Organizmning charchashi ikki xil bo’ladi:
- tez charchash, bu ishga ko’nikma hosil qilinmaganda yoki og’ir jismoniy
ish bajarishdan kelib chiqadi. Bunday charchash ish tugagandan so’ng tezda o’tib
ketadi.
-sekin-asta rivojlanib boruvchi charchash, mehnat qobiliyatining asta-sekin
pasayishiga olib keladi.
Bu xil charchash uzoq vaqt va hamisha bir xil (monoton) ishlarni bajarish natijasida yuzaga kelib, kishi organizmiga putur yetkazadi. Ish joylaridagi mikroiqlim omillarni – harorat, nisbiy namlik, havo harakatining tezligi hamda atmosfera bosimi tashkil etadi. Bunday muhit kishi organizmiga salbiy ta’sir qilib, uni sovutib yoki qizitib yuboradi.
Bundan tashqari organizmdan chiqadigan issiqlik kishi bajarayotgan ishning jadalligiga ham bog’liq. Kishi organizmining me’yoriy harorati 36,5o C bo’ladi. Organizm o’zi uchun zarur bo’lgan haroratni ta’minlab turish qobiliyatiga ega. Organizmning bu hususiyati “haroratni rostlash” deyiladi. Masalan, biz sovuq qotsak qaltiraymiz, bu muskullarning ish bajarishi natijasida energiya chiqarishidir. Qizib ketsak, terlaymiz, bu ortiqcha issiqlikni tashqi muhitga berish va shu orqali organism haroratini ma’lum miqdorda saqlab turishdir. Ma’lum og’irlikdagi jismoniy mehnat bilan band bo’lgan kishi o’zini yaxshi his qilishi, ya’ni u qizib ketmasligi, yoki sovqotmasligi uchun mikroiqlim sharoitlari ma’lum darajada bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lishi kerak. Bu sharoitlarni yaratish San Pin № 0065-93. “Atmosfera havosini muhofaza qilish ” bilan belgilanadi.
Qog’ozni qayta ishlash korxonalarini shamollatish.
Korxona havosini tabiiy yo’l bilan shamollatishdan tashqari, ichkaridagi havo harakatining farqi hisobiga yoki binoni aylanib o’tayotgan shamolning statik bosimining o’zgarishi hisobiga bo’ladi. Agar havoni almashtirish binodagi qurilish konstruktsiyalarining nozichligi, darcha yoki teshiklar orqali amalga oshsa, bunday shamollatish – tabiiy shamollatish deb ataladi. Agarda shamollatish uchun maxsus tuynuk va deflektorlar o’rnatilgan bo’lsa, bunday shamollatish aeratsiya deb ataladi. Tabiiy shamollatish ob-havo sharoitiga bog’liq. Issiqlik ko’p miqdorda ajralib chiqqanda, korxona havosini sun’iy yoki mexanik usulda shamollatiladi. Mexanik shamollatish ventilyatorlar bilan amalga oshiriladi. Ventilyatorlar asosan ikki xil bo’ladi: markazdan qochma va o’q bo’ylab yo’nalgan. Ular o’z navbatida hosil qiladigan bosimiga qarab: past bosimli – 1000 N/m2 gacha, o’rta bosimli – 3000 N/m2 gacha va yuqori bosimli – 12000 N/m2 gacha bo’linadi. Qog’oz sanoati sexlarida toza havoni almashtirishda asosan past va o’rta bosimli ventilyatorlar ishlatiladi. Changli havoni yoki qog’oz, qipiq va boshqa havo transporti vositalarida tashishda o’rta va yuqori bosimli ventilyatorlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |