Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


-rasm. Moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/34
Sana28.09.2021
Hajmi0,64 Mb.
#188285
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

2-rasm. Moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning 

umumiy kontseptsiyasi

11

 

                                                           

10

 

«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, 9-modda. 2000 y. 26 



may.

 

11



 

Fayziev Sh., Do’stmuratov R. Investitsiyalar auditi va baholash: O’quv qo’llanma. – T.: TMI. 

2006. – 110 b. . 

 

Auditni  



o’tkazish 

kontseptsiyasi 

Auditorlik qoidalari 

(postulatlar) 

Auditorlik faoliyati 

standartlari 

Axloqiy  

me’yorlar 

Malakaviy majburiyatlar 

Yuqori malakaviy 

tayyorgarlik 

Ishonchlilik 

Manfaatlar to’qnashuvi 

ehtimoli 

Auditorlik faoliyatining  

bir xilligi 

Ichki nazorat va uning 

ishonchliligi 

O’tgan hisobot davridagi 

ma’lumotlarning kelgusida 

ishonchliligi 

Auditor  

malakasi 

Yuqori malakaviy 

tayyorgarlik 

Rejalashtirish va nazorat 

Mustaqillik 

Mustaqillik 

Ichki nazorat tizimi 

tuzilishi bilan tanishish 

To’liq, muhim  

 va ishonchli ma’lumotlar 



21 

Bu  chizmadan  ko’rinib  turibdiki,  unda  moliyaviy  hisobotni  auditorlik 

tekshiruvidan o’tkazishning umumiy kontseptsiyasi audit o’tkazish kontseptsiyasi, 

auditorlik qoidalari (postulatlar) va auditorlik faoliyati standartlari kabilarga ajratib 

ko’rsatilgan. 

Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda  savdo  korxonalarida  tashqi 

auditorlik tekshiruvining asosiy vazifasini quyidagi tartibda belgilash mumkin: 

Bu  chizmadan  ko’rinib  turibdiki,  unda  moliyaviy  hisobotni  auditorlik 

tekshiruvidan o’tkazishning umumiy kontseptsiyasi audit o’tkazish kontseptsiyasi, 

auditorlik qoidalari (postulatlar) va auditorlik faoliyati standartlari kabilarga ajratib 

ko’rsatilgan. 

Bu chizmadan ko’rinib turibdiki, unda moliyaviy hisobotni auditorlik 

tekshiruvidan o’tkazishning umumiy kontseptsiyasi audit o’tkazish kontseptsiyasi, 

auditorlik qoidalari (postulatlar) va auditorlik faoliyati standartlari kabilarga ajratib 

ko’rsatilgan. 

Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda  savdo  korxonalarida  tashqi 

auditorlik tekshiruvining asosiy vazifasini quyidagi tartibda belgilash mumkin: 

  savdo  korxonasida  amaldagi  qonunchilik  hujjatlariga  rioya  qilinishini 



tekshirish; 

 



savdo  muomalalarini  buxgalteriya  hisobi  schetlarida  to’g’ri  aks 

ettirilganligini tekshirish; 

  savdo korxonasida amalga oshirilgan hisob-kitoblarning aniqligini tahlil 



qilish; 

  moddiy,  moliyaviy  resurslardan  oqilona  foydalanilishini  tekshiruvdan 



o’tkazish; 

   ulgurji  va  chakana  savdo  muomalalarini  moliyaviy  hisobot  shakllarida 



aks ettirilganligini tekshirish va h.k. 

Savdo  korxonalarida  tashqi  auditorlik  tekshiruvini  o’tkazishda  auditorlik 

standartlari  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Savdo  korxonalarida  auditorlik 

tekshiruvining  uslubiy  asoslari  quyidagilardan  iborat  bo’lishi  maqsadga  muvofiq 

deb hisoblaymiz: 



22 

  ulgurji  va  chakana  savdo  korxonalarida  audit  xizmatini  rejalashtirish 



hamda ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan audit dasturini tuzish; 

  savdo korxonalarida auditorlik tekshiruvi usullaridan samarali foydalanish 



yo’nalishlarini ishlab chiqish; 

  auditorlik tekshiruvini kompyuterlashtirish yo’nalishlarini belgilash; 



  auditorlik  amallari  va  auditorlik  dalillarini  to’plashning  umumiy  tartibini 

belgilash; 

  tekshiruv  natijalari  bo’yicha  auditorlik  hisoboti  va  auditorlik  xulosasini 



tayyorlash; 

  audit  natijalariga  asoslangan  holda  savdo  korxonasini  istiqbolli 



rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 

Ta’kidlaganimizdek,  bozor  munosabatlari  sharoitida  savdo  korxonalarining 

iqtisodiy samaradorligini oshirish ularda audit o’tkazish usullarini to’g’ri tanlashga 

bevosita bog’liq. 

Savdo  korxonasining  moliyaviy-xo’jalik  faoliyatini  to’liq  tekshirish  ko’p 

vaqt  va  mehnat  talab  qiladi.  Ammo,  auditorlik  tartib-qoidalariga  ko’ra,  auditor 

mijoz  korxona  moliyaviy  hisobotining  ishonchligiga  to’liq  ishonch  hosil  qilishi 

lozim.    Amaliyotda  ba’zi  hollarda  auditor  tekshiruv  o’tkazilayotgan  savdo 

korxonasi  moliyaviy  hisobotining  to’g’riligiga o’rta  darajada ishonch  hosil  qilishi 

mumkin.  Bunda  savdo  korxonasida  hisob  yuritish  tizimi  samarali  tashkil  etilgan, 

malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan, avtomatlashtirilgan yoki 

korxonada  ichki  nazorat  tizimi  yaxshi  yo’lga  qo’yilgan  bo’ladi.  Ushbu  holatda, 

auditor tekshiruvlar jarayonida auditorlik tanlash usullarini qo’llaydi.  

Savdo  korxonalarida  tanlab  tekshirish  O’zbekiston  Respublikasi  auditorlik 

faoliyatining  14-sonli  «Auditorlikda  ma’lumotlarni  tanlash»  nomli  va  boshqa 

tegishli milliy standartlari talablariga muvofiq o’tkaziladi. 

Tanlab tekshirishning quyidagi ko’rinishlari mavjud: 

  muvofiq kelishni tanlab tekshirish; 



  mohiyatan tanlab tekshirish. 

Savdo  korxonalarida  muvofiqlikni  tanlab  tekshirishning  vazifasi  hisobot 



23 

davrida  korxonada  ichki  tartib-qoidalarni  buzilishini  aniqlash  hisoblanadi.  Ushbu 

holatda  chetdan  sotib  olingan  tovarlar  va  boshqa  korxonalar  tomonidan 

ko’rsatilgan  xizmatlar  uchun  taqdim  etilgan  schyot-fakturalarni  to’lashga  ruxsat 

berish,  sotib  olingan  tovarlarning  nomi,  miqdori  tegishli  hujjatlar  ma’lumotlari 

bilan solishtiriladi.  

Savdo  korxonalarida  mohiyatan  tanlab  tekshirishning  mazmuni  korxonada 

ichki-tartib qoidalarni buzilishi natijalarini qiymat ko’rinishida baholashdan iborat. 

Bunda  2900-«Tovarlar  hisobi  schyotlari»,  6010-«Mol  etkazib  beruvchi  va 

pudratchilarga  to’lanadigan  schyotlar»,  4010-«Xaridor  va  buyurtmachilardan 

olinadigan  schyotlar»,  4700-«Xodimlarning  boshqa  muomalalar  bo’yicha  qarzlari 

hisobi»  kabi savdo  jarayoniga doir schyotlarning qoldiqlarini tekshirish,  dastlabki 

hujjatlardagi  yozuvlarni  tasdiqlash,  savdo  korxonasi  moliyaviy  ko’rsatkichlarini 

tahlil qilish amalga oshiriladi. 

Auditor savdo muomalalarini tanlab tekshirishda ehtimoldan xoli bo’lmagan 

xatolarni  aniqlashi,  to’plash  talab  qilinadigan  dalil-isbotlarni  baholashi  va  shunga 

asoslanib zarur ma’lumotlar to’plamini shakllantirishi zarur.  

Savdo korxonalarida audit uslubini tashkil etuvchi asosiy tartib-qoidalardan 

biri  tayyorgarlik  tartib-qoidalari  bo’lib,  ular  auditorlik  tekshiruvi  boshlanishidan 

oldin  o’tkazilishi  zarur.  Tayyorgarlik tartib-qoidalari  auditni  rejalashtirish, auditni 

o’tkazishga  rejalashtirilgan  va  haqiqatdagi  vaqtni  hisobga  olish,  dastlabki  audit 

hujjatlarini  shakllantirish,  rahbariyat  uchun  taqdim  etiladigan  ma’lumotnomalar 

shaklini,  auditorlik  xulosasi  loyihasini  ishlab  chiqish  va  boshqalardan  iborat 

bo’ladi. 

Auditorlik  tekshiruvi  jarayonida  auditorlik  firmasi  tomonidan  ishlab 

chiqilgan  standartlardan  ham  keng  foydalaniladi.  Ularda  auditorlik  firmasining 

ichki tartib-qoidalari belgilab qo’yiladi. 


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish