Case-study



Download 18,54 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi18,54 Kb.
#569908
Bog'liq
3-mavzu.case


Case-study
Mavzu: VI–XII asrlarda Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi
Muammo: Eftallar tarixshunosligida ularning kelib chiqish va ajdodlari masalasi.
Yechim: Eftaliylarning qayerda payda bo‘lgani va ularning ajdodlari haqida yozma manbalarda ma’lumotlar ko‘p uchraydi. Yunon, lotin, arman, xitoy, suriya, arab, fors, keyinchalik “Avesto”da ham ma’limotlar keltirilgan. Lekin bu ma’lumotlarning ko‘pi Eftaliylar davlati tuzib bo‘lingan davrga oiddir.
Xitoy manbalarida yozilishicha eftallarning ajdodi “yuechji” larga borib taqaladi, ularni Oltoyning janubi va Xo‘tanning sharqiy qismida yashagan deb keltirilgan.
Xitoyliklar yana bir qarashni olg‘a surishadi: eftallarni “gaoguy”, ya’ni uyg‘urlarni bir tarmog‘I deb hisoblashadi. Lekin ularning tillari turkiyga ham, uyg‘ur tiliga ham unchalik o‘xshamaydi, shuning uchun ba’zi olimlar eftallarni qadimiy sharqiy massaget qabilalaridan kelib chiqqan va sharqiy-eroniy tilda so‘zlashgan deb hisoblashadi.
Gumilevning yozishcha, ular yuechji qabilasidan kelib chiqqan. Bu gipotizani Prokopiy Kesarskiy “Rim va Fors urushlari tarixi” asarida tasdiqlaydi. Xitoy manbalarida “xoa” qabilasi nomi bilan uchraydi. Eftaliylar yozma manbalarida esa “eftal”, “xaftal”, shaklida ham uchraydi.
Eftallar qaysi hududda paydo bo‘lgani va kimlarning ajdodi ekanligi haqida 2 xil qarash mavjud.
Birinchisi, Sharqiy-eron qarashi: bu qarashlarga ko‘ra eftalitlar eroniy xalq bo’lib, hozirgi pushtunlarning ajdodi hisoblanadi. Eftaliy tangalardagi grek harfidagi yozuvlarida “OIONO”, ya’ni “xion” so’zi so’zi uchraydi. Ba’zi olimlar ularni “oq xunnlar” deb nomlashadi, lekin ular biz biladigan xunn qabilalaridan keskin farq qiladi. Ya’ni eftallarning madaniyati ancha yuksak va rivojlangan bo’lgan.
Ikkinchisi, turkiy qarash: bu qarashga ko‘ra eftallar qadimgi turkiy xalqdir. S.P.Tolstov ularni Sirdaryo havzasida yashaganligi uchun ular turkiy xalq deb aytadi. Bu fikrni David Kristian va E.Parker ham maqullagan.
Eftallarning qaysi hududdan kelib qolganligi to‘g‘risida ham bahs - munozaralar juda ko‘p. Bu yo‘nalishda ham fikrlar turli xil. Shpext ularni Shimoliy Xitoyda V-asr asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan deb beradi. Bu ma’lumotni u o‘zining "Journal Asiatique"asarida keltiradi. Lekin bu fikrni Shavvan "Сборник трудов Орхонской экспедиции" asarida inkor etgan. Parker ularni “yueban”, ya’ni turk qabilasidan chiqqan degan fikrni bildiradi. Bu fikrni nemis olimi Hoffman ham, S.P.Tolstov ham tasdiqlaydi.
Veselovskiy eftalitlarni “oriy” larga bog‘lagan, lekin nima uchun ularga bog‘laganini tushuntirmagan.
Rus olimasi Pigulyovskaya ularni “oq xunn” deb ataydi va bu guruhga yana xioniylar va kidariylarni ham qo‘shgan.
Xulosa qilish mumkinki, eftallarning kelib chiqqan hududi va ajdodlari haqida fikrlar xilma xil va turlichadir. Bu masala bugungi kunda ham turli bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Download 18,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish