Caso clínico minimalista em escala de cinza


Hazaj bahrining musamman vaznlari



Download 1,45 Mb.
bet3/11
Sana23.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#576023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shukrullayeva Hulkar

Hazaj bahrining musamman vaznlari
Hazaj bahriga doir musamman vaznlarning dastlabkisi hazaji musammani solim bo‘lib, biz ushbu vazn haqida ilk mavzularda ham gaplashgan edik. Esingizda bo‘lsa, uning taqti’yi quyidagicha edi:
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun
V – – – / V – – – / V – – – / V – – –
Manga nе manzil-u ma’vo ayon, nе xonumon paydo,
Nе jonimdin asar zohir, nе ko‘nglumdin nishon paydo.
(«Favoyid ul-kibar», 34-g‘azal)
Hazaji musammani musabbag‘
Bu vazn hazaji musammani solimdan faqatgina oxirgi ruknning o‘zgarishga uchrashi (cho‘ziq hijoning o‘ta cho‘ziq hijoga almashishi) bilan farqlanadi. Taqti’yi quyidagicha:
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylon
V – – – / V – – – / V – – – / V – – ~
Dеmak, 4-ruknning oxirgi hijosini o‘ta cho‘ziqqa aylantirish natijasida yangi vazn paydo bo‘lyapti. Biz mazkur rukn nomini musabbag‘ dеb ataymiz, vaznni esa hazaji musammani musabbag‘ tarzida nomlaymiz.
Gadoyi faqr ila so‘z ayta olmas podsho gustox,
Shah ollinda nеchukkim, dam ura olmas gado gustox.
«G‘aroyib us-sig‘ar», 107-g‘azal
Hazaj bahrining musaddas vaznlari
Hazaji musaddasi axrami ashtari mahzuf
Mazkur vaznning 1-rukni maf’uvlun (– – –, nomi axram), 2-rukni foilun (–V–, nomi ashtar), 3-rukni fauvlun (V– –, nomi mahzuf) bo‘lib, taqti’yi quyidagichadir:
maf’uvlun foilun fauvlun
– – – / – V – / V – –
Alishеr Navoiyning «Layli va Majnun» dostonidagi 240 misra aynan mana shu vaznda bitilgan.
Kеcha anga bo‘lmasun dеbon biym,
Bеrding nargisga mash’ali siym...
...Ko‘rsang ul yon duri yagona,
Sеn qilg‘ung ko‘z yoshini dona...
Layli ishqin tanimda jon qil,
Layli shavqin ragimda qon qil...
Rajaz bahri vaznlari tahlili
Rajazi musamman
Rajazi musammani solim
Vayronaedur maskanim, andin manga bisyor g‘am,
Ohim bila eshikda o‘t, ashkim bilan devor nam.
Mustaf’ilun mustaf’ilun mustaf’ilun mustaf’ilun
Rajazi musammani matviyi maxbun
Kel beri, ey rashki qamar, la’li labing tungi shakar,
Furqating o‘tida ko‘ngul chekti sipehr uzra sharar.
Muftailun muftailun muftailun muftailun
Rajazi musammani matviyi maxbun
Gar alamimg‘a chora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay,
Vah, g‘amima shumora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay.
Rajazi musammani maxbuni matviy
Manga ko‘ngul hajring aro zordur, ey rashki pari,
Yuzungni ko‘rguzgilu, ayla g‘ussadin jonin bari.
Mafo’ilun muftailun mafo’ilun muftailun
Rajazi musammani maxbuni maqtu’
Tengri uchun qayda eding rost de, ey sarvi sihi,
Furqating o‘tidin manga rioyat ayla gah-gahi.
Mustaf’ilun mustaf’ilun mafo’ilun maf’ulun

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish