GRID POINTS
– to’rning nuqtalari.
PIVOT
– PIVOT POINT.
PERPENDICULAR
– perpendikulyar.
VERTEX
– uchlar.
EDGE
– qirralar (obyektlarning chetlari).
FACE
– obyektlarning tekisliklari.
GRID LINES
– to’rning chiziqlari.
BOUNDING BOX
– obyektning gabarit konteyneri.
TANGENT
– urinma.
ENDPOINT
– qirraning yoki chiziqning eng chetki nuqtasi.
MIDPOINT
– qirraning yoki chiziqning markaziy nuqtasi.
CENTER FACE
– tekislikning markazi.
15
ALIGN – obyektlarni aniq to’g’rilash.
Ba’zan, obyektlar bilan ishlay turib, ularni bir-biriga nisbatan aniq to’g’rilash zarurati paydo bo’ladi,
masalan, shiftni devorga to’g’rilash yoki mebellarni polga. Buni aniq bajarish uchun bir-nechta asosiy usullar
mavjud. Ulardan biri – bu obyektlarni bog’lab qo’yishdir, boshqasi esa, ALIGN buyrug’ini qo’llashdir (obyektlarni
aniq to’g’rilash).
Ushbu buyruqni initsializatsiyalash uchun
quyidagi amallar ketma-ketligini bajarish lozim:
1. To’g’rilanadigan obyektni ajratib olish, ya’ni to’g’ri
joyni egallasin uchun joyini o’zgartirishi lozim bo’lgan
obyektni. Bundan keyin bu obyekt CURRENT deb
ataladi.
2. ALIGN tugmachasini bosish, tugmacha yonishi
lozim.
3. Obyektni ko’rsatish – nishon. Ushbu obyekt
to’g’rilanish uchun oriyentir bo’lib xizmat qiladi, bundan
keyin u TARGET deb ataladi.
4. To’g’ri sozlanishi lozim bo’lgan menyu paydo bo’ladi.
ALIGN menyusini sozlashlar:
1. X/Y/Z POSITION – obyektlarning pozitsiyasi to’g’rilanadigan o’qni o’rnatadi.
2. CURRENT OBJECT – to’g’rilanadigan obyekt uchun, to’g’rilanish nuqtasini sozlanishlari:
MINIMUM – yaqin nuqtasidan (pastidan).
CENTER – markaziy nuqtasidan (o’rtasidan).
PIVOT POINT – obyektning tayanch nuqtasidan.
MAXIMUM – uzoq nuqtasidan (yuqorisidan).
3. TARGET OBJECT – maqsadli obyekt uchun to’g’rilanish nuqtasining sozlanishlari, to’g’rilanadigan
obyektning sozlanishlari bilan aynan bir xil.
4. APPLY – darchani yopmasdan, sozlanishlarni qo’llash.
5. X/Y/Z ALIGN ORIENTATION – obyektning oriyentatsiyasini (burilishini) to’g’rilash. Bitta obyektni
huddi boshqasini to’g’rilagandek, aniq holda burish zarur bo’lsa, foydalidir.
6. X/Y/Z/ MATCH SCALE – obyektning masshtabini, har qanday boshqasining masshtabi bo’yicha
to’g’rilash.
Menyuni to’g’ri sozlash uchun, (1) pozitsiyani to’g’rilash o’qlaridan kamida bittasini tanlash
zarur, so’ngra (2, 3) to’g’rilanish shartlarini sozlash, ya’ni obyektlarning to’g’rilanish nuqtalarini
CURRENT va TARGET.
Misol uchun, bitta obyektni boshqasining ustiga aniq qo’yish zarur bolsa, pozitsiyani to’g’rilash
o’qlari (1) menyusidan Z o’qini tanlash zarur (agar TOP darchasidan amallar bajarilsa), nuqtani
to’g’rilashni sozlash sharoitida esa, CURRENT – MINIMUM (2) , TARGET – MAXIMUM (3) ni
tanlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |