Case1. 1–7 gacha bo'lgan butun sonlar berilgan. Kiritilgan songa mos ravishda hafta kunlarini so'zda ifodalovchi dastur tuzilsin. (1-Dushanba, 2-Seshanba va h.).
Case2. K butun soni berilgan. Baho natijalarini chiqaruvchi dastur tuzing. (1-yomon, 2-qoniqarsiz, 3-qoniqarli, 4-yaxshi, 5-a'lo). Agar k soni 1-5 oraliqqa tegishli bo'lmasa “xato” deb chiqarilsin.
Case3. Oy raqami berilgan. Kiritilgan oy qaysi faslga tegishli ekanligini chiqaruvchi dastur tuzilsin. (Masalan: 2 chi oy, “qish”).
Case4. Oyning raqami berilgan. Shu oyda nechta kun borligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
Case5. А, B haqiqiy va amal butun soni berilgan. A va B sonlari ustida arifmetik amallar bajaruvchi dastur tuzilsin. Amal quyidagi qiymatlarni qabul qiladi: 1-qo'shish, 2-ayirish, 3-ko'paytirish, 4-bo'lish.
Case6. Uzunlik birliklari quyidagi tartibda berilgan. 1-desimetr, 2-kilometr, 3-metr, 4-millimetr, 5-santimetr. Uzunlik birligini bildiruvchi son berilgan. (1-5 oraliqda) va shu birlikdagi kesma uzunligi berilgan (haqiqiy son). Kesmaning uzunligini metrlarda ifodalovchi dastur tuzilsin.
Case7. Og'irlik birliklari quyidagi tartibda berilgan. 1-kilogramm, 2-milligramm, 3-gramm, 4-tonna, 5-sentner. Og'irlik birligini bildiruvchi soni berilgan va shu birlikdagi og'irlik qiymati berilgan. Og'irlikni kilogrammda ifodalovchi dastur tuzilsin.
Case8. Sanani bildiruvchi ikkita butun son berilgan: D(kun) va M(oy), kabisa bo'lmagan yil sanasi kiritiladi. Berilgan sanani ifodalovchi dastur tuzilsin. Kabisa yilida 366 kun, kabisa bo'lmagan yilda 365 kun bor bo'ladi.
Case9. Ikkita butun son berilgan: D (kun) va M (oy), kabisa bo'lmagan yil sanasi kiritiladi. Berilgan sanadan keyingi sanani ifodalovchi dastur tuzilsin.
Case10. Robot faqat to'rtta tomonga ko'cha oladi (“s”-shimol, “j”-janub, “q”-sharq, “g”-g'arb) va uchta raqamli kamanda: 0-harakatni davom ettir, 1-chapga buril, 2-o'ngga buril. Y – robot yo'nalishi va K – kamanda berilgan. Berilgan kamanda bajarilgandan keying robot holatini aniqlovchi dastur tuzilsin.
Case11. Lokatr dunyoning bir tomoniga qaratilgan (“s”-shimol, “j”-janub, “q”-sharq, “g”-g'arb) va uchta raqamli kamanda: 0-o'ngga buril, 1-chapga buril, 2-burilish 1800. C – lokatrning boshlang'ich holati va K1, K2 – kamandalar berilgan. Berilgan kamanda bajarilgandan keying lokatr holatini aniqlovchi dastur tuzilsin.
Case12. Doiraning elementlari quyidagi tartibda nomerlangan: 1-radius R, 2 — diametr D = 2·R, 3 — uzunligi L = 2·pi·R, 4 — doiraing yuzi S = pi·R2. Shu elementlardan bittasi berilgan qolganlarini topuvchi dastur tuzilsin. pi = 3.14.
Case13. Tengyonli uchburchakning elementlari quyidagi tartibda nomerlangan: 1-katet a, 2-gipotenuza c = a·sqrt(2), 3 — gipotenuzaga tushirilgan balandlik h (h = c/2), 4 — yuzasi S = (c·h)/2. Shu elementlardan bittasi berilganda qolganlarini topuvchi dastur tuzilsin.
Case14. Tengtomonli uchburchakning elementlari quyidagi tartibda nomerlangan: 1-tomoni a, 2-radiusi R1 (R1 = a·sqrt(3)/6), 3 — radius R2 (R2 = 2·R1), 4 — yuzasi S = a2·sqrt(3)/4. Shu elementlardan bittasi berilganda qolganlarini topuvchi dastur tuzilsin.
Case15. O'yin kartasi turlari berilgan: 1-g'isht, 2-olma, 3-chillak, 4-qarg'a. 10 lik kartadan kata kartalar quyidagi qiymatlarni o'zlashtirsin: 11-valet, 12-dama, 13-qirol, 14-tuz. Ikkita butun son berilgan N-karta qiymati (6 ≤ N ≤ 14) va M — karta turi (1 ≤ M ≤ 4) kiritilganda karta nomlarini (masalan, “olti qarg'a”) chiqarib beruvchi dastur tuzilsin.
Case16. Yoshi yillarda aniqlovchi 20-69 gacha butun son berilgan. Son kiritilganda unga mos so'zlarda ifodalovchi dastur tuzilsn. (“yigirma yosh”, “qirq uch yosh” va h.k.).
Case17. O'quv masalalarini aniqlovchi 10-40 gacha butun son berilgan. Son kiritilganda unga mos so'zlarda ifodalovchi dastur tuzilsin. (“yigirmata masala”, “o'n uchta masala” va h.k.).
Case18. 100–999 gacha oraliqdagi sonlarni so'zlarda ifodalovchi dastur tuzilsin. (masalan: 123-“bir yuz yigirma uch”).
Case19. Sharq kalendarida 60 yillik davr qabul qilingan. Yil muchali 5 ta rang (yashil, qizil, sariq, oq va qora) va 12 ta hayvon (sichqon, sigir, yo'lbars, quyon, ajdar, ilon, ot, qo'y, maymun, tovuq, it va to'ngizlardan) nomlarning kombinatsiyasidan kelib chiqadi. Yilning raqamiga qarab uning muchalini aniqlovchi dastur tuzilsin. 1984-davr boshi: “Yashil sichqon yili”.
Case20. Ikkita burj vaqtlarini aniqlovchi butun son berilgan: D (kun) va M (oy). Berilgan sana qaysi burjga kirishini aniqlovchi dastur tuzilsin. “Qovg'a (20.1-18.2)”, “Baliq (19.2-20.3)”, “Qo'y (21.3-19.4)”, “Buzoq (20.4-20.5)”, “Egizklar (21.5-21.6)”, “Qisqichbaqa (22.6-22.7)”, “Arslon (23.7-22.8)”, “Parizod (23.8-22.9)”, “Tarozi (23.9-22.10)”, “Chayon (23.10-22.11)”, “O'qotar (23.11.21.12)”, “Echki (22.12-19.1)”.
Do'stlaringiz bilan baham: |