TaHliliy qismi
Vaziyatli masala № 1.
Aralash turdagi 500 o’ringa mo’ljallangan shahar kasalxonasi uchun 40000m2 er maydoni ajratilgan. Kasalxona hududi quyidagi zonalarga ajratilgan:yuqumlik kasalliklari uchun davolash korpuslari, yuqumli bo’lmagan kasalliklar uchun davolash korpuslar, poliklinika, patologo-anatomik korpus, xo’jalik bo’limi. Shuningdek har ikkala davolash korpuslariga bog’-park zonasi uchun 5000m2 maydoni ajratilgan. Qurilish uchastkasining zichligi 25%, ko’kalamzorlashtirish zonasi 40%. Kasalxona uchastkasini gigienik baholang.
Vaziyatli masala № 2
30000 m2 maydonga ega 300 ta o’ringa mo’ljallangan shahar kasalxonasining er uchastkasi quyidagi davolash va xo’jalik zonalariga ajratilgan. Qurilish uchastkasi-ning zichligi 25%, ko’kalamzorlashtirish zonasi 40%. 60% palatalarning oynasi shimol tarafga qaragan. Kasalxona uchastkasini va davolash korpuslarining orientatsiyasini gigienik baholang.
Do'stlaringiz bilan baham: |