositalari, yoritgich, yozuv daftari, xat uchun konvertlar, qishki yoki yozgi kiyimlar, quruq payok, tibbiy dorilar to‘plami. Serjantlar uchun qo‘shimcha va majburiy holatda aslaha to‘plamida: serjant sumkasi, uning tarkibida kompas, ofitserlik chizg‘ichi, flomasterlar va qalamlar to‘plami, yozuv daftari (bloknot), o‘chirg‘ich, yig‘iluvchi
pichoqcha, sirkul-o‘lchagich, kurvimetr bo‘ladi. Motoo‘qchi seksiyasi motoo‘qchi guruhi tarkibiga kirib, u seksiya komandiri — serjant, granatomyotchi, uning yordamchisi, pulemyotchi, o‘qchi, mexanik-haydovchi, mo‘ljalga oluvchi-operatordan iborat. Barcha shaxsiy tarkib — yetti kishi. Qurol-aslahasi: BMP (BTR) — 1 ta, RPG-7 — 1 ta, RPK-74 (PK) — 1 ta, qolgan shaxsiy tarkib AK-74 avtomati bilan qurollangan. Motoo‘qchi seksiya front bo‘yicha 80 metrgacha bo‘lgan pozitsiyani mudofaa qilishi mumkin. Bunda u asosiy va zaxira (vaqtinchalik) o‘t ochish vositalari uchun pozitsiyalarga ega. Bu qo‘shni seksiyalar bilan birgalikda guruhning tayanch punkti qanotlari va front oldida dushmanni o‘t ochib, yo‘q qilish imkonini beradi. Motoo‘qchi bo‘linmalar quyidagi o‘qotar qurollar turiga ega: AK-74,
Kalashnikov qo‘l pulemyoti (RPK-74), Kalashnikov pulemyoti (PK), SVD merganlik miltig‘i va PM pistoletlari. Qurollanishda tankka qarshi RPG-7 (RPG-7D) qo‘l granatomyotlari bo‘lishi mumkin. 7,62 mm.li Kalashnikov (PK) pulemyoti otishda qulayligi uchun tirgakka ega. Lentali quti sig‘imi—100 yoki 200 (250) patronni tashkil etadi. Taktik-texnik tavsifi. Otishning mo‘ljalga olish masofasi — 1500 m,
to‘g‘ridan to‘g‘ri otish uzoqligi: ko‘krak qiyofali nishon bo‘yicha — 400 m, yuguruvchi nishon bo‘yicha — 650 m, jangovar tezotarligi daqiqasiga — 250 ta.Mo‘ljallab otish uzoqligi—500 m, jangovar tezotarligi daqiqasiga 4—6 ta.Optik mo‘ljallagichga ega granatomyotning og‘irligi: RPG-7 — 6,3 kg,
o‘q-dorisining (granata porox zaryadi bilan) og‘irligi PG-7V — 2,2 kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |