O‘ynoqi maymunlar oilasi
O‘ynoqi maymunlar oilasiga mansub individlar juda kichik gavdali. Eng yirigi arslon o‘ynoqi maymuni bo‘lib, gavda hajmi 450 - 550 gr. Gavdasining uzunligi 22 - 37sm, dumi esa 30 - 36sm. O‘ynoqi maymunlar ba’zan olmaxonsimon maymunlar ham deb ataladi. Bu maymunlarning barmoqlari yon tomon bukilgan, tirnoqlari o‘tkir. Orqa oyoqlari oldingi oyoqlarga nisbatan uzun. Dumi uzun mayin yungli. Ko‘zlari katta, yuzi qisman yungsiz. Ular Amazonka daryosini janubida, Braziliyaning seryomg‘ir ekvatorial o‘rmonlarida yashaydi. Doimo daraxtdan daraxtga o‘tib hayot kechiradi.
Arslon o‘ynoqi maymuni
Tungi maymunlar yoki durukul maymunlar tunda hayot kechiruvchi yagona maymun avlodi hisoblanadi va u bitta turdan iborat. Uch yo‘l yungli durukul maymuni Markaziy va Janubiy Amerikaning Parana va Paragvay daryolari tutashgan joylardagi o‘rmonlarda yashaydilar. Ular mushukka o‘xshash, gavda og‘irligi 800 - 1200 gr, dumi 22- 42 sm gavda uzunligi 24 - 47sm mayin yungli.
Kechasi ular ovoz chiqarmasdan harakatlanadilar. Bu ularning ov qilishida ko‘mak beradi. Ular kichik qushlar, ko‘rshapalaklar va hasharotlarni ov qiladilar. O‘simliklar mevalari va barglari bilan ham ovqatlanadilar, deyarli suv ichmaydilar va shudring bilan qanoatlanadilar. Kunduzi daraxtlarning kovaklariga kirib uxlaydilar. Ota – ona bolalari bilan birga oila bo‘lib yashaydilar.
Sakrovchi maymunlar
Sakrovchi maymunlar yoki titilar Braziliya, Peru, Boliviya, Paragvay, Ekvador va Kolumbiyadagi daryolar yaqin joylarda baland va past daraxtlarda yashaydilar. Yerga kamdan - kam tushadilar.
Sakrovchi maymunlarning gavda tuzilishi durukullarga o‘xshash, lekin burun katagi kengligi va uzunligi bilan hamda ularga nisbatan ko‘zining kichikligi bilan farqlanadi.
Revun maymunlari Amerikadagi eng yirik maymun hisoblanadi. Uning hajmi katta itdek 5700 - 7400gr, gavda uzunligi 37 - 72sm. Dumi esa 49 - 75 sm. Urg‘ochisi maydaroq. Revunlar daraxtlarda yashaydi, ahyon - ahyonda yerga tushadi, ular daraxtlardan - daraxtlarga sakrab o‘tadi. Dumi, oldingi qo‘llari yordamida daraxtlarda osilgan holda bo‘ladilar. Tana yunglari uzun, har xil rangda. Qo‘llari yungsiz, burun kataklari o‘zaro yaqin. Oldingi va keyingi oyoqlari deyarli teng. Yunglari qizil - kulrang va boshqa ranglarda. Yil davomida ko‘payadilar. Lekin bitta, ba’zan ikkita bola tug‘adi. 2-3 yoshda jinsiy balog‘atga yetadilar. Erta tongda faol bo‘ladilar. Ularning ovozlari cho‘chqaning xirrilashi yoki yaguarning qichqirishiga o‘xshash bo‘ladi.
Revun
Do'stlaringiz bilan baham: |