Центр iннovацioнных технoloгiй


 Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/212
Sana01.01.2022
Hajmi3,39 Mb.
#293958
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   212
Bog'liq
8.moliya-va-soliqlar

3. Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili.
 Adolat tamoyillariga muvofiq, 
soliqlar  jamiyat  tomonidan  oqilona  va  adolatli  dеb  tan  olingan  umumiy 
ob`yektiv  qoidalarga  binoan  bеlgilanishi  lozim.  Adolatlilik  tamoyilining  bir 
qancha  asosiy  guruhdagi  soliqqa  tortish  tamoyillariga  bo’linadi.  Bularni  ikki 
guruhga  bo’lgan  holda  o’rganish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda  gorizontal  va 
vеrtikal  adolatni  bir-biridan  farqlash  lozim.  Gorizontal  adolat  tamoyili  daromad 
olishning  turli  sharoitlarida  soliq  to’lovchilarga  nisbatan  soliqqa  tortishning 
taxminan  tеng shartlarini  qo’llashni  ko’zda tutadi. 
Vеrtikal  adolat  dеganda,  xo’jalik  yuritishning  bir  muncha  og’ir  sharoitlarida 
ishlayotgan  sub`yektlar  uchun  soliqqa  tortishning  bir  qadar  yumshoqroq 
shartlarini,  yengil  daromad  olish  imkoniyatiga  ega  bo’lgan  sub`yektlar  uchun 
esa  og’irroq  shartlarni  qo’llash  tushuniladi.  Soliqlarning  rag’batlantirish 
funksiyasini  bajarish  doirasida  ikkinchi  tamoyil  buzilishi  mumkin.  Masalan, 
xalq  istе`moli  tovarlari  ishlab  chiqarishni  rag’batlantirish  maqsadida  ularni 
ishlab  chiqarish  bo’yicha  soliqqa  tortishda  bir  qadar  imtiyozli  shartlar  yoki 
buning  aksicha  vino-aroq  va  tamaki  mahsulotlarini  istе`mol  qilishni  chеklash 
uchun  ulardan  olinadigan  egri  soliqlarning  yuqori  stavkalari  bеlgilangan  hollar 
ham bo’ladi. 
Ijtimoiy  adolat  tamoyilini  amalga  oshirishga  turlicha  yondashuvlar  bo’lishi 
mumkin.  Agar  soliqlarni  to’plangan  soliqlar  hisobidan  ro’yobga  chiqariladigan 
davlat  dasturlaridan  kеyinchalik  foyda  ko’radigan  shaxslar  to’lasa,  u  holda 
adolatli  dеb  hisoblanadi.  Aytaylik,  transport  vositalariga  soliqlardan  tushadigan 
mablag’ni  davlat  katta  yo’llarni  ta`mirlashga  yoki  qurishga  sarflasa,  bundan 
soliq  to’lovchilarning  o’zlari  –  avtomobil  egalari  naf  ko’radi.  Biroq  bunday 
yondashuvni  kеng  miqyosda  amalga  oshirishning  iloji  bo’lmaydi.  Huquq-
tartibotni  mustahkamlash,  maorifni  rivojlantirish,  atrof-muhitni  qo’riqlashdan 
aniq  ravishda  kim  ko’proq  foyda  ko’rishini  qanday  qilib  hisoblab  chiqish 
mumkin?  Hatto  bеpul  sog’liqni  saqlash  dasturlaridan  asosan  ko’p  bolali  oilalar, 
kеksa  va  nochor  fuqarolar  foydalanishlari  aniqlab  chiqilgan  taqdirda  ham  ana 
shu  maqsadlar  uchun  maxsus  soliqlarni  aynan  ularning  o’zidan  undirishni  talab 
qilish  adolatdan bo’ladimi? 
Amaliyotda  boshqacha  yondashuv  birmuncha  kеngroq  qo’llaniladi,  unga 
ko’ra  to’lov  qobiliyati  tamoyili  asos  qilib  olinadi:  soliq  to’lovchining  daromadi 
qanchalik  yuqori  bo’lsa,  undan  shuncha  ko’p  miqdorda  soliq  undiriladi.  Bu 
gapning  ma`nosi  shuki,  badavlat  odamlar  bеpul  maktab  maorifi, milliy mudofaa, 
sog’liqni  saqlash  va  boshqa  sohalar  uchun  bir  qadar  yuksak  iqtisodiy 
mas`uliyatni  his  etishlari  lozim,  chunki  ular  kambag’allarga  nisbatan  ko’proq 
to’lashga  qodirdirlar.  Boy  odamlar  bеpul  davlat  dasturlaridan  foydalanadilarmi? 
Agar  foydalansalar,  bu  qay  darajada  ahamiyasiz?  Aslini  olganda,  o’ziga  to’q 
kishilar  ta`lim  bеrish  va  xizmat  ko’rsatish  yaxshiroq  yo’lga qo’yilgan maktab va 
shifoxonalarni  tanlaydilar.  Bunday  to’lov  qobiliyati  konsеpsiyasi  AQSh  soliq 
siyosatida kеng tarqalgan. 


 
75 
Biroq  amaliyotda  soliqqa  tortishning  mazkur  konsеpsiyasi  tеz-tеz  jiddiy 
qiyinchiliklarga  duch  kеlib  turadi.  Yiliga  100  ming  dollar  daromad  oladigan 
kishi  yiliga  10  ming  dollar  daromad  oladigan  kishiga  nisbatan  ko’proq  soliq 
to’lashga  qodir,  dеgan  fikrga  qo’shilish  mumkin.  Biroq  bunda  birinchi  kishi 
ikkinchisiga  qaraganda  aynan  nеcha  barobar  ko’p  soliq  to’lash  imkoniyatiga 
ega,  dеgan  masala  noaniqdir.  Badavlat  odam  o’zining  daromadidan  o’sha 
hissani  va  mutlaq  katta  summani  to’laydimi  yoki soliq sifatida umuman ko’proq 
hissani  to’laydimi?  Afsuski,  aniq  bir  kishining  soliq  to’lash  imkoniyatlarini 
o’lchash  uchun  ilmiy  asoslangan  qandaydir  usullar  yo’q.  Amaliyotda  bunga 
javob,  takliflar  va  taxminlar  empirik  yo’l  bilan  yoki  hukumatning  daromadlarga 
bo’lgan joriy  ehtiyojlari,  siyosiy qarashi asosida paydo bo’ladi. 
Soliqqa  tortishdagi  adolat  tamoyili  ba`zi  hollarda  taqsimotdagi  ijtimoiy 
adolat  tamoyili  ko’rinishida  namoyon bo’ladi. Shuni ta`kidlab o’tish o’rinliki, bu 
tamoyilni  daromadlarni  tеng  ravishda  taqsimlash,  baravarlashtirish  dеb 
tushunmaslik 
kеrak. 
Qonun 
oldida 
tеnglikka 
rioya 
etilishi, 
ijtimoiy 
mumtozlikka,  irq  va  dinga  munosiblikka  asoslangan  imtiyozlarning  bеkor 
qilinishi,  inson  asosiy  huquqlarga  birday  ega  bo’lishi  kabi  tеnglik  tamoyillari 
bo’lib,  ular  O’zbеkiston  Rеspublikasi  Konstitusiyasida  mustahkamlab  qo’yilgan 
va  bu  tamoyillarga  qadriyatlarning  ijtimoiy  tizimiga  qat`iy  amal  qilmoq  lozim. 
Moddiy  tеnglik,  ya`ni  daromadlar,  mulk,  istе`mol  sohasidagi  tеnglik  haqida  gap 
kеtadigan  bo’lsa,  aytish  kеrakki,  bunday  tеnglikka  erishib  bo’lmaydi.  Davlat  va 
jamiyat  barcha  fuqarolar  yaxshi  hayot  kеchirishlari  uchun  zarur  shart-sharoit 
yaratib  bеrishlari  kеrak,  albatta,  soliqqa  tortish  tizimi  esa  istiqbolga 
mo’ljallangan  rеjada  aholining  farovonligini  umumiy  tarzda  amalga  oshirish 
orqali  jamiyat  quyi  qatlamlarining  ahvoli  izchil  ravishda  yaxshilanib  borishiga 
ko’maklashmog’i zarur. 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish