EKSPLIKATSIYA:1.qabul bo’limi 2. poliklinika; EKSPLIKATSIYA:1.qabul bo’limi 2. poliklinika; 3. davolash korpusi (terapevtik, jarrohlik, kardiologiya bo’limlari) 4. yuqumli kasalliklar bo’limi; 5. laboratoriya-tashxis bo’limi; 6. qozonxona; 7 patomorfologik korpus; 8. xo’jalik korpusi ; 9 favvora
Zamonaviy kasalxona - davolash muassasalari majmuasi bo’lib, quyidagi xususiyatlari bilan ta’riflanadi:
1.Bemorlar uchun eng muvofiq sharoitlarni yaratish (davolash-himoyalash tartibi)
2.Kasalxona ichi infeksiyalarining oldini olish
3.Kasalxona atrofidagi aholining xavfsizligini ta’minlash
4.Tibbiy xodimlar uchun ham eng muvofiq mehnat sharoitlarini yaratish
bu bemorlarni sifatli davolash uchun eng maqbul shart-sharoitlarni ta’minlash va ularni tashqi omillarning nomuvofiq ta’siridan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Kasalxona yoki har qanday davolash-prdavolashofilaktika muassasalaridagi davolovchi-himoyalovchi tartib faqatgina bemorlarga sifatli tashxis va uchungina qaratilgan bo’lmay, balki ularni atrof-muhitning nomuvofiq ta’sirlaridan himoya qilishga ham qaratilgandir.
Davolovchi-himoyalovchi tartib
1.Organizmning himoya va kompensator xususiyatlarini safarbar qilishga qaratilgan eng muvofiq shart-sharoitlarni yaratish va tashqi muhitning nomuvofiq omillarni bartaraf qilish.
2.Har bir bemor uchun alohida davolash va tartibni belgilash va uning bajarilishini nazorat qilish.
3.Psixoprofilaktik va psixoterapevtik ishlar olib borish
davolovchi-himoyalovchi tartibning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
DPM sanitariya va epidemiyaga qarshi tartibning asosiy elementlari:
- kasalxona territoriyasi va uning struktura qismini oqilona rejalashtirish;
- xonalarni maqsadga ko’ra ularning ichki bezagini to’g’ri tanlash;
-DPM kommunal obodonlashtirish (suv ta’minoti, kanalizatsiya, hududni obodonlashtirish);
- xonalarni oqilona yoritish, isitish va shamollatish;
- kerakli bog’lov materiallari va asbob-anjomlarni sifatli sterilizatsiya qilish;
- tibbiy va xizmat ko’rsatish xodimlarining salomatligi;
- xonalarni to’g’ri tozalash va tozalash inventarlarini to’g’ri saqlash;
- izolyatordan to’g’ri foydalanish;
-kasalxona xodimlar va bemorlar tomonidan shaxsiy gigiena qoidalarining bajarilishi;
- bemorlarning tinchligi va xotirjamligini saqlash sharoitlari;
-bemorlarning ovqatlanishini tashkil etish va uning sifati, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlash sharoitlari.
San Q va M 0292-11 da ko’rsatilishicha DPM da sanitar-epidemiologik xotirjamlikni ta’minlashga taaluqli bo’lgan 40 yaqin aniq tadbirlarning bajarilishi ko’zda tutilgan. Bu tadbirlar DPM ning xududi, qabul bo’limining rejalashtirilishi va ish tartibi, xonalarning ichki pardozlanishi, ularni sanitar-texnik jixozlanishi, palatalarning jihozlanishi, xonalarning shamollatilishi va tozalanishi, yotish anjomlarining almashtirish tartibi, chiqindilarni to’plash va uzoqlashtirish, xodimlarning shaxsiy gigienalariga taaluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |