O’zgaruvchilarning son qiymatlari quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: 1. Butun sonlar. Masalan: 5; 76; -2024; 2. Butun 8 s.s.dagi sonlar. Ular 0 (nol)dan boshlanadi va 0 dan 7 gacha bo’lgan raqamlardan tashkil topadi. Masalan: a=045327; C=077; a=0786; 3. Butun 16 s.s.dagi sonlar. Ular 0 (nol) va x yoki X dan boshlanadi va 0 dan 9 gacha bo’lgan raqamlar va a-f yoki A-F harflardan tashkil topadi. Masalan: a=0x16; c=0X1234; 4. Haqiqiy sonlar. Ular nuqta bilan yoziladi. Masalan: 8.1; -12.59; 0.00761; 5. Juda katta yoki juda kichik haqiqiy sonlar e formada yoziladi. Bu formada mantissa va tartibi bir qator qilib tashkil etiladi. Masalan: 0,0000076 = 0,76·10⁻⁵ = 0.76e-5; 580000000 = 58∙10⁺⁷ = 58e+7; Bu erda: 0.76 va 58 sonlari mantissa, -5 va +7 sonlari tartibi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |